{"id":20966,"date":"2022-03-12T14:09:56","date_gmt":"2022-03-12T11:09:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20966"},"modified":"2022-03-12T14:09:57","modified_gmt":"2022-03-12T11:09:57","slug":"ordak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ordak\/","title":{"rendered":"O&#8217;RDAK"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;RDAK, xonaki o&#8217;rdak \u2014 o&#8217;rdaksimonlar oilasiga mansub parranda. Miloddan ming yil oldin xonakilashtirilgan. Yovvoyi o&#8217;rdak \u2014 kryakvadan kelib chiqqan. O&#8217;rdak deyarli barcha mamlakatlarda, ayniqsa, Xitoy (562 mln. bosh), Indoneziya (28 million bosh), Vetnam (50 million bosh)da ko&#8217;p urchitiladi. Jahonda jami 830 million bosh O&#8217;rdak boqiladi (1999). O&#8217;rdakning tana tuzilishi qayiqsimon, ko&#8217;kragi keng, bo&#8217;yni va boshi uzun, oyoq barmoqlari suzuvchi parda bilan qo&#8217;shilgan. Tumshug&#8217;i sarg&#8217;ishqizil yoki to&#8217;q sariq, bir oz qayrilgan. Patlarining rangi oqish, sarg&#8217;imtir, kulrang, qora va boshqalar erkagining dumida bir nechta yuqoriga qayrilgan patlari bor. 24-28 haftaligida jinsiy yetiladi. To&#8217;dada 5-6 makiyonga bitta erkak O&#8217;rdak qoldiriladi. Bir mavsumda (5-6 oy) 90-130 ta tuxum qiladi (sun&#8217;iy tullatib yiliga 250 tadan tuxum olish mumkin). Tuxumi vazni 85-90 gramm. Tuxumidan tuxum poroshogi, melanj tayyorlashda va konditer sanoatida foydalaniladi. Tuxumdan jo&#8217;ja ochib chiqish (inkuba- tsiya) muddati 27-28 kun. Voyaga yetgan erkak O&#8217;rdak vazni 3-4, makiyoni 2,5\u20143 kilogramm. Beradigan mahsulotiga qarab O&#8217;rdak go&#8217;sht, go&#8217;shttuxum yoki tuxumgo&#8217;sht, serpusht (sertuxum) zotlarga ajratiladi. O&#8217;rdak, asosan go&#8217;sht uchun yetishtiriladi. Go&#8217;shti mayin, mazali, parhez mahsulot. Xo&#8217;jaliklarda zotli O&#8217;rdakning asosiy qismini Pekin O&#8217;rdaklari tashkil etadi. Kichik fermer xo&#8217;jaliklari va xususiy xo&#8217;jaliklarda oq Moskva, Ukraina oq va kulrang O&#8217;rdaki hamda xakikempbell va boshqalar zotlari boqiladi. O&#8217;rdak go&#8217;shti, asosan, ixtisoslashtirilgan xo&#8217;jaliklarda intensiv texnologiya asosida yetishtiriladi. Sanoat usulida yetishtirishda O&#8217;rdaklar go&#8217;sht uchun maxsus kataklarda boqiladi. O&#8217;rdak jo&#8217;jalari go&#8217;sht uchun (7-8 oy) har bir bosh parrandaga 8,8\u20149,1 kilogramm to&#8217;la qimmatli quruq aralash yem bilan boqiladi. O&#8217;rdaklar suv havzalarida o&#8217;sadigan o&#8217;tlar, mayda jonivorlar bilan ham oziqlanadi. Ayrim mamlakatlarda (Frantsiya, Italiya, Daniya va boshqalar) sanoat parrandachiligida Janubiy Amerikada tarqalgan yovvoyi muskus O&#8217;rdaklaridan kelib chiqqan, og&#8217;irligi 2-5 kilogrammgacha, go&#8217;shti mayin, ilvasin go&#8217;shti ta&#8217;mini beradigan, yog&#8217;i kam muskus O&#8217;rdak (Sashpa tokspaga) ko&#8217;proq yetishtiriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;RDAK, xonaki o&#8217;rdak \u2014 o&#8217;rdaksimonlar oilasiga mansub parranda. Miloddan ming yil oldin xonakilashtirilgan. Yovvoyi o&#8217;rdak \u2014 kryakvadan kelib chiqqan. O&#8217;rdak deyarli barcha mamlakatlarda, ayniqsa, Xitoy (562 mln. bosh), Indoneziya (28 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ordak\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-20966","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20966","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20966"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20966\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20972,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20966\/revisions\/20972"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20966"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20966"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20966"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}