{"id":20960,"date":"2022-03-12T13:51:17","date_gmt":"2022-03-12T10:51:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20960"},"modified":"2022-03-12T13:51:18","modified_gmt":"2022-03-12T10:51:18","slug":"orda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/orda\/","title":{"rendered":"O&#8217;RDA"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;RDA, o&#8217;rdu \u2014 1) turkiy va mo&#8217;g&#8217;ul xalqlarida hukmdor, xon qarorgohi, qal&#8217;a. Istiloh ushbu ma&#8217;noda ilk bor qadimiy O&#8217;rxun-Enasoy bitigi &#171;irq bitig&#187;da qayd etiladi. Qoraxoniy hukmdor saroyi yoki Koshg&#8217;ar shahri O&#8217;rdukand deb yuritilgan. Ba&#8217;zan O&#8217;rda o&#8217;rnida uning ma&#8217;nodoshi xonto&#8217;y birikmasi ham ishlatilgan. Yirik turk va mo&#8217;g&#8217;ul davlatlari hamda ko&#8217;chmanchi qabilalari ittifoqlari \u2014 Oltin O&#8217;rda, No&#8217;g&#8217;ay O&#8217;rdaning nomi shundan kelib chiqqan. Turli tarixiy davrlarda qal&#8217;a (5-6-asrlargacha), diz (6-8-asrlarda), Ark (9\u2014 17-asrlar) deb ham atalgan. O&#8217;rda, asosan, balandlikda bunyod etilgan, unga qiya uzun yo&#8217;lak (pandus) orqali kirilgan; davlat ahamiyatidagi inshootlar, ma&#8217;muriy binolar, hukmdor saroyi va boshqalarni o&#8217;z ichiga olib, atrofi burjlari bo&#8217;lgan devor bilan o&#8217;ralgan. O&#8217;rda shaharsozlik tarixida muhim o&#8217;rin tutgan. O&#8217;rdalar ayrim ma&#8217;muriy \u2014 shaharsozlik (o&#8217;rni, o&#8217;lchami, ko&#8217;lami, bino, hovuz va boshqalar) jihatlari bilan farqlangan (ko&#8217;hna Ark, Xudoyorxon o&#8217;rdasi, Toshkenpt o&#8217;rdasi va boshqalar). Jumladan, Toshkent hokimlarining qarorgohlari \u2014 O&#8217;rdalar tarixiy manbalarga ko&#8217;ra turli davrlarda turli joylarda bo&#8217;lgan: 18-asr o&#8217;rtasi (chor hokimlik davri)da Qoratoshda, 19-asrning 1-yarmida O&#8217;rda oldin Tuproqqo&#8217;rg&#8217;onda, keyin Anhor (O&#8217;rda)ning chap tomonida \u2014 taxminan hozirgi O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining binosi o&#8217;rnida bo&#8217;lgan. Toshkent O&#8217;rdalari saqlanmagan. So&#8217;nggi O&#8217;rda sakqlanib qolgan tarhi bo&#8217;yicha: uzunligi 54 metr, shimol eni 370 metr, Janubi eni 490 metrga yaqin bo&#8217;lgan. O&#8217;rda devorlariga tashqi tarafga turtib chiqqan diametri 8-9 metr atrofida bo&#8217;lgan 30 dan ortiq Burjlar ishlangan; G&#8217;arbiy va Sharqiy devorida 2 darvoza bo&#8217;lib, ular shaharning bosh ko&#8217;chasi (katta ko&#8217;cha) bilan o&#8217;zaro bog&#8217;langan; bir nechta hovlili saroy O&#8217;rdaning Janubda joylashgan. Sharqiy darvozaning tashqarisidagi sahnda sarbozlar harbiy mashqlar o&#8217;tkazgan. Idora va saroy binolari bo&#8217;lgan O&#8217;rdalar Andijon, Shahrisabz va boshqalar shaharlarda ham mavjud bo&#8217;lgan; 2) qo&#8217;shin qarorgoqi, lashkargoh. Ushbu ma&#8217;no ham qadimiy hisoblanadi. Harbiy harakatlar vaqtida O&#8217;rda atrofi xandaq bilan o&#8217;ralgan. Shoxshabbalar yordamida ihota qilingan, soqchilar nazoratida bo&#8217;lgan. 13-asrdan e&#8217;tiboran, O&#8217;rda &#171;xon qarorgohi&#187; ma&#8217;nosida rus tilida qo&#8217;llanila boshlagan. 14-asrga kelib O&#8217;rda &#171;lashkar, qo&#8217;shin&#187; ma&#8217;nosini kasb etgan, eski o&#8217;zbek adabiy tili, xususan, Alisher Navoiy asarlarida ham qayd etiladi. Hozirgi turk tilida ogyi &#171;qo&#8217;shin, armiya&#187;ni anglatadi; 3) Chingiziylar saltanatida favqulodda tantanalar paytida bir necha yuz kishini o&#8217;z bag&#8217;riga sig&#8217;dira oladigan ulkan chodir, o&#8217;tov. Ostonasi va ustunlar oltin bilan qoplanganligi bois bunday o&#8217;tov O&#8217;rdui zarrini buzurg, ya&#8217;ni Oltin O&#8217;rda deb nomlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;RDA, o&#8217;rdu \u2014 1) turkiy va mo&#8217;g&#8217;ul xalqlarida hukmdor, xon qarorgohi, qal&#8217;a. Istiloh ushbu ma&#8217;noda ilk bor qadimiy O&#8217;rxun-Enasoy bitigi &#171;irq bitig&#187;da qayd etiladi. Qoraxoniy hukmdor saroyi yoki Koshg&#8217;ar shahri &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/orda\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-20960","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20960","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20960"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20960\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20965,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20960\/revisions\/20965"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20960"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20960"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20960"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}