{"id":20455,"date":"2022-03-06T17:49:27","date_gmt":"2022-03-06T14:49:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20455"},"modified":"2022-03-06T17:49:28","modified_gmt":"2022-03-06T14:49:28","slug":"bozsuv","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bozsuv\/","title":{"rendered":"BO&#8217;ZSUV"},"content":{"rendered":"\n<p>BO&#8217;ZSUV \u2014 Chirchiq daryosidan chiqarilgan qadimgi kanal. Bo&#8217;zsuv Chirchiqning o&#8217;ng sohilidagi qadimgi terassalar bo&#8217;ylab shimoli sharqdan Janubi g&#8217;arbga tomon yo&#8217;nalib, Toshkent viloyati Qibray, Zangiota va Yangiyo&#8217;l tumanlari, Toshkent shahri hududi, shuningdek Qozog&#8217;iston Respublikasi yerlaridan o&#8217;tib, Chinoz yaqinida Sirdaryoga quyiladi. Uzunligi 159 kilometr. Boshlanishi qismida suv sarfi 310 m3\/sek, 10 gesdan quyida 110 metr kub (ortiqcha suv Chirchiq daryosiga tashlanadi). Bo&#8217;zsuvning o&#8217;zani egribugri, kengligi 10-20 metr. Quyi oqimida 30 metrgacha chuqur dara hosil qilgan. Bo&#8217;zsuvdan har ikki tomonga suv sarfi 0,5 m3\/s dan 35 m3\/s gacha bo&#8217;lgan, irrigatsiya va sanoat uchun mo&#8217;ljallangan katta-kichik 23 kanal chiqarilgan. Eng yiriklari: o&#8217;ng sohil Qorasuv, Salor, Kaykovus, Anhor, Iskandar, Yuqori Toshkent, Jo&#8217;n, Kurkuldak, Niyozboshi, Shimoliy Toshkent kanallari, Bo&#8217;rjar tashlamasi. Salor, Kaykovus, Qorasuv va Anhor Toshkent shahridan o&#8217;tib, shaharni suv bilan ta&#8217;minlaydi. Bo&#8217;zsuv va undan chiqarilgan kanallarning umumiy uzunligi 400 kilometrdan oshadi. Bo&#8217;zsuv suvi bilan Toshkent viloyati Zangiota, Qibray, Yangiyo&#8217;l tumanlari va Qozog&#8217;istonning Chimkent viloyatidagi 140 ming gektar yer suv bilan ta&#8217;minlanadi. 1936 yilgacha Chirchiqdan suvni Baytqo&#8217;rg&#8217;on qishlog&#8217;idan yuqoridagi Yumaloqtepa suv bo&#8217;lgichidan olgan, suv sarfi 90 metr kub bo&#8217;lib, taxminan 65 ming gektar yerni sug&#8217;organ. 1940 yilda yangi GESlar qurilishi munosabati bilan G&#8217;azalkent yaqinida Chirchiq daryosiga bosh to&#8217;g&#8217;on qurildi va kanalga suv daryodan chiqarilgan derivasion kanal orqali olinadigan bo&#8217;ldi. 1926-54 yillarda Bo&#8217;zsuv kanalida 16 GES (Oqqovoq2, Oqqovoq3, Qodriya, Salor, Bo&#8217;zsuv, Shayxontohur, Bo&#8217;rjar, Oqtepa, Quyi Bo&#8217;zsuv 1,2,3,4,6 va boshqalar) dan iborat Chirchiq Bo&#8217;zsuv gidroenergetika kaskadi barpo qilingan. O&#8217;zbekistondagi birinchi GES\u2014 Bo&#8217;zsuv GES shu kanalda qurilib, ishga tushirilgan (1926). Kanalda GESlardan tashqari suv to&#8217;suvchi qurilmalar, nasos stansiyalari, suv oluvchi inshootlar, ostonali sharsharalar va boshqa muhandislik inshootlari qurilgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin Bo&#8217;zsuvda, jumladan 1995-2000 yillarda uning Anhor tarmog&#8217;ida oqimni tartibga solish, qirg&#8217;oqlarni mustahkamlash va sohil bo&#8217;ylarini obodonlashtirish bo&#8217;yicha katta ishlar amalga oshirildi. Sharif Hamdamov.<\/p>\n\n\n\n<p>BO&#8217;ZSUV \u2014 Toshkent viloyati Yangiyo&#8217;l tumanidagi shaharcha (1974 yildan). Yaqin temir yo\u2019l stantsiyasi\u2014 Yangiyo&#8217;l (23 kilometr). Aholisi 4,7 ming kishi (1999). Bo&#8217;zsuvda umumiy ta&#8217;lim maktablari, bog&#8217;chalar, kinoteatr, kasalxona, dorixona, maishiy xizmat ko&#8217;rsatish korxonalari bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BO&#8217;ZSUV \u2014 Chirchiq daryosidan chiqarilgan qadimgi kanal. Bo&#8217;zsuv Chirchiqning o&#8217;ng sohilidagi qadimgi terassalar bo&#8217;ylab shimoli sharqdan Janubi g&#8217;arbga tomon yo&#8217;nalib, Toshkent viloyati Qibray, Zangiota va Yangiyo&#8217;l tumanlari, Toshkent shahri hududi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bozsuv\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-20455","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20455","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20455"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20455\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20460,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20455\/revisions\/20460"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20455"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20455"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20455"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}