{"id":20025,"date":"2022-03-04T15:59:47","date_gmt":"2022-03-04T12:59:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20025"},"modified":"2022-03-04T16:00:51","modified_gmt":"2022-03-04T13:00:51","slug":"burj","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/burj\/","title":{"rendered":"BURJ"},"content":{"rendered":"\n<p>BURJ \u2014 Quyoshning yillik ko&#8217;rinma harakati doirasidagi o&#8217;n ikki yulduz turkumining nomlari. Bu so&#8217;z zodiak yulduzi turkumlari Dayav, Hut. Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, qavs, Jadylarga nisbatan qo&#8217;llaniladi. Ular Quyoshning yillik ko&#8217;rinma harakat yo&#8217;li (ekliptika) bo&#8217;ylab joylashgan. Har birida Quyosh taxminan bir oycha bo&#8217;ladi. Burj yulduz turkumlaridan Quyosh sistemasining deyarli barcha sayyoralari, kometalari va oyning ham ko&#8217;rinma harakat yo&#8217;llari o&#8217;tadi. Yunonistonda Burj turkumlarini alohida ajratib, ularni maxsus belgilar bilan ifodalashgan. Shunga ko&#8217;ra, osmon gumbazida bahorgi (Hamal) va kuzgi (mezon) tengkunlik, yozgi (saraton) va qishki (Jady) Quyosh turish nuqtalari ham o&#8217;sha belgilar bilan belgilanadi. Presessiya hodisasi sababli o&#8217;tgan 2 ming yil ichida bu nuqtalar surilib, qo&#8217;shni yulduz turkumlariga o&#8217;tib ketgan bo&#8217;lishiga qaramay, shu belgilar, shuningdek Saraton va Javzo tropiklari deb ataluvchi nomlar ham saqlanib qolgan. Turkiy xalqlarda oylarning nomi ham Burj nomidan olingan. Bahor fasli \u2014 burji obiy (Hamal\u201422 martdan, Savr\u201421 apreldan, Javzo\u2014 21 maydan), yoz fasli \u2014 burji noriy (saraton \u2014 22 iyundan, Asad\u201423 iyuldan, Sunbula -23 avgustdan), kuz fasli \u2014 burji Bodiy (mezon\u201424 sentabrdan, Aqrab\u201423 oktabrdan, qavs\u201423 noyabrdan), qish fasli \u2014 burji Hokiy (Jady\u201422 dekabrdan, Dalv\u2014 20 yanvardan, Hut\u201419 Fevraldan) deb atalgan. 12 yillik muchal yillari boshi hamalayan hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>BURJ \u2014 devorga tashqi tomondan tirgak sifatida ishlangan qurilma. Qal&#8217;a devorlariga tutashgan minora shaklidagi qo&#8217;shimcha bino. Burj ustida va ichkarisida maxsus xonalar bo&#8217;lishi mumkin. Mudofaa maqsadida qurilgan maxsus Burjlar ham bo&#8217;lgan. Buxoro, Xiva me&#8217;morligida ko&#8217;p qo&#8217;llanilgan. Ba&#8217;zan o&#8217;rniga qarab guldasta, minora deb ham nomlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BURJ \u2014 Quyoshning yillik ko&#8217;rinma harakati doirasidagi o&#8217;n ikki yulduz turkumining nomlari. Bu so&#8217;z zodiak yulduzi turkumlari Dayav, Hut. Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, qavs, Jadylarga nisbatan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/burj\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-20025","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20025","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20025"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20025\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20028,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20025\/revisions\/20028"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20025"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20025"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20025"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}