{"id":22082,"date":"2022-03-19T17:00:49","date_gmt":"2022-03-19T14:00:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22082"},"modified":"2022-03-19T17:00:54","modified_gmt":"2022-03-19T14:00:54","slug":"chigatoy-gurungi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chigatoy-gurungi\/","title":{"rendered":"&#171;CHIG&#8217;ATOY GURUNGI&#187;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;CHIG&#8217;ATOY GURUNGI&#187; &#8212; Turkiston jadidlari tomonidan tashkil etilgan madaniy-ma&#8217;rifiy va ilmiy-adabiy tashkilot (1919-21). Fitrrat boshchiligida Toshkentda tuzilgan. Turkiston muxtoriyati hukumatining ag&#8217;darilishi va Kolesov voqeasi (1918 yil Fevral\u2014mart) dan keyin asosan Toshkentda faoliyat ko&#8217;rsatayotgan jadidlar taktik maqsadlarni ko&#8217;zlab, sovet hokimiyati bilan yaqinlashishga majbur bo&#8217;ldilar. Fitrat sovet hokimiyatidan siyosiy tashkilot tuzish uchun ruxsat ololmagach, madaniy qurilishga xizmat qiladigan millatparvar tashkilot tuzishga intilgan. Turkiston ASSR milliy ishlar xalq komissarligi tomonidan &#171;siyosatga aralashmaslik sharti bilan &#171;Chig&#8217;atoy gurungi&#187; tuzilishiga rasmiy ruxsat berilgan. Ushbu tashkilot nomlanishi 13-14 asrlarda mavjud bo&#8217;lgan Chig&#8217;atoy ulusi va 14-16-asrlarda eski o&#8217;zbek tili ma&#8217;nosida qo&#8217;llangan Chig&#8217;atoy tili kabi atamalar va istilohlar bilan bog&#8217;liqdir. Fitrat tashkilotga nom tanlashda Turkiston hududida yashagan turkiy xalqlarga daxldor merosni o&#8217;rganishga e&#8217;tibor qaratgan. &#171;Chig&#8217;atoy gurungi&#187; turkiy xalqlar madaniyati, san&#8217;ati, adabiyoti, tarixi, til va imlosi kabi sohalarni jiddiy o&#8217;rganishga kirishgan. &#171;Gurung&#187; a&#8217;zolari o&#8217;zbek tilining sofligi uchun kurashish bilan bir qatorda yangi o&#8217;zbek milliy madaniyatini barpo etishga intilganlar. O&#8217;sha davrda mavjud bo&#8217;lgan &#171;Temur&#187;, &#171;Turon&#187;, &#171;Turon to&#8217;dasi&#187;, &#171;Turk kuchi&#187;, &#171;Izchi&#187; kabi to&#8217;dalar va uyushmalarga nisbatan &#171;Chig&#8217;atoy gurungi&#187; samarali faoliyat ko&#8217;rsatgan. &#171;Chig&#8217;atoy gurungi&#187; nizomida yozilishicha, u bir nechta shu&#8217;balardan iborat bo&#8217;lgan. Bu shu&#8217;balar &#171;til va imlo to&#8217;dasi&#187;, &#171;adabiyot to&#8217;dasi&#187;, &#171;san&#8217;at va teatr to&#8217;dasi&#187; va boshqalar deb nomlangan. &#171;Til va imlo to&#8217;dasi&#187;ga dastlab Cho&#8217;lpon, so&#8217;ngra Elbek rahbarlik qilgan. Fitratning &#171;tilimiz&#187; (1919) maqolasida ushbu to&#8217;daning dasturiy yo&#8217;nalishi belgilab berilgan bo&#8217;lib, Ashurali zohiriy, Elbek, Shorasul Zunnun, Shokirjon Rahimiy, Qayum Ramazon, G&#8217;ozi Olim Yunusov kabi olimlarning tilshunoslikka oid ishlari ushbu dasturga binoan bajarilgan. &#171;Gurungchilar&#187; tomonidan 1919 yilda Arab alifbosini isloh qilgan hodda yangi alifbo yaratilgan. Til va imlo qurultoyi (1921 yil yanvar) bevosita &#171;Chig&#8217;atoy gurungi&#187; tashkilotchiligida o&#8217;tgan. &#171;Chig&#8217;atoy gurungi&#187; tarix sohasidagi ishni manbashunoslikdan boshlagan. Turkiston o&#8217;lka musulmonlar byurosi 1919 yilda Fitrat, Nazir To&#8217;raqulov va Laziz Azizzodadan iborat hay&#8217;at tuzib, tarixiy merosni o&#8217;rganish zarurligiga e&#8217;tiborni qaratgan edi. Ularning Buxoro, Samarqand va Farg&#8217;ona vodiysiga qilgan ilmiy safarlari natijasida ko&#8217;plab tarixiy asarlarning qo&#8217;lyozmalari topildi va Toshkentga olib kelindi. &#171;Chig&#8217;atoy gurungi&#187; adabiyot va san&#8217;at sohasida muhim ishlarni amalga oshirgan. Fitrat, Cho&#8217;lpon, Botu, Elbek qalamiga mansub &#171;O&#8217;zbek yosh shoirlari&#187; (1922) to&#8217;plami, Fitratning &#171;Temur sag&#8217;anasi&#187;, &#171;O&#8217;g&#8217;uzxon&#187;, &#171;Abo Muslim&#187; va &#171;Qon&#187; singari dramatik asarlari bunga misoldir. &#171;Chig&#8217;atoy gurungi&#187; a&#8217;zolari o&#8217;z g&#8217;oyalarini &#171;yangi Sharq&#187;, &#171;Uchqun&#187; gazetasi va &#171;Tong&#187; jurnali orqali ifodalashgan. Tashkilotning &#171;Chig&#8217;atoy gurungi&#187; nomli maxsus jurnalining 1-soni chop qilingach, jurnal taqiqlangan. 1921 yil boshlarida &#171;Chig&#8217;atoy gurungi&#187; tashkiloti faoliyati Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligi tomonidan to&#8217;xtatilgan. Naim Karimov, Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;CHIG&#8217;ATOY GURUNGI&#187; &#8212; Turkiston jadidlari tomonidan tashkil etilgan madaniy-ma&#8217;rifiy va ilmiy-adabiy tashkilot (1919-21). Fitrrat boshchiligida Toshkentda tuzilgan. Turkiston muxtoriyati hukumatining ag&#8217;darilishi va Kolesov voqeasi (1918 yil Fevral\u2014mart) dan keyin asosan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chigatoy-gurungi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-22082","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22082","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22082"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22082\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22092,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22082\/revisions\/22092"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22082"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22082"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22082"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}