{"id":21031,"date":"2022-03-12T17:33:21","date_gmt":"2022-03-12T14:33:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21031"},"modified":"2022-03-12T17:33:23","modified_gmt":"2022-03-12T14:33:23","slug":"ormon-zonalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ormon-zonalari\/","title":{"rendered":"O&#8217;RMON ZONALARI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;RMON ZONALARI \u2014 shimoliy va Janubiy yarim sharlarning ekvatorial, tropik, subtropik va mo\u2019tadil mintaqalarining tabiiy landshaftida turli tipdagi o&#8217;rmonlar asosiy o&#8217;rinni egallagan geografik zonalar. O&#8217;rmon zonalari Yer yuzidagi quruqlikning 30% ga yaqin qismini egallaydi. Ekvatorial O&#8217;rmon zonalari ekvatorial mintaqatlsh tabiiy landshaftida o&#8217;rmonlar ko&#8217;p bo&#8217;lgan tabiiy zona. Asosan, ekvatorning har ikki tarafidagi pasttekisliklarni egallaydi (Amazonka daryosi havzasi, Ekvatorial Afrika, Malay arxipelagidagi orollar va yangi Gvineyada). Tabiat rivojlanishida mavsumiy o&#8217;zgarishlarning yo&#8217;qligi, iqlimning o&#8217;ziga xosligi va kunning uzoqligi xos. Doim yashil o&#8217;rmonlar juda zich va turlarga boy. Zonaning chekka qismlarida barg to&#8217;kuvchi daraxtli aralash o&#8217;rmonlar mavjud. Subtropik mintaqalardagi O&#8217;rmon zonalarida qish iliq bo&#8217;lib, vegetatsiya uzluksiz davom etadi. Bu zonadagi o&#8217;rmonlar gemigileya, mussonli aralash o&#8217;rmonlar va o&#8217;rta dengizbo&#8217;yi o&#8217;lkalaridagi yozgi quruq o&#8217;rmonlar va butazorlarga ajratiladi. Gemigileyalar AQShning Janubi sharqi, Braziliya yassitog&#8217;ligining Janub, Afrikaning Janubi sharqi, yangi Zelandiyaning Shimoliy orolidagi sernam o&#8217;lkalarda, mussonli aralash o&#8217;rmonlar qishi quruq va yozi nam bo&#8217;lgan iliq iqlim sharoitida, asosan, Osiyo, shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya materiklarining Sharqiy chekkalarida joylashgan. O&#8217;rta dengiz bo&#8217;yi o&#8217;lkalaridagi yozi quruq o&#8217;rmonlar va butazorlar shimoliy Amerika (Kaliforniya), Janubiy Amerikaning g&#8217;arbi, Avstraliyaning Janubiy va g&#8217;arbi, Janubiy Afrikada, yangi Zelandiyaning shimoldagi kichikroq hududni egallagan. Tropik mintaqalardagi O&#8217;rmon zonalari Janubiy yarim shardagi iqlimi nam yoki mavsumiy nam bo&#8217;lgan, tuproq hosil bo&#8217;lishi Laterit xususiyatli, yillik yog&#8217;in miqdori 2000 millimetrdan ziyod bo&#8217;lgan hududlarda, xususan, Floridaning Janubda, Vestindiyada, Madagaskar orolida, Avstraliyaning sharqida va Okeaniyaning ba&#8217;zi orollarida keng tarqalgan. Bu zonada doim yashil o&#8217;rmonlar bilan bir qatorda qizil ferralit va ferrit tuproqlarda qurg&#8217;oqchilik davrida barg to&#8217;kadigan daraxtlar ham o&#8217;sadi. Mo&#8217;tadil mintaqalarning O&#8217;rmon zonalari Shimoliy va Janubiy yarim sharlardagi materiklarning, asosan, igna bargli va barg to&#8217;kadigan o&#8217;rmonlar hamda podzol va qo&#8217;ng&#8217;ir tuproqlar tarqalgan tabiiy zonalaridir. Shimoliy yarim sharning shimol qismida muzlik davri relyef shakllari saqlangan. Bu zonada o&#8217;rmon hosil qiladigan daraxt turlari kam, o&#8217;rmon va o&#8217;tloqlar, o&#8217;rmon va botqoqliklar, o&#8217;rmon va dasht zonalari bir-biri bilan qo&#8217;shilib ketgan joylarda o&#8217;simlik turi ancha ko&#8217;p. Mo&#8217;tadil mintaqaning O&#8217;rmon zonalari 3 kichik zonaga ajratiladi: tayga, aralash va keng bargli o&#8217;rmonlar kichik zonalari. Tog&#8217;li o&#8217;lkalardagi O&#8217;rmon zonalarining tabiiy xususiyatlari balandlik mintaqalari bo&#8217;ylab o&#8217;zgaradi. Yevrosiyoning O&#8217;rmon zonalari G&#8217;arbiy Yevropaning katta qismi, Sharqiy Yevropa tekisligi, Ural, G&#8217;arbiy Sibir, O&#8217;rta Sibir yassitog&#8217;ligi va uzoq Sharqda, Shimoliy Amerikadagi o&#8217;rmonlar tinch okeandan Atlantika okeanigacha, Janubda sohil bo&#8217;ylab 36-40\u00b0 shahrik. gacha tarqalgan. Janubiy Amerikada faqat materikning g&#8217;arbida, and tog&#8217;larida, 38\u00b0 j.k.dan janubda joylashgan. Yangi Zelandiyaning Janubiy orolida ozgina shunday o&#8217;rmonlar bor. Boshqa materiklarda bunday o&#8217;rmonlar yo&#8217;q. O&#8217;rmon zonalaridan qishloq xo\u2019jaligida, ayniqsa, dehqonchilikda keng foydalaniladi. Ba&#8217;zi joylarda o&#8217;rmonlar kesilib, ko&#8217;p erlar ekin maydonlariga, plantatsiyalarga aylantirilgan. Ba&#8217;zi hududlarda o&#8217;rmon xo&#8217;jaliklari va ovchilik keng rivojlangan. Hozirgi kunda o&#8217;rmonlarni muhofaza qilish muammosi yuzaga kelgan. O&#8217;rmonlarni tartibsiz daraxt kesish, yong&#8217;inlar, turli kasallik va zararkunandalardan saklash zarur vazifa bo&#8217;lib kelmoqda. O&#8217;zbekistondagi tog&#8217;larda keng bargli, aralash va archa o&#8217;rmonlari, tekisliklarda cho&#8217;l saksovulzorlari, to&#8217;qay o&#8217;rmonlari mavjud. Ular suv, tuproq muhofazasiga xizmat qiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;RMON ZONALARI \u2014 shimoliy va Janubiy yarim sharlarning ekvatorial, tropik, subtropik va mo\u2019tadil mintaqalarining tabiiy landshaftida turli tipdagi o&#8217;rmonlar asosiy o&#8217;rinni egallagan geografik zonalar. O&#8217;rmon zonalari Yer yuzidagi quruqlikning 30% &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ormon-zonalari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21031","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21031","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21031"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21031\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21035,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21031\/revisions\/21035"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21031"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21031"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21031"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}