{"id":20901,"date":"2022-03-12T12:52:33","date_gmt":"2022-03-12T09:52:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20901"},"modified":"2022-03-12T12:52:34","modified_gmt":"2022-03-12T09:52:34","slug":"otkir-respirator-kasalliklar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/otkir-respirator-kasalliklar\/","title":{"rendered":"O&#8217;TKIR RESPIRATOR KASALLIKLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;TKIR RESPIRATOR KASALLIKLAR \u2014 viruslar qo&#8217;zg&#8217;atadigan, kelib chiqishi bir-biriga o&#8217;xshash o&#8217;tkir infektsion kasalliklarning umumiy nomi. Nafas yo&#8217;llari (burun, hiqildoq, kekirdak, bronxlar) shilliq pardalari, ko&#8217;z shilliq pardasi \u2014 kon&#8217;yunktivaga zarar etishi bilan kechadi. O&#8217;tkir respirator kasalliklarning qo&#8217;zg&#8217;atuvchilariga adenoviruslar, Paragripp viruslari, rinoviruslar va boshqalar kiradi. O&#8217;tkir respirator kasalliklarning ayrim (sporadik) guruhlari ko&#8217;proq kuzatiladi, Lekin ular aholining butun bir guruhini ham qamrab olishi mumkin. Har qanday virusli infektsiya bemordan havotomchi (gaplashganda, aksirganda, yo&#8217;talganda) yo&#8217;li orqali yuqadi. Kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchi viruslar yuqori nafas yo&#8217;llariga (burun, hiqildoqqa) tushadi, shilliq parda (epiteliy)ning tashqi qavatidagi hujayralarga kirib, ularni yemiradi, bunda qo&#8217;zg&#8217;atuvchilarning bir qismi nobud bo&#8217;lib, zaharli modda (endotoksin) ajratadi va organizmni zaharlaydi (intoksikasiya). Virus saqlovchi po&#8217;rsildoq hujayralar ko&#8217;chib tushadi va bemor gaplashganda, yo&#8217;talganda, aksa urganda tupuk, burun shillig&#8217;i va balg&#8217;am bilan havoga tushib, atrofdagilarga yuqadi. Kasallik uy anjomlari (idish-tovoq, sochiq, o&#8217;yinchoqlar va hokazolar)dan ham yuqishi mumkin. O&#8217;tkir respirator kasalliklarni shartli ravishda mavsumiy kasalliklar deb atash mumkin, chunki bu guruh kasalliklar kech kuz va qishda ko&#8217;proq kuzatiladi. Adenovirus kasalliklarga adenoviruslar sabab bo&#8217;lib, ular antibiotiklar ta&#8217;siriga chidamli, past temperaturada uzoq saqlanadi. Ultrabinafsha nurlar, formalin va fenolning 5% li eritmasi ta&#8217;sirida nobud bo&#8217;ladi. Organizmga kirgan adenoviruslar 3\u2014 14 kun davomida (o&#8217;rtacha 5-7 kun) kasallik belgilarini paydo qilmaydi. Odatda, u asta-sekin boshlanadi, bemorning ahvoli yomonlashadi, intoksikatsiya belgilari paydo bo&#8217;ladi, isitma ko&#8217;tariladi, darmonsizlik, bo&#8217;shashish, bosh og&#8217;rig&#8217;i, ko&#8217;ngil aynishi, ba&#8217;zan qusish alomatlari ro&#8217;y beradi. Kasallik grippga o&#8217;xshab birdan boshlanishi ham mumkin. Qator hollarda isitma ko&#8217;tarilishi bilan birga, odatda, uzoq muddatli tumov paydo bo&#8217;ladi, qovoqlar qizaradi, ko&#8217;zdan yosh oqadi, yutinganda tomoqda og&#8217;riq seziladi. Boshqa hollarda azob beradigan quruq yo&#8217;tal, tovushning bo&#8217;g&#8217;ilib qolishi, havo yetishmasligi quzatiladi. Ba&#8217;zan me&#8217;da-ichak faoliyati buziladi (tez-tez suvdek ich ketadi). Bemorni uyda boshqalardan ajratib qo&#8217;yiladi. Albatta vrach chaqirish va uning buyurganlarini qat&#8217;iy bajarish lozim. Paragripp kasalliklarni paragripp viruslari qo&#8217;zg&#8217;atadi, ular 1-3 kundan keyin xona haroratida o&#8217;z faolligini yo&#8217;qotadi, lekin 4\u00b0 temperaturada yaxshi saqlanadi. Kasallikning inkubasion davri 1-6 kun. Kasallik darmonsizlik, bir oz tumov va yo&#8217;tal bilan boshlanadi: gavda temperaturasi sal ko&#8217;tariladi, tovush bo&#8217;g&#8217;ilib qoladi, tomoq achishib, bemor quvquv yo&#8217;taladi. 1-3 yashar bolalarda shilliq parda shishishi sababli hiqildoq torayadi (stenoz), bunda nafas olish to&#8217;satdan qiyinlashadi. Bemor uy sharoitida vrach nazoratida davolanadi. Chaqaloqlarda va bir yashar bolalarda o&#8217;pkaning yallig&#8217;lanishi (zotiljam), o&#8217;rta quloqning yallig&#8217;lanishi kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda bolalar kasalxonada davolanadi. Rinovirus kasalliklarni rinoviruslar (burun viruslari) qo&#8217;zg&#8217;atadi. Kasalliklar kamdan-kam hollarda yil bo&#8217;yi uchrab turadi, epidemiyalar bo&#8217;lmaydi. Inkubasion davri 2-3 kun. Darmonsizlik, gavda trasining bir oz ko&#8217;tarilishi, bosh og&#8217;rishi, burundan yiring aralash shilimshiq (sariqyashil rangli) kelishi, tumov, yo&#8217;tal kuzatiladi. Chaqaloq va go&#8217;daklar bu kasallikka beriluvchan bo&#8217;ladi, kasallik ularda og&#8217;ir o&#8217;tadi va turli asoratlar qolishi mumkin. Respirator \u2014 sintsitial virusli kasallikni sintsitial virus keltirib chiqaradi, u xona haroratida tez halok bo&#8217;ladi. Gavda temperaturasi 38\u2014 39\u00b0 gacha ko&#8217;tariladi, yo&#8217;tal, tumov paydo bo&#8217;ladi. Bronxit bo&#8217;lishi mumkin. 1 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalarda ko&#8217;pincha og&#8217;ir Zotiljam kuzatiladi, bunda bolalar kasalxonada davolanadi. O&#8217;tkir respirator kasalliklar bilan og&#8217;rigan bemorni uyda davolaganda alohida xonaga yotqiziladi. Bemorni parvarish qilayotgan oila a&#8217;zolari og&#8217;izburniga doka niqob taqib yurishlari kerak. Kasal yotgan xonani tez-tez shamollatib, ko&#8217;rpa-yostiq jildi, choyshabni muntazam almashtirib turish zarur. Bemorning harorati ko&#8217;tarilgudek bo&#8217;lsa, uni yaxshilab o&#8217;rabchirmab, limon, malina solingan issiq choy berish, iloji boricha ko&#8217;proq suyuqlik (choy, mors, kompot, sharbat va hokazolar) ichirish lozim. Ovqat yengil hazm bo&#8217;ladigan va oqsilga boy (bulonlar, go&#8217;shtli va baliqdan qilingan kotletlar, tvorog, sabzavotlar, ho&#8217;l mevalar) bo&#8217;lishi zarur. Bemor uchun alohida idishtovoq tutish lozim. U yotgan xonani va mebelni kuniga ikki mahal nam latta bilan artib turiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;TKIR RESPIRATOR KASALLIKLAR \u2014 viruslar qo&#8217;zg&#8217;atadigan, kelib chiqishi bir-biriga o&#8217;xshash o&#8217;tkir infektsion kasalliklarning umumiy nomi. Nafas yo&#8217;llari (burun, hiqildoq, kekirdak, bronxlar) shilliq pardalari, ko&#8217;z shilliq pardasi \u2014 kon&#8217;yunktivaga zarar etishi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/otkir-respirator-kasalliklar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-20901","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20901","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20901"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20901\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20907,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20901\/revisions\/20907"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20901"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20901"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20901"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}