{"id":21878,"date":"2022-03-18T10:11:15","date_gmt":"2022-03-18T07:11:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21878"},"modified":"2022-03-18T10:11:16","modified_gmt":"2022-03-18T07:11:16","slug":"chinoz-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chinoz-tumani\/","title":{"rendered":"CHINOZ TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHINOZ TUMANI &#8212; Toshkent viloyatidagi tuman. 1935 yil 9 Fevralda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Yangiyo&#8217;l tumaniga qo&#8217;shilgan. 1973 yil 12 aprelda qayta tuzilgan. Shimol va shimoli sharqdan Yangiyo&#8217;l, Sharq va Janubi sharqdan quyi Chirchiq tumanlari, Janub va g&#8217;arbdan Sirdaryo, shimol g&#8217;arbdan Qozog&#8217;iston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,34 ming kilometr kvadrat. Aholisi 116 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Chinoz), 2 shaharcha (Olmazor, yangi Chinoz), 8 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (islohot, Ittifoq, ko&#8217;tarma, Turkiston, Chinoz, eski Toshkent, Yallama, Uzbekistan) bor. Markazi \u2014 Chinoz shahri. Tabiati. Relyefi, asosan, tekislikdan iborat. Qir va adirlar, Qozog&#8217;iston chegarasiga yaqin joyda esa cho&#8217;l boshlanadi. Foydali qazilmalardan Sirdaryo bilan Chirchiq daryosining qo&#8217;shilish joyida qurilishda ishlatiladigan qumshag&#8217;al olinadi. Iqdimi kontinental. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 13,4\u00b0, yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -3,1\u00b0, eng past temperatura -33\u00b0, iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 26,5\u00b0, eng yuqori temperatura 42\u00b0. Vegetatsiya davri 210 kun. Yiliga 350 millimetr yog&#8217;in tushadi. Tuman hududidan Chirchiq, Sirdaryo daryolari o&#8217;tadi. Shuningdek, qishloq xo\u2019jalik ekinlarini sug&#8217;orishda tuman hududidan o&#8217;tgan Bo&#8217;zsuv, Kurkuldak, shimol Toshkent, jo&#8217;n kanallaridan foydalaniladi. Achchiqko&#8217;l, Chumchuqko&#8217;l, Keles yaylovlarida Oydinko&#8217;l ko&#8217;li bor. Tuproqlari, asosan, bo&#8217;z, Chirchiq daryosi yoqasida qoramtir, bo&#8217;z tuproq. Yovvoyi o&#8217;simliklardan semizo&#8217;t, sho&#8217;ra, ituzum, bangidevona, achambiti, qo&#8217;ytikan, yantoq, chuchmoma va boshqalar bor. Yovvoyi hayvonlardan tulki, bo&#8217;ri, chiyabo&#8217;ri, qobon uchraydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, qozoq, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 341,2 kishi. Qishloq aholisi 81 ming kishi, shahar aholisi 35 ming kishi (2004). Xo&#8217;jaligi. Tuman iqtisodiyoti, asosan, qishloq xo\u2019jaligi ishlab chiqarishiga ixtisoslashgan. Chinoz tumanida 8 ta sanoat korxonasi bo&#8217;lib, ularda qurilish materiallari, paxta tozalash, urug&#8217;lik tayyorlash, noruda materiallar ishlab chiqarish bilan shug&#8217;ullaniladi (qumshag&#8217;al qazib olinadi). Avtomobil ta&#8217;mirlash zavodi, qurilish materiallari va konstruktsiyalari, noruda qurilish materiallari kombinatlari, MTP, qumshag&#8217;al kareri bor. 2 qo&#8217;shma korxona (shu jumladan, kalava ipgazlama ishlab chiqarishga ixtisoslashgan O&#8217;zbekiston \u2014 Turkiya \u2014 Yaponiya &#171;To&#8217;qimachi \u2014 LTD&#187; korxonasi) ishlab turibdi. Savdo, madaniy va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari, dehqon bozori faoliyat ko&#8217;rsatadi. Qishloq xo\u2019jaligining asosiy tarmoqlari \u2014 paxtachilik va g&#8217;allachilik. Shu bilan birga chorvachilik, pillachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bog&#8217;dorchilik ham rivojlangan. Tumanda 13 shirkat, 541 dehqon fermer xo&#8217;jaligi bor. Chinoz tumanidagi shaxsiy va jamoa xo\u2019jaliklarida 26,8 ming qoramol (shu jumladan, 11,6 ming sigir), 17,6 ming qo&#8217;y va echki boqiladi, parrandachilik bilan ham shug&#8217;ullaniladi. Tumanda 48 umumiy ta&#8217;lim maktabi (26,1 ming o&#8217;quvchi), 2 o&#8217;rta maxsus bilim yurti (1,2 ming o&#8217;quvchi), Markaziy kutubxona va uning 29 ta tarmog&#8217;i, bolalar musiqa maktabi, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bog&#8217;i mavjud. 2 kasalxona (400 o&#8217;rin), poliklinika, qishloq vrachlik punktlari, dorixona va boshqa tibbiy muassasalarda 163 vrach ishlaydi. Chinozdan Toshkentga avtobuslar qatnaydi. 1935 yildan &#171;Chinoz hayoti&#187; tuman gazetasi chiqadi (adadi 11050).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHINOZ TUMANI &#8212; Toshkent viloyatidagi tuman. 1935 yil 9 Fevralda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Yangiyo&#8217;l tumaniga qo&#8217;shilgan. 1973 yil 12 aprelda qayta tuzilgan. Shimol va shimoli sharqdan Yangiyo&#8217;l, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chinoz-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21878","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21878","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21878"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21878\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21886,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21878\/revisions\/21886"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21878"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21878"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21878"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}