{"id":20517,"date":"2022-03-08T08:47:06","date_gmt":"2022-03-08T05:47:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20517"},"modified":"2022-03-08T08:47:07","modified_gmt":"2022-03-08T05:47:07","slug":"buyuk-ipak-yoli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buyuk-ipak-yoli\/","title":{"rendered":"BUYUK IPAK YO&#8217;LI"},"content":{"rendered":"\n<p>BUYUK IPAK YO&#8217;LI \u2014 qadimda va o&#8217;rta asrlarda Sharq va G&#8217;arb mamlakatlarini ilk bor o&#8217;zaro bog&#8217;lagan Qitalararo karvon yo&#8217;li (miloddan avvalgi 2-asr \u2014 milodiy 15-asr). Buyuk ipak yo&#8217;li atamasi ushbu yo&#8217;ldan tashilgan qimmatbaho tovar \u2014 Xitoy ipagi bilan bog&#8217;liq. G&#8217;arb mamlakatlari uzoq vaqtgacha ipakchilik sir asrorlaridan bexabar bo&#8217;lishgan. Buyuk ipak yo&#8217;li atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yo&#8217;lini tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy o&#8217;rganish amalda ko&#8217;plab mamlakat olimlari tomonidan 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga G&#8217;arbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qo&#8217;shdilar. Xususan, Yaponiyada &#171;Buyuk ipak yo&#8217;li entsiklopediyasi&#187; nashr qilindi. 1877 yil mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen o&#8217;zining &#171;Xitoy&#187; nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materiganing turli qismlarini bog&#8217;lovchi yo&#8217;llar tizimini &#171;Ipak yo&#8217;li&#187; deb atagan, keyinchalik &#171;Buyuk ipak yo&#8217;li&#187; atamasi qabul qilingan. Miloddan avvalgi 2-asrgacha ham Sharq bilan G&#8217;arb o&#8217;rtasida O&#8217;rta Osiyo karvon yo&#8217;llari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud bo&#8217;lgan. Bunga Tog&#8217;li Oltoydagi Poziriq qo&#8217;rg&#8217;onidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afg&#8217;oniston va O&#8217;rta Osiyodan topilgan yunon buyumlari misol bo&#8217;lishi mumkin. Iskandar Maqduniy saltanati tuzilishi bilan bu aloqalar to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;lga solingan. Buyuk ipak yo&#8217;lining Sharqiy qismini barpo etishda sug&#8217;diylar katta rol o&#8217;ynaganlar. Iskandar Maqduniy tomonidan Sug&#8217;diyona mamlakati istilo etilishi bilan ko&#8217;plab sug&#8217;diylar sharqqa tomon ko&#8217;chganlar va Buyuk ipak yo&#8217;lining Markaziy qismini \u2014 O&#8217;rta Osiyodan tortib Xitoyning Chanan shahrigacha bo&#8217;lgan oraliq masofada savdo faktoriyalari (manzilgohlari) bunyod etganlar. O&#8217;z navbatida xan imperiyasi miloddan avvalgi 1-ming yillik oxirida o&#8217;z hududini O&#8217;rta Osiyo tomon kengaytirish siyosati yurgizib bu yo&#8217;nalishga alohida e&#8217;tiborini qaratadi va bu yo&#8217;l haqida ma&#8217;lumot to&#8217;plash, ayg&#8217;oqchilik va diplomatik maqsadlarida elchi Chjan Szyanni yuboradi. Ammo Suriyadagi O&#8217;rta dengizning sharqida joylashgan Gierapol shahridan Serika (Xitoy)gacha bo&#8217;lgan masofa bo&#8217;ylab tuzilgan dastlabki batafsil yo&#8217;llik makedoniyalik savdogar may Tisian (milodiy 100 yil) tomonidan tuzilgan. Bu ma&#8217;lumotlar Klavdiy Ptolemeyning &#171;Geografik qo&#8217;llanma&#187;sida saqlangan. Ptolemey esa o&#8217;z navbatida bu ma&#8217;lumotlarni tarixchi Marinning taxminan 107\u2014 114 yillar oralig&#8217;ida yozilgan va bizgacha yetib kelmagan asarlaridan olgan. Ushbu ma&#8217;lumotlarga ko\u2019ra, Buyuk ipak yo&#8217;li 2 katta qismga bo&#8217;lingan: Gierapoldan Toshminor (Toshqo&#8217;rg&#8217;on)gacha va Toshminordan Serikagacha. Yo&#8217;lning O&#8217;rta Osiyo qismlariga (hozirgi Turkmanistonning Janub va Afg&#8217;onistonning shimoli g&#8217;arbida joylashgan qadimgi viloyat) dan boshlangan. Ariyadan yo&#8217;l shimolga Marg&#8217;iyonadagi Antioxiyaga (Bayramali shahri yaqinidagi ko&#8217;hna Marv shahri xarobasi) ketgan, so&#8217;ngra sharqqa burilib Baqtra (shimoliy Afg&#8217;onistondagi Balx shahri) ga borgan. Bu yerdan yo&#8217;l shimol tomon yo&#8217;nalib Termiz atrofida Amudaryodan o&#8217;tilgan va so&#8217;ngra 2 tomonga ketilgan. 1-si, shimoliysi bo&#8217;ylab Temir darvoza orqali Marokanda (Samarqand)ga, u yerdan Farg&#8217;onaga ketilgan. 2-si, Janubiysi esa Surxondaryo vodiysi bo&#8217;ylab komedlarning tog&#8217;li o&#8217;lkasiga (hozirgi Qorategin) olib borgan. Har ikki yo&#8217;nalish ham Toshminorga olib borgan. Uni ayrim olimlar Toshkent hududida, boshqalari olay vodiysida joylashgan deb hisoblaydilar. Toshminordan so&#8217;ng yo&#8217;l O&#8217;rta Osiyo hududidan tashqariga chiqqan, Ergashtom atrofida &#171;savdogarlar qo&#8217;nimgohi&#187; joylashgan, so&#8217;ngra yo&#8217;l Taklamakon cho&#8217;lidan o&#8217;tib Dunxuanga, so&#8217;ngra Xitoyning qadimgi poytaxti \u2014 Chananga olib borgan. Bu yerdan yo&#8217;l ehtimol shimoli g&#8217;arbga Koreya va Yaponiyaga ketgan bo&#8217;lsa kerak. Milodiy 5-8-asrlarda Buyuk ipak yo&#8217;lining Yettisuv orqali Choch (Toshkent vohasi), Sug&#8217;d, so&#8217;ngra Poykend, Marv bo&#8217;ylab Eron Xurosoniga eltuvchi shimol qismi muhim ahamiyat kasb etgan. Ayni shu davrda Eron orqali Vizantiyaga ipak olib o&#8217;tish taqiqlanganligi munosabati bilan Sug&#8217;d savdogarlari Vizantiya va Turk xoqonlari vositachiliklarida Sug&#8217;d va Xorazmdan Kaspiy dengizini aylanib o&#8217;tib, shimoliy Kavkazdagi dovonlardan oshib qora dengiz va keyinchalik Konstantinopolgacha olib boruvchi yangi yo&#8217;l tarmog&#8217;ini ochadilar. G&#8217;arbda yuksak kadrlangan, qiymati jihatidan oltin va qimmatbaho toshlarga tenglashtirilgan ipak vositasida vizantiya imperatorlari Yevropadan jangchilar yollashgan va qo&#8217;shni &#171;varvar&#187; \u2014 german va slavyan qabilalarining hukmdorlarini o&#8217;z tomonlariga og&#8217;dirib olishgan, chunki ipak ularda yanada qadrliroq sanalgan. Ipak bu paytda 3 buyuk davlat: Vizantiya imperiyasi, Sosoniylar Eroni va buyuk Turk xoqonligi o&#8217;rtasidagi iqtisodiy raqobat ob&#8217;yektiga aylangan. Biroq, bu &#171;ipak&#187; yo&#8217;li aftidan uzoq vaqt mavjud bo&#8217;lmagan, chunki 6-asr 2-yarmida Xitoy ipak ishlab chiqarish bo&#8217;yicha monopol huquqdan mahrum bo&#8217;lgan, asr oxirida esa Vizantiya shu qadar ko&#8217;p miqdorda ipak yetishtirar ediki, uni Xitoydan keltirishga hech qanday ehtiyoj qolmagan. Vizantiya ipak sanoatini barpo etilishi va uni asta-sekin Zakavkaze va O&#8217;rta dengiz mamlakatlariga tarqalishi bilan Buyuk ipak yo\u2019lining tarixi tugaydi. Keyingi asrlarda, ayniqsa mo&#8217;g&#8217;ullar saltanati davrida garchand Sharq bilan G&#8217;arbni bog&#8217;lovchi karvon yo&#8217;li mavjud bo&#8217;lgani haqida ko&#8217;plab dalillarni keltirish mumkin bo&#8217;lsada, lekin &#171;ipak yo&#8217;li&#187; nomini unga shartli ravishda qo&#8217;llash mumkin, chunki bu yo&#8217;lning ahamiyatini endilikda ipak emas, boshqa tovar va maqsadlar belgilar edi. 1987 yil YUNESKO madaniy taraqqiyot bo&#8217;yicha BMTning umumjahon dekadasi doirasida &#171;Ipak yo&#8217;li \u2014 muloqot yo&#8217;li&#187; xalqaro dasturini qabul qildi. Bu dastur O&#8217;rta Osiyo xalqlari boy madaniy tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni nazarda tutadi. Biroq uning asosiy maqsadi \u2014 Sharq bilan G&#8217;arb o&#8217;rtasida yanada mustahkamroq madaniy va iqtisodiy aloqalar o&#8217;rnatish, ushbu buyuk qit&#8217;alarda yashovchi ko&#8217;p sonli xalqlar o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro munosabatlarni yaxshilashdan iborat. Ko&#8217;plab (30 dan ziyod) xalqaro ilmiy konferentsiya (jumladan, Samarqand, 1990 yil oktabr; Buxoro, 1996 yil Fevral) va seminarlar o&#8217;tkazildi. Buyuk ipak yo\u2019li bo&#8217;ylab birgalikda xalqaro ekspeditsiyalar uyushtirildi, kinofilmlar yaratildi, kitoblar, broshyuralar va maqolalar chop etildi, ba&#8217;zi arxeologik va me&#8217;moriy yodgorliklar ta&#8217;mirlandi. Ba&#8217;zi bir Sharq mamlakatlarida (Hindiston, Xitoy, O&#8217;zbekiston, Shri Lanka, Yaponiya) Buyuk ipak yo\u2019lini o&#8217;rganish bo&#8217;yicha maxsus ilmiy institutlar barpo etilgan. Masalan, BMT va Yunesko qaroriga ko&#8217;ra, Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochilgan. 1997 yil mayda O&#8217;rta Osiyoni Eron bilan bog&#8217;lagan Saraxs \u2014 Mashhad temir yo\u2019l uchastkasi qurilishi tugallandi, bu bilan O&#8217;rta Osiyo mamlakatlari Fors qo&#8217;ltig&#8217;iga, Yevropa mamlakatlari esa O&#8217;rta Osiyoga chiqish imkoniga ega bo&#8217;ldilar. Ilmiy va madaniy dasturlardan tashqari Buyuk ipak yo\u2019lini tiklash bo&#8217;yicha jahonshumul ahamiyatga ega bo&#8217;lgan loyiha amalga oshirilmoqda. Navbatdagi vazifa \u2014 O&#8217;zbekiston va Xitoy o&#8217;rtasidagi temir yo\u2019l uchastkasini qurishdir. Mana shu reja amalga oshgudek bo&#8217;lsa, Atlantika okeanidan tortib tinch okeanigacha bo&#8217;lgan masofada Buyuk ipak yo\u2019lining &#171;temir yo\u2019l\u201d varianti to&#8217;la tiklangan bo&#8217;ladi. O&#8217;zbekistonda Buyuk ipak yo\u2019lini tiklashga katta e&#8217;tibor qaratilmoqda. 1995 yil 2 iyunda O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Buyuk ipak yo\u2019lini qayta tiklashda O\u2019zbekistonning ishtirokini avj oldirish va respublikada xalkaro sayyohlikni rivojlantirish borasidagi choratadbirlar to&#8217;g&#8217;risidagi farmoni e&#8217;lon qilindi. Ad.: Rtveladze E., Velikiy shelkoviy put, T., 1998. Edvard Rtveladze, Faxriddin Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BUYUK IPAK YO&#8217;LI \u2014 qadimda va o&#8217;rta asrlarda Sharq va G&#8217;arb mamlakatlarini ilk bor o&#8217;zaro bog&#8217;lagan Qitalararo karvon yo&#8217;li (miloddan avvalgi 2-asr \u2014 milodiy 15-asr). Buyuk ipak yo&#8217;li atamasi ushbu &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buyuk-ipak-yoli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-20517","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20517","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20517"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20517\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20523,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20517\/revisions\/20523"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20517"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20517"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20517"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}