{"id":21199,"date":"2022-03-13T14:01:08","date_gmt":"2022-03-13T11:01:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21199"},"modified":"2022-03-13T14:01:09","modified_gmt":"2022-03-13T11:01:09","slug":"osimliklar-kasalliklari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/osimliklar-kasalliklari\/","title":{"rendered":"O&#8217;SIMLIKLAR KASALLIKLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;SIMLIKLAR KASALLIKLARI \u2014 o&#8217;simliklarda turli sabablar \u2014 kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchilar hamda noqulay tashqi sharoit ta&#8217;sirida yuz beradigan patologik jarayonlar. Bular organism funktsiyasi (fotosintez, nafas olish, o&#8217;stiruvchi moddalar sintezi, suv, oziq moddalar harakati)ning buzilishiga, o&#8217;simlikning butunlay nobud bo&#8217;lishi yoki ba&#8217;zi organlarining zararlanishiga olib keladi. O&#8217;simliklar kasalliklari hosilni kamaytirib, sifatini buzadi. Masalan, viltning rivojlanishi va tarqalishi uchun qulay sharoit vujudga kelgan yillari paxta hosili 20-25% ga, ba&#8217;zi hududlarda 60-80% gacha kamayishi mumkin. O&#8217;simliklar kasalliklarining 30 mingdan ortiq turi ma&#8217;lum. Ular belgilari yoki tiplari (Patografik tasnif), zararlangan o&#8217;simliklar (o&#8217;simlikshunoslik tasnifi) hamda kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchi sabablar (etiologik tasnif) bo&#8217;yicha guruhlanadi. Etiologik tasnif negizida O&#8217;simliklar kasalliklari yuqumsiz va yuqumli kasalliklarga ajraladi. Yuqumsiz O&#8217;simliklar kasalliklari, asosan, muhitning abiotik omillari: mineral oziqlanish tartibining buzilishi, xususan, makroelementlar \u2014 azot, fosfor, kaliy hamda mikroelementlar \u2014 bor, rux, temir, mis, molibdenning yetishmasligi; noqulay suv rejimi (tuproqda namning yetishmasligi yoki ortib ketishi); o&#8217;simliklarga yuqori yoki past temperaturaning ta&#8217;siri, havo va tuproq trasining keskin o&#8217;zgarishi natijasida vujudga keladi. Yuqumsiz O&#8217;simliklar kasalliklarining kelib chiqishiga havo va tuproqdagi zararli aralashmalar (sulfit angidrid ta&#8217;sirida barglarning kuyishi va to&#8217;kilishi); tuproqqa solinadigan ba&#8217;zi gerbitsidlar qoldig&#8217;i ta&#8217;siri; noqulay yorug&#8217;liq rejimi (xususan, issiqxonalar va parniklarda yorug&#8217;likning yetishmasligi, o&#8217;simliklarning yotib qolishi, xloroz kabilarga sabab bo&#8217;lishi mumkin); ionlovchi nurlar (alfa,beta, gamma nurlar, rentgen nurlari, neytronlar); ba&#8217;zi zamburug&#8217;lar (G&#8217;ivagsht, Vo1gush va boshqalar turlar) hamda ayrim yuksak o&#8217;simliklar tomonidan tuproqqa chiqariladigan toksinlar sabab bo&#8217;lishi mumkin. Yuqumli O&#8217;simliklar kasalliklariga o&#8217;simliklarning virusli kasalliklari (mozaika kasalligining bir qancha turlari, so&#8217;lish, pakanalik, g&#8217;umbaklanish, proliferatsiya \u2014 to&#8217;qimalarning o&#8217;sib ketishi); o&#8217;simliklar bakterial kasalliklar yoki bakteriozlar (o&#8217;simliklar raki, bakterial chirishning turli xillari, mevali daraxtlar, tamaki va boshqalarning bakterial kuyish kasalliklari); o&#8217;simlik zamburug&#8217;li kasalliklari yoki mikofitozlar (o&#8217;simlik zang kasalliklarining bir qancha turlari, qorakuya, rag&#8217;a, fuzariozlar, chirishlar, tsitosporozlar, Askoxitozlar va boshqalar) kiradi. Shuningdek, aktinomisetlar qo&#8217;zg&#8217;atadigan aktinomikozlar, algofitozlar; gelmintofitozlar ham yuqumli O&#8217;simliklar kasalliklariga kiradi. Yuqumli kasalliklarga o&#8217;simliklarning parazit hasharot (entomofitozlar) bilan zararlanishi ham sabab bo&#8217;lishi mumkin. O&#8217;simliklar kasalliklarining inkubasion davri qancha davom etishi havo harorati, namligi, o&#8217;simlikning kasalliklarga chidamliligi yoki moyilligiga bog&#8217;liq (qo&#8217;zg&#8217;atuvchi kasal o&#8217;simlik ichida yoki tashqarasida ko&#8217;payadi; infektsiya elementlari havo, yomg&#8217;ir tomchilari, hasharotlar va boshqalar yo&#8217;llar bilan tarqalib, o&#8217;simliklarni yoppasiga zararlashi mumkin). Himoya reaktsiyalari. O&#8217;simlikda kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchilarga qarshi Fermentlar, fitontsidlar faolligi ortadi, hujayra devorlari po&#8217;kaklanadi, zararlangan hujayralar kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchi bilan birgalikda o&#8217;lik hujayralarga aylanadi va hokazolar. Oldini olish tadbirlari: ekinlarning o&#8217;sishi va rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratish, kasalliklarga chidamli navlarni ekish, ilmiy asoslangan urug&#8217;chilik, urug&#8217;likni dorilash va hokazolardan iborat. Davolashda turli kimyoviy preparatlar (insektisidlar, fungisidlar, fumigantlar)dan foydalaniladi. O&#8217;simliklar kasalliklari qo&#8217;zg&#8217;atuvchilarining bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga o&#8217;tmasligi uchun karantin qo&#8217;llaniladi. Ad.: Serbinov V . I ., Qishloq xo&#8217;jaligi ekinlarining kasalliklari, T., 1964; Grushevoy S.E., Selskoxozyaystvennaya fitopatologiya, M., 1965.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;SIMLIKLAR KASALLIKLARI \u2014 o&#8217;simliklarda turli sabablar \u2014 kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchilar hamda noqulay tashqi sharoit ta&#8217;sirida yuz beradigan patologik jarayonlar. Bular organism funktsiyasi (fotosintez, nafas olish, o&#8217;stiruvchi moddalar sintezi, suv, oziq moddalar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/osimliklar-kasalliklari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21199","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21199","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21199"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21199\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21202,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21199\/revisions\/21202"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21199"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21199"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21199"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}