{"id":20996,"date":"2022-03-12T15:22:31","date_gmt":"2022-03-12T12:22:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20996"},"modified":"2022-03-12T15:22:32","modified_gmt":"2022-03-12T12:22:32","slug":"ot-ochirish-texnikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ot-ochirish-texnikasi\/","title":{"rendered":"O&#8217;T O&#8217;CHIRISH TEXNIKASI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;T O&#8217;CHIRISH TEXNIKASI \u2014 odamlar, binolar va tabiat boyliklarini yong\u2019indan saqlash uchun ishlatiladigan maxsus texnika uskunalari: o&#8217;t o&#8217;chirish mashinalari, poyezdlar, kemalar, samolyotlar va vertolyotlar, o&#8217;t o&#8217;chirish vositalaridan iborat. Yong&#8217;in signalizatsiyasi vositalari, o&#8217;t o&#8217;chirgichlar, o&#8217;t o&#8217;chirish gidrantlari va boshqalar o&#8217;t o&#8217;chirish jihozlari ham O&#8217;t o&#8217;chirish texnikasiga kiradi. O&#8217;t o&#8217;chirish texnikasi yaratishga urinish tarixi juda qadimgi davrga borib taqaladi. Miloddan avvalgi yunon mexanik-ixtirochisi Ktesibiy &#171;suvni yuqoriga irg&#8217;ita oladigan&#187; mashinani loyihalagan, lekin amalda uncha qo&#8217;llanilmagan. 16-asrga kelib nemis ixtirochisi Anton Platner suv oqimini 6-8 metrgacha yetkaza oladigan dastaki o&#8217;t o&#8217;chirish nasosini yaratdi. Bug&#8217; mashinasi ixtiro qilinganidan so&#8217;ng (1829) nasosni bug&#8217;harakatga keltiradigan o&#8217;t o&#8217;chirish qurilmasi yaratildi. Uni yong&#8217;in chiqqan joyga ot sudrab borgan. Keyinchalik (19-asr oxirida) ichki yonuv dvigatelni o&#8217;t o&#8217;chirish mashinasi paydo bo&#8217;ldi. O&#8217;t o&#8217;chirish nasosi, narvoni va suv tsisternasini ham o&#8217;z ichiga olgan o&#8217;t o&#8217;chirish mashinasi 20-asr boshida Germaniyada, keyinroq Rossiyada ishlab chiqarila boshladi. Bunday o&#8217;t o&#8217;chirish mashinalari takomillashtira borildi. O&#8217;t o&#8217;chirish avtosisternalari, avtonasoslar, nasos stansiyalari, maxsus xizmat avtomobillari, suvko&#8217;pik sepish apparatlari va boshqalar o&#8217;t o&#8217;chirish vositalari yaratilib, sanoat miqyosida ko&#8217;plab ishlab chiqarila boshladi. Portlar, neft idishlari saqlanaditan omborlar, temir yo\u2019l uzellari, dengiz neft konlari, o&#8217;rmonlar va torf qazish korxonalarida o&#8217;t o&#8217;chirish uchun mo&#8217;ljallangan texnika yaratildi. O&#8217;t o&#8217;chirish mashinalari, asosiy, maxsus va yordamchi turlarga bo&#8217;linadi. Asosiylariga avtosisternalar, nasos-shlangli va avtonasoslar, nasos stansiyalari, gazsuvli, havoko&#8217;pikli va kukunli, aerodromda ishlatiladigan o&#8217;t o&#8217;chirish mashinalari kiradi. Ularning asosiy vazifasi o&#8217;t o&#8217;chirish vositalarini yong&#8217;in chiqqan joyga yetkazishdir. Maxsuslarga texnik xizmat ko&#8217;rsatish, aloqa o&#8217;rnatish, taxlama avtonarvon va boshqalar mashinalar kiradi. Texnik xizmat ko&#8217;rsatuvchi mashina o&#8217;t tushgan joyga muhim uskunalarni olib borish; binoni buzish va qulagan qismlarini ajratish, devor va ora yopmalarni teshish ishlarini bajaradi; shikastlangan kishilarni tashish uchun xizmat qiladi. Yordamchi mashinalar kuchli yong&#8217;in bo&#8217;lganda o&#8217;t o&#8217;chirish texnikasining uzluksiz ishlashini ta&#8217;minlaydi. Ulardan yong&#8217;inga qarshi tashviqot ishlari olib borishda ham foydalaniladi. Barcha o&#8217;t o&#8217;chirish mashinalari qizil rangga bo&#8217;yaladi va &#171;sirena&#187; tovush signali bilan jihozlanadi. O&#8217;t o&#8217;chirish texnikasining eng keng tarqalgani dastaki o&#8217;t o&#8217;chirgichdir. U to&#8217;xtatishchiqarish qurilmasi va o&#8217;t o&#8217;chirish moddasining oqimini hosil qiluvchi uchligi bo&#8217;lgan 1 \u2014 100 dm&#8217; sig&#8217;imli tsilindrik idishdan iborat. Bular ishxonalar, mashinalar va hatto xonadonlarda doimiy saqlanishi kerak. Keng ko&#8217;lamdagi yong&#8217;inni (masalan, o&#8217;rmonlar, torfzorlardagi yong&#8217;inni) o&#8217;chirish uchun samolyot va vertolyotlardan, dengizga to&#8217;kilgan neft bilan bog&#8217;liq yong&#8217;inni o&#8217;chirish uchun kemalardan foydalaniladi. O&#8217;t o&#8217;chirish moddalari sifatida uglerod (1U) oksid, kimyoviy va havo mexanik ko&#8217;piklar, galloidlashgan uglevodorodlar (etil bromid, freon), kukun, suv ishlatiladi. Uglerod (1U) oksid o&#8217;t o&#8217;chirgich ichida suyuq holatda bo&#8217;lib, u diffuzor shaklidagi uchlikdan otilib chiqayotganda gaz va qattiq (qor shaklida) holatda aylanadi. Kimyoviy ko&#8217;pik o&#8217;t o&#8217;chirgich ichida uchlikka kirish oldidan ishqoriy (\u2116NS03 asosida) va kislotali (N2804 asosida) eritmalarning o&#8217;zaro reaktsiyaga kirishishi natijasida hosil bo&#8217;ladi. Ko&#8217;pik hajmining eritma hajmiga nisbati 4-6 bo&#8217;ladi. Gaz- neft fontanlardagi yong&#8217;inni o&#8217;chirishda turboreaktiv dvigatelidan ishlaydigan (gaz va suv bug&#8217;i aralashmasi bilan o&#8217;chiradigan) qurilmalar qo&#8217;llaniladi. Aerodrom, neftni qayta ishlash korxonalari, kimyo sanoatida xavfsizlikni ta&#8217;minlash maqsadida galloidlashgan uglevodorodlar, inert gazlar, kukunlar, ko&#8217;pik tarkibli o&#8217;t o&#8217;chirgichlar asosida ishlatiladigan o&#8217;t o&#8217;chirish qurilmalari ishlatiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;T O&#8217;CHIRISH TEXNIKASI \u2014 odamlar, binolar va tabiat boyliklarini yong\u2019indan saqlash uchun ishlatiladigan maxsus texnika uskunalari: o&#8217;t o&#8217;chirish mashinalari, poyezdlar, kemalar, samolyotlar va vertolyotlar, o&#8217;t o&#8217;chirish vositalaridan iborat. Yong&#8217;in signalizatsiyasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ot-ochirish-texnikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-20996","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20996","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20996"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20996\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21000,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20996\/revisions\/21000"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20996"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20996"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20996"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}