{"id":21262,"date":"2022-03-13T20:26:47","date_gmt":"2022-03-13T17:26:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21262"},"modified":"2022-03-13T20:26:49","modified_gmt":"2022-03-13T17:26:49","slug":"chala-tugilgan-bola","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chala-tugilgan-bola\/","title":{"rendered":"CHALA TUG&#8217;ILGAN BOLA"},"content":{"rendered":"\n<p>CHALA TUG&#8217;ILGAN BOLA \u2014 homiladorlik muddati tugamay (homiladorlikning 29-haftasi bilan 38-haftasi o&#8217;rtasida) tug&#8217;ilgan bola. Vazni 1000 grammdan 2500 grammgacha, bo&#8217;yi 45 santimetr atrofida bo&#8217;ladi. Chala tug\u2019ilgan bola normal rivojlangan bo&#8217;lsa ham o&#8217;zi mustaqil ema olmaydi, shuning uchun uni alohida parvarish qilish talab etiladi. Chala tug\u2019ilgan bola hayotining dastlabki haftasida ko&#8217;rsatiladigan samarali parvarish faqat kasalxonaning maxsus bo&#8217;limlarida vrach nazorati ostida olib boriladi. Chala tug\u2019ilgan bola ko&#8217;rinishi, a&#8217;zo va sistemalarining rivojlanishiga ko&#8217;ra normal tug&#8217;ilgan boladan ajralib turadi. Chala tug\u2019ilgan bola juda ko&#8217;p uxlaydi, yig&#8217;isi zo&#8217;rg&#8217;a eshitiladi. Terisi yupqa, quruq, ko&#8217;pincha och pushti yoki qizg&#8217;ish bo&#8217;lib, bujmayib turadi. Tanasi mayin tuk bilan qoplangan, teri osti yog&#8217;qatlami ancha zaif; oyog&#8217;i tanasiga nisbatan kaltaga o&#8217;xshab ko&#8217;rinadi; boshi katta, quloq suprasi yumshoq, boshiga yopishganroq bo&#8217;ladi. Ichki a&#8217;zolari rivojlangan, lekin funktsional jihatdan ancha zaif; yuqori nafas yo&#8217;llari nozik bo&#8217;lib; ko&#8217;krak qafasi nafas olishida kam qatnashadi. Nafas olishi tez va notekis, yuzaki, pulsi sust, qon yaratish sistemasi yaxshi rivojlanmagan. Me&#8217;da-ichak sistemasi nomukammalligi sababli ich kelishi turg&#8217;un bo&#8217;lmaydi (ko&#8217;pincha yashil bo&#8217;ladi). Buyrak funktsiyalari ham sust rivojlangan; qiz bolalarda jinsiy teshik sal ochiq, o&#8217;g&#8217;il bolalarda esa moyak hali yorg&#8217;oqqa tushmagan bo&#8217;lishi mumkin. Chala tug\u2019ilgan bolaning nerv sistemasi ham funktsional jihatdan yaxshi etilmagan bo&#8217;lib, uning organizmi Trani bir me&#8217;yorda ushlab tura olmaydi (tez qizib yoki sovib ketadi). Chala tug\u2019ilgan bola jismoniy rivojlanishining (hayotining birinchi yilida) o&#8217;ziga xos xususiyati bor. Bunday bolalar vazni bir oyda normal tug&#8217;ilgan bolalarnikiga nisbatan juda kam, lekin normal tug&#8217;ilgan bolalarga qaraganda keyingi oylarda tez o&#8217;sib, vazni ham tez ortadi. Bola qancha kam vazn bilan tug&#8217;ilgan bo&#8217;lsa, vazni shunchalik tez ortadi. Chala tug\u2019ilgan bola organizmning funktsional jihatdan yetilmaganligi, unga, ayniqsa, birinchi oy davomida birmuncha qulay sharoit yaratib, yaxshilab parvarish qilishni taqozo etadi, uni tra, yorug&#8217;lik, tovush va boshqa ta&#8217;sirotlardan saklash, aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilish zarur. Vazni 2000 dan 2500 grmmgacha bo&#8217;lgan Chala tug\u2019ilgan bolaga ahvoli va uy sharoitiga qarab vrach ruxsati bilan tug&#8217;ruqxonadan uyga javob beriladi. Vazni kam bo&#8217;lib tug&#8217;ilgan bola maxsus statsionar sharoitida parvarish qilinadi. Vazni 1500 grammdan kam bo&#8217;lib tug&#8217;ilgan bolalar ma&#8217;lum trali, havosi nam va kislorodi bor kamera \u2014 kuvezlart bokiladi. Ba&#8217;zan vazni to&#8217;liq bolalar ham (gavda trmperaturasini bir me&#8217;yorda ushlay olmasa) kuvezlarda parvarish qilinadi. Bolaning vazni 2500 grammga yetgandagina uyga javob beriladi. Uy sharoitida Chala tug\u2019ilgan bola yotgan xonaning temperaturasi 25\u00b0 bo&#8217;lishi lozim. Bolaning boshini balandroq qilib yotqizish kerak, siqib yo&#8217;rgaklash yaramaydi. Bolaga issiq yumshoq ich kiyim kiygizib, paxmoq adyolga o&#8217;rab qo&#8217;yish maqsadga muvofiq (qo&#8217;llarini ham). Boshiga qalpoqcha kiygizib, yuzi ochiq qoldiriladi. Agar go&#8217;dak tez sovib ketsa, uning atrofiga va oyog&#8217;iga sochiqqa o&#8217;ralgan grelkalarni taxminan 10 santimetr yiroqroqqa qo&#8217;yiladi (suvining temperaturasi 65\u00b0 bo&#8217;lishi kerak). Bola isib ketsa, yuzi qizarib, gavda trasi ko&#8217;tarilib, bezovta bo&#8217;la boshlaydi. Bunda grelkalar sonini kamaytirish yoki hammasini olib qo&#8217;yish, zarur bo&#8217;lsa, bir necha minutga 1-2 sidra kiyimini yechish lozim. Agar u sovib ketsa, terisi oqarib, ko&#8217;kish tusga kiradi va muzdek bo&#8217;ladi, bolaning o&#8217;zi esa bo&#8217;shashib qoladi. Bunda uni issiq adyolga o&#8217;rash yoki issiq vannaga (36-37\u00b0) solish (5-7 minut) va yana atrofiga issiq grelkalar qo&#8217;yish lozim. Isib yoki sovib ketishning oldini olish uchun grelkadagi suv trasini termometr bilan teztez o&#8217;lchab turish kerak. Chala tug\u2019ilgan bola faqat ona suti bilan boqilsa, yaxshi o\u2019sadi va rivojlanadi. Ularda emish refleksi (ba&#8217;zilarida yutish refleksi ham) sust yoki umuman bo&#8217;lmaydi, dastlabki kunlari bola zond orqali (kuniga 10 marta), keyinchalik so&#8217;rg&#8217;ich orqali emiziladi, astasekin ko&#8217;krakdan emishga o&#8217;rgatiladi. Chala tug\u2019ilgan bola xuddi normal tug&#8217;ilgan bolalar kabi cho&#8217;miltiriladi. Vazni 1500 grammdan kam bo&#8217;lgan bolalarni tug&#8217;ilganidan 3 hafta keyin, vazni 1500 grammdan ortiq bolalar esa tug&#8217;ilganidan 10-15 kun o&#8217;tgach cho&#8217;miltiriladi. Sof havoda sayr qildirish Chala tug\u2019ilgan bolaning o&#8217;sishi va rivojlanishiga yaxshi ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Bu muolaja vazni 2500 grammdan ortiq bolalar uchun tavsiya etiladi. Qishda esa vazni 3000 grammdan ortiq bolalarnigina ochiq havoda sayr qildirishga ruxsat beriladi. Pekin bunda juda ehtiyot bo&#8217;lish kerak. Chala tug&#8217;ilishning oldini olishni homiladorlikka qadar boshlash, ayollar o&#8217;zida mavjud kasalliklarini o&#8217;z vaqtida davolatishlari, shaxsiy va jinsiy gigienaga qatiy rioya qilishlari zarur. Homiladorlikning birinchi belgilari paydo bo&#8217;lishi bilan ayollar kerakli maslahatlar olish uchun vrachga ko&#8217;rinishlari lozim. Homilador ayol to&#8217;g&#8217;ri ovqatlanishi, spirtli ichimliklar iste&#8217;mol qilmasligi, chekmasligi lozim. Homiladorlik toksikozlari paydo bo&#8217;lishi bilan vrachga murojaat etishi kerak.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHALA TUG&#8217;ILGAN BOLA \u2014 homiladorlik muddati tugamay (homiladorlikning 29-haftasi bilan 38-haftasi o&#8217;rtasida) tug&#8217;ilgan bola. Vazni 1000 grammdan 2500 grammgacha, bo&#8217;yi 45 santimetr atrofida bo&#8217;ladi. Chala tug\u2019ilgan bola normal rivojlangan bo&#8217;lsa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chala-tugilgan-bola\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21262","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21262","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21262"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21262\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21263,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21262\/revisions\/21263"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21262"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21262"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21262"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}