{"id":21117,"date":"2022-03-13T09:04:54","date_gmt":"2022-03-13T06:04:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21117"},"modified":"2022-03-13T09:04:55","modified_gmt":"2022-03-13T06:04:55","slug":"orta-sibir-yassitogligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/orta-sibir-yassitogligi\/","title":{"rendered":"O&#8217;RTA SIBIR YASSITOG&#8217;LIGI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;RTA SIBIR YASSITOG&#8217;LIGI \u2014 Shimoliy Osiyoning Markaziy qismidagi keng yassitog&#8217;li o&#8217;lka. Rossiya Federatsiya Krasnoyarsk o&#8217;lkasi, Saxa Respublikasi va Irkutsk viloyati hududida. Yenisey va Lena daryolari oralig&#8217;ida. Shimolda Shimoliy Sibir tekisligi, Janubda Sharqiy Sayan, Baykalbo&#8217;yi va shimoliy Baykalorti tog&#8217;lari bilan chegaradosh. Maydoni 3,5 ming kilometr kvadrat chamasida. O&#8217;rta Sibir yassitog\u2019ligi geologik jihatdan Sibir platformasiga to&#8217;gri keladi. Uning fundamenti arxey va proterozoy eralariga mansub bo&#8217;lgan metamorfizlashgan va burmalangan cho&#8217;kindi jinslaridan tuzilgan. Ayrim joylarda (Aldan qalqoni, Anabar massivi) yer yuzasiga chiqib yotadi. Qolgan joylarda paleozoy va mezozoyning qalin yotqiziqlari ostida qolib ketgan. Ularning qalinligi Anabar massivi atroflarida, Aldan qalqonining shim. yon bag&#8217;irlarida 1 \u2014 1,5 kilometrdan Tungus sineklizasi va Vilyuy cho&#8217;kmasida 8-12 kilometrga yetadi. Ushbu yotqiziqlar ichida bazalt, diabaz, gabbrodiabaz kabi otqindi jinslar, ya&#8217;ni trapplar keng tarqalgan. Qalinligi, ba&#8217;zan, 2000 metrgacha bo&#8217;lgan bu Trapplarning maydoni 1 million kilometr kvadratdan oshadi. Yassitog&#8217;likning o&#8217;rtacha balandligi 500-700 metr. Mutlaq balandliklari 200 metrdan 1500-1700 metrgacha. Uning eng baland joylari Putorana tog&#8217;i (1701 metr) va Yenisey kryayi (1104 metr)ga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Yassitog&#8217;lik chuqur daryo vodiylari bilan o&#8217;yilgan. Vodiylarning yon bag&#8217;irlari qo&#8217;pincha tik tushgan, ayrim joylarda esa dara shaklida. Daryolar oraliklari zinapoyasimon ko&#8217;tarilib boradigan keng va yassi hududlardan iborat. O&#8217;rta Sibir yassitog\u2019ligi iqlimining eng asosiy xususiyati uning keskin kontinentalligidir. O&#8217;rtacha oylik temperaturalarning yillik amplitudasi 55-60\u00b0 gacha, eng issiq kun bilan eng sovuq kun temperaturasidagi farq 102\u00b0 gacha. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi yassitog&#8217;likning Janubi g&#8217;arbida \u2014 18\u00b0, shimoli sharqida -46\u00b0 gacha, iyulniki shimolda 12\u00b0 dan Janubda 20\u00b0 gacha. Yillik yog&#8217;in miqdori ham hudud bo&#8217;ylab bir tekis taqsimlanmagan. Yassitog&#8217;likning g&#8217;arbiy qismida 500-600 millimetr, Sharqiy qismida esa 250-400 millimetr. Eng ko&#8217;p yog&#8217;in (700-800 millimetr) Putorana tog&#8217;lariga to&#8217;g\u2019ri keladi. Bunday iqlimning vujudga kelishi sabablaridan biri ko&#8217;p yillik muzloq yerlarning keng tarqalganligidir. O&#8217;rta Sibir yassitog\u2019ligining shimol chekkalarida muzlab yotgan tog&#8217; jinslarining qalinligi 600-800 metr, Marxa daryosi vodiysida esa 1500 metrgacha. Yassitog&#8217;lik hududidan oqib o&#8217;tadigan daryolar (quyi Tunguska, Toshloq Tunguska, Angara, Lena, Vilyuy, Anabar, Olenyok va boshqalar) sersuv, tezoqar va gidroenergiya resurslariga boy. Ularda yirik GES lar (Irkutsk, Bratsk, UstIlim, Krasnoyarsk, Vilyuy, Xantay va boshqalar) qurilgan. Keskin kontinental iqlim va ko&#8217;p yillik muzloq yerlarning keng tarqalganligi tuproq va o&#8217;simlik qoplami hamda hayvonot dunyosining shakllanishi va geografik joylashishiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Yassitog&#8217;likning katta qismi tayga zonasiga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Daraxtlari, asosan, Sibir tilog&#8217;ochi (g&#8217;arbda) va Dauriya tilog&#8217;ochi (Sharqda) dan iborat. Tuproqlari tarkibida mayda tosh zarralari ko&#8217;p uchraydigan muzloq tayga tuproqlaridir. Angara daryosi havzasida chimli podzol tuproqlarda qarag&#8217;ay va qarag&#8217;aytilog&#8217;och o&#8217;rmonlari uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan, asosan, mo&#8217;ynali hayvonlar (Olmaxon, suvsar, kolonok, tiyin, ondatra, shimol tulkisi va boshqalar) tarqalgan. Yassitog&#8217;likning Janubda o&#8217;rmonli dashtga xos hududlar ham uchraydi. O&#8217;rta Sibir yassitog\u2019ligi foydali qazilmalarga boy. Ayniqsa, toshko&#8217;mir (Tunguska, Irkutsk havzalari), qo&#8217;ng&#8217;ir qo&#8217;mir, temir rudasi, nikel, oltin, olmos zaxiralari kata ahamiyatga ega. Ulardan tashqari grafit, tosh tuzi, slyuda, boksit, tabiiy gaz konlari ham mavjud. Qo&#8217;riqxonalar bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;RTA SIBIR YASSITOG&#8217;LIGI \u2014 Shimoliy Osiyoning Markaziy qismidagi keng yassitog&#8217;li o&#8217;lka. Rossiya Federatsiya Krasnoyarsk o&#8217;lkasi, Saxa Respublikasi va Irkutsk viloyati hududida. Yenisey va Lena daryolari oralig&#8217;ida. Shimolda Shimoliy Sibir tekisligi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/orta-sibir-yassitogligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21117","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21117","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21117"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21117\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21120,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21117\/revisions\/21120"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21117"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21117"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21117"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}