{"id":20434,"date":"2022-03-06T16:38:56","date_gmt":"2022-03-06T13:38:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20434"},"modified":"2022-03-06T16:38:58","modified_gmt":"2022-03-06T13:38:58","slug":"buxoroyi-sharif","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buxoroyi-sharif\/","title":{"rendered":"BUXOROYI SHARIF"},"content":{"rendered":"\n<p>BUXOROYI SHARIF (sharofatli Buxoro) \u2014qadimgi Buxoroning keng tarqalgan nomlaridan biri. O&#8217;rta asrlarda jahondagi 7 shahar: Makka, Madina, Quddus, Buxoro, Bag&#8217;dod, Damashq, Mozori Sharifga liniy markaz sifatida Shuhrat qozonganliklari uchun &#171;Sharif&#187; unvoni berilgan edi. Buxoro qadimdan turli nomlar bilan atalib kelgan. Ayniqsa, Arab xalifaligi va somonishar davrida shahar yuksalgan. Buxoroning nomlaridan &#171;Foxira&#187; (&#171;Faxrli shahar&#187;) atamasi Narshaxiyning ta&#8217;rifi bo&#8217;yicha, Islom dinining barqarorligi yo&#8217;lida qon to&#8217;kkan shahidlar sharafiga nisbat qilib berilgan. Shahar Islomni targ&#8217;ib qilish va qaror toptirish yo&#8217;lida ham muhim rol o&#8217;ynagan. Buxorodan islomiyat va hadis ilmlarining yirik targ&#8217;ibotchilari va tasnifchilari (Imom Buxoriy va boshqalar) yetishib chiqdi. I slom huquqshunosligining Buxoro maktabi tashkil topdi. Buxoroning Islom dini, musulmon axloqi, madaniyati va huquqshunosligining Sharqdagi kuchli markazlaridan biriga aylanishi tufayli unga 9-asr boshlaridayoq &#171;Qubbat ulislom&#187; \u2014 &#171;Islom dinining gumbazi&#187; degan sifat ham beriladi. Narshaxiyning guvohlik berishicha, mashhur fiqhshunos (huquqshunos) olim Xoja Imom Abu Xafsi Kabir Buxoriy tufayli Buxoro &#171;Qubbat ulislom&#187; deb atalgan. O&#8217;rta asrlarda Buxoro faqat islomiyatdagina emas, balki ilmu ma&#8217;rifat va madaniyat tarqatishda ham Movarounnahrda yirik markaz sifatida shuhrat topdi. Buxoroda turli asrlarda bino qilingan 200 ga yaqin madrasalarda o&#8217;z davrida minglab tolibi ilmlar diniy va dunyoviy bilimlarni olib, butun O&#8217;rta Osiyo bo&#8217;ylab ziyo tarqatganlar. Shayx Sayfiddin Boharziy faoliyati tufayli Buxoroning shuxrati Islom olamida yana ham ko&#8217;proq tarqaldi. Shu sababli 13-asrdan boshlab unga yana bir sifat \u2014 &#171;sharif&#187; so&#8217;zi qo&#8217;yilib, u Buxoroyi sharif, ya&#8217;ni sharofatli Buxoro nomi bilan yuritiladigan buldi. Buxoro hukmdorlari tomonidan &#171;Zarbi Buxoroyi sharif&#187;, ya&#8217;ni &#171;Buxoroyi sharifda zarb etilgan&#187; deb bitilgan tamg&#8217;alar bilan oltin va kumush tangalar hamda mis chaqalar ishlab chiqarilgan. Mirzo Ulugbek tomonidan Buxoroda Chorsu maydonida qurdirilgan madrasa darvozasida hatto Arabcha &#171;ilm olmakka intilish har bir Muslim va Muslima uchun qarzu farzdir&#187; degan so&#8217;zlarning o&#8217;yib yozilishi, o&#8217;rta asrlarda, ayniqsa Temuriylar davrida ilm va ma&#8217;rifatga bo&#8217;lgan ijobiy munosabatning yorqin dalilidir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BUXOROYI SHARIF (sharofatli Buxoro) \u2014qadimgi Buxoroning keng tarqalgan nomlaridan biri. O&#8217;rta asrlarda jahondagi 7 shahar: Makka, Madina, Quddus, Buxoro, Bag&#8217;dod, Damashq, Mozori Sharifga liniy markaz sifatida Shuhrat qozonganliklari uchun &#171;Sharif&#187; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buxoroyi-sharif\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-20434","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20434","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20434"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20434\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20437,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20434\/revisions\/20437"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20434"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20434"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20434"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}