{"id":22218,"date":"2022-03-22T16:30:45","date_gmt":"2022-03-22T13:30:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22218"},"modified":"2022-07-17T15:56:06","modified_gmt":"2022-07-17T12:56:06","slug":"xonliklarning-geosiyosiy-orni-davlat-boshqaruvi-va-ijtimoiy-hayoti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xonliklarning-geosiyosiy-orni-davlat-boshqaruvi-va-ijtimoiy-hayoti\/","title":{"rendered":"Xonliklarning geosiyosiy o\u2019rni, davlat boshqaruvi va ijtimoiy hayoti"},"content":{"rendered":"\n<p>Buxoro amirligi o\u2019zbek xonliklari orasida o\u2019zining hududiy o\u2019rni, aholisi va tabiiy resurslari jihatidan muhim mavqega ega edi. XIX asrga kelib, Buxoro amirligining hududi qariyb 200 ming kvadrat kilometrni tashkil etdi. Uning chegaralari janubda Amudaryoning so\u2019l qirg\u2019og\u2019idan boshlanib, Sirdaryogacha cho\u2019zilib qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik Sharqda Pomir tog\u2019laridan G\u2019arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo\u2019lgan hududni egallab turardi. Buxoro va Samarqand kabi yirik shahar joylashgan Zarafshon vodiysi amirlikning markaziy qismi hisoblanardi. Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududidgi Vaxsh, Kofirnihon, Panj daryolari vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar, shuningdek, Turkmaniston hududiga kirgan Murg\u2019ob daryosi vohalaridagi yerlar ham Buxoro amirligiga qarar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro amirligining poytaxti Sharqda eng mashhur shahar sifatida e\u2019tirof etilgan Buxoroi sharif edi. Yirik shaharlardan Samarqand, Qarshi, Shahrisaabz, Kitob, G\u2019uzor, Termiz, Sherobod, Hisor, Dushanbe, Ko\u2019lob va boshqalar amirlik tasarrufida edi. Marv va Chorjo\u2019y shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan Xiva xonligi o\u2019rtasida, Jizzax, O\u2019ratepa va Xo\u2019jand shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan Qo\u2019qon xonligi o\u2019rtasida tez-tez urushlar bo\u2019lar, bu shaharlar qo\u2019ldan-qo\u2019lga o\u2019tib turardi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligida 2 million atrofida aholi istiqomat qilardi. Aholining katta qismi amirlikning sersuv vohalarida yashar, jazirama issiq, suvsizlik hukmronlik qiluvchi Qizilqum, sahrolari va cho\u2019llari deyarli kimsasiz yastanib yotardi. Zarafshon vodiysida 300-350 ming, Qashqadaryo vohasida \u2013 500 ming, Surxondaryo vohasida \u2013 200 ming, Sharqiy Buxoroda \u2013 500 ming aholi yashar edi. Amirlikning yirik shaharlari \u2013 Buxoroda \u2013 60 ming, Samarqandda \u2013 50 mingga yaqin nufus istiqomat qilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Aholi etnik jihatdan ko\u2019pgina qavm-uruglardan iborat bo\u2019lib, ularning qariy 57 foizi o\u2019zbeklar edi. O\u2019zbeklar bir qancha elatlardan tashkil topgan bo\u2019lib, ular orasida mang\u2019it, saroy, qo\u2019ng\u2019irot, jabg\u2019u, qarluq, qalmoq, nayman, qipchoq, ming, yuz qabilalari ko\u2019pchilikni tashkil etardi. Ular asosida Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalaridagi shahar va qishloqlarda istiqomat qilar edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Aholining aksariyat qismi dehqonchilik, chorvachilik bilan shug\u2019ullangan. Sug\u2019oriladigan yerlarda paxta, bug\u2019doy, sholi, jo\u2019xori ekilib, bog\u2019 va poliz mahsulotlari ham yetishtirilgaan. Chorvachilikda qo\u2019ychilik, qorako\u2019l yetishtirish; hunarmandchilikda gilamdo\u2019zlik, o\u2019ymakorlik, zardo\u2019zlik, tegirmonchilik, ko\u2019nchilik, to\u2019quvchilik, temirchilik, kulolchilik, beshikchilik, sandiqchilik, etikdo\u2019zlik, moyjuvozlik, sovungarlik keng rivojlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Amirlikning iqtisodiy hayotida qoloqlik, turg\u2019unlik hollari mavjud edi, aholining turmushi past darajada edi. Yerga egalik shakli ming yillar davomida o\u2019zgarmay kelmoqda edi, aholiga solinadigan soliq va jarimalar haddan tashqari ko\u2019p edi. Aholining sotib olish qobiliyati pastligi hunarmandchilikning rivojlanishiga to\u2019sqinlik qilardi. Hunarmandlar ozgina daromadga ham qanoat qilardi, ustaxonalarni kengaytirishga mablag\u2019 topolmasdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro amirligi yakka hokimlik tizimidagi davlat edi. Amirlikda eng katta davlat lavozimi \u2013 <em>qushbegi<\/em> bosh vazir lavozimiga teng amaldor edi. Bir so\u2019z bilan aytganda, barcha ijroiya hokimiyat qushbegining qo\u2019lida edi. Viloyat va tuman hokimlari ham qushbegi tavsiyasiga binoan tayinlangan. Qushbegi xon istiqomaat qilib turgan arki oliyda yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p><em>Devonbegi<\/em> xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliq va jarimalarning undirilishi ustidan nazoratni ham devonbegilar amalga oshirgan. Devonbegi idorasi arkdan pastda joylashgani uchun uni quyi qushbegi deb ham atashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mang\u2019itlaar davrida shayboniylar, ayniqsa, ashtarxoniylar zamonida katta mavqe kasb etib kelgan otaliq asosan Samarqand va Buxoro, ya\u2019ni amirlikning markaziy qismini sug\u2019orish ishlari, suv taqsimoti bilan bog\u2019liq tadbirlarga bosh-qosh bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, amirlikda parvonachi (oliy hukmdor yorliqlarini amaldorlar, umuman tegishli kishilarga yetkazuvchi), dodxoh (jabrlanuvchilar arzini amirga yetkazish va javobini olib berishga mas\u2019ul) kabi vazifalar bor edi. Ammo mazkur davlat lavozimlarining mavqei ko\u2019proq shu mansabdagi shaxs nufuzi bilan o\u2019lchangan. Xuddi shunga o\u2019xshash holat inoq vazifasida ham o\u2019z aksini topgan. Inoq (bosh inoq) o\u2019z lavozimiga ko\u2019ra, oliy hukmdor buyruqlarini hukumatdagi oddiy xizmatchilarga yetkazish, demak, buyruqni amalga oshirishni tashkil qilish va umuman hali davlat mansabini egallamagan, lekin hokimiyat xizmatida bo\u2019lganlar bilan shug\u2019ullangan. Bundan tashqari kichik inoq xizmati bo\u2019lgani ham ma\u2019lum.<\/p>\n\n\n\n<p>Amirtug\u2019i sohibi bo\u2019lgan to\u2019qsabo mansabi ham oliy maqomda edi. U oliy hukmdor \u2013 davlat bayroqdori hisoblansa-da, tantanali marosimlarda ishonchli shaxs sifatida hukmdor oldiga taom tortish kabi mas\u2019uliyatli tadbirlarni ham bajargan. Shu bilan birga unga biron-bir tuman ham biriktirib qo\u2019yilgan. Boshqacha aytganda, daromad manbai shu tumandan bo\u2019lgan. Ammo XIX asrga kelib esa mazkur lavozim egasi xuddi dodxoh kabi harbiy vakil darajasiga ko\u2019tarilgan. Harbiy ishlar bo\u2019yicha eng yuqori darajada esa harbiy vazir turgan. Uni ko\u2019proq lashkar to\u2019pchiboshisi deb ataganlar. Aniqrog\u2019i, u to\u2019pchilar qismining qo\u2019mondoni hamda Buxoro garnizoni boshlig\u2019i \u2013 lashkar boshlig\u2019i sanalib, amalda harbiy vazir vazifasini o\u2019tagan. To\u2019pchi qismlar boshlig\u2019ining bunday yuksak qadrlanishini shunday tushuntirish mumkin: bu vaqtga kelib harbiy san\u2019at va urushda to\u2019pchilar, ya\u2019ni eng zamonaviy qurol ustalarining o\u2019rni alohida bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek boshqaruvda ko\u2019kaldosh (mamlakat miqyosida xavfsizlik xizmati boshlig\u2019i), boshqa xoja (haram xodimlari boshlig\u2019i), mehtar, kutvol (qurilish ishlariga mas\u2019ul), bakovulboshi, kichik urog\u2019 (oliy hukmdor va amaldorlarning xizmatidagilarni nazorat qilib turuvchi xodim), eshikog\u2019aboshi, mirohur, ko\u2019rchiboshi (qurol-aslahaga mas\u2019ul), qorovulbegi (shahar, yo\u2019llar posboni), udaychi (urush paytida harbiylarni turiga qarab taqsimlovchi), shig\u2019ovul (elchilar qabulini uyushtiruvchi) kabi qator lavozim va xizmatlar ham bo\u2019lganki, ular o\u2019zlarining to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri vazifalaridan tashqari amirlik siyosiy hayotida tutgan shaxsiy mavqelari bilan ham qadrlanganlar. Shunga ko\u2019ra o\u2019z-o\u2019zidan ular egallab turgan lavozimning qadr-qimmati ham oshgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Amirlikning siyosiy-ma\u2019naviy hayotida ulamolarning ta\u2019siri ulkan edi. Dunyoviy va diniy hokimiyatni o\u2019zida gavdalantirgan shayhulislom amirdan keyingi ikkinchi shaxs darajasidagi mavqeda edi. U shariatpanoh bo\u2019lib, unga barcha adliya tizimini boshqaruvchi qozikalon bo\u2019ysungan. Qozikalonning vakolatiga quyidagilar kirgan: ijtimoiy adolat bilan bog\u2019liq masalalar, xususan, bozor, ko\u2019cha-ko\u2019ylardagi ahxol, madrasalardagi ta\u2019lim, vaqf ishlari, yo\u2019qolgan vaqf hujjatlarini tiklaash, yetim va bevalar haq-huquqini himoya qilish, karvonsaroylardagi tartib va hokazo. Amir Shoh Murod davrida qozilik tizimida qator o\u2019zgarishlar bo\u2019lgani ham ma\u2019lum. Chunonchi, oliy mahkama ta\u2019sis etilib, uning ishida 40 nafar faqih (qonunshunos) faoliyat ko\u2019rsatgan. Shoh Murodning bu boradagi islohotlarining ahamiyati shundaki, sud jarayonida ayblanuvchi ham, jabrlanuvchi ham albatta ishtirok etishi kerak bo\u2019lgan. Biron-bir tomon egallab turgan yuwori lavozimi orqasida javobgarlik, guvohlikdan bosh tortolmagan. Shuningdek, mazkur tizimda muftiy (rivoyat va fatvo bilan ta\u2019minlovchi), rais (muxtasib), sadr (vaqf mulklari hisob-kitobi va nazorati bilan shug\u2019ullanuvchi) kabi xizmatlar ham bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro amirligi 27 beklik: Karmana, Xatirchi, Ziyovuddin, Nurota, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog\u2019, G\u2019uzor, Boysun, Sherobod, Denov, Karki, Chorjo\u2019y, Hisor, Ko\u2019lob, Qorategin, Darvoz, Baljuvon, Sho\u2019g\u2019non-Ro\u2019shon, Qo\u2019rg\u2019ontepa, Qobodiyon, Kalif, Bo\u2019rdalik, Qobog\u2019li va Xorazm bekliklaridan iborat edi. Bekliklar mahalliy qabila boshliqlari, katta mulk egalari tomonidan boshqarilgan. Har bir beklikni amir tomonidan tayinlab qo\u2019yiladigan hokimlar \u2013 beklar idora qilgan. Hokim huzurida yuzlab mahalliy ma\u2019murlar xizmat qilgan. Manbalar, amirlikda mahalliy ma\u2019murlar shtati 30 ming kishini tashkil etganligidan guvohlik beradi. Hokim va uning xizmatkorlariga maosh davlat xazinasidan berilmas edi, ular mahalliy aholidan olinadigan turli-tuman soliq va to\u2019lovlar hisobiga tirikchilik qilishganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Amirlikning harbiy kuchlarini otliqlar va sipohlar tashkil qilgan. Qo\u2019mondonlik lavozimlaridagi zobitlarning harb ilmi talab darajasida bo\u2019lmagan. Harbiylar harbiy mashqlarga nisbatan ko\u2019proq jismoiy mehnat bilan band bo\u2019lganlar. Qo\u2019shinda yuzboshi, mingboshi singari harbiy lavozimlar bo\u2019lib, umumiy qo\u2019mondonlikni lashkarboshi boshqargan. Amirlikning qo\u2019shini muntazam bo\u2019lmagani sababli, zaruriyat bo\u2019lganda ularni to\u2019plash qiyin kechgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorodagi vaziyat ko\u2019p jihatdan Xiva xonligiga ham xos bo\u2019lgan. Xonlik januda Eron, Sharqda Buxoro amirligi, G\u2019arbda Kaspiy dengizi, Shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Suvsiz va poyonsiz Qoraqum, Qizilqum sahrolari Xiva xonligini geografik jihatdan boshqa mamlakatlardan ajratib qo\u2019ygan edi. Amudaryo sohillarida joylashgan Xiva, Urganch, Kat, Ko\u2019hna Urganch, Xazorasp, Qo\u2019ng\u2019irot, Xo\u2019jayli, Kurdlar (hozirgi Chimboy) shaharlari xonlikning yirik shaharlari hisoblanar edi. O\u2019rta Osiyoning eng boy savdo markazlaridan biri bo\u2019lgan Xiva shahri 1598 yildan boshlab xonlikning poytaxti bo\u2019lgan. Shahar ikki qism \u2013 Ichon qal\u2019a (shaharning ichki qismi) va Dishon qal\u2019a (shaharning tashqi qismi) dan iborat edi. Ichan qal\u2019ada xon qarorgohi va harami, 17 ta masjid, 22 madrasa, karvonsaroy va bozor joylashgan. 1842 yilda Dishan qal\u2019a qurilib, devor bilan o\u2019rab olingan. Dishan qal\u2019ada hunarmandlar, savdogarlar, mardikorlar, qisman dehqonlar istiqomat qilganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Aholining ko\u2019pchilik qismini o\u2019zbeklar tashkil qilib, ulardan eng kuchli va ko\u2019p sonlilari qo\u2019ng\u2019irot, nayman, qiyot, uyg\u2019ur, nukuz, qang\u2019li, xitoy, qipchoq qabilalari edi. O\u2019zbek qabilalari asosan Amudaryo tarmoq yoygan qismda, kanal bo\u2019ylarida joylashgan. Aholining anchagina qismini (taxminan to\u2019rtdan birini) turkmanlar tashkil etgan. Turkmanlar qadimgi o\u2019g\u2019izlarning avlodlari bo\u2019lib, forscha so\u2019zlashuvchi mahalliy xalqlar va o\u2019zbeklar bilan qorishib ketgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qoraqalpoqlar yashaydigan Amudaryoning quyi havzasi va Orol dengizining janubiy qirg\u2019oqlari ham Xiva xonligi tasarrufida edi. Dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, ovchilik qoraqalpoqlarning asosiy mashg\u2019uloti edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Rahim I (1896-1825 yillar) davrida Xiva xonligidagi o\u2019zaro urushlar biroz pasaydi, xonlikni birlashtirish nihoyasiga yetdi. Mamlakatda o\u2019tkazilgan soliq islohoti, bojxonaning joriy etilishi, oltin pul chiqarilishi xo\u2019jalik ishlariga o\u2019zining ijobiy ta\u2019sirini ko\u2019rsatdi. O\u2019z vaqtida yig\u2019ib olingan soliqlar xonlik xazinasi, daromadini oshirdi. Xonlikda eng nufuzli lavozim qushbegi (bosh vazir) bo\u2019lib, u soliqlarni to\u2019lash va xonning muhim topshiriqlarini bajarish bilan shug\u2019ullangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Saroyda otaliq, <em>rais, qozikalon, shayxulislom, mirobboshi, mirshabboshi, to\u2019pchiboshi, yasovulboshi<\/em> kabi mansabdor xon xizmatida bo\u2019lgan. Devonbegi xonning oliy devonini idora qilgan. Xazinachi xonlikning kirim va chiqim hamda sarf-xarajatlarini yuritar, bu haqda xon yoki qushbegiga hisob berib turar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xonlikdagi eng katta mansab va unvonlar <em>inoq, otaliq, biy<\/em> hisoblangan. Bunday lavozimga ko\u2019tarilganlar xonga eng yaqin kishilar bo\u2019lib, ular soliqlardan ham ozod qilinganlar. Bunday lavozimga tayinlanganlar xon farmoni orqali e\u2019lon qilingan va ularning qo\u2019lida yorliqlar berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Saroyda mirzaboshi, <em>munshiy, mahramboshi<\/em> kabi mansabdorlar ham bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019muriy-hududiy jihatdan Xiva xonligi Xazorasp, Gurlan, Xonqa, Ko\u2019hna-Urganch, Qo\u2019shko\u2019prik, Pitnak, G\u2019azovot, Kat, Shohabbos, Shovot, Toshhovuz, Ambor-manoq, Urganch, Xo\u2019jayli, Shumanoy, Qo\u2019ng\u2019irot kabi beklik yoki viloyatlarga bo\u2019lingan. Xonlik tarkibida Beshariq va Qiyotqo\u2019ng\u2019irot noibliklari ham bo\u2019lgan. Bekliklarni xon tomonidan tayinlangan beklar, noibliklarni noiblar idora qilgan. Bek va noiblar huzurida ularga xizmat qiluvchi ko\u2019pdan-ko\u2019p mansabdorlar bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xiva shahri shaxsan xonning va qushbegining izmida bo\u2019lgan. Shahar ichki tartiblari va osoyishtaligi mirshabboshi, jinoiy ishlarni ko\u2019rish va jazo tayinlash shahar qozisi, poytaxtni tasodifiy hujumlardan himoyalash to\u2019pchiboshi va Ichan-qal\u2019a, Dishon-qal\u2019a kutvoli zimmasida bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xiva xonligida taxminan 40 ming otliqdan iborat qo\u2019shin bor edi. Qo\u2019shinga lashkarboshi qo\u2019mondonlik qilgan. Askarlik xizmatida bo\u2019lganlar soliqlardan ozod qilingan. Harbiy yurishlarda qatnashgan har bir suvoriy 5 oltin tanga olgan. O\u2019zini ko\u2019rsatgan harbiy mansabdorlarga oyiga 10, 20, 50, 100 va undan ham ko\u2019proq miqdorda oltin tanga berilgan. Biylarga 50-100 tanga, yuzboshilarga 10-20 tanga maosh berilgan. Tinchlik paytlarda askarlar xo\u2019jalik ishlari bilan shug\u2019ullangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xon qo\u2019shinlari, Buxoro qo\u2019shinlari kabi, qilich, o\u2019q-yoy, nayza bilan qurollangan. Bir qism askarlarda pilta miltiqlar bo\u2019lgan, oz miqdorda to\u2019plar ham bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIX asrning birinchi yarmida Qo\u2019qon xonligi hududiy jihatdan O\u2019rta Osiyodagi yirik davlat edi. Xonlik Sharqda Sharqiy Turkiston, G\u2019arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan chegaradosh bo\u2019lgan. Qo\u2019qon xonligi bilan Rossiya o\u2019rtasida huvillab yotgan Mirzacho\u2019l va Muyunqul cho\u2019llari yostanib yotgan. Xonlikning janubiy chegaralari Qorategin, Ko\u2019lob, Darvoz, Sho\u2019g\u2019non singari tog\u2019li o\u2019lkalarni o\u2019z ichiga olib, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan tez-tez to\u2019qnashuvlar bo\u2019lib turgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019qon xonligining hududi Buxoro amirligi va Xiva xonligidan farqli o\u2019laroq, sersuv daryolar, so\u2019lim vodiylar, serhosil yerlarga boy edi. Xonlikning markazi Qo\u2019qon, Marg\u2019ilon, O\u2019zgan, Andijon, Namangan kabi yirik shaharlar joylashgan Farg\u2019ona vodiysi edi. Toshkent, Chimkent, Turkiston, Avliyoota, Pishpak, Suzak, Oqmachit kabi yirik shaharlar ham Qo\u2019qon xonligi tasarrufida edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019qon xonligida aholi nisbatan zich joylashgan bo\u2019lib, unda taxminan 3 milliongacha kishi istiqomat qilgan. Xonlikning poytaxti Qo\u2019qonda 80 ming, Toshkent shahrida 60 ming aholi yashagan. Qo\u2019qon xonligi aholisining ko\u2019pchilik qismi o\u2019zbeklar, shuningdek, tojiklar, qirg\u2019izlar, qozoqlar, uyg\u2019urlar, qoraqalpoqlardan iborat edi. Bular bilan yonma-yon yahudiylar, tatarlar, hindlar va boshqa elatlarning vakillari ham istiqomat qilganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019qon xonligida ikkinchi shaxs <em>Bosh vazir<\/em> hisoblanib, u muhim davlat ishlarini xon bilan kelishgan holda hal etgan. Markaziy davlat boshqaruvida qushbegi, otaliq, devonbegi, mingboshi, shayxuislom, qozikalon, parvonachi, shig\u2019ovul, sarkor, inoq, dasturxonchi, amin, yasovulboshi kabi mansabdorlar xizmat qilganlar. Saroy qoshida maxsus kengash bo\u2019lib, uning tarkibiga eng oliy mansabdor shaxslar kirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019qon xonligida qo\u2019shinni, askahahonani, harbiy ishlarni mingboshi boshqargan. Qo\u2019shinda beshyuzboshi, yuzboshi va o\u2019nboshi harbiy lavozimlari bo\u2019lgan. Qo\u2019shinning bir qismi muntazam xizmatda bo\u2019lib, maarkaziy hokimiyat ixtiyorida turgan. Qo\u2019shin qilich, nayza, piltali miltiq bilan qurollantirilgan. Shuningdek, qo\u2019shinda to\u2019plar ham bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019qn xonligi 15 beklik, ya\u2019ni harbiy okrugga bo\u2019lingan bo\u2019lib, ularning yarmidan ko\u2019piga xonning o\u2019g\u2019illari yoki yaqin qarindoshlari hokimlik qilganlar. Hokimlaar o\u2019z hududidagi harbiy kuchlar qo\u2019mondoni hamda fuqaro boshqaruvining boshlig\u2019i edi. Ular o\u2019z tasarrufidagi qo\u2019shinni o\u2019zlari moddiy jihatdan ta\u2019minlaganlar. Hokimlar harbiy yurishlar oldidan xonning birinchi da\u2019vati bilan o\u2019z qo\u2019shinlari bilan belgilangan joyga yetib kelishi shart edi. Qo\u2019qon xoni zaruriyat tug\u2019ilganda, oziq-ovqat ortilgan 12 ming aravaga ega bo\u2019lgan 60 mingtaga sipohni yig\u2019a olardi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIX asr ikkinchi yarmidagi o\u2019zbek xonliklaridagi vaziyatga baho berishda, shuni unutmaslik lozimki, Buxoro, Xiva, Qo\u2019qon xonlilarida taraqqiyot to\u2019xtab qolmagan. O\u2019zaro urushlar va parokandalikdan qat\u2019i nazar yaratuvchilik faoliyati davom etgan. Xiva xonligida esa sun\u2019iy sug\u2019orish borasida oldingi asrlarga nisbatan ko\u2019p ish qilingan. Bunda eng avvalo xonlar va yirik amaldorlar tashabbus ko\u2019rsatganlar. Arab Muhammadxon turk qal\u2019asidan Kuygun tomon qazitgan kanal, Abulg\u2019oziy Bahodirxon nomi bilan bog\u2019liq G\u2019oziobod kanalining ta\u2019mir etilisi, Anushaxon zamonida qurilgan Shohobod (uzunligi 14 kilometr, eni 30 metr, chuqurligi 3,5 metr). O\u2019rmish (uzunligi 96 kilometr, eni 17,5 metr) kanallari, Ali Sulton qurdirgan Toshli yormish kanali hamda Manqitarna (XVII), Eshim Yaragan, Omonquli, Ingichka, Ixlos, Qilich Niyozboy (1815), Yangiyop va Qorako\u2019z (XIX), Shohmurod (1846), Rahmonberdiboy, Toshsaqo (1828), Ko\u2019hna Urganch-Xonyop (1831), Qoraqalpoq, Xonobod (1847), Sipohiy, Muhammadamin (1850), XIX asr 50-yillaridagi Kaltaminor, Bog\u2019yop, Amirobod, Saribiy kanallari va boshqa qator katta-kichik sun\u2019iy sug\u2019orish inshootlari bilan bog\u2019liq tadbirlar shular jumlasidandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019qon xonligida Erdona, Norbo\u2019ta hukmronlik qilgan zamonlarda So\u2019x daryosidan chiqarilgan kanallar, Olimxon buyrug\u2019i bilan qazdirilgan oltita kanal (ariq), Umarxon davrida Sirdaryodan chiqarilgan O\u2019zganddan boshlanib Andijon va Marg\u2019ilon oralig\u2019idagi Shahrixongacha boradigan kanal, Norin daryosidan boshlanadigan Yangiariq kanali (1819), Xon va Zarbak kanallari (1803), Muhammadalixon zamonida Ilamishmozordan boshlanuvchi uzunligi 30 kilometrdan oshiq kanal, Xudoyorxon zamonidagi Chinobod (1855), Ulug\u2019nahr (1869-1870) kabi kanallarning bunyod etilishi mazkur vodiyda ham sun\u2019iy sug\u2019orish ishlari jadal borganidan dalolatdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro shahrining o\u2019zidaa XIX asr o\u2019rtalarida, ya\u2019ni Rossiya bosqinidan oldin, 38 karvonsaroy, 9 savdo timi, 16 hammom, 45 bozor bo\u2019lgani ma\u2019lum. Shuningdek 200 dan ortiq masjid, 100 dan ortiq madrasa mavjudligi ham manbalarda yozilgan. Ular orasida Tursunjon (1796-1797), Ernazar elchi (1795), Xalifa Niyozqul (1807), Xalifa Xudoydod majmuasidagi madrasalar ayniqsa diqqatga sazovordir.<\/p>\n\n\n\n<p>Xiva xonligida ham qurilish ko\u2019p bo\u2019lgan. Arab Muhammadxon (1616), Hojamberdibiy (1688), Sherg\u2019ozixon (1719-1728), Muhammad Amin inoq (1765), Qutli Murod inoq (1809), Olloqulixon (1832-1835), Arab Muhammadxon (1870), Musato\u2019ra (1841), Saidboy (1842), Amirto\u2019ra (1870), Muhammad Rahimxon (1871), Muhammadmurod devonbegi, Otajon to\u2019ra, Qadam yasovulboshi, Ibrohimxoja, Yusuf yasovulboshi, Husayn Muhammadboy, Do\u2019st Olim, Qozi Muhammad Salim, Islomxoja, Isfandiyorxon madrasalari, Saidboy (1842), Oqmasjid (1875) masjidlari, Pahlavon Mahmud maqbarasi (1835), Ko\u2019hna Ark, Toshhovli, Nurullaboy saroylari, Juma, Saidboy (1842), Ko\u2019kminor (1852-1853), Islomxoja (1908) minoralari ana shunday bunyodkorlik ishlaridan guvohlik beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Farg\u2019ona vodiysida 1740 yili Eski O\u2019rda o\u2019rnida hozirgi Qo\u2019qon shahriga asos solinishi, xonlikning turli shaharlarida bunyod etilgan ko\u2019plab o\u2019rdalar, bozorlar, karvonsaroylar, masjidlar, xonaqohlar, qorixonalar, madrasalar, chunonchi, Mir (1798), Norbo\u2019ta, Xonmirza Yodgor (1830), Hazrati Sohib (1861), Xudoyorxon (1850, 1870 yillari Qo\u2019qonda, 1873 yili Namanganda, 1874-1875 yili Shohobodda, Chustda), Hakimoyim (1869), Olimbek (O\u2019shda), Nasriddinbek (Andijonda), Toshkentda XIX asrda qurilgan Beklarbegi, Muyi Muborak, Eshonqul dodxoh, Yunusxon, Abulqosim madrasalari ham shular qatorida turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday rivoj holatini madaniyat sohasida ham ko\u2019rish mumkin. To\u2019g\u2019ri, mamlakatning uchga bo\u2019linib ketishi, siyosiy qarama-qarshiliklar va, ayniqsa, Rossiya bosqini tufayli siyosiy mustaqillikning qo\u2019ldan ketishining umumiy manzarasida bu sohadagi ahvol ilgariligi, masalan, temuriylar zamonidagi kabi bo\u2019lmagan. Ammo bir narsa aniqki, ko\u2019rilayotgan bosqichda fan va madaniyat har holda bir yerda to\u2019xtab qolmagan. Yuqorida zikr etilgan qurilishlar, ayniqsa, madrasalar bunyodi shunga ishoradir. Sovet davri tarixshunosligi iloji boricha XVIII-XIX asrlarda o\u2019zbek xalqining bu sohalardagi tarixini bo\u2019yab ko\u2019rsatishga intilib, o\u2019lkani madaniy qoloqlikda ayblab, bu bilan Rossiya bosqinining O\u2019zbekiston uchun \u201cprogressiv ahamiyatini\u201d isbotlashga atayin harakat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019tgan sulolalar kabi mang\u2019itlar, qo\u2019ng\u2019irotlar, minglardan chiqqan namoyandalar ham o\u2019z davri va doiralarining o\u2019qimishli shaxslari bo\u2019lganlar. Masalan, Qo\u2019qon xoni Umarning \u201cAmiriy\u201d, malika Mohlaroyimning \u201cNodira\u201d, \u201cKomila\u201d, \u201cMaknuna\u201d, Xiva xoni Muhammad Rahimxon II ning \u201cFeruz\u201d, uning akasi Otajon To\u2019ra Murodning \u201cMurodiy\u201d taxallusida she\u2019r bitganlarini, Abdulg\u2019oziy Bahodirxonning\u201dShajarayi turk\u201d, \u201cShajarayi tarokima\u201d kabi o\u2019zbek tilida yozgan asarlarini eslaylik. Fazliy, Mushrif, Qoziy, Afsus, Sodiq, Xijolat, Hoziq, Xotif, Mahmur, Gulxaniy kabi yetuk qalam sohiblari Farg\u2019ona vodiysida yashab ijod qilganlar. Shuningdek \u201cAfzal at-tavorix\u201d, \u201cTarixi Umarxon\u201d, \u201cRisolayi askariya\u201d, \u201cMuntaxab at-tavorix\u201d, \u201cTarixi Shohruxiy, \u201cTarixi shahonnamoy\u201d, \u201cXusolat al-axbor\u201d, \u201cTasnifi G\u2019arib\u201d, \u201cTarixi jadidayi Toshkand\u201d kabi boshqa ko\u2019plab tarixiy asarlar ham xuddi shu davrda Qo\u2019qon xonligi doirasida yozilgan. Buxoroda ham tarix yozishlik taraqqiyotda to\u2019xtamagan. Hech bo\u2019lmasa, \u201cTuhfat al-xoniy\u201d, \u201cTarixi amir Haydar\u201d, \u201cFathnomayi sultoniy\u201d, \u201cMang\u2019itlar xonadoni saltanati qisqacha tarixi\u201d, \u201cO\u2019zbek podshohliklari zikri\u201d, \u201cTarixi salotini mang\u2019itiya, o\u2019zbakiya va ashtarxoniya\u201d kabilarni yodga olish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Zikr qilingan \u201cShajarayi turk\u201d, \u201cShajarayi tarokima\u201d, Munisning \u201cFirdavs al-iqbol\u201d, Ogahiyning \u201cRiyoz ad-davla\u201d, \u201cZudbat at-tavorix\u201d, \u201cIqboli Feruziy\u201d, Bayoniyning \u201cShajarayi Xorazmshohiy\u201d, \u201cXorazm tarixi\u201d, \u201cJome al-voqeati sultoniy\u201d, \u201cGulshan ad-davlat\u201d, \u201cIqboli Feruziy\u201d asarlarining yozilganligi eng katta dalildir. Xivalik olimlar, tarixchilarning o\u2019z davri uchun o\u2019zbek tarixsshunosligiga qo\u2019shgan eng katta hissalaridan biri shundaki, ular tilga olingan manbalarni o\u2019zbek tilida yozganlar. Bundan tashqari xivaliklar tarixshunoslikdagi tarjimachilik sohasida tahsinga loyiq ishlarni ro\u2019yobga chiqarganliklarini aytib o\u2019tish lozim. Chunonchi, Mirxondning \u201cRavzat as-safo\u201d, Yazdiyning \u201cZafarnoma\u201d Xondamirning \u201cXabib as-siyar\u201d, Vosifiyning \u201cBadoye ul-voqoye\u2019\u201d, \u201cTarixi Tabariy\u201d, Rashididdinning mashhur \u201cJome at-tavorix\u201d (Ali sulton (vafoti 1571-1572) buyrug\u2019i bilan), Binoiyning \u201cShayboniynoma\u201d, shuningdek, \u201cTarixi Muqimxoniy\u201d, \u201cTaqobati Akbarshohiy\u201d, Mahdihon Astrobodiyning \u201cTarixi Nodiriy\u201d, \u201cZubdat al-hikoyot\u201d, \u201cMiftoh al-tolibin\u201d, \u201cAhloqi Muhsiniy\u201d, \u201cNasihatnomayi Kaykovus\u201d (Qobusnoma), Sad\u2019iyning \u201cGuliston\u201d, Jomiyning \u201cBahoriston\u201d, \u201cSalomon va Ibsol\u201d, \u201cYusuf va Zulayho\u201d, Nizomiyning \u201cHaft paykar\u201d, Xisraviyning \u201cHasht behisht\u201d, Hiloliyning \u201cShoh va gado\u201d, Nosiriyning \u201cRavzat as-safoyi Nosiriy\u201d, Darvish Ahmadning \u201cSahoyir al-axbor\u201d, mashhur arab tarixchilari Mas\u2019udiy, Ibn al-Asr asarlari arab va fors tillaridan o\u2019zbekchaga o\u2019girilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xullas, sun\u2019iy sug\u2019orish ishlari, qurilishdan tortib dehqonchilik, hunarmandchilik, fan va madaniyatgacha, ichki savdodan tashqi iqtisodiy aloqalargacha (Eron, Afg\u2019oniston, Hindiston, Xitoy, Rossiya va boshqalar) oid ma\u2019lumotlar, umuman olganda, yurtimiz va ajdodlarimiz XVIII-XIX asrlarda dunyoning ko\u2019pchilik xalqlari va mamlakatlaridan orqada bo\u2019lmaganligini ko\u2019rsatadi. Undan oldingi o\u2019tmish madaniyatni nazarda tutsak, kelayotgan fan va texnika asrida (XX) taraqqiyotning oldingi saflarida turishlari uchun potensial imkoniyatlar bor edi. Ammo ulardan foydalanishga bir qator omillar yo\u2019l qo\u2019ymagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchidan, asrlar davomida bir butun bo\u2019lib kelgan mamlakatning bir iqtisodiy va madaniy makonda yashab kelgan xalqning uchga bo\u2019linib ketishi, xonliklar o\u2019rtasidagi to\u2019xtovsiz urushlar, har bir xonlik ichidagi boshboshdoqlik va hokimiyat uchun o\u2019zaro tinimsiz davom etgan ichki nizo va urushlar butun mamlakatni xonavayron qildi. Bu jarayon guruhbozlikni keltirib chiqardi, qabilalarning etnik aralashuviga, bir xalq bo\u2019lib qovushishiga, jipslashishiga xalaqit berdi. Davlat darajasida ham, viloyatlar darajasida ham yagona xalq, yagona Vatan tushunchasining qadri anglab olinmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchidan, aholi xon va beklarning, turli lavozimdagi mansabdorlarning zo\u2019ravonligidan, o\u2019zboshimchaligidan, mansabini suiiste\u2019mol qilishidan, g\u2019ayriqonuniy soliq va jarimalardan himoya qilinmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uchinchidan, asosiy boylik bo\u2019lgan yerga mulkchilikning eski usuli bir necha asrlardan beri o\u2019zgarmadi. Xonliklarda oliy hukmdor yerning birdan-bir egasi bo\u2019lib, yer ishlovchilarga \u2013 dehqonlarga ijara tarzida xatlab biriktirilgan edi. Dehqon yer egasi emas, yerdan olinadigan hosilning egasi edi, xolos. Shu bois dehqon yerni asrab-avaylashga, uning unumdorligini oshirishga intilmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019rtinchidan, xonliklarda sanoat rivojiga e\u2019tibor kuchaymadi. Oltingugurt, rangli metallar, marmar, toshko\u2019mir, neft kabi tabiiy boyliklarga serob konlar bo\u2019lsa-da, ularni qazib olish, tog\u2019-kon ishlarini rivojlantirish, kemasozlikni yo\u2019lga qo\u2019yish masalalari hal qilinmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Beshinchidan, tovar-pul munosabatlari rivojlantirilmadi. Daromad iste\u2019mol va qo\u2019shin xarajatlarini zo\u2019rg\u2019a qoplar, kapitalga aylanmasdi. Pul, oltin-kumush xon va amaldorlarning xazina to\u2019plash manbai bo\u2019lib qolgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oltinchidan, xonliklarning savdo munosabatlarida hamon ayirboshlash usuli davom etardi. O\u2019rta Osiyo jahon bozoridan ajralib qolgani ustiga bu yerda yagona ichki bozor ham tashkil topmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yettinchidan va eng muhimi, XIX asr ikkinchi yarmida O\u2019rta Osiyo hududidagi xonliklarda o\u2019z millati, xalqi va Vatani istiqboli uchun qayg\u2019uradigan, odamlarni bir g\u2019oya va bir ezgu maqsad yo\u2019lida birlashtira oladigan hamda ortidan ergashtia oladigan yo\u2019lboshchi \u2013 sardor bo\u2019lmadi. Buxoro amirligida ham, Qo\u2019qon va Xiva xonliklarida ham shunday arbob tarix sahnasiga chiqmadi. Bosqinchilarga ko\u2019ksini qalqon qilib ko\u2019hna Turon jangovar shavkatini namoyish qila oladigan va Turkistonni bir umumiy uy deb bilgan yurtboshi topilmadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Buxoro amirligi o\u2019zbek xonliklari orasida o\u2019zining hududiy o\u2019rni, aholisi va tabiiy resurslari jihatidan muhim mavqega ega edi. XIX asrga kelib, Buxoro amirligining hududi qariyb 200 ming kvadrat kilometrni tashkil etdi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xonliklarning-geosiyosiy-orni-davlat-boshqaruvi-va-ijtimoiy-hayoti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-22218","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22218","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22218"}],"version-history":[{"count":8,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22218\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29560,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22218\/revisions\/29560"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22218"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22218"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22218"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}