{"id":21165,"date":"2022-03-13T10:18:56","date_gmt":"2022-03-13T07:18:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21165"},"modified":"2022-03-13T10:18:57","modified_gmt":"2022-03-13T07:18:57","slug":"osimliklar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/osimliklar\/","title":{"rendered":"O&#8217;SIMLIKLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;SIMLIKLAR \u2014 tirik organizmlar dunyosi; fotosintez qilish xususiyatiga ega bo&#8217;lgan avtotrof organizmlar; hujayra po&#8217;sti, odatda, qalin tsellyulozadan, zaxira oziq moddasi kraxmaldan iborat. Ayrim O&#8217;simliklar (saprofitlar, parazitlar) uchun xos bo&#8217;lgan geterotrof oziqlanish ikkilamchi hisoblanadi. O&#8217;simliklarga xos boshqa xususiyatlar (o&#8217;ziga xos rivojlanish tsikli, organlarning shakllanish yo&#8217;li, yopishib yashash va boshqalar) hamma O&#8217;simliklarga tegishli emas. Lekin bu belgilarning majmui O&#8217;simliklarni boshqa tirik organizmlardan oson farq qilishga imkon beradi. Faqat tuzilishning quyi, ayniqsa, bir hujayralilar darajasida O&#8217;simliklar bilan boshqa organizmlar o&#8217;rtasidagi farq uncha aniq sezilmaydi; shuning uchun evglenasimon suvo&#8217;tlarni zoologlar bir hujayrali hayvonlarga kiritishadi. Bir hujayrali O&#8217;simliklarning boshqa bir hujayrali organizmlardan asosiy farqi \u2014 xloroplastlar bo&#8217;lishidir. Tuzilish darajasi orta borgan sari O&#8217;simliklar bilan boshqa organizmlar o&#8217;rtasidagi farq ham orta boradi. O&#8217;simliklarning oziqlanish jarayonida atrof muhitdan gazsimon (fotosintez) va suyuq (suv va unda erigan mineral tuzlar) moddalarni shimib olishga moslanishi natijasida ularning tanasi yuzasi tobora kengayib borgan. Yuksak o&#8217;simliklarda tana yuzasining kengayishi va ixtisoslashuvi to&#8217;qimalar va vegetativ organlarning rivojlanishiga olib kelgan. O&#8217;simliklar tuzilishining ko&#8217;pchilik muhim xususiyatlari ularning o&#8217;sishi va ko&#8217;payishi, shuningdek, tarqalishiga moslanishi bilan bog&#8217;liq. An&#8217;anaga ko&#8217;ra, 20-asrning o&#8217;rtalarigacha barcha o&#8217;simliklar tuban (bakteriyalar, suvo&#8217;tlar, zamburug&#8217;lar, lishayniklar) va yuksak o&#8217;simliklar (yo&#8217;sinlar, psilofitlar, plaunlar, qirqbo&#8217;g&#8217;imlar, qirqquloqlar, ochiq urug&#8217;lilar, gulli o&#8217;simliklar)ga ajratib kelingan. Hozirgi bakteriyalar va zamburug&#8217;lar alohida dunyoga ajratiladi. O&#8217;simliklar dunyosi 3 kichik dunyo: qizil suvo&#8217;tlar va yuksak O&#8217;simliklarga bo&#8217;linadi. Bu kichik dunyolar 350 000 turdan iborat barcha O&#8217;simliklarni o&#8217;z ichiga oladi. O&#8217;simliklarning kelib chiqishi yerda hayot paydo bo&#8217;lishining ilk rivojlanish davrlariga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Bunda arxey erasida (bundan 3 milliard yil oldin) ko&#8217;kyashil suvo&#8217;tlar (tsianobakteriyalar)ga o&#8217;xshash organizmlar paydo bo&#8217;lgan. Haqiqiy suvo&#8217;tlar proterozoy erasida, yashil va qizil suvo&#8217;tlar paleozoyning boshlarida paydo bo&#8217;ganligi taxmin qilinadi. Dastlabki yuksak O&#8217;simliklar \u2014 riniofitlar Proterozoy va paleozoy chegarasida kelib chiqqanligini ehtimol qilish mumkin. Ularda ildiz o&#8217;rniga rizoidlari bo&#8217;lgan. Karbonda daraxtsimon qirqquloqlar kelib chiqqan; Permda ular o&#8217;rnini hozirgi qirqquloqlar egallagan. Karbonda ignabargli o&#8217;simliklar paydo bo&#8217;lgan, trias va yura davrlarida ular keng tarqalgan. Bo&#8217;r davrining boshlarida gulli O&#8217;simliklar (yopiq urug&#8217;lilar) hosil bo&#8217;lgan va shundan so&#8217;ng ular er florasida hukmron bo&#8217;lib qolgan. O&#8217;simliklar Yerda mavjud bo&#8217;lgan barcha tirik organizmlar hayotida katta ahamiyatga ega. Hayvonlar va odamning hayotini O&#8217;simliklarsiz tasavvur qilib bo&#8217;lmaydi. Faqat yashil xlorofillga ega bo&#8217;lgan O&#8217;simliklar anorganik moddalardan organik birikmalarni sintezlash orqali quyosh nuri energiyasini to&#8217;playdi; ayni vaqtda O&#8217;simliklar atmosferadan S02 gazini olib, atmosferaga deyarli barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur bo&#8217;lgan kislorod chiqaradi. Shu yo&#8217;l bilan yashil O&#8217;simliklar atmosfera tarkibining doimiyligini saqlab turadi. O&#8217;simliklar organik moddalarni hosil qiluvchi Produsentlar sifatida oziq zanjirining asosini tashkil etadi. Yer yuzidagi O&#8217;simliklar turli hayotiy formalar (o&#8217;tlar, butalar, daraxtlar, lianalar, epifitlar va boshqalar)ni hosil qiladi. O&#8217;simliklarning xilma-xil turlaridan tarkib topgan fitosenozlar yer yuzi landshafti va boshqalar organizmlar uchun ekologik sharoitning xilma-xilligini belgilab beradi. O&#8217;simliklarning bevosita ishtirokida tuproq va torf hosil bo&#8217;ladi. Qo&#8217;ng&#8217;ir ko&#8217;mir va toshko&#8217;mirning hosil bo&#8217;lishi ham O&#8217;simliklar bilan bog&#8217;liq. O&#8217;simliklarning g&#8217;oyat xilma-xil turlaridan urug&#8217;li O&#8217;simliklar, asosan, gulli O&#8217;simliklar katta ahamiyatga ega. Urug&#8217;li O&#8217;simliklar oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilg&#8217;i, qurilish materiallari va boshqalarni beradi. Odam juda katta maydonlarda madaniy O&#8217;simliklarning sun&#8217;iy qoplamlari (ekin ekiladigan dalalar, bog&#8217;lar, xiyobonlar va boshqalar)ni barpo etishni, O&#8217;simliklarning xilma-xil navlarini yaratishni bilib olgan. Ammo O&#8217;simliklarni ko&#8217;p miqdorda yig&#8217;ib olish va O&#8217;simliklar boyliklaridan oqilona foydalanmaslik ularning juda katta maydonlarda yo&#8217;qolib ketishiga olib keldi; ko&#8217;plab o&#8217;simlik turlarining butunlay yo&#8217;qolib ketish xavfi tug&#8217;ildi. Shu sababdan, O&#8217;zbekistonda O&#8217;simliklarni himoya qilish va ularning tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish to&#8217;g&#8217;risida maxsus qonun qabul qilingan. O&#8217;zbekiston Respublikasi qizil kitobiga noyob va yo&#8217;qolib borayotgan O&#8217;simliklar turlari kiritilgan. O&#8217;simliklarni botanika fani o&#8217;rganadi. Ad. Jizn rasteniy, t. 1-6, M., 1974-82; Vent F.U., V mire rasteniy, M., 1972; Taxtadjyan A.L., Voprosi evolyutsionnoy morfologii rasteniy, L., 1954.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;SIMLIKLAR \u2014 tirik organizmlar dunyosi; fotosintez qilish xususiyatiga ega bo&#8217;lgan avtotrof organizmlar; hujayra po&#8217;sti, odatda, qalin tsellyulozadan, zaxira oziq moddasi kraxmaldan iborat. Ayrim O&#8217;simliklar (saprofitlar, parazitlar) uchun xos bo&#8217;lgan geterotrof &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/osimliklar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21165","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21165","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21165"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21165\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21167,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21165\/revisions\/21167"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21165"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21165"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21165"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}