{"id":21112,"date":"2022-03-13T08:46:17","date_gmt":"2022-03-13T05:46:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21112"},"modified":"2022-03-13T08:46:19","modified_gmt":"2022-03-13T05:46:19","slug":"orta-osiyoda-milliy-hududiy-chegaralanish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/orta-osiyoda-milliy-hududiy-chegaralanish\/","title":{"rendered":"O&#8217;RTA OSIYODA MILLIY- HUDUDIY CHEGARALANISH"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;RTA OSIYODA MILLIY- HUDUDIY CHEGARALANISH \u2014 mustabid sovet rejimi tomonidan Turkiston xalqlarining &#171;milliy davlatlarini tashkil qilish&#187; niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir (1924-25). Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani bo&#8217;lgan. 1918-24 yillarda mavjud bo&#8217;lgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va an&#8217;analari jihatidan bir-birlariga juda yaqin bo&#8217;lishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalqlar: o&#8217;zbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirg&#8217;izlar, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni qadimdan o&#8217;zlarining asl Vatani deb bilganlar. Mustabid sovet rejimi va bolsheviklar uchun esa Turkiston o&#8217;lkasini bo&#8217;lib tashlab, uni idora qilish qulay edi. Xususan, bu jarayon Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat 1924 yilda, asosan, mag&#8217;lubiyatga uchraganidan keyin o&#8217;zining so&#8217;nggi bosqichiga qadam qo&#8217;ydi. 1924 yil Fevral-iyun oylarida SSSRdagi Markaziy organlar, Turkiston, Buxoro, Xorazm kommunistik partiyalari va RKP(b) MK O&#8217;rta Osiyo byurosi milliy chegaralanish masalalari yuzasidan zo&#8217;r berib ish olib borishdi. Turkiston va Buxoro Kompartiyalari MKlari huzurida maxsus, keyinchalik hududiy va boshqalar maxsus komissiyalar tuziddi. 1924 yil 12-iyunda RKP(b)MK siyosiy byurosi O&#8217;rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish to&#8217;g&#8217;risida maxsus qaror qabul qilgach, 15 iyulda RKP(b) MK O&#8217;rta Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi. Hududiy komissiya tarkibiga F.Xo&#8217;jayev, A. Rahimboev, S. Xo&#8217;janov, Q.Otaboev, R.Islomov, N.Aytoqov, Y.Abdurahmonov, I. Aydarbekov, I. Vareykis, D.Manjara, I.Mejlauk, X.Saxat Muratov va boshqalar siyosiy arboblar kirgan edi. 1924 yil 16 sentyabrda Turkiston ASSR ning navbatdan tashqari sessiyasi, 20 sentyabrda butun Buxoro xalq vakillarining 5-qurultoyi, 2 oktyabrda butun Xorazm xalq vakillarining 5-qurultoyi bu masalani ko&#8217;rib chiqib, O&#8217;rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi to&#8217;g&#8217;risida qaror qabul qildilar. Mazkur qarorlarda o&#8217;zbek va turkman xalqlariga O&#8217;zbekiston SSR va Turkmaniston SSR tuzish huquqi, Turkiston ASSR ning qirg&#8217;iz (aslida qozoq) viloyatlarini 1920 yilda tashkil qilingan Qirg&#8217;iziston ASSR (aslida Qozog&#8217;iston ASSR) bilan birlashtirish maqsadida qirg&#8217;iz (aslida qozoq) xalqiga Turkiston ASSRdan chiqish huquqi, qora qirg&#8217;iz (aslida qirg&#8217;iz) xalqiga Turkiston ASSRdan chiqish huquqi va qora qirg&#8217;iz (aslida Qirg&#8217;iz) avtonom oblastini tashkil etish huquqi, tojik xalqiga ham Turkiston ASSRdan chiqib, Tojikiston avtonom oblastini tashkil etish huquqi berilishi kerakligi ta&#8217;kidlandi. RSFSR (butun Rossiya) Markaziy Ijroiya Komitetining 2-sessiyasi (1924 yil 14 oktyabr) O&#8217;rta Osiyodagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o&#8217;rnida O&#8217;zbekiston SSR (O&#8217;zSSR) va Turkmaniston SSR, shuningdek, Tojikiston ASSR (o&#8217;z Ssrtarkibida), Qoraqalpoq va Qoraqirg&#8217;iz (qirg&#8217;iz) avtonom oblastlari tashkil etish to&#8217;g&#8217;risida qaror qabul qildi. 1924 yil 18 noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qo&#8217;shma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan o&#8217;z vakolatlarini O&#8217;zbekiston SSR sovetlarining ta&#8217;sis qurultoyiga qadar ish ko&#8217;ruvchi F.Xo&#8217;jayev raisligida 31 oktyabrda tashkil qilingan O&#8217;zbekiston SSR muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar. Bu komitet O&#8217;zbekiston SSR tuzilishini boshqarib bordi. 1925 yil 13 Fevralda Buxoroda Maxsus qurilgan Xalq uyida O&#8217;zbekiston SSR sovetlarining 1-qurultoyi ochildi. Qurultoy 17 Fevralda &#171;O&#8217;zbekiston sovet sotsialistik Respublikasini tashkil etish to&#8217;g&#8217;risida deklaratsiya&#187; qabul qildi. O&#8217;zSSR oradan ko&#8217;p o&#8217;tmay SSSR tarkibiga qabul qilingan (1925 yil 13 may). O&#8217;zSSR tarkibida 1929 yilgacha Tojikiston ASSR ham bo&#8217;lgan. Qoraqalpoq avtonom oblasti (1925 yil 16 Fevraldan) tuzilib, u dastlab Qozog&#8217;iston ASSR tarkibiga kirgan. Keyinchalik Qoraqalpoq avtonom oblasti (1932 yil RSFSR tarkibiga, 1936 yildan O&#8217;zbekiston SSR tarkibida) Qoraqalpog&#8217;iston ASSR qilib qayta tuzildi. O&#8217;rta Osiyo xalqlari uchun bu chegaralanish va tashkil etilgan yangi &#171;milliy davlatchilik&#187; ularning bundan keying taraqqiyotiga yangi nozik farqlarni olib kirdi. O&#8217;zbekiston SSRning tuzilishi &#171;o&#8217;zbek xalqining milliy davlatchiligi tashkil qilindi&#187;, degan fikrni anglatmaydi. SSSR tarkibidagi O&#8217;zSSR amalda hech qanday suverenitet va mustaqillikka ega emas edi. O&#8217;zSSR tashkil etilayotgan vaqtlardayoq uning oldiga, asosan, Markazning manfaatlariga xizmat qilish, SSSRning Markaziy rayonlariga xom ashyo yetishtirib berish kabi vazifalar qo&#8217;yilgan edi. SSSR inqirozga yuz tutgan va parchalangan paytgacha bu vazifalar o&#8217;z kuchini yo&#8217;qotmadi. Ad.: Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov nasionalnoy nezavysimosti, T., 2000; O&#8217;zbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [O&#8217;zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; O&#8217;zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001; Rajabov Q., Haydarov M., Turkiston tarixi (1917-1924 yil), T, 2002. Ra&#8217;no Rajapova, Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;RTA OSIYODA MILLIY- HUDUDIY CHEGARALANISH \u2014 mustabid sovet rejimi tomonidan Turkiston xalqlarining &#171;milliy davlatlarini tashkil qilish&#187; niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir (1924-25). Turkiston mintaqasi azaldan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/orta-osiyoda-milliy-hududiy-chegaralanish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21112","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21112","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21112"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21112\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21114,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21112\/revisions\/21114"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21112"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21112"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21112"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}