{"id":21192,"date":"2022-03-13T13:05:58","date_gmt":"2022-03-13T10:05:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21192"},"modified":"2022-03-13T13:06:00","modified_gmt":"2022-03-13T10:06:00","slug":"osimlikshunoslik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/osimlikshunoslik\/","title":{"rendered":"O&#8217;SIMLIKSHUNOSLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;SIMLIKSHUNOSLIK \u2014 madaniy o&#8217;simliklarni yetishtirish usullari haqidagi fan. Tuproqshunoslik, umumiy dehqonchilik, qishloq xo\u2019jalik meteorologiyasi, o&#8217;simliklar fiziologiyasi, biokimyosi, genetikasi, selektsiyasi, qishloq xo\u2019jalik mikrobiologiyasi, agrofizika, agrokimyo, urug&#8217;chilik, o&#8217;simliklarni himoya qilish bilan chambarchas bog&#8217;langan. O&#8217;simlikshunoslikning asosiy tadqiqot ob&#8217;yekti \u2014 qishloq xo\u2019jaligida ekiladigan ekinlar (turi, xili, navi, duragayi), ularning biologiyasi; tashqi muhit \u2014 agroekologik sharoitlarga talabchanligi va boshqalar zamonaviy O&#8217;simlikshunoslik shug&#8217;ullanadigan asosiy masalalar: ekiladigan o&#8217;simliklar tasnifi (donli ekinlar, ildizmevali va tuganak mevalilar, moyli ekinlar, tolali ekinlar, yem- xashak o&#8217;tlari va ekinlari, narkotikalkaloidli ekinlar); ularning biologik va ekologik xususiyatlarini o&#8217;rganish, navlar (duragaylar)ni rayonlashtirishning ilmiy asoslari, qimmatli xo&#8217;jalik belgilariga ega bo&#8217;lgan o&#8217;simliklar introduktsiyasi, qishloq xo\u2019jalik ekinlarini yetishtirishda intensiv texnologiya (agrotexnika)ni o&#8217;rganish va ishlab chiqish; ekinning tuproqqa va atrof muhitga galabi; o&#8217;g&#8217;itlar va sug&#8217;orishga munosabati; potentsial hosildorligi yuqori bo&#8217;lgan tezpishar, kasalliklar hamda zararkunandalarga chidamli navlarni yaratish; yangi navlar agrotexnikasi va boshqalar O&#8217;simlikshunoslik ayrim ekinlarning biologik xususiyatlari: vegetatsiya davrining davomiyligi; organogenez, o&#8217;sish va rivojlanish ritmlari; vegetatsiya va morfogenezning izchil ketma-ket fazalari; ildiz sistemasi va assimilyasion sirtning rivojlanish dinamikasi, quruq modda to&#8217;planishi, o&#8217;simlikda foydali xo&#8217;jalik organlari va qismlarining shakllanishi; moddalar almashinuvi; suv va oziqlanish rejimi, sovuqbardoshligi, qishlashga, qurg&#8217;oqchilikka, sho&#8217;rga va boshqalarga chidamligi va boshqalarni o&#8217;rganadi. O&#8217;simlikshunoslik ekinlarning ekologik xususiyatlarini o&#8217;rganishda qishloq xo\u2019jalik zonasidagi iqlim va tuproq omillarini baholash orqali o&#8217;simlik bilan tashqi muhit sharoitlari o&#8217;rtasidagi munosabatlarni tadqiq etadi. Bunda ekish muddatlari, birinchi kuzgi qorasovuq tushadigan davr, suv bilan ta&#8217;minlanish, tuproq unumdorligi va boshqalar masalalar o&#8217;rganiladi. Qishloq xo\u2019jalik ekinlarini o&#8217;stirish texnologiyasi va mahsulot yetishtirishda O&#8217;simlikshunoslik o&#8217;rganadigan asosiy masalalar: mahalliy tuttroq iqlim sharoitlariga moslashgan hamda qimmatli xo&#8217;jalik va biologik xususiyati bilan ajralib turadigan nav (duragay)larni tanlash; almashlab ekish da eng yaxshi o&#8217;tmishdosh tanlash; tuproqni ishlash sistemasi va o&#8217;g&#8217;itlarni qo&#8217;llash, urug&#8217;likni ekishga tayyorlash, ekish (muddatlari, urug&#8217;lik normasi, ekish usullari va chuqurligi), ekinlarni parvarishlash (tuproqni ishlash, oziqlantirish, begona o&#8217;tlarni yo&#8217;qotish, o&#8217;simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, defoliant va desikantlarni ishlatish, ekinlarni o&#8217;sishni boshqaruvchi moddalar bilan ishlash); hosilni yig&#8217;ib olish (asosiy va yordamchi mahsulotni yig&#8217;ishtirish muddatlari va uni tashkil qilish, nobudgarchilikka yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik, dalani ang&#8217;iz qoldiqlaridan tozalash, tuproqni yig&#8217;imterimdan keyin ishlash), yig&#8217;ilgan hosilga dastlabki ishlov berish va hokazolar. O&#8217;simlikshunoslik bo&#8217;yicha tadqiqot ishlari dala, vegetatsion hamda laboratoriya usullari bilan olib boriladi. O&#8217;simlikshunoslikda xo&#8217;jaliklar hamda ayrim ishlab chiqarish novatorlarining ilg&#8217;or tajribalarini o&#8217;rganish va ilmiy jihatdan umumlashtirishga katta o&#8217;rin beriladi. Yakunlangan tadqiqotlarning natijalari agrotexnika va iqtisodiy baholash uchun aniq bir tabiiyiqlim sharoitlarida sinab ko&#8217;riladi. O&#8217;zbekistonda O&#8217;simlikshunoslik faniga Al.Abdullayev, A.V.Avtonomov, V. Zuyev, A. Imomaliyev, M.V.Muhammadjonov, J.K. Saidov, S.X. Yo&#8217;ldoshev, S.M.Miraxmedov, Sh.Ibrohimov, S.R.Muhammadxonov, Z.U.Umarov, G&#8217;.Qurbonov, G&#8217;.Rahimov, D.T.Abdukarimov, H.Otaboeva va boshqalar muhim hissa qo&#8217;shgan. O&#8217;zbekistonda O&#8217;simlikshunoslik masalalari bilan O&#8217;zbekiston qishloq xo&#8217;jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi tarkibidagi ilmiy muassasalar, qishloq xo\u2019jalik oliy o&#8217;quv yurtlari kafedralari shug&#8217;ullanadi. O&#8217;simlikshunoslik bo&#8217;yicha yetakchi institut O&#8217;zbekiston o&#8217;simlikshunoslik instituti. O&#8217;simlikshunoslikga oid ilmiy-amaliy ishlar &#171;O\u2019zbekiston qishloq xo&#8217;jaligi&#187;, &#171;O&#8217;zbekiston agrar fani xabarnomasi&#187; jurnallarida, oliy o&#8217;quv yurtlarining ilmiy to&#8217;plamlarida bosiladi. Halima Otaboyeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;SIMLIKSHUNOSLIK \u2014 madaniy o&#8217;simliklarni yetishtirish usullari haqidagi fan. Tuproqshunoslik, umumiy dehqonchilik, qishloq xo\u2019jalik meteorologiyasi, o&#8217;simliklar fiziologiyasi, biokimyosi, genetikasi, selektsiyasi, qishloq xo\u2019jalik mikrobiologiyasi, agrofizika, agrokimyo, urug&#8217;chilik, o&#8217;simliklarni himoya qilish bilan chambarchas &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/osimlikshunoslik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21192","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21192","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21192"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21192\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21194,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21192\/revisions\/21194"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21192"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21192"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21192"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}