{"id":20806,"date":"2022-03-09T12:39:07","date_gmt":"2022-03-09T09:39:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20806"},"modified":"2022-03-09T12:39:08","modified_gmt":"2022-03-09T09:39:08","slug":"ozgaruvchanlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozgaruvchanlik\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZGARUVCHANLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZGARUVCHANLIK \u2014 tirik organizmlar hamda viruslar belgi va xususiyatlarining xilma-xil bo&#8217;lishi. \u201cO&#8217;zgaruvchanlik\u201d termini organizmlarning yangi belgi va xususiyatlar hosil qilishi yoki eski belgi va xususiyatlarni yo&#8217;qotishini ham ifodalaydi. O&#8217;zgaruvchanlik irsiyatga qarama-qarshi ma&#8217;noni anglatadi. Tabiiy sharoitda paydo bo&#8217;ladigan O&#8217;zgaruvchanlik tabiiy, ya&#8217;ni spontan, eksperimentda hosil qilinadigan O&#8217;zgaruvchanlik sun&#8217;iy, ya&#8217;ni indusirlangan O&#8217;zgaruvchanlik deyiladi. O&#8217;zgaruvchanlik manbai genetic materialning kombinasiyasi yoki rekombintasiyasi, gen yoki xromosoma tarkibining o&#8217;zgarishi, atrof muhit sharoitining ta&#8217;siri bo&#8217;lishi mumkin. Tabiatiga ko&#8217;ra, O&#8217;zgaruvchanlik genotipik, ya&#8217;ni irsiy va fenotipik, ya&#8217;ni noirsiy shakllarga ajratiladi. Genotipik O&#8217;zgaruvchanlik \u2014 organizmlar belgi va xususiyatlarining genotip bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan, avlodlarda saqlanib qoladigan (Ch.Darvinga ko&#8217;ra, aniq bo&#8217;lmagan) O&#8217;zgaruvchanlik, ya&#8217;ni belgilarning keskin o&#8217;zgarishi \u2014 mutatsiya (mutasion O&#8217;zgaruvchanlik) yoki organizmlarni duragaylashda belgilarning Kombinatsiyalanishi (kombinasion O&#8217;zgaruvchanlik) tufayli kelib chiqadi. Fenotipik O&#8217;zgaruvchanlikda genotip o&#8217;zgarmaydi. Organizmning individual rivojlanishi davomida uning yoshi (qarishi) bilan birga barcha morfofiziologik va biokimyoviy belgilarining o&#8217;zgarishi (ontogenetik, ya&#8217;ni yosh bilan bog&#8217;liq O&#8217;zgaruvchanlik) bunga misol bo&#8217;la oladi. O&#8217;zgaruvchanlikning boshqa bir xili modifikatsion O&#8217;zgaruvchanlik (modifikatsiya) ni bitta turga mansub, genetik jihatdan bir xil, lekin har xil sharoitda yashaydigan va organizmdan mikdor va sifat jihatdan farq qiladigan individlarda ko&#8217;rish mumkin. Modifikatsion O&#8217;zgaruvchanlik (Ch.Darvinga ko&#8217;ra, aniq bo&#8217;lgan O&#8217;zgaruvchanlik) muayyan belgilarning muayyan yo&#8217;nalishda o&#8217;zgarishi orqali yuzaga chiqadi va ommaviy xususiyatga ega bo&#8217;ladi. Har xil fizik va kimyoviy omillar ta&#8217;sirida yuzaga keladigan modifikatsion O&#8217;zgaruvchanlik morfozlar deyiladi. Muayyan genlar mutasiyasi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan morfozlar fenokopiyapar deb ataladi. Fenotipik O&#8217;zgaruvchanlikni organizmlardagi belgilar va xususiyatlar bilan emas, balki ular rivojlanish imkoniyatining irsiylanishi asosida tushuntirish mumkin. Shu sababdan Genotipning fenotipda ro&#8217;yobga chiqishi uchun muayyan sharoit bo&#8217;lishi lozim. Masalan, o&#8217;simlik rangining yashil bo&#8217;lishi uchun xlorofill sintezlanishini nazorat qiluvchi gen bilan birga yoruglik ham zarur. Muhit sharoiti ta&#8217;sirida paydo bo&#8217;ladigan O&#8217;zgaruvchanlik darajasi ham ko&#8217;p jihatdan irsiyatga bog&#8217;liq, chunki genotip har bir belgiga nisbatan organizm reaktsiyasi normasini belgilab beradi. Irsiy va noirsiy O&#8217;zgaruvchanlik organizmlarning individual sifat va miqdoriy, mustaqil va korrelyativ (o&#8217;zaro bog&#8217;langan), adaptiv (moslanishli) va noadaptiv hamda boshqa belgilarining xilma-xilligini belgilab beradi. Evolyutsiya jarayonida O&#8217;zgaruvchanlikning turli shakllari bir xilda ahamiyatga ega bo&#8217;lmaydi. Irsiy O&#8217;zgaruvchanlik organik evolyutsiyaning asosi va selektsiya uchun material manbai hisoblanadi. Noirsiy O&#8217;zgaruvchanlik organizmlarni muhitning o&#8217;zgarib turadigan sharoitiga moslanishini ta&#8217;minlaydi. Matematik statistika va solishtirma-tavsifiy metodlar \u2014 O&#8217;zgaruvchanlikni o&#8217;rganishning asosiy metodlari. Ad.: Grin A., Staut B., Teylor S ., Biologiya. Per.s angliyskogo, M., 1991; Mavlonov O., Biologiya, T., 2003.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZGARUVCHANLIK \u2014 tirik organizmlar hamda viruslar belgi va xususiyatlarining xilma-xil bo&#8217;lishi. \u201cO&#8217;zgaruvchanlik\u201d termini organizmlarning yangi belgi va xususiyatlar hosil qilishi yoki eski belgi va xususiyatlarni yo&#8217;qotishini ham ifodalaydi. O&#8217;zgaruvchanlik irsiyatga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozgaruvchanlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-20806","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20806","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20806"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20806\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20808,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20806\/revisions\/20808"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20806"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20806"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20806"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}