{"id":21850,"date":"2022-03-18T10:03:43","date_gmt":"2022-03-18T07:03:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21850"},"modified":"2022-03-18T10:03:44","modified_gmt":"2022-03-18T07:03:44","slug":"chingizxon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chingizxon\/","title":{"rendered":"CHINGIZXON"},"content":{"rendered":"\n<p>CHINGIZXON (asl ismi Temujin, Temuchin) (taxminan 1155, O&#8217;non daryosi yaqinidagi delpun bo&#8217;ldan mavzei \u2014 1227.25.8) \u2014 mo&#8217;g&#8217;ullar davlati asoschisi, sarkarda. Mo&#8217;g&#8217;ul qabilalari Ittifoqi \u2014 tayjiutlar sardori Yasugay Bahodirning O&#8217;elun fujin (xotun) dan tug&#8217;ilgan to&#8217;ng&#8217;ich farzandi. 13 yoshyda otasidan etim qolgan Chingizxon 27 yil davomida bir qancha urug&#8217;va qabilalarni tayjiutlar atrofida birlashtirish maqsadida harbiy harakatlar olib borgan. 1195-1204 yillarda Chingizxon keraitlar boshlig&#8217;i Vanxon To&#8217;g&#8217;ril (O&#8217;nxon) bilan Ittifoqsa merkit, Nayman, kuralas, ikiras, Durban, tatar va hokazolar qabilalarni bo&#8217;ysundiradi. Biroq, keyinchalik ular orasiga adovat tushgan. 1204 yil O&#8217;nxon bilan bo&#8217;lgan jangda g&#8217;alaba qozongan Chingizxon xonlik taxtini egallaydi. 1206 yil mo&#8217;g&#8217;ul aslzodalari, no&#8217;yonlari ishtirokida buyuk qurultoyda &#171;Chingiz&#187; (Tengiz \u2014 dengiz, okean) unvoni bilan sarafroz etiladi (Ulug&#8217;xon ma&#8217;nosida) va barcha qabila, urug&#8217;, elatlarning buyuk xoni deb e&#8217;lon qilinadi. Davlatning ichki va tashqi siyosatini tartibga solishda Chingizxon tomonidan e&#8217;lon qilingan qonunlar to&#8217;plami \u2014 Yaso (yasoq) muhim rol o&#8217;ynaydi. Ming kishilik shaxsiy gvardiya hamda yuz ming jangchidan iborat otliq armiyani shakllantirgan Chingizxon Sibirdagi bir nechta qabila va elatlarni (1207), shim. Xitoyni (1211 \u2014 15), O&#8217;rta Osiyoni (1219-21), Xuroson, Eronni (1221-24) o&#8217;z tasarrufiga kiritadi. Mo&#8217;g&#8217;ullar tomonidan zabt etilgan hududlar vayron qilingan, aholisi qyrib tashlangan, qullikka mahkum etilgan. 1224 yil Chingizxon Mo&#8217;g&#8217;ullar davlatini 4 o&#8217;g&#8217;li \u2014 Jo&#8217;ji, Chig&#8217;atoy, O&#8217;qtoy va Tulilarga taqsimlab bergan. Shimoliy Xitoydagi tangut qabilalarining Sisya davlati (10-13-asrlar) ga qarshi yurish qilgan vaqtida Chingizxon og&#8217;ir dard tufayli vafot etadi. Uni Mo&#8217;g&#8217;ulistondagi Burxon\u2014Xaldun tog&#8217; etagida dafn etishadi. Ad.: U temishxadji, Chingizname, Alma Ata, 1992; Kichanov E.I., Jizn Temuchjina, dumavshego pokorit Mir, Bishkek, 1993; Sultanov T.I., Podnyatie na beloy koshme. Potomki Chingizxana, Almati, 2001.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHINGIZXON (asl ismi Temujin, Temuchin) (taxminan 1155, O&#8217;non daryosi yaqinidagi delpun bo&#8217;ldan mavzei \u2014 1227.25.8) \u2014 mo&#8217;g&#8217;ullar davlati asoschisi, sarkarda. Mo&#8217;g&#8217;ul qabilalari Ittifoqi \u2014 tayjiutlar sardori Yasugay Bahodirning O&#8217;elun fujin &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chingizxon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21850","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21850","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21850"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21850\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21857,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21850\/revisions\/21857"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21850"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21850"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21850"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}