{"id":21986,"date":"2022-03-18T14:48:00","date_gmt":"2022-03-18T11:48:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21986"},"modified":"2022-03-18T14:48:01","modified_gmt":"2022-03-18T11:48:01","slug":"churra","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/churra\/","title":{"rendered":"CHURRA"},"content":{"rendered":"\n<p>CHURRA \u2014 ichki a&#8217;zolar yoki ular bir qismining tabiiy yoki yangi paydo bo&#8217;lgan teshikdan Churra darvozasi orqali biror bo&#8217;shliqqa ichki qorin pardasi bilan chiqishi, bunda bo&#8217;shliq ichini qoplab turgan parda va terining butunligiga putur yetmaydi. Miya, ko&#8217;krak, qorin churralari, Shmorl churrasi (umurtqalararo disk churrasi) va boshqa Churralar farqlanadi. Qorin churrasiga kiradigan chov, son, kindik, qorinning oldingi devori churrasi, chovyorg&#8217;oq churrasi (dabba), operatsiyadan keyin paydo bo&#8217;ladigan Churra ko&#8217;p uchraydi. Churra tug&#8217;ma va orttirilgan, joyiga qaytib kiradigan va kirmaydigan, siqilgan va siqilmagan bo&#8217;ladi. Tashqi (ichki a&#8217;zolar ularni qoplab turgan qorin parda bilan teri ostiga chiqishi) va ichki (Churra hosilasini qorin pardasi va ichak tutqich hosil qiluvchi, cho&#8217;ntaklarda bo&#8217;rtib chiqishi) Churralar bor. Har bir Churrada: ichki a&#8217;zolarning bo&#8217;shliqdan chiqadigan joyi \u2014 Churra darvozasi; qorin pardasining bevosita Churra darvozasidan chiqadigan qismi \u2014 Churra xaltachasi; Churra xaltachasidagi a&#8217;zolar \u2014 aksari ingichka ichak, charvi, ba&#8217;zan bachadon nayi, tuxumdon, yo&#8217;g&#8217;on ichak, taloq va boshqalar bo&#8217;lishi mumkin. Qorin Churrasi ko&#8217;proq kuzatiladi, bunda sonning yuqori qismida ko&#8217;pincha og&#8217;ir mehnatdan keyin, kuchanganda shish, ba&#8217;zan shu sohada kuchsiz og&#8217;riq paydo bo&#8217;lib, ko&#8217;pincha bu alomatlar bemorni tinch holatida o&#8217;zo&#8217;zidan yo&#8217;qolib ketadi. Uzoq vaqt Churra bilan og&#8217;rigan bemorlarda shish doimiy bo&#8217;lishi mumkin. Churra umurtqalararo diskdan chiqadigan bo&#8217;lsa, bel va oyoqlarga og&#8217;riq beradi, harakat cheklanadi. Churraning sabablari mahalliy va umumiy bo&#8217;ladi. Bularga Churra xaltachasi bo&#8217;rtib chiqadigan tana qismlarining tuzilish xususiyatlari (mahalliy), og&#8217;ir yuk ko&#8217;tarish, qabziyatda doimo kuchanish (umumiy) va hokazolar kiradi. Homiladorlikda qorinning ichki bosimi oshadi, devoir esa bo&#8217;shashib yupqalashadi, natijada Churra xavfi kuchayadi. Bo&#8217;shliq devorining ayrim shikastlaridan so&#8217;ng &#171;bo&#8217;shashgan (zaif) joylar&#187; hosil bo&#8217;lib qolishi mumkin. Ona qornidagi rivojlanish nuqsonlari, masalan, kindik halqasining o&#8217;smay qolishi oqibatida kelib chiqadigan tug&#8217;ma Churra ham bo&#8217;ladi. Churra belgilari: odatda Churra paydo bo&#8217;ladigan soha bo&#8217;rtib (shishib) chiqadi, paypaslab ko&#8217;rilganda Churra darvozasi seziladi va hokazolar. Asorat bermagan Churrada bemor og&#8217;irlik, noqulaylik sezadi, ba&#8217;zan siydik ajralishi buziladi. Katta Churrada og&#8217;riq paydo bo&#8217;lib, odamning ish qobiliyati pasayadi. Yallig&#8217;lanish va qisilish Churraning eng ko&#8217;p uchraydigan asoratidir. Churra xaltachasi va ichidagi a&#8217;zoning shikastlanishi oqibatida yallig&#8217;lanish ro&#8217;y beradi, bunda Churra xaltachasi ichidagi a&#8217;zo bilan uning devorlari o&#8217;rtasida bitishmalar hosil bo&#8217;lib, to&#8217;g&#8217;rilanmaydigan Churra yuzaga keladi. Churra qisilganda qisilgan a&#8217;zoda qon aylanishi buzilib, u jonsizlanadi. Qisilish o&#8217;z vaqtida bartaraf etilmasa, ichak yorilishi (peritonit) paydo bo&#8217;lishi mumkin. Ichaklar bosilganda ichak tutshshshi ro&#8217;y beradi. Har qanday Churrani o&#8217;z vaqtida operatsiya qilinmasa asorati yomon bo&#8217;ladi. Churra qisilganda zudlik bilan tez yordam chaqirish kerak. Churra hatto bezovta qilmaganda ham operatsiya qilish lozim. Bemorning sog&#8217;lig&#8217;i operatsiyaga imkon bermaganda bandaj taqib yurish tavsiya etiladi. Bolalarda ko&#8217;pincha tug&#8217;ma Churra bo&#8217;ladi. Ularda asosan kindik va chov Churralari ko&#8217;p uchraydi. Kindik Churrasi kamdan-kam qisiladi va go&#8217;dak hayotining dastlabki yillarida o&#8217;zo&#8217;zidan tuzalib ketadi, chunki bola o&#8217;sgan va muskullari rivojlangan sari kindik halqasi o&#8217;zicha bekilib qolishi mumkin. Go&#8217;dak bolalarda kindik Churrasini kindikka muntazam yopishqoq plastir yopishtirib davolanadi. Plastirni 7-14 kunda almashtirib turish lozim. Oldini olish: qorin devori muskullarini mustahkamlaydigan maxsus mashqlar bilan muntazam shug&#8217;ullanish (vrach tavsiyasi bilan), organizmni chiniqtirish, jismoniy ish bilan dam olishni to&#8217;g&#8217;ri tashkil qilish kerak. Homiladorlikda bandaj taqish, badan tarbiya bilan shug&#8217;ullanish, tug&#8217;ruqdan so&#8217;ng qorinni massaj qilish va birdan semirib yoki oriqlab ketishdan saqlanish lozim. Bolalarda Churraning oldini olish uchun ularni ratsional ovqatlantirish, qabziyatga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik g&#8217;oyatda muhim. Go&#8217;dak bolalarni sutkasiga 3-4 marta 1-3 minutdan qorni bilan yotqizish tavsiya etiladi. Bu orqa va qorin muskullarini yaxshi mustahkamlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHURRA \u2014 ichki a&#8217;zolar yoki ular bir qismining tabiiy yoki yangi paydo bo&#8217;lgan teshikdan Churra darvozasi orqali biror bo&#8217;shliqqa ichki qorin pardasi bilan chiqishi, bunda bo&#8217;shliq ichini qoplab turgan parda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/churra\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21986","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21986","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21986"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21986\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21989,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21986\/revisions\/21989"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21986"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21986"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21986"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}