{"id":20253,"date":"2022-03-05T17:34:00","date_gmt":"2022-03-05T14:34:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20253"},"modified":"2022-03-05T17:34:03","modified_gmt":"2022-03-05T14:34:03","slug":"butenev-missiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/butenev-missiyasi\/","title":{"rendered":"BUTENEV MISSIYASI"},"content":{"rendered":"\n<p>BUTENEV MISSIYASI \u2014 Buxoroga yuborilgan chor hukumati josuslik missiyasi (1841-42). Uning asosiy vazifasi Afg&#8217;oniston va Eron orqali Turkistonga kirishga intilayotgan Angliyaga to&#8217;sqinlik qilish, Buxoro xonligida rossiyan ing iqtisodiy va siyosiy ta&#8217;sirini mustahkamlash, Buxoro tuprog\u2019ining geologik tuzilishini o&#8217;rganish va yer osti boyliklarini tekshirish, Buxoro xonligi bilan Rossiya o&#8217;rtasida savdo va elchilik munosabatlarini mustahkamlovchi shartnoma tuzish, savdo-sotiqqa oid ma&#8217;lumotlar to&#8217;plash, Buxoro va unga qo&#8217;shni mamlakatlar to&#8217;grisida ma&#8217;lumot yig&#8217;ish kabilardan iborat edi. Butenev missiyasi tarkibida K. F. Butenev (elchi), F. Bogoslovskiy (tog&#8217; injeneri), N. V. Xanikov (geograf), A. Leman (naturalist), Ya. Yakovlev (topograf), Plotnikov (sharqshunos), Chalpanov va Petrov (tog&#8217; texniklari), K. Kozlov va Lepeshkov (oltin yuvuvchi mutaxassislar), Aitov (tarjimon) hamda o&#8217;nta kazak bo&#8217;lgan. Butenev missiyasi 1841 yil 15 mayda Orenburgdan chiqib, 1841 yil 5 avgustda Buxoroga yetib keldi. Butenev missiyasi Zarafshon vodiysida ko&#8217;pgina geologik tekshirishlar olib bordi. Natijada yuqori Zarafshonda yer osti boyliklaridan: temir, mis, ko&#8217;mir, qo&#8217;rg&#8217;oshin, grafit, Feruza va hatto oltin, kumush borligi aniqlandi. Ammo Butenev missiyasining Buxoro xoni bilan savdo va diplomatik shartnoma tuzish yuzasidan olib borgan muzokaralari uncha natija bermadi. Shunga qaramay, Butenev missiyasi a&#8217;zolari Buxoro to&#8217;g&#8217;risida juda boy geografik, etnografik, tabiiy va tarixiy ma&#8217;lumot to&#8217;pladilar. Topograf Ya. Yakovlev missiya bosib o&#8217;tgan marshrutlar tarhini chizgan va Buxoro xonligining xaritasini tuzgan. 1843 yilda N. V. Xanikovning &#171;Buxoro xonligi tavsifi&#187; kitobi bosilib chiqdi. K. F. Butenevning &#171;Buxoro mineral boyliklari&#187;, &#171;Buxorodagi po&#8217;lat toblash usuli haqida mulohazalar&#187;, &#171;Buxorodagi rus konchilik zavodlari mahsulotini sotishni rivojlantirish to&#8217;g&#8217;risida&#187; (1842) nomli ilmiy maqolalari hamda A. Lemanning nemis tilida 1841\u2014 42 yillarda Orenburgdan Buxoro va Samarqandga sayohati haqida asari bosilib chiqdi. 4&lt;E.: Solovev M. M., Ekspeditsiya v Buxaru v 1841\u201442gg., Spb, 1936; Muhammadjonov A. R., Ne&#8217;matov T. N., Buxoro va Xivaning Rossiya bilan munosabatlari tarixiga doyr ba&#8217;zi manbalar, T., 1957. Xondamir G&#8217;ulomov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BUTENEV MISSIYASI \u2014 Buxoroga yuborilgan chor hukumati josuslik missiyasi (1841-42). Uning asosiy vazifasi Afg&#8217;oniston va Eron orqali Turkistonga kirishga intilayotgan Angliyaga to&#8217;sqinlik qilish, Buxoro xonligida rossiyan ing iqtisodiy va siyosiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/butenev-missiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-20253","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20253","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20253"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20253\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20259,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20253\/revisions\/20259"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20253"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20253"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20253"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}