{"id":22227,"date":"2022-03-23T14:38:14","date_gmt":"2022-03-23T11:38:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22227"},"modified":"2022-03-24T07:09:34","modified_gmt":"2022-03-24T04:09:34","slug":"toshkentning-urushib-olinishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toshkentning-urushib-olinishi\/","title":{"rendered":"Toshkentning urushib olinishi"},"content":{"rendered":"\n<p>General Chernyayev bu shaharni egallash uchun tayyorgarlik ishlarini ko\u2019rib oziq-ovqat, qurol-aslaha va boshqa narsalarni oshkentga olib borishni uyutirish vazifasini Alimqulu tomonidan o\u2019ldirilgan Boyqozoqboyning o\u2019g\u2019li Oqmullaga topshirdi. Qo\u2019qon qo\u2019shinlari artelleriyasi ham ancha yaxshi uyushtirilgan bo\u2019lib, uning to\u2019plarini uzoqqa otilishi va nishonga tegishli maqtovga sazovor bo\u2019lgan. Shuning uchun ham general Chernyayev qanday bo\u2019lmasin, tezroq Qo\u2019qon xonligiga zarba berilmasa, keyin yengish og\u2019irlashishini rus hukumatining tegishli vakillariga ma\u2019lum qildi. General Chernyayev Chimkentda tayyorgarlik ko\u2019rib, General Chernyayev Chimkentda tayyorgarlik ko\u2019rib, 1864 yilning sentabrida Toshkentni egallash maqsadida yo\u2019lga chiqdi. Bu vaqtda Toshkent mudofaasi mehnatkash ommaning umumiy harakatiga aylanib, shahar atrofidagi devorlarda askarlar va xalq ko\u2019ngillari joylashgan edi. Shahar aholisi ona yurtini himoya qilishni o\u2019zining muqaddas burchi hisoblab, mudofaachilarga tinmay g\u2019amxo\u2019rlik qilganlar. \u201cShahar g\u2019ariblari, fuqarolari va qariyalari, &#8212; deb guvohlik beradi Solih Toshkandiy \u2013 ibodatu nomozdan ko\u2019ra qo\u2019lidan kelganicha yordam berish afzalroq va savob, deb askarlarga, g\u2019ozilarga suv, oziq-ovqat tashib turdilar\u201d. Rus askarlari 1865 yil 1 oktabrida Yunusobod tomonidan shaharga yaqinlashib uni to\u2019plardan o\u2019qqa tutdi. Rus askarlaridan bir guruhi shahar qal\u2019asining atrofida qazilgan zovurlar ichiga tushib oldilar. Bularga qo\u2019shilish uchun bir guruh rus askarlari chopib kelayotganda ularga qarshi to\u2019p otukadu, Natijada, dushman otryadlari orqaga chekindi. Shundan keyin shahar mudofaachilardan bir qismi zovurga dushman ustiga shiddatli hujum qilib, rus askarlaridan 72 kishini o\u2019ldirdilar. Shu ravishda toshkentliklar g\u2019alaba qozondilar. General Chernyayev urushni to\u2019xtatishga va Chimkentga qaytishga majbur bo\u2019lgan. Shundan keyin Alimqul qo\u2019shin bilan Toshkentga kelib, bo\u2019lajak urushga tayyorgarlik ishlarini amalga oshirib, so\u2019ngra Qo\u2019qonga qaytadi. Xon ko\u2019rsatmasiga ko\u2019ra, Toshkent hokimi nomidan Hofizko\u2019hasi mahallalik Muhammad Said nomli savdogarni tinchli sulhi tuzish maqsadida elchi sifatida general Chernyayev huzuriga yuborildi. Biroq general Chernyayev sulh tuzishdan bosh tortadi va elchi Toshkentga qaytib keladi. Bu yerda elchi general Chernyayev Buxoro xoni Muzaffarxon bilan go\u2019yo ittifoq tuzilganligi haqida gapirib shahardagi ayrim kishilarni vahimaga solib qo\u2019ygan. Toshkentda urushga tayyorgarlik kundalik hayotning birinchi vazifasi hisoblangan. Bu yerda lashkarboshi Alimqul boshchiligida Turkistonni rus qo\u2019shinlaridan ozod qilish uchun tayyorgarlik ko\u2019rilgandan so\u2019ng, askarlar Shayxontohurdan o\u2019tib Sagbon ko\u2019chasi orqasi Sag\u2019bon darvozasidan \u201cSarog\u2019och\u201d yo\u2019liga chiqdilar. Bu yurish 1864 yil noyabr oyi oxirida yuz berib, havo juda sovuq va qor yog\u2019ib turgan payt edi. Askarlar Turkistonga yaqin joyga o\u2019rnashgan va Rossiya tobeligiga o\u2019tgan \u201cIqon\u201d degan qishlog\u2019ida rus otryadini tor-mor etdilar. Bu yerdagi xalqining ruslarga bo\u2019ysunganligi uchun Alimqul buyrug\u2019iga binoan mol-mulki bilan Toshkent tomonga haydab olib ketildi. Alimqul garchand g\u2019alaba qozongan bo\u2019lsa ham, Turkistonga qarab yurmay, \u201cIqon\u201ddan Toshkentga qaytishga majbur bo\u2019ladi. Bunga xonlikdagi ichki ziddiyat va qo\u2019shimcha harbiy kuchlarni to\u2019plash sabab bo\u2019lgan, albatta. Alimqul Toshkentga kelgan paytda Chernyayev tomonidan yuborilgan josus ushlanadi. Bu josus Toshkentning amaldorlaridan biri Abdurahmonbek Shodmonbekovning (asli Shahrisabzlik) Chernyayev nomiga yozilgan xati bilan qo\u2019lga tushgan. Binobarin, Chernyayev ma\u2019lum kishilar orqali Toshkent haqida zarur ma\u2019lumotlarni olib turgan. Abdurahmonbek Toshkentdan qochishga ulgurib, Chimkentga Chernyayev huzuriga boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu vaqtda general Chernyayev Toshkentga qayta hujum qilish tadbirlarini tamomlab, 1865 yil 28 aprelda Chirchiq yonidagi \u201cNiyozbek\u201d qal\u2019asini jang bilan egalladi. Yuqorida qayd qilingan Abdurahmonbekning maslahati bo\u2019yicha, shaharni suv bilan ta\u2019minlaydigan \u201cKaykovus\u201d arig\u2019i to\u2019g\u2019onini buzib uni Chirchiq daryosiga burib yuboriladi. Bu bilan shaharni suvdan mahrum etib, uni taslim etish edi. Biroq shahar xalqi mudofaani mustahkamlab jangga tayyor turdi. 1865 yilni may oyida Qo\u2019qon xoni Sulton Said lashkarboshi Alimqul bilan Toshkentga yetib keldi. Bu holat toshkentliklarni ruhini ko\u2019tarib yuborgan. Bu holat toshkentliklarni ruhini ko\u2019tarib yuborgan. Bu to\u2019g\u2019rida Solih Toshkandiy shunday yozgan: \u201cToshkent hokimlari, amaldor, sardor, ulamo, fuqaro, shayxlar, g\u2019ariblar, gadolar, erkak-xotinlar aralash shodliklaridan (qo\u2019qonliklarni \u2013 X.Z.) istiqbollariga chiqib, kutib oldilar\u201d. Alimqul shahar saroyida yig\u2019ib o\u2019tkazib, mahalliy hokimiyat vakillari va qo\u2019shin boshliqlariga qarata nutq so\u2019zladi. Bu yig\u2019inda qatnashgan Alimqul \u201cKatta-kichik, boy kambag\u2019al fuqarodan yordam so\u2019rab bu to\u2019g\u2019rida Toshkent ahlining fuqarolarini ko\u2019rsatgan g\u2019ayrat, shijoat va qahramonliklarini aytib, ularga o\u2019z minnatdorchiligini va xursandchiligini izhor qilib bir tomchi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashishga da\u2019vat etdi\u201d. Alimqul Buxoro amir Muxaffarxonni qoralab rus qo\u2019shinlariga qarshi kurash ishiga katta putur yetkazayotganligini ham gapirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Toshkentda xonlikning Andijon, Qo\u2019qon, Namangan, Marg\u2019ilon va boshqa joylaridan kelgan qo\u2019shinlar Alimqul boshchiligida shahar mudofaa liniyasini egalladilar. Siddiq To\u2019ra boshliq Qo\u2019qon qo\u2019shinining razvedka bo\u2019limi dushmanning otliq va piyoda otryadi bir to\u2019p bilan Sho\u2019ratepadan chiqib, \u201cOltin tepa\u201d orqali Salor suvi bo\u2019ylab kelayotganligi haqida Alimqulga xabar keltirgan. Shundan keyin Alimqul o\u2019z qo\u2019shinlarini ma\u2019lum qismi bilan ko\u2019rsatilgan tomonga jo\u2019nadi. Dushman qo\u2019shinlari Salor suvidan o\u2019tin Qo\u2019qon qo\u2019shinlariga qarata to\u2019plardan o\u2019q uzdilar, natijada ikki tomon o\u2019rtasida qattiq jang boshlanib qo\u2019qonliklar hujumga o\u2019tdilar. Bunda Alimqulning shaxsan o\u2019zi qatnashib jangga rahbarlik qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Rus otryadi hujumga bardosh bera olmay, Sho\u2019rtepaga chekinishgan. Bu g\u2019alaba shaharda katta shod-xurramlik bilan qarshi olinib karnay-surnay sadolari yangragan. \u201cShahar xalqi 7 yoshdan 70 yoshgacha erkak-xotin, yosh-qari xizmat kamarini bellariga bog\u2019lab pishgan taomlarni boshlariga ko\u2019tarib, qatiq, sut, sharbat, issiq nonlar, shirin mevalarni savatga solib askarlar turgan joylarga olib kelib iltijo, tavallo va dildorlik qilishib ko\u2019zlaridan hasrat yoshlarini oqizib, ko\u2019z yoshlari suvi bilan askarlarni yuzlaridagi chang-g\u2019uborlarni yuvib artib ko\u2019zguday tozalab ovqatlarini yeb bitirishlarini iltijo qildilar\u201d. Bu xalqning vatanparvarlik harakatlarini juda jonli va yorqin namunasini aks ettiradi. Lashkarboshi Alimqul hokimiyat vakillari va harbiy boshliqlarni to\u2019pab urushni qanday davom ettirish masalasini o\u2019rtaga tashlaganda toshkentliklar rus qo\u2019shinlari ustidan qozonilgan g\u2019alaba hujumga o\u2019tishga da\u2019vat qilishini va aka-uka Siddiq To\u2019ra va Arslon To\u2019ra boshchiligida askarlarning bir qismini Turkiston va Oqmachitni, ikkinchi qismini esa Avliyoota, To\u2019qmoq va G\u2019uljagacha bo\u2019lgan joylarni ruslardan qaytarib olishga jo\u2019natilishini gapirdilar. Ammo, Qo\u2019qon amaldorlaridan Otabek nomli kishi Alimqulga pichirlab: agarda toshkentliklar rus qo\u2019shinlarini tor-mor qilib, ko\u2019rsatilgan joylarni olsa, u vaqtda ular mustaqillikni istab Qo\u2019qonga bo\u2019ysunmay qolishi mumkin degan. Shu nuqtai nazardan Otabek toshkentliklar taklifini rad qilishni Alimqulga maslahat qilgan. Alimqul bu maslahatga ko\u2019nib mudofaa bilan chegarlanib turishni buyurdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sho\u2019rtepa tomonda har ikki tomon urush liniyasini egallab dastavva to\u2019plardan otishuv boshlagan. So\u2019ngra Qo\u2019qon qo\u2019shinlari hujumga o\u2019tib Alimqul urush maydoni jangchilarni ruhlantirgan va urushga jalb qilgan. Alimqul vas ardor Abdullabek dushman qo\u2019shinlari bilan yuzma-yuz kelib, ularni qilichdan o\u2019tkazgan. Ammo dushman o\u2019qi Alimqulni chap biqinidan kirib qornini teshib, kindigi ustidan chiqib ketadi. U ot ustidan yerga yiqilish oldidan ot bo\u2019ynidan mahkam ushlab to\u2019p turgan joyga bordi. So\u2019ngra Alimqul Toshkent fuqarolarini asta-sekin orqaga qaytib, o\u2019zlarini shahar ichiga olishlari va boshqa jangchilarni urushni davom ettirishlari haqida farmon bergan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikki tomon o\u2019rtasida to\u2019plardan yana otishuv boshlangan keyin xon askarlari hujumga o\u2019tib, so\u2019ngra asta-sekin rus askarlari hujumi ostida Salor bo\u2019yiga chekindilar. Natijada, birinchi galda sebzorlik jangchilar Hakimxo\u2019ja Kalon boshchiligida qochishni boshlaydi. Ularni ketidan qipchoqlar, qirg\u2019izlar va andijonliklar qo\u2019lga tushgan narsalarni olib Farg\u2019ona tomonga qochdilar. Boshqa kishilar ham shahar ichiga qochib kela boshladilar. Lashkarboshi Alimqulning yarador bo\u2019lishi askarlarning, xalq olamonining ruhini tushirib, pirovardida ularning chekinishiga sabab bo\u2019lgan omillardan biri bo\u2019ldi. U og\u2019ir ahvolda shahar ichiga keltirildi va bu yerda o\u2019ldi. U katta izzat-ikrom bilan va chuqur qayg\u2019u bilan Shayhontohur qabristoniga dafn etildi. Chekinishdagi uyushqoqlik va harbiy boshliqlarning vahimaga tushishi shahar mudofaasiga salbir ta\u2019sir ko\u2019rsatadi, albatta. Kunlar o\u2019tishi bilan qo\u2019qonliklarning ruhsizlanishi kuchayib, ular to\u2019da-to\u2019da bo\u2019lib, o\u2019z vataniga qaytishga harakat qilganlar. Hatto Alimqul bilan birgalikda rus qo\u2019shinlariga qarshi kurashda faol qatnashgan. Qo\u2019qon xoni Sulton Said bir guruh amaldorlari bilan shaharni tashlab ketmoqchi bo\u2019lgan. Biroq Toshkent amaldorlaarining siquvi ostida o\u2019z fikridan qaytganlar. Shundan keyin amaldorlar va harbiy boshliqlar o\u2019zaro kelishib dushmanga qarshi tadbirlarni belgilash haqida fikr almashuv o\u2019tkazdi. Bunda bir guruh kishilar Qo\u2019qonga qochib ketgan askarlarni orqaga qaytib kelishlarini so\u2019rab, u yerga elchi yuborilishini aytdilar. Boshqa bir guruh kishilar Buxoro amirida huzuriga elchi yuborib yordam so\u2019rashlik haqida o\u2019z fikrini izhor qildilar. Maslahatchilar orasida hatto Xorazmga yordam so\u2019rab murojaat qilish zarurligini bayon etgan kishilar ham bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro va Qo\u2019qon xonliklariga rus otryadlariga qarshi birgalikda kurash haqidagi xat bilan elchilar jo\u2019natildi. Qo\u2019qonga yuborilgan elchi yo\u2019lda Toshkentdan qochib borayotganda qo\u2019qonliklarni orqasidan yetib borib ularga xatni topshiradi. Biroq, qo\u2019qonliklar Toshkentga qaytish o\u2019rniga, aksincha Sulton Saidxonni Qo\u2019qonga olib ketish va taxtni begonalarga o\u2019tib ketishiga yo\u2019l qo\u2019ymaslik zarurligini bayon etadilar. Buxoro amiri ham Toshkentga yordam berishdan bosh tortib, avvalo Sulton Saidxonni Buxoroga kelishi zarurligi haqida javob xatni yubordi. Bu bilan amir Sulton Saidxon Buxoroga bo\u2019ysungan taqdirdagina yordam berilishini ma\u2019lum qilgan edi. Buxoroga kelgan javob xatini amaldor va harbiy boshliqlar muhokamasiga qo\u2019yganda ayrim qo\u2019qonliklar amir taklifini qabul qilish kerakligini aytdilar. Bu muhokamada Solih Toshkandiy ham qatnashib, yuqoridagi masala bo\u2019yicha o\u2019z fikrini bildirgan. U Sulton Saidxonni Buxoroga ketishiga qarshi chiqib, har bir hukmdor o\u2019z burchini bajarmasa, u vaqtda fuqarolar dushman qo\u2019liga asir bo\u2019lib qolishi mumkinligini bayon etgan. Bu fikrga boshqa kishilar ham qo\u2019shilib, \u201cbiz yordam so\u2019rab har tomonga murojaat qildik. Endilikda yordamni xoh bersinlar, xoh bermasinlar bari bir urushni davom ettiramiz deb ahd qildilar. Toshkentliklar Sulton Saidxonga shunday dedilarkim shahar xalqi butun urush harakatlarini o\u2019z zimmasiga olib nimayki zarur bo\u2019lsa, hammasini yetkazib beradilar\u201d. Ko\u2019rinib turibdiki, toshkentliklar qanday bo\u2019lmasin, shaharni dushmandan himoya qilishga qattiq bel bog\u2019lagan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Kunlarning birida rus qo\u2019shinlari shahar qal\u2019asini to\u2019pga tutib hujum qila boshlagan vaqtda ularga qarshi ustalik bilan to\u2019plardan shunday javob o\u2019qi otildiki, natijada dushman orqaga chekinishga majbur bo\u2019lgan. Shundan so\u2019ng Sulton Saidxonni Buxoroga yurishi haqidagi masala yana ko\u2019tarilib, pirovardida uni jo\u2019natish va Buxorodan yordam olishga qaror qilindi. Aftidan Sulton Saidxonni o\u2019zi ham Buxoroga borish istagida bo\u2019lgan. Shuning uchun u 500 kishilik askar va bir to\u2019n bilan shahardan chiqib ketdi. Shunday qilib, Qo\u2019qon amaldorlari va askarlari urushni oxirigacha yetkazmasdan shahar mudofaasini o\u2019z xohishlariga tashlab ketgan edilar. Shunga qaramay shahar aholisi dushmanga qarshi kurashni davom ettirdi. 1865 yil 14 iyunida rus askarlari erta saharda shahar qal\u2019asini to\u2019plardan o\u2019qqa tutdi. Natijada ular Kamalak darvozasi orqali shahar ichiga yorib kirib, mudofaachilarning otryadlari bilan to\u2019qnashdilar. Bunday to\u2019qnashuvlar Shayxontohur, Beshyog\u2019och, Qashqar mahallalarida va boshqa joylarda bo\u2019lgan edi. Hatto, ayrim joylarda dushmanga qarshi barrikadalar ham qurildi. Masalan, Anhor ko\u2019prigining g\u2019arb tomoni aravalar bilan to\u2019silib mustahkamlandi. Ayni bir vaqtda Anhor yonidagi do\u2019onlar ichiga mudofaachilar kirib olib devorlar teshigidan dushmanga o\u2019q uzdilar. Bir yarim soatlik og\u2019ir jangdan so\u2019ng rus askarlari chekinib, Shayx Shibli arig\u2019i orqali qal\u2019a devorining shimol tomoniga o\u2019rnashdi. Ular chekinayotganida O\u2019rdadagi do\u2019konlarga o\u2019t qo\u2019yib qochganlar. \u201cChuqur ko\u2019prikda\u201d hamma ko\u2019chalarni ham og\u2019zi bekitilib rus otryadiga qarshi kuchlar qo\u2019yilgan. Ayrim rus otryadlari machitlar ichiga kirib olib urushganlar. Biroq ular o\u2019rab olinib tor-mor etilgan. Shayx Shibli arig\u2019i orqali chekingan rus otryadi yana O\u2019rdaga bostirib kirishga harakat qildi. Bularga qarshi Qiyot mahallasining aholisi Abdurahim yasovulboshi boshchiligida devorlarning orqasiga va pastqam joylashga o\u2019rnashib mudofaa liniyasini egalladilar. Bular orasida Miryusup bog\u2019bon o\u2019g\u2019li, Umarxon To\u2019raxon o\u2019g\u2019li, Mirsodiq Mirshodi o\u2019g\u2019li, Normuhammad va Mullamir singari merganlar, Mullajon Musomuhammad Ali bobo podachining o\u2019g\u2019li va boshqa mard yigitlar bor edi. Xalq ko\u2019ngillari shahar mudofaasining asosiy kuchini tashkil etgan edi. Abdurahmon yasovulboshi boshchiligidagi ko\u2019ngillilar otryadi yomg\u2019ir yog\u2019ishiga qaramay, kun bo\u2019yi dushman hujumini qaytarib turdilar. Oxiri rus otryadi shahar chetiga chiqib ketishga majbur bo\u2019ldi. Bundan keyin ham Qiyot mahallasining ko\u2019ngillilari Anhorga qayta kelgan rus otryadi bilan qattiq jang qilgan. Bu vaqtlarda shahar aholisining ahvoli og\u2019irlaashib suvsizlik va tashlikdan azob chekmoqda edi. Toshkentliklar ahvol og\u2019irligiga qarmay, shaharni qo\u2019ldan bermaslikka qattiq harakat qildilar. Biroq rus otryadi ayrim xoin kishilar orqai shahardagi o\u2019q-dori omborini topib uni portlatishga muvaffaq bo\u2019ldilar. Bu shahar mudofaa taqdirini hal qilgan omillardan biri hisoblanadi. Suvsizlik, yo\u2019qchilik va o\u2019q-dorilar yetishmasligi pirovardida shahar xalqining tinkasini quritdi. Natijada 1865 yil 17 iyunda toshkentliklar dushman hujumiga bardosh bera olmay, taslim bo\u2019lishga majbur bo\u2019ldilar. General Chernyayev Shayhontohur, Beshyog\u2019och va boshqa aholi gavjum yashaydigan joylarga to\u2019plarni o\u2019rnatib darhol tinchlik sulhi tuzilmasa, shaharni yondirib va buzib tashlash haqida e\u2019lon tarqatdi. Shundan keyin general Chernyayev Hakimxo\u2019ja qozikalon, Abulqosim eshon, Domulla Solihbek, Ohun dalho va boshqa shahar kattalari bilan maxsus majlis o\u2019tkazdi. Bunda savdogarlar va sardorlar ham qatnashgan edi. Muzokara natijasida tinchlik sulhi tuzilib har ikki tomon ahdnomaga imzo chekdi. Ahdnoma shahar xalqining o\u2019z dinida va barcha ishlar shariat asosida olib borilishi ko\u2019rsatilgan. Zakot va xirojlar ham shariat bo\u2019yicha har yilda emas, balki har oyda olinishi lozim edi. Shuningdek, yerli xalqdan rus qo\u2019shiniga odamlarni jal qilmaslikka kelishildi. Ahdnomaga har bir to\u2019rt dahaning muhri bosildi. So\u2019ngra general Chernyayev shahar kattalariga duxoba va zar yoqali chakmonlar kiydirdi. Shu ravishda Toshkentning rus davlatiga taslim bo\u2019lishi haqidagi hujjat rasmiy ravishda qabul qilindi. Ahdnoma tuzilgandan keyin general Chernyayev shahar kattalarini o\u2019z tomoniga jalb etish va ularni tayanish maqsadida Hakimxo\u2019ja qozikalon uyiga borib unga qimmatli sovg\u2019alar va oltin medal berdi. So\u2019ngra general Chernyayev Registon rastasiga borib kambag\u2019al va gadolar orasiga tangalar sochdi. Urushda yaralangan kishilarga tibbiy yordam ko\u2019rsatildi.<\/p>\n\n\n\n<p>General Chernyayev shahar mudofaasida qatnashgan kishilarni jazolamay, ularni qo\u2019yib yubordi. U madrasalarga borib o\u2019qishlarni davom ettirishni taklif etdi. Urush vaqtida buzilgan uy-hovlilarni va do\u2019konlarni tiklash uchun general Chernyayev tomonidan mablag\u2019 ajratildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shubhasiz, general Chernyayev o\u2019z ta\u2019sirini o\u2019rnatish maqsadida ko\u2019rsatilgan tadbirlarni amalga oshirgan. Shuni aytib o\u2019tish lozimki, general Chernyayev yuqori rahbar doiralari ruxsatisiz, o\u2019zboshimchalik bilan Toshkentga yurish qilib, uni egalladi. Bu g\u2019alaba Peterburgda zo\u2019r mamnuniyatlik bilan qabul qilingan bo\u2019lsa-da, lekin davlat ishlarida qilingan o\u2019zboshimchalik ayrim yirik hukumat vakillari noroziligining kelib chiqishiga sabab bo\u2019lgan. Buning ustiga Toshkentning bosib olinishi xalqaro matbuotda katta shovqin-suron ko\u2019tarilishiga olib kelgan. Shuning uchun ham general Chernyayev o\u2019z harakatini oqlash maqsadida go\u2019yo Toshkent ixtiyoriy ravishda rus qo\u2019shinlariga bo\u2019ysunganligi haqida hujjat uyushtirishga kirishdi. U shahar kattalarini to\u2019plab aholi nomidan quyidagi mazmunda xat tayyorlashni buyurdi: \u201cNecha zamonlar va yillardan beri Turkistonda Farg\u2019ona xonlari hukmronlik qilib fuqarolarga ko\u2019p jabr-zulm o\u2019tkazgan\u2026 Ular zakot xirojlarni shariat asosida olmasdan ortiqcha olganlar va hech qachon marhamat qilmaganlar. Qadimgi urf-odat, taomildan voz kechib, ko\u2019p yillar mansab uchun katta kishilarni o\u2019ldirib fitnachi va ig\u2019vogarlar so\u2019ziga amal qilganlar. O\u2019rtada nohaq qonlar to\u2019kilib, ular shariatga va ulamolar so\u2019zlariga amal qilishdan bosh tortdilar. Farg\u2019ona va Turkiston zaminida ko\u2019p vaqtlar va ko\u2019pincha qipchoq, qozoq va qirg\u2019iz avboshlari va beboshlari hukmronlik qilib keldilar. Shuning uchun fuqaro va mamlakat tinchligi uchun tamomi ixtiyorimiz va rag\u2019batimizz bilan rus askarlaarini olib kelib ularga shaharni topshirdik\u201d. Ko\u2019rinib turibdiki, toshkentliklar bo\u2019lib o\u2019tgan hamma jang va voqealarni inkor qilib ixtiyoriy ravishda rus askarlariga bo\u2019ysunganliklarini tan olishlari lozim edi. Ko\u2019rsatilgan xatning mazmuni bayon etilgandan keyin shahar kattalari hayron bo\u2019lib turgan paytda domla Solihbek oxun dodho shunday javob qilgan: \u201cBizlar voqea va hodisalarni bekitmasdan ma\u2019lum qilamizki, Toshkentdan Oqmachitgacha va bu yerdan G\u2019uljagacha bo\u2019lgan shahar va qal\u2019alar Toshkentga qarar edi. Bu joylarni rus askarlari urush va talsh bilan qo\u2019llariga kirg\u2019izdilaar. Urush to\u2019satdan, muhlatsiz va suvsiz olib borildi. Toshkent shahri zulhijja oyining yarmidan boshlab safar oyining 12 chislosigacha, ya\u2019ni 42 kun davomida suvsiz, oziq-ovqatsiz qoldirildi. Mulla Alimqul lashkarboshi shahid bo\u2019lgandan keyin sardorsiz qoldi. Buxoro, Xorazm va farg\u2019onaliklar yordam bermadilar. Toshkent fuqarosi vatanlari va din uchun qattiq turib, urush-talashni davom ettirib seshanba kuni yarim kecha o\u2019tgandan keyin saharga yaqin rus askarlari xiyobon darvozasi va qal\u2019asning devori ustidan fuqaro uyqudaligi choqda kirdi. Shundan keyin yana urushga kirishib payshanba kunigacha kechayu-kunduz urushib turdilar. Bu o\u2019rtada ko\u2019p imoratlar, do\u2019konlar va uy-joylarga o\u2019t tushib och, tashna, suvsiz yakkama-yakka urushib bo\u2019lib oxirida yarashish sulhi tuzildi\u201d. Bu haqiqiy ahvolni aks ettiruvchi javob general Chernyayevni g\u2019azabga keltirdi. U domla mulla Solih oxun dodho so\u2019ziga qo\u2019shiluvchi kishilarni bir tarafga o\u2019tishlarini buyurdi. Shundan keyin shahar kattalaridan olti kishi jumladan, Xalimboy, Berdiboy, Azimboy, Fozilbachcha, Mulla Mirza\u2019alam oxun, Mulla Muzaffarxo\u2019ja va Mulla Fayzilar domla Solihbek oxun dodhoning so\u2019zini quvvatlab ko\u2019rsatilgan tomonga o\u2019tdilar. Bu kishilar va Solihbek oxun dodho darhol rus askarlari tomonidan o\u2019rab olinib qamoqqa jo\u2019natildi. Bu holat to\u2019plangan shahar kattalariga ta\u2019sir etgan bo\u2019lsa kerak, ular general Chernyayevning aytgan ahdnomasiga u ko\u2019rsatgn mazmunda tayyorlab berishni zimmalariga oldilar. Chunonchi, Hakimxo\u2019ja qozikalon ahdnomani bezash va tuzishni Abdusattor Qoraboshi o\u2019g\u2019liga topshirdi. Ahdnoma tayyorlanganidan so\u2019ng unga shahar kattalari va savdogarlari qo\u2019l qo\u2019yib va muhr bosib general Chernyayevga topshirildi. General Chernyayev Solih oxun dodho va uning hamrohlarini Tomskiga surgun qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>General Chernyayev ahdnomani Abdusaid va Hodixo\u2019ja nomli savdogarlarning qo\u2019liga berib, Peterburgga, podshohga olib borib berishni buyurgan. Rus hukumati bu ahdnomani bosqinchilik siyosatini bo\u2019yash va xalqaro matbuotda shovqin-surovni bartaraf qilish maqsadida chet mamlakatlarga tarqatadi. Jumladan, Turkiyadagi rus elchixonasi ahdnoma nusxalarini ko\u2019paytirib Istanbuldagi ko\u2019chalarga, bozorlarga, do\u2019konlarga umuman ko\u2019zga tashlanadigan joylarga yopishtirib qo\u2019yildi. Shunday qilib, general Chernyayev Toshkentga bostirib kirgandan so\u2019ng ikki ahdnomani, ya\u2019ni sulh shartari va haqiqiy ahvolni buzib ko\u2019rsatuvchi hamda mustamlakachilik siyosatiga xos bo\u2019lgan qalbaki hujjat tuzishga erishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>General Chernyayev Toshkentda yuqori tabaqa vakillarining ixtiyoridagi qullarni bo\u2019shatish haqida farmon chiqardi. Natijada, bir vaqtlar urush paytlarida asirlikka olingan yoki ko\u2019chmanchilar tomonidan keltirib sotilgan turli millatdagi unchalik ko\u2019p bo\u2019lmagan qullar ozod qilindi. General Chernyayev mahalliy yahudiylarni kamsitishga qaratilgan ayrim odatlarni bekor qildi. Jumladan, yahudiylarning bellarini ip bilan bog\u2019lab yurishi va belgilangan xildagi telpakni kiyishlari to\u2019g\u2019risidagi talab bekor qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>1866 yil avgust oyida Rus imperiyatorining Toshkentni Rus davlati \u2013 tobeligiga olganligi haqidagi rasmiy farmonni e\u2019lon qilindi. 1867 yilda esa Sirdaryo va Semirechensk (Yettisuv) oblastlarini o\u2019z ichiga olgan Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilib bu mansabga general K.P.Kaufman tayinlandi. Toshkent Turkiston general-gubernatorligining markazi bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu ravishda Toshkent Rus davlati territoriyasini bir qismiga va Chor hukumatining O\u2019rta Osiyoda to\u2019liq hukmronligini o\u2019rnatilishida muhim tayanchga aylantirildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>General Chernyayev bu shaharni egallash uchun tayyorgarlik ishlarini ko\u2019rib oziq-ovqat, qurol-aslaha va boshqa narsalarni oshkentga olib borishni uyutirish vazifasini Alimqulu tomonidan o\u2019ldirilgan Boyqozoqboyning o\u2019g\u2019li Oqmullaga topshirdi. Qo\u2019qon qo\u2019shinlari artelleriyasi ham &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toshkentning-urushib-olinishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14861,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-22227","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22227","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22227"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22227\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22233,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22227\/revisions\/22233"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14861"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22227"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22227"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22227"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}