{"id":20364,"date":"2022-03-06T10:58:09","date_gmt":"2022-03-06T07:58:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20364"},"modified":"2022-03-06T10:58:24","modified_gmt":"2022-03-06T07:58:24","slug":"buxoro-va-samarqand-suv-taqsimoti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buxoro-va-samarqand-suv-taqsimoti\/","title":{"rendered":"BUXORO VA SAMARQAND SUV TAQSIMOTI"},"content":{"rendered":"\n<p>BUXORO VA SAMARQAND SUV TAQSIMOTI \u2014 Zarafshon daryosining Samarqand va Buxoro vohalari o&#8217;rtasidagi suv taqsimoti. Buxoro va Samarqand vohalarida suv taqsimoti Qadimdan to so\u2019nggi vaqtlargacha muayyan tartibda davom etib kelgan bo&#8217;lib, Zarafshon dehkonchiligi uchun yaroqli erlarning ma&#8217;lum bir qisminigina sug&#8217;ora olgan, xolos. Qadimgi miroblar daryodagi suv sathining holatini &#171;vaqti purob&#187; (ko&#8217;p suvlik), &#171;vaqti miyonob&#187; (o&#8217;rta suvlik) va &#171;vaqti qillatiob&#187; (oz suvlik) paytlariga bo&#8217;lganlar. Zarafshon suvi o&#8217;rtacha bo&#8217;lgan paytlarda &#171;nimjo&#8217;y&#187;, ya&#8217;ni &#171;yarim ariq&#187; usulida taqsimlangan. Daryoda suv oz bo&#8217;lgan paytlarda hamma suv Buxoroga tashlangan. Bu &#171;obpartav&#187;, ya&#8217;ni &#171;suv tashlash&#187; deb atalgan. &#171;Obpartav&#187; faqat Buxoro shahrini suv bilan ta&#8217;minlash uchun qo&#8217;llanilib, mavsumda 2 marta (may oyining 2-yarmi va avgustning oxirida) amalga oshirilgan. &#171;Obpartav&#187; muddati 2-4 haftaga cho&#8217;zilgan. Zarafshon suvi masalasida Buxoro Samarqandga qaram bo&#8217;lgan. Shuning uchun ham Zarafshon vodiysining yuqori qismi podsho Rossiyasi tomonidan bosib olingandan so&#8217;ng Samarqand ma&#8217;muriyati bilan Buxoro amirligi o&#8217;rtasidagi munosabatlarda suv masalasi alohida o&#8217;rin tutdi. 1872 yil har ikki tomon vakillari ishtirokida Samarqandda Buxoro va Samarqand suv taqsimoti komissiyasi tuzildi. Komissiya Buxoro va Samarqand o&#8217;rtasidagi suv taqsimotining qadimgi tartiblarini muhokama qilib, mavsumda Buxoro uchun 2 marta \u2014 15 apreldan 15 maygacha va 15 avgustdan 15 sentabrgacha daryoni &#171;obpartav&#187; yoki &#171;nimjo&#8217;y&#187; qilishga qaror qildi. 19-asrning 80-90-yillarida Samarqand vohasida sug&#8217;oriladigan dehqonchilik maydoni kengaytirilib, Zarafshon suvining ko&#8217;pi ana shu vohaning yuqori qismida sarf bo&#8217;la boshladi. Natijada Buxoro vohasi teztez suv tanqisligiga uchrab turdi. Suv masalasini Buxoro va Samarqand suv taqsimoti komissiyasi 1894, 1895 va 1902 yillarda qayta-qayta muhokama qildi. Komissiya Buxoro va Samarqand vohalaridagi sug&#8217;oriladigan yer maydoni hajmini nazarda tutib, quyidagicha qaror qildi: 1) Zarafshonda suv qancha bo&#8217;lishidan qati nazar, daryo suvining uchdan ikki qismi (67%)ni Samarqandga, uchdan bir qismi (33%) ni Buxoroga tashlash; 2) mavsumda ikki marta (2 apreldan 20 aprelgacha va 18 avgustdan 5 sentabrgacha) Buxoroga tashlanadigan suv miqdorini ko&#8217;paytirish. Ammo bu bilan Buxoro va Samarqand suv taqsimoti masalasi hal bo&#8217;lmadi. 19-asr oxirlarida Zarafshonning yuqori oqimida suv omborlari barpo etish va Buxoroga Amudaryodan suv chiqarish g&#8217;oyalari paydo bo&#8217;ldi. Bu g&#8217;oyalar 20-asr 60-yillariga kelib uzil-kesil amalga oshirildi: vohaning sug&#8217;orish sistemasi qayta qurilib, gidroinshootlar ko&#8217;paytirildi, Zarafshon bo&#8217;ylab &#171;oq va qora daryo suv ayirg&#8217;ichi&#187;, Xarxo&#8217;r, Shohrud, Shofirkon va boshqa yirik gidrouzellar qurildi, Kattaqo&#8217;rgon, Quyimozor suv omborlari, Amuqorako&#8217;l kanali va AmuBuxoro mashina kapali kabi ulkan sug&#8217;orish inshootlari to&#8217;liq qurilib, ishga tushirildi. Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Axmad Donish, Istoriya mangitskoy dinastii, Dushanbe, 1967; Muhammadjonov A., Zarafshon vodiysiningsuv xo&#8217;jaligi tarixidan, T., 1959. Abdulahad Muhammadjonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BUXORO VA SAMARQAND SUV TAQSIMOTI \u2014 Zarafshon daryosining Samarqand va Buxoro vohalari o&#8217;rtasidagi suv taqsimoti. Buxoro va Samarqand vohalarida suv taqsimoti Qadimdan to so\u2019nggi vaqtlargacha muayyan tartibda davom etib kelgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buxoro-va-samarqand-suv-taqsimoti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-20364","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20364","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20364"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20364\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20368,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20364\/revisions\/20368"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20364"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20364"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20364"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}