{"id":21028,"date":"2022-03-12T15:54:38","date_gmt":"2022-03-12T12:54:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21028"},"modified":"2022-03-12T15:54:38","modified_gmt":"2022-03-12T12:54:38","slug":"ormon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ormon\/","title":{"rendered":"O&#8217;RMON"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;RMON \u2014 bir-biriga va o&#8217;sish sharoitiga ta&#8217;sir etuvchi va geografik Landshaft elementini hosil qiluvchi daraxtsimon o&#8217;simliklar majmui; yer o&#8217;simlik qoplamining asosiy tiplaridan biri, biosferaning tarkibiy va juda muhim qismi. O&#8217;simliklarning ko&#8217;pgina hayotiy shakllaridan iborat bo&#8217;lib, bular orasida daraxt va butalar asosiy, o&#8217;tlar, butachalar, yo&#8217;sinlar, lishayniklar va hokazo ikkinchi darajali rol o&#8217;ynaydi. O&#8217;rmon Antarktidadan tashqari hamma qit&#8217;alarda o&#8217;sadi, yer sharidagi quruqlikning 30% ni ishg&#8217;ol qiladi. Yerning O&#8217;rmonli maydoni 4 milliard gektar maydonni egallaydi (O&#8217;zbekistonda 8,5 million gektarni tashkil etadi, 2004). O&#8217;sish sharoitiga qarab, ko&#8217;pchilik daraxt turlari qimmatli o&#8217;rmon formatsiyasi (masalan, qarag&#8217;ayli O&#8217;rmon., kedrli O&#8217;rmon., oqqarag&#8217;ayli O&#8217;rmon, tilog&#8217;ochli O&#8217;rmon va hokazolar) ni hosil etadi. O&#8217;rta Osiyoda archazor O&#8217;rmonlar ko&#8217;p. O&#8217;rmonlar turli zonalarda tog&#8217; va daryo qayirlarida ham tarqalgan. O&#8217;rmonning tur tarkibi, muhim o&#8217;simliklarning biologik xususiyatlari, yoshi va ma&#8217;lum tabiiy-geografik sharoitiga qarab o&#8217;simliklarning bir nechta pogonasi rivojlanadi. Motadil mintaqa O&#8217;rmonlari tarkibi bo&#8217;yicha: birinchi kattalikdagi daraxtlar va O&#8217;rmon hosil qiluvchi dov-daraxtlar (qarag&#8217;ay, qoraqarag&#8217;ay, tilog&#8217;och, eman, shumtol)dan iborat 1-pog&#8217;ona, ikkinchi kattalikdagi daraxtlar (oqqarag&#8217;ay, qoraqayin, lipa, zarang va boshqalar)dan iborat 2-pog&#8217;ona, butalar (o&#8217;rmon yong&#8217;og&#8217;i, itjumrut, normushk va boshqalar)dan iborat 3-pog&#8217;ona hamda o&#8217;tbutachali va yo&#8217;sinlishaynikli qoplamadan iborat 4-5 (quyi) pog&#8217;onalar bo&#8217;ladi. O&#8217;rmonda ba&#8217;zan, pog&#8217;onalarga kirmaydigan chirmashuvchi va ilashuvchi o&#8217;simliklar ham uchraydi. O&#8217;rmon tabiiy (urug&#8217;idan, vegetativ, Bachkisidan) hamda sun&#8217;iy (urug&#8217; yoki ko&#8217;chat ekib) yo&#8217;l bilan tiklanadi. Tabiiy o&#8217;rmonlar asosiy maydonni egallaydi. O&#8217;rmon tarkibi va rivojlanishiga ko&#8217;ra bir qancha tiplarga ajratiladi. Har bir tip muayyan bir turdagi daraxtlar, butalar, shuningdek, o&#8217;tlar, butachalar, yo&#8217;sin va lishayniklardan iborat. O&#8217;sish mintaqalariga ko&#8217;ra, O&#8217;rmonlar shim. yarim sharda tropik, subtropik, geografik zonallikka ko&#8217;ra tundra, tayga, dasht, cho&#8217;l, to&#8217;qay va boshqalar, o&#8217;simlikdaraxtlar tarkibiga ko&#8217;ra qarag&#8217;ay, archa, qayin, eman va hokazol O&#8217;rmonlariga bo&#8217;linadi. O&#8217;rmonning rivojlanishi tuproq, iqlim sharoiti, hayvonlar ishtiroki va roli, insonning bevosita aralashuvi bilan bog&#8217;liq. O&#8217;rmondan unumli foydalanilsa, yetilgan daraxtlar tanlab qirqilsa, O&#8217;rmon uzoq yashaydi, yaxshi tiklanadi. O&#8217;rmon, o&#8217;z navbatida, tuproq sharoitiga, uning suv rejimiga, strukturasiga, organik va mineral moddalarning to&#8217;planishiga, tuproq unumdorligiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. O&#8217;rmonda nam ko&#8217;pligi tufayli gumus (chirindi) mo&#8217;l to&#8217;planadi, tuproq tez ishqorsizlanadi, kislotaliligi ortadi, ildizlar chuqur tarqaladi. O&#8217;rmon yozgi, ayniqsa, qishki yog&#8217;inlarning taqsimlanishi va to&#8217;planishiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatib, o&#8217;simlik hamda hayvonlar uchun mikroiqlim yaratadi. Yerning O&#8217;rmon qoplami \u2014 tirik moddalarning planetar akkumulyatorlaridan biri bo&#8217;lib, O&#8217;rmon biosferada bir qator kimyoviy elementlar va suvni saqlab turadi, troposfera bilan o&#8217;zaro faol ta&#8217;sirlashadi va kislorod hamda uglerod balansi darajasini belgilaydi. O&#8217;rmonlar odamzod uchun kerakli bo&#8217;lgan kislorodning 60% ni ishlab chiqaradi. O&#8217;rmon rekreatsiya va sog&#8217;lomlashtirish ahamiyatiga ega. Tuproqni shamol va suv eroziyasidan, temir va avtomobil yo&#8217;llari, kanallar, qishloq xo&#8217;jaligi ekinlari ekilgan maydonlarni, aholi punktlarini turli noqulay tabiiy hodisalardan himoya qiladi. O&#8217;rmonlar tog&#8217;larda sel oqimlarining vujudga kelishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaydi, qor ko&#8217;chishi, tuproqlar siljishining oldini oladi. O&#8217;rmon yog&#8217;ochlaridan 20 mingdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqariladi. O&#8217;zbekiston Respublikasida O&#8217;rmonga oid munosabatlar 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan O&#8217;zbekiston Respublikasining &#171;O&#8217;rmon to&#8217;g&#8217;risida&#187; qonuni bilan tartibga solinadi. Ad.: Xonazarov A.A., O&#8217;zbekistonda o&#8217;rmonzorlar barpo etish asoslari, T., 2002.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;RMON \u2014 bir-biriga va o&#8217;sish sharoitiga ta&#8217;sir etuvchi va geografik Landshaft elementini hosil qiluvchi daraxtsimon o&#8217;simliklar majmui; yer o&#8217;simlik qoplamining asosiy tiplaridan biri, biosferaning tarkibiy va juda muhim qismi. O&#8217;simliklarning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ormon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21028","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21028","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21028"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21028\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21030,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21028\/revisions\/21030"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21028"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21028"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21028"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}