{"id":22102,"date":"2022-03-19T18:15:22","date_gmt":"2022-03-19T15:15:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22102"},"modified":"2022-03-19T18:15:23","modified_gmt":"2022-03-19T15:15:23","slug":"chu-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chu-viloyati\/","title":{"rendered":"CHU VILOYATI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHU VILOYATI &#8212; Qirg&#8217;iziston Respublikasi tarkibidagi viloyat, respublika shimolda. Maydoni 18,8 ming kilometr kvadrat. Aholisi 747,9 ming kishi (1995), asosan, qirg&#8217;izlar va ruslar, shuningdek, o&#8217;zbek, ukrain, nemis, tatar, dungan, uyg&#8217;ur va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tarkibida 11 tuman, 5 shahar va 7 shaharcha bor. Qirg&#8217;iziston poytaxti (Bishkek) ham viloyat hududida joylashgan. Undan tashqari, to&#8217;qmoq, Qorabolta, Kant, Shopokov shaharlari mavjud. Markazi \u2014 Qorabolta shahri. Viloyatning relefi tog&#8217;li. Balandligi 5000-5500 metr. Chu viloyati hududiga Chu va tog&#8217; oralig&#8217;idagi katta Kebin vodiylari, shuningdek, ularni o&#8217;rab turgan qirg&#8217;iz, ili, kungay Olatovlarining yon bag&#8217;irlari kiradi. Vodiyning g&#8217;arbiy va o&#8217;rta qismlari deyarli tekislik. Qirg&#8217;iz Olatovining etaklariga yaqin tomoni hamda qirg&#8217;iz, ili Olatovlari egallagan Sharqiy qismi biroz qiya. Vodiyning sharqida Chu daryosining o&#8217;ng sohilida Kebin vodiysi joylashgan. Vodiydan Janubda daralar bilan bo&#8217;lingan o&#8217;rtacha balandlikdagi tog&#8217;tarmog&#8217;i bor. 3500 metrdan yuqorida ko&#8217;p yillik muzlik, qoyalar, muzli mintaqalar boshlanadi. Qirg&#8217;iz Olatovidagi dovonlarning hammasi 3000 metrdan baland. Tog&#8217;ning eng baland joyi Olaarcha va Alameddin daryolarining boshlanishida joylashgan. Ayrim tog&#8217; cho&#8217;qqilari 4500 metr balandlikda. Sharqda ili va kungay Olatovlarining oralig&#8217;ida katta Kebin vodiysi, vodiy ichkarisida Ko&#8217;koyroq yaylovi joylashgan. Foydali qazilmalardan polimetall rudalari, rangli metallar, nometallardan osh tuzi, gips, marmar, sienit, granit, mergel, shag&#8217;al, slanes va boshqalar bor. Gaz, neft resurslari o&#8217;rganilgan. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, ayrim yillari qishda qattiq sovuq bo&#8217;ladi. Bahori qisqa, mart oxiridan havo isiy boshlaydi. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 22\u00b0\u2014 25\u00b0. Eng yuqori temperatura 44\u00b0. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -7\u00b0. Eng past temperatura -40\u00b0. Qor 75-90 kungacha erimay turishi mumkin. Yiliga vodiyda 270-400 millimetr, tog&#8217;yon bag&#8217;irlarida 500-600 millimetr yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri 220-230 kun. Daryolari Chu daryosi havzasiga mansub. Eng katta daryosi \u2014 Chu. Uning o&#8217;ng irmoqlari \u2014 katta va kichik Kebin daryolari, chap irmoqlari \u2014 Jeraliq, Toldibuloq, Shamish, Burana va boshqalar. Issiq va mineral buloqlar bor. Sun&#8217;iy ko&#8217;l ko&#8217;p. Sharqiy, G\u2019arbiy, Janubiy Katta Chu sug&#8217;orish kanallari va O&#8217;rtato&#8217;qay suv ombori qurilgan. Chu, Kebin vodiylarining tekislik qismida bo&#8217;z tuproq, ayrim joylarda nam va sho&#8217;r tuproq; och tusli qo&#8217;ng&#8217;ir tuproklar ham uchraydi. Tog\u2019 etaklarida och tusli va qora qo&#8217;ng&#8217;ir tuproqlar tarqalgan. Tabiiy o&#8217;simliklardan shuvoqefemerli chala cho&#8217;l o&#8217;simliklari, shuvoqg&#8217;alladoshlar, chalov shuvoqli o&#8217;tlar, qamish va butasimonlar uchraydi. Tog\u2019 etaklari, asosan, chalov va qoraqiyoq o&#8217;simliklarga boy. Tog\u2019 yon bag&#8217;irlarida o&#8217;tloqlar, baland qismida butazor va o&#8217;rmonlar mavjud. Qirg&#8217;iz Olatovidagi daralarda, katta Kebin vodiysida qarag&#8217;ay, qayin, archa, chetan daraxti va boshqalar o\u2019sadi. 3600 metrdan yuqorida glyasialnival mintaqa joylashgan. Yovvoyi hayvonlardan tog&#8217; takasi, kiyik, arxar, silovsin, tulki, bo&#8217;ri, qunduz, sug&#8217;ur va boshqalar, suvlarda har xil baliqlar, g\u2019oz, o&#8217;rdak, ondatralar bor. Olaarcha daryosi darasida milliy bog&#8217; tashkil etilgan. To&#8217;qmoqda qirg&#8217;ovullarni ko&#8217;paytirib tarqatish xo&#8217;jaligi, Oqsuv davlat kompleks qo&#8217;riqxonasi, jarli Qayindi, Kebin davlat zoologiya qo&#8217;riqxonlari mavjud. Viloyatda rangli metallurgiya, yog&#8217;ochsozlik va mebelsozlik, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat sanoatlari bor. &#171;Goldstar&#187; radiozavodi, &#171;Torgmash&#187;, ta&#8217;mirlashmexanika, Chu metall buyumlari ishlab chiqarish, Qayindi kabel zavodlari, &#171;Qirg&#8217;izmebel&#187; ishlab chiqarish birlashmasi, to&#8217;qmoq ipyigiruv fabrikasi, Qirg&#8217;iz kamvolmovut kombinati, yirik panelli uysozlik zavodi, kigiz, mo&#8217;yna fabrikalari, oziq-ovqat sanoati (konserva, yog&#8217;-pishloq, shakarqand, araqlikyor, tamaki, pivo zavodlari, go&#8217;sht, un va boshqalar) korxonalari ishlab turibdi. Chu viloyatida dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Dehqonchilikning asosini g&#8217;allachilik tashkil etadi. Qand lavlagi, mavrak, yalpiz, sabzavot, kartoshka, poliz, ozuqa ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik taraqqiy etgan. Qoramol, cho&#8217;chqa, parranda, shuningdek, yilqi, quyon, tulki, nutriya boqiladi. Viloyat hududidan Lugovaya \u2014 Bishkek \u2014 Kebin \u2014 Baliqchi temir yo\u2019l o&#8217;tgan (Chu viloyatidagi uzunligi 186 kilometr). Vodiydan Talas, O&#8217;sh, Toshkent, Olmaota, Baliqchi, Noringa magistral avtomobil yo&#8217;llari ketgan. Bishkek shahri yaqinidagi &#171;Manas&#187; aeroporti vodiyni Olmaota, Ostona, Toshkent, Moskva, Istanbul, Dehli, Qorako&#8217;l, O&#8217;sh, Norin, Jalolobod va boshqa shaharlar bilan bog&#8217;laydi. 300 ga yaqin umumiy ta&#8217;lim maktabi, oliy o&#8217;quv yurtlari, muzey, teatr, madaniyat saroylari bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHU VILOYATI &#8212; Qirg&#8217;iziston Respublikasi tarkibidagi viloyat, respublika shimolda. Maydoni 18,8 ming kilometr kvadrat. Aholisi 747,9 ming kishi (1995), asosan, qirg&#8217;izlar va ruslar, shuningdek, o&#8217;zbek, ukrain, nemis, tatar, dungan, uyg&#8217;ur &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chu-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-22102","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22102","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22102"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22102\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22109,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22102\/revisions\/22109"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22102"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22102"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22102"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}