{"id":20241,"date":"2022-03-05T17:23:19","date_gmt":"2022-03-05T14:23:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20241"},"modified":"2022-03-05T17:23:21","modified_gmt":"2022-03-05T14:23:21","slug":"butan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/butan\/","title":{"rendered":"BUTAN"},"content":{"rendered":"\n<p>BUTAN, Butan podsholigi (Pendal Druk Shung) \u2014 Janubiy Osiyodagi, Himolay tog&#8217;larining Sharqiy qismidagi davlat. Maydoni 47 ming kilometr kvadrat. Aholisi 2 million kishi (2000). Poytaxti \u2014 Thimphu shahri. Ma&#8217;muriy jihatdan 8 Dzong (viloyat)ga bo&#8217;lingan. Davlat tuzumi. Butan \u2014 konstitutsiyali monarxiya. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 podsho. Podsho huzurida 9 maslahatchidan iborat kengash bor. Qonun chiqaruvchi organ \u2014 bir palatali Milliy Assambleya 150 a&#8217;zodan iborat (105 nafari saylanadi, 10 nafari tayinlanadi, qolganlari \u2014 rasmiy kishilar, hukumat a&#8217;zolari va podsho Kengashining a&#8217;zolari). Ijroiya hokimiyat podsho tomonidan Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiriladi. Tabiati. Butan hududi tog&#8217;liqsan iborat. Eng baland cho&#8217;qqisi \u2014 Jomolxari (7314 metr). Iqlimi tog&#8217; tropik, musson, sernam, tog&#8217;larning yuqori qismida sovuq. Vodiylarda o&#8217;rtacha temperatura yanvarda \u2014 4,5\u00b0, iyulda 17\u00b0. Yiliga 1000-5000 millimetr yog&#8217;in yog&#8217;adi. 3500 metr balandlikkacha o&#8217;rmon, undan balandda subalp va Alp o&#8217;tloqlari. Daryolari \u2014 Sankosh, Amo, Kuru. Jigmidorji, Gaza, Manaz qo&#8217;riqxonalari bor. Aholisi asosan bxotiyalar; gurkhlar, nevarlar ham yashaydi. Aholining 13% shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili \u2014 bxotiya (dzongke, Tibet tiliga yaqin). Asosiy dini \u2014 Lama mazhabidagi budda dini. Butan 9-asr oxirlaridan Tibetga, 19-asrning 2-yarmidan 1947 yilgacha Angliyaga qaram bo&#8217;lgan. 1949 yildagi shartnomaga ko&#8217;ra, Butan tashqi siyosat sohasidagi ishlarini Hindiston hukumati bilan bamaslahat olib boradi. Milliy bayrami \u2014 17 dekabr \u2014 podsho saylangan kun (1917). Butan \u2014 agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo\u2019jalik ulushi 42,7%, sanoat ulushi 9,6%. Qishloq xo\u2019jaligida dehqonchilik yetakchi o&#8217;rinda. Vodiylarida sholi, arpa, bug\u2019doy, tariq, makkajo&#8217;xori, Janubda paxta ekiladi. Janubi sharqida bog&#8217;dorchilik taraqqiy etgan (Mango, apelsin, pizang va boshqalar). Yaylovlarda qo\u2019y, yilqi boqiladi. O&#8217;rmonlarda qimmatbaho daraxtlar ko&#8217;p; lok, mushk, mum tayyorlanadi. Yigiruv va to&#8217;quv hunarmandchiligi, o&#8217;ymakorlik qadimdan rasm bo&#8217;lgan. Taxta tilish zavodi va meva konserva fabrikasi bor. 1,5 milliard kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. 1968 yildan aerodrom ishga tushgan. Asosiy transport vositasi otulov. Avtomobil yo&#8217;llari uzunligi 2,5 ming kilometr. Butan chetga yog&#8217;och, ko\u2019mir, muskus, lok, grafit, fil suyagi chiqaradi. Chet el sayyohligi rivojlangan. Tashki savdodagi asosiy mijozi \u2014 Hindiston (tashqi savdo aylanmasining 95%). Pul birligi \u2014 ngultrum. Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari taqiqlangan. 1990 yilda asos solingan Butan Kongressi partiyasi, Butan xalq partiyasi va 1992 yilda tashkil bo&#8217;lgan Butan milliy demokratik partiyasi Nepalda ish yuritadi. Mamlakatda chiqadigan haftalik hukumat gazetasi \u2014 &#171;Kuensel&#187; ingliz, dzongke va Nepal tillarida nashr etiladi. &#171;Butan brodkasting servis&#187; radioeshittirish va teleko&#8217;rsatuvi 1973 yilda Butan yoshlar uyushmasining milliy radiosi sifatida tashkil etilgan. 1992 yildan mustaqil.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BUTAN, Butan podsholigi (Pendal Druk Shung) \u2014 Janubiy Osiyodagi, Himolay tog&#8217;larining Sharqiy qismidagi davlat. Maydoni 47 ming kilometr kvadrat. Aholisi 2 million kishi (2000). Poytaxti \u2014 Thimphu shahri. Ma&#8217;muriy jihatdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/butan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-20241","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20241","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20241"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20241\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20247,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20241\/revisions\/20247"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20241"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20241"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20241"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}