{"id":20838,"date":"2022-03-12T10:26:29","date_gmt":"2022-03-12T07:26:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20838"},"modified":"2022-03-12T10:26:29","modified_gmt":"2022-03-12T07:26:29","slug":"olkashunoslik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/olkashunoslik\/","title":{"rendered":"O&#8217;LKASHUNOSLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;LKASHUNOSLIK \u2014 mahalliy aholi tomonidan o&#8217;z ona yurti hisoblangan muayyan o&#8217;lka, viloyat, shahar, tuman, qishloq va boshqalar hududlarning har tomonlama o&#8217;rganilishi. O&#8217;lkashunoslik tabiiy, ijtimoiy, madaniy, tarixiy va boshqalar tadqiqotlar majmuidan iborat. O&#8217;lkashunoslikda o&#8217;lkaning tabiati, aholisi, xo&#8217;jaligi, tarixi, madaniyati, arxeologiyasi, o&#8217;lka namoyandalari o&#8217;rganiladi. O&#8217;lkashunoslik kompleks va soha O&#8217;lkashunosliklikka bo&#8217;linadi. Kompleks O&#8217;lkashunoslik turli sohalarni bir-biri bilan bog&#8217;liq holda, soha O&#8217;lkashunoslik geografiya, tarix, etnografiya, madaniyat, toponomika va boshqalar sohalarga oid masalalarni alohida o&#8217;rganadi. Hozirgi vaqtda ekologik vaziyat va tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish masalalarini o&#8217;rganuvchi O&#8217;lkashunoslik rivojlanmoqda. O&#8217;lkashunoslikning asosiy maqsadi o&#8217;z o&#8217;lkasi tabiati, aholisi, etnografiyasi, xo&#8217;jaligi, madaniyati, ekologik vaziyat va hokazolar haqida ashyoviy dalillar, ma&#8217;lumotlar, namunalar to&#8217;plab, ularni ommalashtirib, aholi bilimini oshirishdir. O&#8217;lkashunoslik juda kata ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maorifiy, o&#8217;quv-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy qadriyatlarni aniqlash va ommalashtirishda O&#8217;lkashunoslikning o&#8217;rni juda katta. O&#8217;zbekistonda O&#8217;lkashunoslik tashkiliy shakliga ko&#8217;ra 3 turga bo&#8217;linadi: ilmiy (davlat), jamoat va maktab. Ilmiy (davlat) O&#8217;lkashunoslik bevosita davlat ilmiy tashkilotlari, ilmiy tekshirish institutlari, tabiiy, tarixiy va arxeologik yodgorliklarni muhofaza qilish qo&#8217;mitalari, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari, maxsus muzeylar xodimlari tomonidan olib boriladi, tadqiqot ma&#8217;lumotlari to&#8217;planadi, topilmalar maxsus muzeylarda ko&#8217;rgazmalarga qo&#8217;yiladi. Jamoat O&#8217;lkashunoslik mahalliy hokimiyatlarning bevosita rahbarligida tegishli joylardagi tabiiy, tarixiy va arxeologik, etnografik, toponimik va boshqalar tashkilotlar mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Maktab O&#8217;lkashunoslik umumiy ta&#8217;lim maktablarida, geogryafiya, tarix, botanika, zoologiya, til va adabiyot o&#8217;qituvchilarining bevosita rahbarligida tashkil etiladi. O&#8217;lka tabiati, tarixi, aholisi, xo&#8217;jaligi, madaniyati, etnografiyasi, toponimikasi, arxeologiyasiga oid dalil va topilmalar maktab O&#8217;lkashunoslik muzeylarida namoyish etiladi. O&#8217;zbekiston hududida O&#8217;lkashunoslik tarixi o&#8217;rta asrlarga borib taqaladi. Abu Rayhon Beruniyning &#171;Hindiston&#187;, &#171;at Tafhim&#187;, &#171;Mineralogiya&#187;, &#171;Saydana&#187; asarlarida O&#8217;lkashunoslikka, jumladan, toponomik O&#8217;lkashunoslikka oid, Mahmud Koshg&#8217;ariyning &#171;Devonu lug&#8217;otit turk&#187; asarida geografik, toponimik O&#8217;lkashunoslikka oid ma&#8217;lumotlar juda ko&#8217;p. Zahiriddin Muhammad Boburning &#171;Boburnoma&#187; asari esa O&#8217;lkashunoslikning mumtoz asari hisoblanadi. Mamlakatimizda o&#8217;lkani har tomonlama o&#8217;rganish 20-asr o&#8217;rtalarida ayniqsa rivojlandi. Bunda o&#8217;lkaning tabiati va tabiiy boyliklarini o&#8217;rganish kengaydi. Chunki bu vaqtda mahalliy tabiiy boyliklar va ulardan xalq xo&#8217;jaligida ko&#8217;proq foydalanish vazifasi qo&#8217;yilgan edi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach, O&#8217;lkashunoslik ishlari xalq tarixini, qadriyatlarini o&#8217;rganishga, ularni tiklashga qaratildi. Fan va texnika rivojlanishi, tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning jadallashishi natijasida ekologik O&#8217;lkashunoslik tez rivojlanib bormoqda. Maktablarda yosh o&#8217;lkashunoslar guruhlari tashkil etilib, o&#8217;z joyining tabiati, ekologik sharoitlari, tarixi, toponimikasi va qadriyatlarini o&#8217;rganish taraqqiy etmoqda. Ba&#8217;zi mamlakatlarda O&#8217;lkashunoslik maktabdagi ta&#8217;lim ishlarining tarkibiy qismi hisoblanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;LKASHUNOSLIK \u2014 mahalliy aholi tomonidan o&#8217;z ona yurti hisoblangan muayyan o&#8217;lka, viloyat, shahar, tuman, qishloq va boshqalar hududlarning har tomonlama o&#8217;rganilishi. O&#8217;lkashunoslik tabiiy, ijtimoiy, madaniy, tarixiy va boshqalar tadqiqotlar majmuidan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/olkashunoslik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-20838","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20838","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20838"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20838\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20840,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20838\/revisions\/20840"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20838"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20838"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20838"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}