{"id":21179,"date":"2022-03-13T12:43:01","date_gmt":"2022-03-13T09:43:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21179"},"modified":"2022-03-13T12:43:02","modified_gmt":"2022-03-13T09:43:02","slug":"osmalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/osmalar\/","title":{"rendered":"O&#8217;SMALAR"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;SMALAR, blastomalar \u2014 organizmdagi o&#8217;zgargan va o&#8217;zining odatdagi shakli hamda funktsiyasini yo&#8217;qotgan (sifati buzilgan) hujayralardan iborat to&#8217;qimalarning zo&#8217;r berib o&#8217;sib ketishi. O&#8217;sma hujayralari O&#8217;smalarga sababchi omillar to&#8217;xtagandan keyin ham ko&#8217;payaveradi. O&#8217;smalarni onkologiya fani o&#8217;rganadi. Xavfsiz (yetilgan) va xavfli (yetilmagan) O&#8217;smalar farq qilinadi. Xavfsiz O&#8217;smalar atrofdagi to&#8217;qimani itaradi, suradi, ba&#8217;zan siqib qo&#8217;yadi, lekin ularni yemirmaydi. Xavfli O&#8217;smalar tez rivojlanib, boshqa to&#8217;qimalarga o&#8217;sib kirib, ularni yemiradi; bunda qon tomirlarga ham shikast etadi. Odatda, qon va limfa tomirlari devorining yemirilishi natijasida qon yoki limfaga tushgan o&#8217;sma hujayralari turli a&#8217;zo va to&#8217;qimalarga metastaz beradi. Natijada O&#8217;smalarning ikkilamchi tugunlari \u2014 metastazlar hosil bo&#8217;ladi, ya&#8217;ni O&#8217;smalar tarqalib ketadi. O&#8217;smalar butunlay olib tash- lanmasa, qaytadan o&#8217;sib chiqadi (retsidiv beradi). Xavfsiz O&#8217;smalar metastaz bermaydi (tarqalmaydi), ammo paydo bo&#8217;lgan joyiga ko&#8217;ra hayot uchun xavfli bo&#8217;lishi (masalan, miyada yoki nafas va hazm yo&#8217;llarida bo&#8217;lsa, ularni siqib, ezib qo&#8217;yishi), shuningdek, uning bir qismi kesib tashlansa, qayta o&#8217;sishi mumkin. O&#8217;smalarning metastaz berish-bermasligi va metastaz berish tezligi organizmning immunobiologik holatiga bog&#8217;liq. O&#8217;smalar o&#8217;sishi to&#8217;qimada cheksiz bo&#8217;linuvchi o&#8217;zgargan hujayralarning kichik guruhi vujudga kelishidan boshlanadi. Ular sekin-asta rivojlanadi. Bunda bir necha bosqich farq qilinadi: 1) o&#8217;sma hujayralarining notekis ko&#8217;payishi (giperplaziya); 2) o&#8217;choqli proliferasiya, ya&#8217;ni to&#8217;qimaning o&#8217;sishi, 3) xavfsiz O&#8217;smalar. hosil bo&#8217;lishi; 4) nihoyat, uning xavfli tus olishi (malignizatsiya). Bevosita xavfli O&#8217;smalardan avval paydo bo&#8217;lgan va xavfli O&#8217;smalarga aylanadigan O&#8217;smalar rak oldi, to&#8217;qimada ancha erta sodir bo&#8217;lgan o&#8217;zgarishlar o&#8217;sma oldi jarayoni hisoblanadi. O&#8217;smalarning bosqichma bosqich rivojlanishi va keyin xavfli tus olishi \u2014 uning o&#8217;ziga xos avj olishi shu tariqa o&#8217;tadi. O&#8217;smalardan qon ketishi kamqonlikka, O&#8217;smalarning chirishi va moddalar almashinuvi buzilishidan hosil bo&#8217;lgan mahsulotlar organizmning zaharlanishiga sabab bo&#8217;ladi. O&#8217;smalar parenxima va stromadan tarkib topadi. Parenxima O&#8217;smalarning asosiy massasi bo&#8217;lib, uning o&#8217;sishi va tabiatini belgilaydi; stroma O&#8217;smalar atrofidagi biriktiruvchi to&#8217;qimadan hosil bo&#8217;ladi. Har bir o&#8217;smaning nomi o&#8217;zi paydo bo&#8217;lgan to&#8217;qima nomidan (oxiriga &#171;oma&#187; \u2014 o&#8217;sma ma&#8217;nosini anglatuvchi qo&#8217;shimcha qo&#8217;shiladi) olingan, masalan, tog&#8217;aydan vujudga kelgan O&#8217;smalar xondroma, yog&#8217;to&#8217;qimasi o&#8217;smasi lipoma, muskul to&#8217;qimasi o&#8217;smasi mioma, biriktiruvchi to&#8217;qimada yuzaga kelgan xavfli O&#8217;smalar sarkoma, epiteliy to&#8217;qimasidan paydo bo&#8217;lgan xavfli O&#8217;smalar karsinoma (rak), me&#8217;da osti bezi bo&#8217;lakchalaridan hosil bo&#8217;lgan O&#8217;smalar insuloma deyiladi va hokazolar. Leykozlar ham O&#8217;smalarga kiradi. Rak bilan og&#8217;rish turli mamlakat va mintaqalarda turlicha, masalan, teri raki shimolga nisbatan Janubda ko&#8217;proq uchraydi. O&#8217;smalarning paydo bo&#8217;lishi va rivojlanishida organizmning tug&#8217;ma yoki hayotda orttirilgan umumiy reaktsiyasi kata ahamiyatga ega. Irsiy omillar asosan, O&#8217;smalarga moyillikni, ya&#8217;ni organizmning o&#8217;sma paydo qiladigan ta&#8217;sirotlarga nisbatan ko&#8217;rsatadigan u yoki bu reaktsiyasini belgilab beradi. O&#8217;smalar ta&#8217;sirini bartaraf etishda esa organizmning himoya, immunobiologik kuchlari, shuningdek, uning ovqatlanish va boshqalar hayot tarziga bog&#8217;liq umumiy holati katta ahamiyat kasb etadi. Umuman O&#8217;smalar organizmga turli fizik, kimyoviy va biologik omillar ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishi natijasida vujudga kelishi mumkin. Shuning uchun ham hozir O&#8217;smalarning kelib chiqishi ko&#8217;p omilli (polietiologik) jarayon deb qaraladi. O&#8217;smalar, odatda 40 yoshdan keyin paydo bo&#8217;ladi. Ammo yoshlar va hatto, bolalarda ham uchratish mumkin. O&#8217;smalarning oldini olish ularning kelib chiqishiga (gigienik profilaktika) va rivojlanishiga qarshi (rakning klinik profilaktikasi) tadbirlardan iborat. Gigienik profilaktika organizmga Kantserogen ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadigan omillarni yo&#8217;qotish yoki ularning miqdorini kamaytirishdan; klinik profilaktika esa o&#8217;sma oldi kasalliklarini o&#8217;z vaqtida aniqlab, davolashdan iborat. Aholi o&#8217;rtasida muntazam (sistemali) ommaviy profilaktik tekshiruvlar o&#8217;tkazish va ayrim aholi guruhlarini dispanserizatsiya qilish katta ahamiyatga ega. Kasallikning boshlang&#8217;ich belgilari paydo bo&#8217;lganda darhol vrachga murojaat qilish kasallikni barvaqt aniqlashda nihoyatda muhim. O&#8217;smalar diagnostikasi bemorni klinik instrumental tekshirish (so&#8217;rash, kuzatish, maxsus tekshirish usullarini qo&#8217;llash va har xil tahlillar o&#8217;tkazish)ga asoslangan. Ichki a&#8217;zolar (me&#8217;da, o&#8217;pka, tuxumdon, yo&#8217;g&#8217;on ichak, me&#8217;da osti bezi va boshqalar)dagi O&#8217;smalarni barvaqt aniqlash (diagnoz qo&#8217;yish) ancha mushkul bo&#8217;lib, bunda rentgenologik, radioizotop, endoskopik, morfologik, immunologik, kompyuter tomografiya, biopsiya olish va boshqalar maxsus tekshirish usullaridan foydalaniladi. Tibbiyot amaliyotida radioizotoplar yordamida tekshirish usullari keng qo&#8217;llanilmoqda. Ayrim radioaktiv moddalar, masalan, fosfor, yod, strontsiy, oltin va boshqalarni o&#8217;sma hujayralari sog&#8217;lom hujayralarga nisbatan ancha ko&#8217;p yutadi, bu esa radioizotoplarning tarqalishiga qarab O&#8217;smalar va metastazlarni barvaqt aniqlash imkonini beradi. O&#8217;smalar tuzilishining morfologik xususiyatlarini aniqlash davolashning aniq usulini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Xavfli O&#8217;smalar kompleks usulda davolanadi. O&#8217;smalar paydo bo&#8217;lgan a&#8217;zoga, uning rivojlanish bosqichi, tuzilishiga, bemorning yoshi va boshqalarga qarab gamma va rentgen nurlari, doridarmonlar bilan davo qilinadi; lekin xirurgik usul keng qo&#8217;llaniladi. Ko&#8217;pincha xirurgik usul nur va dori- darmonlar qo&#8217;llab davolash bilan birga olib boriladi. Xavfli O&#8217;smalarni nur bilan davolash onkologiyaning rivojlanayotgan yo&#8217;nalishlaridan biridir. So&#8217;nggi yillarda organizmning himoya kuchlarini oshirishga qaratilgan immunoterapiya usulida davolash jadal olib borilmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;SMALAR, blastomalar \u2014 organizmdagi o&#8217;zgargan va o&#8217;zining odatdagi shakli hamda funktsiyasini yo&#8217;qotgan (sifati buzilgan) hujayralardan iborat to&#8217;qimalarning zo&#8217;r berib o&#8217;sib ketishi. O&#8217;sma hujayralari O&#8217;smalarga sababchi omillar to&#8217;xtagandan keyin ham ko&#8217;payaveradi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/osmalar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21179","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21179","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21179"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21179\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21184,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21179\/revisions\/21184"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21179"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21179"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21179"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}