{"id":21919,"date":"2022-03-18T12:21:20","date_gmt":"2022-03-18T09:21:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21919"},"modified":"2022-03-18T12:21:21","modified_gmt":"2022-03-18T09:21:21","slug":"chokindi-konlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chokindi-konlar\/","title":{"rendered":"CHO&#8217;KINDI KONLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>CHO&#8217;KINDI KONLAR \u2013 suv havzalari tubida cho&#8217;kindi yig&#8217;ilishi jarayonida shakllanuvchi foydali qazilma yotqiziqlari. Ular daryo, botqoq, ko&#8217;l, dengiz va okeanlarda hosil bo&#8217;lib, dengiz va okeanlardagilari platforma va geosinklinal Cho&#8217;kindi konlariga ajratiladi. Dengizda hosil bo&#8217;lgan Cho&#8217;kindi konlar katta o&#8217;lchamli bo&#8217;lib, o&#8217;nlab kilometrga, qatlam svitalari esa yuzlab kilometrga cho&#8217;ziladi. Cho&#8217;kindi konlar. mexanik (qum, tuproq va boshqalar), kimyoviy (tuz, temir va marganes rudasi va boshqalar) va biokimyoviy (neft, ko\u2019mir va boshqalar) larga ajratiladi. Cho&#8217;kindi jinslar va ular bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan Cho&#8217;kindi konlarning shakllanishi litogenezning 3 bosqichi: sedimentogenez, diagenez va katagenez orqali bo&#8217;ladi. Cho&#8217;kindi konlar tog&#8217; jinslariga muvofiq yotadi va qatlam yoki tekislik linzalar shaklida bo&#8217;ladi. Ba&#8217;zan metamorfizm va tektonik harakatlar oqibatida ular o&#8217;z shaklini o&#8217;zgartirib, murakkabroq qiyofa hosil qiladi. Cho&#8217;kindi konlardagi minerallarning tarkibi minerallarning 3 guruhi bilan aniqlanadi: 1. Chaqiq minerallar (kvars, rutil, ba&#8217;zan dala shpatlari, piroksenlar, amfibollar, slyudalar va boshqalar), ular nurash jarayoniga chidamli bo&#8217;ladi; 2. Kimyoviy nurash mahsulotlari (kaolinit, montmorillonit, suvli slyudalar, opal va boshqalar); 3. Yangi cho\u2019kindi hosilalar (karbonatlar, tuzlar, fosfatlar, ruda minerallari, kremniyli mahsulotlar va boshqalar). Cho&#8217;kindi konlar yirik sanoat ahamiyatiga ega bo&#8217;lib, ularga hamma yonuvchi qazilmalar (neft, gaz, ko\u2019mir, yonuvchi slaneslar), temir, marganes, alyuminiy rudalarining ayrim turlari hamda rangli va nodir metallar (U, Si, V va boshqalar) konlari kiradi. Cho&#8217;kindi konlar orasida qurilish materiallari (shag&#8217;al, qum, gil, slanes, ohaktosh, bo&#8217;r, dolomit, mergel, gips, yashma, trepel), qazilma tuzlar, fosforitlarning ko&#8217;pgina konlari ma&#8217;lum.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHO&#8217;KINDI KONLAR \u2013 suv havzalari tubida cho&#8217;kindi yig&#8217;ilishi jarayonida shakllanuvchi foydali qazilma yotqiziqlari. Ular daryo, botqoq, ko&#8217;l, dengiz va okeanlarda hosil bo&#8217;lib, dengiz va okeanlardagilari platforma va geosinklinal Cho&#8217;kindi konlariga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chokindi-konlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21919","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21919","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21919"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21919\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21922,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21919\/revisions\/21922"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21919"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21919"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21919"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}