{"id":22036,"date":"2022-03-19T14:19:43","date_gmt":"2022-03-19T11:19:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22036"},"modified":"2022-03-19T14:19:45","modified_gmt":"2022-03-19T11:19:45","slug":"chirchiq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chirchiq\/","title":{"rendered":"CHIRCHIQ"},"content":{"rendered":"\n<p>CHIRCHIQ (qadimgi nomi parak, &#171;Boburnoma&#187;da chir, keyingi kichraytirilgan nomi Chirchiq) \u2014 Toshkent viloyatidagi daryo. Sirdaryoning yirik o&#8217;ng irmog&#8217;i. Daryo havzasi Janub va Sharqda Qurama tizmasi va Chatqol tog&#8217; tizmalari, shimolda Talas Olatovi va uning g&#8217;arbiy tarmoqlari bilan chegaralangan. G&#8217;arbiy Tyanshan tog&#8217;laridagi qor va muzliklardan Chatqol, Ko&#8217;ksuv va Piskom daryolari boshlanadi. 1971 yilgacha Chirchiq Chorvoq soyligida Chatqol va Piskom daryolari qo&#8217;shilishidan hosil bo&#8217;lar edi. Endilikda daryo Chorvoq suv omboridan boshlanadi va Chinoz qishlog&#8217;i yonida Sirdaryoga quyiladi. Uzunligi 454 kilometr, havzasining maydoni 14240 kilometr kvadrat. Chirchiq tez oqadigan tipik tog&#8217; daryosi, tog&#8217;li qismida chuqur, tor va Nishab o&#8217;zanda tez oqadi. Ugom daryosi qo&#8217;shilgandan so&#8217;ng Chirchiq vodiysi kengayadi. Chirchiqqa bir necha irmoqlar kelib quyiladi. Eng yiriklari Ugom daryosi va Oqsoqotasoy. Qolgan mayda irmoqlari (Qizilsuv, Sho&#8217;robsoy, Ozodboshsoy, Oqtoshsoy, Tovoqsoy, Qorangko&#8217;lsoy, G&#8217;olibasoy, Oltinbeksoy, va boshqalar) ning ba&#8217;zilari yoz va kuz oylarida qurib qoladi. Vodiyning tekislik qismida daryoga birorta ham irmoq qo&#8217;shilmaydi. Chirchiq qor va muzlik suvlaridan to&#8217;yinadi. Suv sarfi Xo&#8217;jakent qishlog&#8217;i yaqinida 221 metr kub\/ sekund, Chinoz qishlog&#8217;i yonida 62 metr kub\/sekund. Eng ko&#8217;p suv sarfi 2160 metr kub\/sekund (1959 yil 8 aprel) va 1452 metr kub\/sekundga (1914 yil 14 may) yetgan. Bunday katta suv sarfi Chirchiq daryosi uchun xos emas. Eng kam suv sarfi 22 mert kub\/sekund bo&#8217;lgan (1956 yil fevral). Chirchiq Sirdaryoga yiliga 164 metr kub\/sekund suv quyadi. Suv oqimining 52,4% mart\u2014iyun oylarida, 32,1% iyul\u2014sentabr va qolgan 15,5% oktabr \u2014 fevral oylarida oqadi. Yanvar\u2014fevral oylarida suvi kamayib, 52 metr kub\/sekunddan oshmaydi. Chirchiqda loyqa oqiziqlar kam. Tog&#8217;lardan chiqib tekislik bo&#8217;ylab oqqanda suvi ko&#8217;plab irrigatsion tarmoqlar orqali sug&#8217;orishga olinadi. Zaxariq, Bo&#8217;zsuv, Qorasuv, Shimoliy Toshkent kabi kanallar Chirchiq daryosidan suv oladi. Daryodan gidroenergetikada ham keng foydalaniladi. Qodiriya, Tovoqsoy, Oqqovoq, Oqtepa, Salor va uchta quyi Bo&#8217;zsuv, Chorvoq (quvvati 600 ming kVtsoat, G&#8217;azalkent) GESlar kaskadi shular jumlasidandir. Chirchiq suvi, asosan, Toshkent viloyati hududidagi ekin maydonlarini sug&#8217;orishga sarflanadi (Chirchiq \u2014 Bo&#8217;zsuv sistemasi O&#8217;zbekiston hududida 100 ming gektardan ziyod yerni sug&#8217;oradi), shuningdek, Toshkent, Chirchiq, Yangiyo&#8217;l, G&#8217;azalkent shaharlarini va ko&#8217;p qishloqlarni suv bilan ta&#8217;minlaydi. Chirchiq o&#8217;rta oqimida uning o&#8217;ng sohilidagi terrasalarda Toshkent shahri joylashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>CHIRCHIQ &#8212; Toshkent viloyatidagi shahar. Chirchiq daryosining o&#8217;ng sohilida, Qorjontovning yon bag&#8217;rida, 730 metr balandlikda, Toshkentdan 30 kilometr shimoli Sharqda joylashgan. Toshkent Chorvoq temir yo\u2019ldagi stantsiya va avtomobil yo&#8217;llari chorrahasi. Aholisi 140,1 ming kishi (2004). Chirchiq 1932 yilda daryo bo&#8217;yidagi Qirg&#8217;izquloq, Qipchoq, Niyozbek qishloqlari o&#8217;rnida yirik elektrkimyo kombinati qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Yangi sanoat korxonalari qurilishi bilan aholi soni ham tez o&#8217;sdi (1939 yil \u2014 15 ming kishi, 1959 yil \u2014 65 ming kishi, 1970 yil \u2014 107,4 ming kishi). 30 \u2014 40-yillarda industrial texnikumi binosi, 50-yillarda elektrkimyo korxonasining Madaniyat saroyi va boshqa jamoat binolari qurildi. 1966-67 yillardan ko&#8217;p qavatli yirik panelli binolar qad ko&#8217;tardi. 2-jahon urushida halok bo&#8217;lgan chirchiqliklar xotirasiga o&#8217;rnatilgan yodgorlik, madaniyat va istirohat bog&#8217;lari, xiyobonlar, maktablar, poliklinika, kasalxona va boshqalar bunyod etildi. Shahar yonida aholining dam olish joylari mavjud. Shaharda &#171;Chirchiqqishloqmash&#187;, &#171;Transformator&#187;, &#171;O&#8217;zbekkimyomash&#187;, &#171;Elektrkimyosanoat&#187; (mineral o&#8217;g&#8217;itlar), qattiq qotishmalar va o&#8217;tga chidamli metallar kombinati kabi korxonalar ishlab turibdi. 26 ta qo&#8217;shma korxona (shu jumladan, &#171;Kibo&#187;, &#171;Chirkom&#187;, &#171;Uzmetalltexnolodji&#187;, &#171;Bursel\u2014Tashkent\u2014tekstil&#187;), 850 dan ziyod kichik korxona faoliyat ko&#8217;rsatadi. Qurilish materiallari, temirbeton konstruktsiyalari ishlab chiqariladi. G&#8217;isht, asfaltbeton zdlari, go&#8217;sht, non ktlari, poyabzal va tikuvchilik fabrikalari mavjud. Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti, 25 umumiy ta&#8217;lim maktabi, 7 o&#8217;rta maxsus bilim yurti, 12 kutubxona, 3 madaniyat muassasasi, muzey, madaniyat va istirohat bog&#8217;i bor. Kasalxona (500 o&#8217;rin), poliklinika, dorixonalar va b. tibbiy muassasalar ishlab turibdi. Chirchiqdan Toshkent shahriga avtobuslar qatnaydi. &#171;Chirchiq tongi&#187; gazetasi (1932 yildan nashr etiladi, adadi 760), &#171;Chirchiq&#187; (1932 yildan nashr etiladi, adadi 800) gazetalari chiqariladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHIRCHIQ (qadimgi nomi parak, &#171;Boburnoma&#187;da chir, keyingi kichraytirilgan nomi Chirchiq) \u2014 Toshkent viloyatidagi daryo. Sirdaryoning yirik o&#8217;ng irmog&#8217;i. Daryo havzasi Janub va Sharqda Qurama tizmasi va Chatqol tog&#8217; tizmalari, shimolda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chirchiq\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-22036","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22036","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22036"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22036\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22037,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22036\/revisions\/22037"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22036"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22036"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22036"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}