{"id":21448,"date":"2022-03-15T15:56:39","date_gmt":"2022-03-15T12:56:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21448"},"modified":"2022-03-15T15:56:40","modified_gmt":"2022-03-15T12:56:40","slug":"chagribek","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chagribek\/","title":{"rendered":"CHAG&#8217;RIBEK"},"content":{"rendered":"\n<p>CHAG&#8217;RIBEK, Chag&#8217;ribek Dovud (turkcha Chag&#8217;ri \u2014 burgut) (990-1060.4.4, Saraxs) \u2014 Saljuqiylar davlati arbobi, sarkarda. Saljuqning nevarasi va Sulton To&#8217;g&#8217;rulbekning ukasi. To&#8217;g&#8217;rulbek bilan birgalikda ko&#8217;chmanchi o&#8217;g&#8217;uzlar \u2014 saljuqiylarning harbiy birlashmalariga boshchilik qilgan. 1035 yil mayda Saljuqiylar Chag&#8217;ribek va To&#8217;g&#8217;rulbek qo&#8217;mondonligida Amudaryoni kechib o&#8217;tib, Amul (Chorjo&#8217;y)ni egallagan va Nisoga yo&#8217;l olgan. G&#8217;aznaviylar davlashinshnt sultoni Mas&#8217;ud G&#8217;aznaviy ularga qarshi harbiy kuchlar jo&#8217;natgan. Bu jangda G&#8217;aznaviylar qo&#8217;shini mag&#8217;lubiyatga uchragach, Mas&#8217;ud G&#8217;aznaviy Chag&#8217;ribekka Dehiston (Kaspiy dengizining Sharqiy sohili), To&#8217;g&#8217;rulbekka Niso, Muso bayg&#8217;uga Farova viloyatlarini hamda ularga &#171;dehqon&#187; unvonini berishga majbur bo&#8217;lgan. 1036 yildekabrda Chag&#8217;ribek 4 ming qurolli otliqqa bosh bo&#8217;lib, G&#8217;ozon, gur, Siyohko&#8217;h orqali poytaxt G&#8217;aznani egallash uchun harbiy yurish qilgan. Chag&#8217;ribek Marv, Andxo&#8217;y, Shoburkon (Shibirg&#8217;on)ni zabt etib, bu yerlarda Saljuqiylar hukmronligini o&#8217;rnatgan. 1037 yil 22 aprelda Marvda Chag&#8217;ribek nomi xutbaga qo&#8217;shib O&#8217;qilgan va unga &#171;Malik almuluk&#187; va &#171;Shahanshoh&#187; unvonlari berilgan. Chag&#8217;ribek Saljuq amirlariga qarshi yuborilgan g&#8217;aznaviylarning Suboshi boshchiligidagi katta qo&#8217;shinini mag&#8217;lubiyatga uchratgan. Bu paytda Chag&#8217;ribek Balx viloyatini ham o&#8217;ziga bo&#8217;ysundirgan (1038 yil boshlari). U To&#8217;g&#8217;rulbek tomonidan butun Saljuqiylar ko&#8217;shinining Oliy bosh qo&#8217;mondoni qilib tayinlangan. To&#8217;g&#8217;rulbek Nishopurda Sulton deb e&#8217;lon qilingach (1038 yil iyun), u birodari Chag&#8217;ribekka Dehiston viloyati hokimligi va Marvni topshirgan. 1038 yilda Chag&#8217;ribekka Nishopurdan Amudaryogacha bo&#8217;lgan Xuroson, shuningdek, Movarounnahr va Xorazm hududlari tekkan. Chag&#8217;ribek keyinchalik Xorazm, Buxoro va Balxda ham o&#8217;z hukmronligini o&#8217;rnatdi. Dandanakon jangidsh so&#8217;ng To&#8217;g&#8217;rulbek Xuroson hukmdori deb e&#8217;lon qilingan. Chag&#8217;ribek Marvni, To&#8217;g&#8217;rulbek Rayni o&#8217;zlariga poytaxt qilishgan. Chag&#8217;ribek 1042-43 yillarda Xorazmga yurish qilib, poytaxt Kotni egallagan. Qipchoqlarni ham tobe qilib, ular o&#8217;rtasida Islom dinini tarqatgan. Keyinchalik Chag&#8217;ribek Qoraxoniylar xoqoni bilan sulh tuzgan. Manbalar: Sadraddin Ali alhusayni, Axbor addaulat asseldjukiyya (Zubdat attavorix), M., 1980; Abul-l Fazl Bayxaki, Istoriya Mas&#8217;uda (1030\u2014 1041, 2izd), M., 1969. Ad.: Agadjanov G., Ocherki istorii oguzov i turkmen Sredney Azii IX\u2014XIII vv., Ashxabad, 1969. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHAG&#8217;RIBEK, Chag&#8217;ribek Dovud (turkcha Chag&#8217;ri \u2014 burgut) (990-1060.4.4, Saraxs) \u2014 Saljuqiylar davlati arbobi, sarkarda. Saljuqning nevarasi va Sulton To&#8217;g&#8217;rulbekning ukasi. To&#8217;g&#8217;rulbek bilan birgalikda ko&#8217;chmanchi o&#8217;g&#8217;uzlar \u2014 saljuqiylarning harbiy birlashmalariga boshchilik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chagribek\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21448","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21448","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21448"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21448\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21454,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21448\/revisions\/21454"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21448"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21448"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21448"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}