{"id":21188,"date":"2022-03-13T12:55:19","date_gmt":"2022-03-13T09:55:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21188"},"modified":"2022-03-13T12:55:21","modified_gmt":"2022-03-13T09:55:21","slug":"osish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/osish\/","title":{"rendered":"O&#8217;SISH"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;SISH (iqtisodiyotda) \u2014 mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar yaratish hajmining oldingi yil (davr) larga nisbatan ko&#8217;paygan miqdorda takrorlanishi. Iqtisodiy o&#8217;sishni ta&#8217;minlash har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Yildan yilga aholi sonining ko&#8217;payishi, kishilar ehtiyojlarining mutassil ortib borishi iqtisodiy O&#8217;sishni shart qilib qo&#8217;yuvchi asosiy sabablardandir. Iqtisodiy O&#8217;sish aholi turmush darajasini oshirishga, xalq farovonligini ta&#8217;minlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy O&#8217;sish negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi turadi. Iqtisodiy o&#8217;sish ishlab chiqarishning ilg&#8217;or tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta bo&#8217;lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy O&#8217;sish mahsulot ishlab chiqarishning real hajmini muttasil ko&#8217;paytirib borish va ayni paytda jamiyat taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini anglatadi. Iqtisodiy O&#8217;sishni aniqlash va hisoblashda mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining eng umumiy ko&#8217;rsatkichi bo&#8217;lgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) asos bo&#8217;lib xizmat qiladi va iqgisodiy o&#8217;sishning muayyan davr mobaynida Real YAIM hajmining ijobiy tomonga o&#8217;zgarishini ko&#8217;rsatadi. Iqtisodiy o&#8217;sish sur&#8217;atlari YAIM o&#8217;sish sur&#8217;atlarida o&#8217;z aksini topadi. Iqtisodiy O&#8217;sish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy holatini ifodalaydi. Real YAIM hajmining o&#8217;zgarishi mamlakat iqtisodiyoti holati va dinamikasi to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumot bersada, iqtisodiy O&#8217;sishni to&#8217;liq aks ettirmaydi. Masalan, mamlakat aholisining O&#8217;sish sur&#8217;ati 3% ni, Real YAIM ning O&#8217;sish sur&#8217;ati ham 3% ni tashkil etdi. Bunday holatda, garchi YAIM hajmi o&#8217;sgan bo&#8217;lsada, kishilarning daromadlari o&#8217;zgarmay qoladi. Shu sababli iqtisodiy O&#8217;sishni to&#8217;laroq aks ettirish uchun boshqa bir ko&#8217;rsatkich \u2014 aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan Real YaIMning o&#8217;zgarishi qo&#8217;llaniladi. Real YAIM hajmining o&#8217;zgarishi umuman mamlakat iqtisodiyotining muayyan davr oralig&#8217;idagi rivojlanishini ifodalasa, aholi jon boshiga to&#8217;g&#8217;ri keladigan Real YAIM hajmining o&#8217;zgarishi iqtisodiy rivojlanishga kishilar turmush darajasi orqali baho berishga xizmat qiladi. Mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan YAIM ishlab chiqarish omillari \u2014 yer, kapital va mehnat resurslarining o&#8217;zaro ta&#8217;sirida shakllanadi. Bular iqtisodiy O&#8217;sishning miqdoriy omillariga kiradi (masalan, foydalanilayotgan ekin maydonlarni kengaytirish YAIM o&#8217;sishiga ijobiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi). Ushbu omillarni ishlab chiqarish jarayoniga kengroq jalb etish natijasida yuz beradigan iqtisodiy O&#8217;sish ekstensiv o&#8217;sish deb ataladi. Iqtisodiy O&#8217;sishning sifat omillari ham mavjud bo&#8217;lib, ularga mehnat, kapital va yer (tabiiy) resurslari unumdorligi kiradi. Sifat omillari hisobiga yuz beradigan iqtisodiy O&#8217;sish intensiv o&#8217;sish deb yuritiladi. Ishlab chiqarish omillarining cheklanganligi ekstensiv O&#8217;sishning imkoniyatlarini chegaralaydi. Shu sababli resurslar cheklanganligi sharoitida intensiv o&#8217;sish samarali hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti ham intensive iqtisodiy o&#8217;sishni rag&#8217;batlantiradi. Keyingi yillarda bir qator ijtimoiy ko&#8217;rsatkichlar iqtisodiy O&#8217;sish sharti va natijasi tarzida qaralmoqda. Ishlab chiqarish sohasida \u2014 bandlikning yukobiy Dinamikasi; taqsimot sohasida \u2014 aholining Real daromadlari va boshqalar bir qator ko&#8217;rsatkichlar dinamikasi; ayirboshlash sohasida \u2014 savdo va umumiy ovqatlanish moddiy bazasining rivoji, chakana savdo aylanmasi dinamikasi; iste&#8217;mol sohasida \u2014 iste&#8217;molning va noishlab chiqarish jamg&#8217;arishning o&#8217;sishi shunday ko&#8217;rsatkichlarga kiradi. Iqtisodiy o&#8217;sishning asosiy ijobiy tomoni \u2014 uning ishlab chiqarish va iste&#8217;mol tuzilmasi o&#8217;zgarishlariga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishidir. Nurislom To&#8217;xliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;SISH (iqtisodiyotda) \u2014 mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar yaratish hajmining oldingi yil (davr) larga nisbatan ko&#8217;paygan miqdorda takrorlanishi. Iqtisodiy o&#8217;sishni ta&#8217;minlash har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/osish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21188","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21188","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21188"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21188\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21190,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21188\/revisions\/21190"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21188"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21188"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21188"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}