{"id":20418,"date":"2022-03-06T16:01:38","date_gmt":"2022-03-06T13:01:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20418"},"modified":"2022-03-06T16:01:43","modified_gmt":"2022-03-06T13:01:43","slug":"buxoro-xalq-sovet-respublikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buxoro-xalq-sovet-respublikasi\/","title":{"rendered":"BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI"},"content":{"rendered":"\n<p>BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI (BXSR) (1920-24) Buxoro amirligida amirlik tuzumi ag&#8217;darib tashlangach, yuzaga kelgan xalq Respublikasi. Maydoni 182,193 ming kilometr kvadrat, aholisi 2,2 million kishidan ortiq, asosan o&#8217;zbeklar, tojiklar va turkmanlar, qisman qozoq, qoraqalpoq, tatar va Buxoro yahudiylari yashagan. BXSR Xorazm Respublikasi, Turkiston ASSR va Afg\u2019oniston davlatlari bilan chegaradosh bo&#8217;lib, poytaxti Buxoro shahri bo&#8217;lgan. Sharqdagi yirik davlatlardan biri hisoblangan Buxoro amirligi 1868 yilga kelib podsho Rossiyasining yarim mustamlakasiga aylangandan so&#8217;ng xalqning tirikchiligi ilgaridan ham og&#8217;irlashgan edi. Amirlikdagi xalq qo&#8217;zg&#8217;olonlari podsho Rossiyasi qo&#8217;shinlari yordamida bostirilardi. Rus ma&#8217;murlari amirlikda katta imtiyozlarga ega bo&#8217;lgan. Rossiyadagi demokratik jarayonlar, 1908 yil Turkiyada bo&#8217;lgan yosh shurklar inqilobi, xususan Petrograddagi 1917 yil Fevral inqilobidan keyin amirlik hududida jadidchilik va undan o&#8217;sib chiqqan yosh buxorolikla harakati kuchaydi. 1917 yil 7 aprelda Amir Olimxon mamlakatda islohotlar o&#8217;tkazish to&#8217;g&#8217;risida farmon chiqardi. Lekin amirning bu farmoni amalda joriy qilinmadi. Jadidlar Buxoro shahrida namoyish uyushtirgandan so&#8217;ng, mamlakatda ularni eppasiga ta&#8217;qib qilish boshlandi. OKG. to&#8217;ntarishidan keyin Rossiya bilan Buxoro o&#8217;rtasida munosabatlar yomonlashdi. Turkiston XKS Buxoro davlatiga g&#8217;animlik qilib, Amir hukumatini kuch bilan ag&#8217;darishga urindi. Bolsheviklar shu maqsadda yosh buxorolik jadidlarni qo&#8217;llab quvvatlashdi. 1918 yil mart oyida Turkiston o&#8217;lkasi XKS raisi F. Kolesov qo&#8217;mondonligidagi qizil askarlar mamlakat poytaxti Buxoro shahriga hujum uyushtirdilar. Ularning hujumi muvaffaqiyatsiz tugagan bo&#8217;lsa ham, Buxorodagi siyosiy tuzumni o&#8217;zgartirish uchun urinish to&#8217;xtamadi. Afsuski, Amir Olimxon mamlakat taqdiri hal qilinayotgan ushbu fursatda muholifatdagi yosh buxoroliklar firqasi (partiyasi) arboblari bilan til topisha olmadi. U mamlakatda konstitutsion monarxiya va demokratik tartibotlarni o&#8217;rnatmoqchi bo&#8217;lgan jadidlar \u2014 yosh buxoroliklarni yo&#8217;qotish yo&#8217;lini tutdi. Fayzulla Xo&#8217;jayevning ta&#8217;kidlashicha, Kolesov voqeasidan keyin Amir mamlakatda 3000 kishini qatl qilgan. S. Ayniyning yozishicha, faqat poytaxt \u2014 eski Buxoro emas, balki G&#8217;ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorako&#8217;l, Chorjo&#8217;y, Xatirchi, Karmana, Qarshi, Shahrisabz bekliklarida ham minglab kishilar jadidlikda ayblanib nohaq o&#8217;ldirildi. Buxorolik jadidlarning tirik qolgan vakillari Samarqand, Toshkent va Moskvaga jo&#8217;nab ketishga majbur bo&#8217;lishdi, yosh buxoroliklarning bir qismi 1918 yil yozida Toshkentda Buxoro Kompartiyasini tuzishdi, F. Xo&#8217;jayev Moskvadagi muhojirlik davrida \u2014 1918 yil oktabrda Turkiston Respublikasining RSFSR hukumati huzuridagi Muxtor vakolatxonasi qoshida yosh buxoroliklar partiyasining bo&#8217;limini tashkil qiddi. 1920 yil yanvarda Toshkentda F. Xo&#8217;jayev boshchiligida inqilobchi yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi tashkil qilindi. Bolsheviklar yosh buxoroliklardan amirlik hokimiyatini ag&#8217;darishda foydalandilar. Ular ham taktik maqsadlarni ko&#8217;zlagan holda bolsheviklarga yaqinlashishdi. 1920 yil 25 avgustda qo&#8217;mondon M. V. Frunze Turkfront qo&#8217;shinlariga &#171;qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;targan Buxoro mehnatkashlariga yordam ko&#8217;rsatish to&#8217;g&#8217;risida&#187; buyruq berdi. 1920 yil 2 sentabrda Turkfront qo&#8217;shinlari amirlik hokimiyatini ag&#8217;darib tashladi. 1920 yil 14 sentabrda bo&#8217;lgan xalq nozirlar Sho&#8217;rosi, Revkom va BKP MKning umumiy yig&#8217;ilishida 9 kishidan iborat butun Buxoro inqilobiy qo&#8217;mitasi (raisi Abdulqodir Muxitdinov) va respublika hukumati \u2014 11 kishidan iborat Xalq Nozirlar Sho&#8217;rosi (raisi Fayzulla Xo&#8217;jayev) tuzildi. Buxoro inqilobiy qo&#8217;mitasining a&#8217;zolari qilib Muinjon Aminov, Olimjon Akchurin, Abdulhamid Oripov, Sobir Yusupov, Hoji Hasan Ibrohimov, Fayzulla Xo&#8217;jayev, Qulmuhamedov tayinlandi. Mamlakatni boshqarish maqsadida tuzilgan Buxoro Xalq Nozirlar Sho&#8217;rosi tarkibi quyidagicha edi: rais va xorijiy tashqi ishlar (nozir \u2014 F. Xo&#8217;jayev), maorif (Qori Yo&#8217;ldosh Po&#8217;latov), ichki (doxiliya) ishlar (M. Saidjonov), moliya (U. Po&#8217;latxo&#8217;jayev), davlat nazorati (N. Husainov), favqulodda komissiya (raisi \u2014 Ibrohimov), Adliya (M. Burhonov), harbiy (Shihobuddinov), savdo va sanoat (M. Mansurov) nozirliklari. Bu paytga kelib inqilobchi yosh buxoroliklar firqasi a&#8217;zolari Buxoro Kompartiyasi safiga kirishga majbur bo&#8217;lgan edilar. Ushbu o&#8217;rinda ta&#8217;kidlash joizki, asosan jadidlardan tashkil topgan Buxoro hukumati o&#8217;sha paytda ma&#8217;lumotli kishilar yig&#8217;ilgan hukumatlardan biri hisoblangan. Nozirlar Buxoro, Istanbul, Moskva va boshqa shaharlarda ta&#8217;lim olishgan edi. Buxoro jadidlari o&#8217;zlarining islohotchilik g&#8217;oyalarini yangi hukumatdagi faoliyatlari davomida amalga oshirishga harakat qildilar. 1920 yil 6-8 oktabrda amirning yozgi saroyi \u2014 Sitorai Mohi Xosada chaqirilgan butun Buxoro xalq vakillarining l qurultoyida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi \u2014 BXSR tuzilganligi tantanali ravishda e&#8217;lon qilindi. Bu davlat tuzumi jihatidan xalq demokratik hokimiyati edi. Uning zimmasiga qisqa muddat ichida o&#8217;rta asrchilik an&#8217;analari meros qolgan Amir Buxorosini demokratik davlatga aylantirishdek tarixiy vazifani bajarish tushdi. Qurultoy davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi oliy organi bo&#8217;lgan Buxoro inqilobiy qo&#8217;mitasi (Markaziy Revkom), Buxoro Xalq Nozirlar Sho&#8217;rosi \u2014 dastlabki hukumat tarkibini uzil kesil tasdiqladi. Ularning vakolat muddati 2 qurultoygacha uzaytirildi. Ushbu qurultoyda I. E. Lyubimov RSFSR hukumati Buxoro Respublikasining mustaqilligini tan olganligini aytishga shoshildi. 1920 yil oktabr\u2014noyabr oylarida BXSR bilan RSFSR o&#8217;rtasida muvaqqat harbiy siyosiy ahdlashuv va shartnoma tuzildi. 1921 yil 4 martda har ikki davlat o&#8217;rtasida &#171;Ittifoq shartnomasi&#187; imzolandi. Ushbu shartnomalar mustaqil siyosat yuritishga harakat qilayotgan yosh Buxoro davlati arboblari faoliyatini muayyan darajada cheklashga olib keldi. &#171;Ittifoq shartnomasi&#187; mustaqil Buxoro davlati hududida sovet qo&#8217;shinlari turishini &#171;qonuniy&#187; asoslab berdiki, mazkur hol BXSR ichki ishlariga Rossiyaning to&#8217;g&#8217;ridan to&#8217;g&#8217;ri harbiy jihatdan qurolli aralashuvidan boshqa narsa emas edi. Buxoro hukumati oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri yer-suv masalasini hal qilish edi. 1920 yil 30 sentabrda Buxoro Markaziy Revkomi &#171;Yer to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi dekretni qabul qildi. Dekretga muvofiq, sobiq Amir, uning qarindoshlari va amaldorlari qo&#8217;lidagi butun yer-mulk kambag&#8217;al va yersiz dehqonlarga berilishi kerak edi. Shuningdek, dekretga ko&#8217;ra, &#171;xiroj&#187;, &#171;amlok&#187; va boshqa soliqlar bekor qilindi. Arxiv hujjatlarida keltirilishicha, fakat eski Buxoro tumanlari va Chorjo&#8217;y bekligida sobiq Amir va beklarga qarashli 10000 tanob yer musodara qilinib, kambag&#8217;al dehqonlarga taqsimlab berildi. Yangi tuzum va uning ijobiy chora-tadbirlarini aholi ma&#8217;qullab kutib oldi. Joylarda inqilobiy qo&#8217;mitalar tuzildi. Birok yangi hokimiyat tomonidan mulkdorlar tabaqasiga nisbatan ko&#8217;rilgan qattiq choralar, ularga tegishli butun molmulkning musodara qilinishi, saroy a&#8217;yonlari va Amir amaldorlarining yoppasiga hibsga olinishi va otib tashlanishi, Amir xazinasining Moskvaga olib ketilishi, majburiy oziq-ovqat &#171;razvyorstkasi&#187; va uning qattiqqo&#8217;llik bilan amalga oshirilishi, Islom dini va ulamolarga nisbatan dushmanlik siyosati, respublika hududida turgan qizil armiya ta&#8217;minotining aholi zimmasiga yuklatilishi, buning ustiga, qizil askarlarning bosqinchilik va talonchilik &#171;faoliyati&#187; haqqoniy ravishda xalqning kuchli noroziligiga sabab bo&#8217;ldi. Respublikadagi ijtimoiy siyosiy munosabatlar ham keskinlashdi. Yosh davlat yetakchisi F. Xo&#8217;jayev murakkab va og&#8217;ir sharoitda ishlashga majbur bo&#8217;ldi. Buxoro hukumati ichida siyosiy bo&#8217;linish kuchaydi. Bir tarafdan, Buxoro Kompartiyasi ichidagi &#171;so&#8217;l&#187; va &#171;o&#8217;ng&#187; kommunistlarga qarshi g&#8217;oyaviy jihatdan kurash olib borishga to&#8217;g&#8217;ri kelsa, ikkinchi tarafdan, RSFSR va uning favqulodda organlari bo&#8217;lgan Turkkomissiya, Turkbyuro yosh &#171;mustaqil davlat&#187;ning bosgan har bir qadamini sergaklik bilan nazorat qilib turar edi. Shunday bo&#8217;lishiga qaramasdan F. Xo&#8217;jayev, U. Po&#8217;latxo&#8217;jayev, O. Xo&#8217;jayev, Fitrat, M. Aminov, M. Saidjonov, S. Xo&#8217;jayev, M. Mansurov, A. Muxitdinov va boshqa hukumatda demokratik yo&#8217;l tutib, mo&#187;tadil mavqeda turdilar. Ular BXSRning amalda mustaqil bo&#8217;lishi, e&#8217;tiqod erkinligi, islohotlar o&#8217;tkazish zarurligini yoqlab chiqdilar. 1921 yil 18-23 sentabrda bo&#8217;lgan Butun Buxoro xalq vakillarining 2 qurultoyida demokratik ruhdagi BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. Buxoro tarixidagi dastlabki Konstitutsiya fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklarini qonun yo&#8217;li bilan mustahkamladi. Konstitutsiyada davlatni idora etish uchun xalqning barcha tabaqa vakillarining ishtiroki ta&#8217;minlandi. Xususiy mulk va savdo+sotiq erkinliklari Konstitutsiyada o&#8217;z ifodasini topdi. Buxoroda o&#8217;rnatilgan tuzum xalq demokratik Respublikasi edi. BXSRning Konstitutsiyasi barcha fuqarolarga teng siyosiy huquq berdi, milliy tengsizlikni yo&#8217;qotdi. Konstitusiyaga ko&#8217;ra, BXSRning oliy organi \u2014 butun Buxoro xalq vakillari qurultoyi bo&#8217;lib, u har 2000 saylovchiga bir vakil saylanadigan 350 a&#8217;zodan iborat edi. Qurultoy yiliga bir marta chaqirilar va unda respublika Konstitutsiyasini qabul qilish, o&#8217;zgarishlar kiritish, hukumatning hisoboti va davlat byudjetni tasdiqlash kabi muhim masalalar ko&#8217;rilar edi. Konstitutsiyaga ko&#8217;ra, qurultoylar o&#8217;rtasida qonun chiqaruvchi va nazorat qiluvchi oliy organ \u2014 butun Buxoro MIK hisoblanadi. Qurultoyda Butun Buxoro MIK raisi qilib Usmonxo&#8217;ja Po&#8217;latxo&#8217;jayev saylandi (1922 yil avgustda bo&#8217;lgan 3 qurultoyda bu lavozimni Porso Xo&#8217;jayev egalladi). Konstitutsiyaga muvofiq Xalq Nozirlar Sho&#8217;rosi davlat hokimiyatini ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi sifatidagi o&#8217;z vazifasini saqlab qoldi. Qurultoyda milliy masalaga kata e&#8217;tibor berildi. Buxoro MIK huzurida Omongeldi Omonov boshchiligida Turkman bo&#8217;limi tuzildi. Keyinchalik shu asosda Turkman avtonom viloyati tashkil qilinib, unga milliy muxtoriyat huquqi berildi. Turkman va tojik xalqi uchun madaniy ma&#8217;rifiy va boshqa muassasalar ochildi. Buxorodagi demokratik jarayonlarga mamlakat tashqarisidan tazyiq tobora kuchayib bordi. 1923 yil 3 iyunda Buxoroga SSSR Qurolli kuchlarining Bosh qo&#8217;mondoni S. S. Kamenev, Turkfront Inqilobiy Harbiy Kengash raisi A. I. Kork, RKP (b) MK O&#8217;rta Osiyo byurosi a&#8217;zosi Mixaylov va boshqalar kelishdi. Ular Buxoro hukumati faoliyatidan qoniqmayotganliklarini ochiq aytib, sotsialistik o&#8217;zgarishlarni jadallashtirish kerakligini ta&#8217;kidlashdi. Oradan ko&#8217;p o&#8217;tmay \u2014 12 iyunda RKP(b) MK siyosiy byurosi maxsus qaror qabul qilib, Buxoro hukumatini sovetlashtirish chora-tadbirlarini belgilab berdi. Sovet hukumati o&#8217;z buyruqlarini tez va qarshiliksiz amalga oshirish uchun RKP(b) MK kotibi Ya. E. Rudzutakni Buxoroga jo&#8217;natdi. 23 iyunda BKP MK yopiq plenumida Rudzutak ishtirok qilib, Buxoro hukumati rahbarlari va mahalliy kommunistlar oldiga qat&#8217;iy talablarni qo&#8217;ydi. F. Xo&#8217;jayevning eng yaqin safdoshlari bo&#8217;lgan sobiq yosh buxorolik jadidlar Otaulla Xo&#8217;jayev (tashqi ishlar noziri), Fitrat (maorif noziri), Sattor Xo&#8217;jayev (moliya noziri), Muinjon Aminov (ekoso raisi) lavozimlaridan chetlashtirilib, Buxoro davlati hududidan chiqarib yuborildi. Qori Yo&#8217;ldosh Po&#8217;latov, Rahimjon Yusufzoda, Muzaxar Maxsum Burhonov, Hoji Hamro Yo&#8217;ldoshev ham mas&#8217;ul lavozimlardan olib tashlandi. Buxoro hukumati Moskva va Toshkentning &#171;kommunistcha sabog&#8217;i&#187;ni olgan &#171;tajribali sovet xodimlari&#187; bilan to&#8217;ldirildi. Plenumning o&#8217;zida Buxoro Kompartiyasi MK kotibi Muhametdinov o&#8217;rniga A. Rahimboev Buxoro Kompartiyasi MK mas&#8217;ul kotibi qilib saylandi. Hukumatda Turkistondan yuborilgan emissarlarning ta&#8217;siri kuchayib bordi. Inqilobiy ekstremistik unsurlar bu bilan cheklanib qolmasdan, 14 avgustda bo&#8217;lgan Buxoro MIK favqulodda sessiyasida Konstitutsiyaga o&#8217;zgartirish kiritishga ham muvaffaq bo&#8217;ldilar. 1923 yil 11-17 oktabrda bo&#8217;lgan butun Buxoro 4 qurultoyi Konstitutsiyani o&#8217;zgartirish to&#8217;g&#8217;risidagi qarorni tasdiqladi. Unga binoan barcha savdogar, mulkdor va sobiq amaldorlar saylov huquqidan mahrum qilindi. Ammo ishchi va kosiblarning saylov huquqi kengaytirildi. Shuningdek, qurultoyda jamiyatda ijtimoiy beqarorlikni kuchaytiradigan &#171;Sovet qurilishi to&#8217;g&#8217;risida&#187; maxsus qaror qabul qilindi. Jamiyat tobora siyosiylashib bordi. Buxoroda o&#8217;tkazilayotgan demokratik islohotlarning takdiri xavf ostida qoldi. Markazning talabi bilan mamlakatda sun&#8217;iy ravishda sotsialistik qayta qurishlarni amalga oshirishga kirishildi. Respublikadagi bu keskin siyosiy vaziyat qurolli muxolifat harakatining kuchayishida ham o&#8217;z ifodasini topdi. Buxoroda Amir hokimiyati ag&#8217;darib tashlangan dastlabki haftalardayoq mamlakatning g&#8217;arbiy, Markaziy va Sharqiy qismlarida qizil armiyaning bosqinchilik siyosati va bolsheviklar zulmiga qarshi istiqlolchilik harakati boshlangan edi. Buxoro Respublikasidagi iqtisodiy siyosat va xo&#8217;jalik sohasidagi islohotlar ziddiyatli tarzda kechdi. Buxoro inqilobiy qo&#8217;mitasining 1921 yil 5 yanvardagi dekreti hamma yerlarni umumxalq mulki deb e&#8217;lon qildi. Vaqf yerlari tugatildi, ayrim toifadagi xo&#8217;jaliklarning chorva mollari va mulklari musodara qilindi. Sug&#8217;orish tizimi izdan chiqdi, ekin maydonlari qisqarib, chorva mollarining soni kamayib ketdi. Shu bilan bir vaqtda ko&#8217;plab ijobiy ishlar ham amalga oshirildi. 1921 yil kuzida yerni tortib olish bekor qilindi. Buxoro MIKning umumiy afv to&#8217;g&#8217;risidagi 1922 yil 25 may dekreta vaqflarni tugatishni to&#8217;xtatish, qozixonalar ishini, shariat ko&#8217;rsatmalarini tiklash va boshqalarni e&#8217;lon qildi. Usha yilning noyabrda yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ga o&#8217;tish e&#8217;lon etildi. Buxoro davlat banki tuzilib, pul islohoti amalga oshirildi. Dehqonlarni moddiy rag&#8217;batlantirish choralari ko&#8217;rildi. Bu qishloq xo\u2019jalikni barqaror rivojlanishiga olib keldi. 1923 yil sug&#8217;oriladigan yerlar maydoni 1913 yildagi darajaga yaqinlashib qoldi (92,3%). Temir yo\u2019l tiklanib, zavod va fabrikalar qaytadan ishga tushdi. Bu paytga kelib Buxoro Respublikasida 19 ta korxona, 500 dan ortiq bozor ishlab turdi, xususiy sarmoya 12000 savdogarlar mablag&#8217;idan iborat bo&#8217;ldi. 1923 yil 4 ta aralash aktsionerlik jamiyati, 30 ta yirik savdo firmalari faoliyat ko&#8217;rsatayotgan edi. Davlat savdosi va kooperatsiyasiga berilgan yordam o&#8217;z samarasini ko&#8217;rsatdi. 1923 yil mart oyida Turkiston, Buxoro va Xorazm iqtisodiy jihatdan birlashtirildi va uni boshqarish uchun O&#8217;rta Osiyo iqtisodiy Kengashi (Sredaz ekoso) tuzildi. F.Xo&#8217;jayev O&#8217;rta Osiyoning iqtisodiy jihatdan birlashuvi to&#8217;g&#8217;risidagi fikrni boshida qo&#8217;llab-quvvatlamadi. Chunki u iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, hatto mintaqa xalq xo&#8217;jaligi istiqbollari to&#8217;g&#8217;risida qaror qabul qilishgacha bo&#8217;lgan barcha ishlar Markaz qo&#8217;liga o&#8217;tayotganligini eng avvalo sezgan va bu siyosatning mash&#8217;um oqibatlarini chuqur tushungan arbob edi. O&#8217;zi kuchli iqtisodchi bo&#8217;lgan F. Xo&#8217;jayev Buxoro tomonidan Rossiya va Turkistonga yetkazib beriladigan mollarga aniq tovar ekvivalenti belgilash zarurligi to&#8217;g&#8217;risida ayniqsa tashvishlanib gapirar edi. Buxoro hududida joylashgan Rossiya qo&#8217;shinlari Buxoro davlatining oziqovqati va yem-xashagi bilan ta&#8217;minlanar edi. Hukumat boshlig&#8217;i F. Xo&#8217;jayev Rossiya qo&#8217;shinlari sonini 15000 kishigacha qisqartirish to&#8217;g&#8217;risidagi masalani Moskva oldiga bir necha marta qo&#8217;ydi. Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi. (BSSR). 1924 yil 1820 sentabrda butun Buxoro xalq vakillarining 5 qurultoyi bo&#8217;lib o&#8217;tdi. Qurultoy 19 sentabrda BXSRni Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirish to&#8217;g&#8217;risida qaror qabul qildi. BSSRning tuzilishi yuqoridan turib sun&#8217;iy tarzda amalga oshirilgan hodisa edi. Natijada taraqqiyotning demokratik yo&#8217;li inkor qilinib, sotsialistik yo&#8217;nalish tanlandi. Markazdagi Bolshevik rahbarlarining Buxoro va Xorazm xalq respublikalarini sotsialistik respublikaga aylantirishdan ko&#8217;zda tutgan asosiy maqsadlari mahalliy xalqlarni tezroq sovetlashtirish va ruslashtirish, ularning ongiga kommunizm mafkurasini singdirish edi. Sharqda &#171;sotsializmning porloq g&#8217;alabasi&#187;ni ta&#8217;minlash uchun bu juda zarur edi. Qurultoyda F. Xo&#8217;jayev hukumatning ishi to&#8217;g&#8217;risida hisobot berdi va &#171;O&#8217;rta Osiyoning milliy davlat chegaralanishi to&#8217;g&#8217;risida&#187; ma&#8217;ruza qildi. Qurultoy qatnashchilari xalq hukumatining 4 yillik ish faoliyati yakunlarini chiqarib, O&#8217;rta Osiyoda milliy respublikalar tuzish zarurligini yokqlashdi. 1924 yil 18 noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR miklari qo&#8217;shma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan o&#8217;z vakolatlarini O\u2019zbekiston SSR Sovetlarining ta&#8217;sis qurultoyiga qadar ish ko&#8217;rib kelgan Fayzulla Xo&#8217;jayev raisligida yangi tashkil etilgan O&#8217;zbekiston SSR muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar. Shunday qilib, O&#8217;rta Osiyo respublikalarining milliy hududiy chegaralanishi deb atalmish tadbir asosida 1924 yil noyabr oyi oxirida Buxoro SSR tugatilib, uning hududi yangi tashkil etilgan O&#8217;zbekiston SSR, Turkmaniston SSR va Tojikiston ASSR (1929 yildan Tojikiston SSR) ga kiritildi. Ad.: Xo&#8217;jaev F., Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, T., 1926, 1997; Sadriddin liniy, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Fitrat, Amir Olimxonning hukmronlik davri, T., 1992;Amir Sayyid Olimxon, Buxoro xalqining hasrati tarixi, T., 1991; Ishanov A. I., Buxarskaya Narodnaya Sovetskaya Respublika, T., 1969; Uzbekiston tarixi (19171993), T., 1994; Uzbekiston tarixining dolzarb muammolariga yangi chizgilar, T., 1999; O&#8217;zbekistonning yangi tarixi. 2kitob. Uzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida, T., 2000; Qosimov F., Buxoro Respublikasi tarixshunosligi, Buxoro, 1996; Buxoro: tarix sahifalari, Buxoro, 1999; Rajabov Q., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI (BXSR) (1920-24) Buxoro amirligida amirlik tuzumi ag&#8217;darib tashlangach, yuzaga kelgan xalq Respublikasi. Maydoni 182,193 ming kilometr kvadrat, aholisi 2,2 million kishidan ortiq, asosan o&#8217;zbeklar, tojiklar va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buxoro-xalq-sovet-respublikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-20418","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20418","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20418"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20418\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20422,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20418\/revisions\/20422"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20418"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20418"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20418"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}