{"id":20440,"date":"2022-03-06T16:48:34","date_gmt":"2022-03-06T13:48:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20440"},"modified":"2022-03-06T16:48:35","modified_gmt":"2022-03-06T13:48:35","slug":"buxoro-samarqand-musiqa-uslubi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buxoro-samarqand-musiqa-uslubi\/","title":{"rendered":"BUXORO-SAMARQAND MUSIQA USLUBI"},"content":{"rendered":"\n<p>BUXORO-SAMARQAND MUSIQA USLUBI \u2014 Buxoro va Samarqand shaharlari va viloyatlari hududlarida qaror topgan muayyan musiqiy an&#8217;analar majmui. Qadimdan madaniyat maskanlari bo&#8217;lmish bu vohalarda xalq qo&#8217;shiq va cholg&#8217;u kuylari, mumtoz musiqa ijodiyoti namunalari keng o&#8217;rin tutadi. Ayniqsa, professional musiqa yo&#8217;nalishlarining xilma-xilligi va ular musiqa voqeligida keng yoyilganligi bilan ajralib turadi. O&#8217;ziga xos jihatlaridan yana biri \u2014 mazkur hududdagi o&#8217;zbek va tojik xalq musiqa an&#8217;analarining o&#8217;zaro yaqinligi, jumladan xalq qo&#8217;shiqchiligida ikki (o&#8217;zbek-tojik) tillilik an&#8217;anasining namoyon bo&#8217;lishi (ya&#8217;ni, ayrim xalq qo&#8217;shiklari, qo&#8217;shiq turkumlari ayni vaqtning o&#8217;zida ham o&#8217;zbek, ham tojik tillarida aytilishi)dir. Ikki tillilik an&#8217;anasi shu sarhadda yashab faoliyat ko\u2019rsatgan ko&#8217;pgina shoirlar (xususan, Mujrim Obid, Abdullo Mulham Buxoriy, Fitrati Zardo&#8217;zi Samarqandiy va boshqalar) ijodida ham o&#8217;z aksini topgan. Qadimdan diniy ma&#8217;rifat, ma&#8217;naviyat o&#8217;choqlari sifatida tanilgan Buxoro va Samarqand shaharlarida kitobxonlik, g&#8217;azalxonlik, qissaxonlik, qalandarxonlik, maddohlik kabi o&#8217;quv yo&#8217;llari keng rivoj topgan. Turli yig&#8217;in, to&#8217;y va bayramlarda mavrigixonlar va sozanda dastalari tomonidan ijro etilayotgan raqs qo&#8217;shiqlar turkumlari alohida o&#8217;rin tutadi. Ommaviy qo&#8217;shiq janrlaridan erkaklarning qarsak (Beshqarsak) o&#8217;yin qo&#8217;shiqlari mashhur. Cholg&#8217;u ijrochiligi ham boy an&#8217;analarga ega. Bayram sayillari, musiqa tomoshalarida surnay nog&#8217;ora karnay ansambllari asosiy o&#8217;rin tutgan bo&#8217;lsa, turli yig&#8217;in majlislarda g&#8217;ijjak, Buxoro (afg&#8217;on) rubobi, dutor, nay, ayniqsa tanbur va boshqa sozlar ijrochiligi keng tarqalgan. Shuningdek, tanbur, nay va doira sozlaridan iborat bo&#8217;lgan cholg&#8217;u ansambli ham an&#8217;anaviy tus olgan. Professional musiqa yo&#8217;nalishlarida maqom va hofizlik san&#8217;atlari asosiy o&#8217;rinda turadi. Xususan, 18-asr o&#8217;rtalarida Buxoro saroy madaniyatida Shashmaqom turkumi shakllangan bo&#8217;lib, keyinchalik Xorazm maqomlari hamda Farg&#8217;onaToshkent maqom yo&#8217;llari shakllanishiga ta&#8217;sir o&#8217;tkazgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BUXORO-SAMARQAND MUSIQA USLUBI \u2014 Buxoro va Samarqand shaharlari va viloyatlari hududlarida qaror topgan muayyan musiqiy an&#8217;analar majmui. Qadimdan madaniyat maskanlari bo&#8217;lmish bu vohalarda xalq qo&#8217;shiq va cholg&#8217;u kuylari, mumtoz musiqa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buxoro-samarqand-musiqa-uslubi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-20440","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20440","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20440"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20440\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20442,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20440\/revisions\/20442"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20440"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20440"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20440"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}