{"id":21522,"date":"2022-03-15T17:36:53","date_gmt":"2022-03-15T14:36:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21522"},"modified":"2022-03-15T17:36:54","modified_gmt":"2022-03-15T14:36:54","slug":"chennay","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chennay\/","title":{"rendered":"CHENNAY"},"content":{"rendered":"\n<p>CHENNAY (1996 yilgacha Madras) Hindistonning janub qismidagi shahar, Bengaliya qo&#8217;ltig&#8217;i sohilida. Tamilnad shtatining ma&#8217;muriy markazi. Aholisi 6,8 million kishi (2001). Iqlimi issiq, yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 24\u00b0, iyulniki 32\u00b0. Yiliga o&#8217;rtacha 1200 millimetr yog&#8217;in yog&#8217;adi. Tez-tez bo&#8217;lib turadigan tropik tsiklonlar shaharga katta zarar keltiradi. Chennay kattaligi jihatdan mamlakatda Mumbay, Dehli, Kalkuttadan keyin 4o&#8217;rinda turadi. Chennay \u2014 Hindistonning eng katta portlaridan. Transport yo&#8217;llarining yirik chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik sanoat, savdo-moliya va madaniyat markazi. Chennayda mamlakat sanoat mahsulotining 1\/10 qismi ishlab chiqariladi. To&#8217;qimachilik (ip gazlama), mashinasozlik (jumladan, vagonsozlik, harbiy), metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Neft qayta ishlanadi. Oziq-ovqat, tamaki, poligrafiya, elektronika, tsement, ko&#8217;npoyabzal sanoati korxonalari mavjud. universitet (1857), Hindiston geografiya jamiyati, ilmiy tadqoqpt institutlari, texnika instituti, Musiqa akademiyasi, Markaziy kutubxona, davlat muzeyi, Milliy badiiy galereya, teatr, kinostudiya, rasadxona va boshqalar bor. Chennay o&#8217;rnida 17-asr boshlarida baliqchilarning Madraspatam nomli qishlog&#8217;i bo&#8217;lgan. Angliyaning Ostindiya kompaniyasi bu yerda qal&#8217;a qurib (1639-40), bosh qarorgohini ko&#8217;chirib keltirgan. O&#8217;sha vaqtdan Chennay inglizlarning Hindistondagi harbiy tayanch bazasi va savdo punkti. 1746-49 yillarda frantsuzlar qo&#8217;l ostida bo&#8217;lgan. 18-asrning 2-yarmi va 19-asr boshida Chennay inglizlarning Hindistonning Janubiy Sharqiy qismidagi bosib olgan yerlarining siyosiy-ma&#8217;muriy markazi. Hindiston mustaqillikka erishgach (1947), Chennay Madras (1969 yildan Tamilnad) shtatining ma&#8217;muriy markazi. Chennay yaqinida Tamil me&#8217;morligi yodgorliklaridan Maqabalipuram majmuasi saqlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHENNAY (1996 yilgacha Madras) Hindistonning janub qismidagi shahar, Bengaliya qo&#8217;ltig&#8217;i sohilida. Tamilnad shtatining ma&#8217;muriy markazi. Aholisi 6,8 million kishi (2001). Iqlimi issiq, yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 24\u00b0, iyulniki 32\u00b0. Yiliga o&#8217;rtacha &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chennay\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21522","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21522","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21522"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21522\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21525,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21522\/revisions\/21525"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21522"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21522"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21522"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}