{"id":22234,"date":"2022-03-24T08:09:20","date_gmt":"2022-03-24T05:09:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22234"},"modified":"2023-03-08T13:41:23","modified_gmt":"2023-03-08T10:41:23","slug":"buxoro-xonligining-boysundirilishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buxoro-xonligining-boysundirilishi\/","title":{"rendered":"Buxoro xonligining bo\u2019ysundirilishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Buxoro xonligining hukmdori Muzaffarxonning butun mintaqa taqdiri qil ustida turgan bir paytda Chor hukumatini tajovuziga qarshi keskin choralarni ko\u2019rmasligi xalqning g\u2019azabini uyg\u2019otdi. U shu darajada kaltafahm bo\u2019lganki toshkentliklar umum dushmanga qarshi harbiy yordam so\u2019raganlarida saroy ahli huzurida shunday degan: \u201cMen bir oddiy rus lashkarboshisi bilan urushni o\u2019zimga or deb bilaman. Agar urushmoqchi bo\u2019lsam, u vaqtda to\u2019ppa-to\u2019g\u2019ri Moskvaga yoki Peterburgga borib jang qilurman\u201d. Xonning bu mantiqsiz so\u2019zlari Buxoro jamoasining qonini qaytatib yubordi. Bu holat ayniqsa rus qo\u2019shinlari tomonidan Toshkentni bosib olingandan keyin avjiga mindi. Xususan ruhoniy va ziyoli vakillari xonni qo\u2019rqoqlikda aybladilar. Aholi xon saroyini qurshab toshbo\u2019ron qildilar. Hatto, Muzaffarxon xoinlikda ayblanib o\u2019ldirilishi ma\u2019lum qilindi. Nihoyat, xalqning qattiq siquvi va talabi orqasida Muzaffarxon ayrim choralarni ko\u2019rishga majbur bo\u2019ldi. Masalan, Jizzax qal\u2019asini mustahkamlarga mablag\u2019 ajratilib qo\u2019shin harbiy salohiyati kuchaytirildi. Bu shahar mudofaa qobiliyati ancha mustahkamlandi. 1866 yil yanvar oyini oxirida general Chernyayev 15 ta piyoda rotasi, 100 kazak va 16 to\u2019plar bilan Jizzaxga hujum qildi. Biroq rus qo\u2019shinlari vatan himoyachilarining qahramona jangi tufayli Jizzaxni ololmay Toshkentga qaytishga majbur bo\u2019ldi. Bu g\u2019alaba barcha qatori Muzaffarxonni ham ruhlantirdi. Shundan keyin Muzaffarxon umuman \u201cg\u2019azot\u201d e\u2019lon qilib 100 ming odam to\u2019pladi. Ularni orasida qo\u2019shindan tashqari qo\u2019liga nima tushsa shu bilan qurollangan xalq olomoni ko\u2019pchilikni tashkil qilgan. Ular amir Muzaffar boshliq Jizzaxga va bu yerdan Sirdaryoning chap qirg\u2019og\u2019idagi \u201cSassiq ko\u2019l\u201d degan joyga keldilar. Buni qarangki, Muzaffar bo\u2019lajak jangga puxta tayyorgarlik ko\u2019rish o\u2019rniga ichki kiyimda o\u2019tirib shaxmat o\u2019ynash va ashula eshitish bilan vaqtini o\u2019tkazdi. Shu onda rus qo\u2019shinlari birdaniga hujum qilganda u darhol yalang\u2019och holda otga minib qochadi. Xalq olomoni va qo\u2019shin ham turli tomonga qochib to\u2019zib ketadi. Bu voqea 1866 yil 8 mayda \u201cSassiq ko\u2019l\u201dni yaqini joylashgan Irjar degan joyda sodir bo\u2019ldi. Bu yerda rus qo\u2019shinlari general Romanovskiy boshchiligida urushdilar. Ahmad Donishning so\u2019zicha qanchadan-qancha odamlar halok bo\u2019ldilar va jarohatlandilar. Ko\u2019p odamlar orqaga qaytishda yo\u2019llarda misli ko\u2019rilmagan azob-uqubatlarni boshidan kechirganlar. Muzaffarxon bir joyda to\u2019xtaganda ma\u2019lum bo\u2019ldiki, u qo\u2019rqanidan ishtonini bulg\u2019ab qo\u2019ygan ekan. Mana, xohlasam Moskvaga borib urushaman deb chirangan hukmdorni asli basharasi qanday bo\u2019lgan. Rus qo\u2019shinlari ko\u2019p miqdorda harbiy qurollarni, shu jumladan 26 to\u2019pni, 670 puddan ortiq poroxni va 220 ming patronni o\u2019ljaga oldilar. Ular 1868 yil 19 maydan 20 mayga o\u2019tar kechasi 18 ta to\u2019plardan o\u2019q uzi Xo\u2019jandga hujum qildilar. Bu yerda xalq shu darajada qattiq jang qildiki, bundan g\u2019azabangan dushman qo\u2019shini shahar yalpisiga o\u2019qqa tutishni orqasida 20 mingdan ortiq kishilar o\u2019ldirildi va uy-joylar vayronaga aylantirildi. 1866 yilning 11 oktabrida Chor qo\u2019shini general Krijanovskiy boshchiligida Jizzaxni qurshab oladi. Jizzaxdagi jang shu darajada dahshatli bo\u2019lganki, odam qoni bamisoli ariq suviga o\u2019xshab oqqan. Himoyachilarning qahramonligi va jasoratini hatto Chor qo\u2019shinlari ham tan olgan. Bu jangda himoyachilardan 2 yarim ming kishi o\u2019ladi va ko\u2019plab kishilar yarador bo\u2019ladi. Pirovardida Jizzax dushman tomonidan egallandi. 1867 yilning 7 iyunida dushman qo\u2019shini Jizzax va Samarqand o\u2019rtasida joylashgan Yangiqo\u2019rg\u2019onda 45 ming kishilik Buxoro qo\u2019shini va xalq ko\u2019ngillilarini qattiq jang bilan mag\u2019lubiyatga uchratdi. 1868 yil mayda esa Samarqand shahri ostonasidagi Cho\u2019ponota tepaligida urush bo\u2019ladi. Bu yerda himoyachilarda ko\u2019p kishi qirildi, yarador qilinadi. Chor askarlari ertasiga Samarqand shahriga bostirib kiradilar. Vahimaga tushgan yerlik aholi dushmanga qarshi tura olmaydi. Bundan xabar topgan amir Muzaffar qattiq dahshaatga tushib, xabarchini \u201cshum so\u2019zlari\u201d uchun darhol osib o\u2019ldirishga farmon beradi. Uning vasvasasi asta-sekin yig\u2019iga aylanib: \u201cXudo mani Samarqanddan mahrum qilgandan ko\u2019ra jonimni olgani yaxshi edi\u201d deb nola chekadi. Amirning noshudligi va mag\u2019lubiyati xalqning noroziligi va g\u2019azabini yanada kuchaytirdi. Ayniqsa, uning Chor hukumti bilan sulh tuzishga moyilligi vaziyatni o\u2019ta keskinlashtirdi. Natijada Buxoro atrofidagi aholi qanday bo\u2019lmasin urushni davom ettirishni talab qilib qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tardilar. Ammo Muzaffar xalq qo\u2019zg\u2019olonining butun Zarafshon vodiysiga tarqalib ketishidan qo\u2019rqib, darhol chorizmga qarshi harbiy yurish uyushtirdi. Cho\u2019li Malik degan joy qo\u2019zg\u2019olon markaziga aylandi. Bu yerda oybolta, so\u2019yil, nayza va shunga o\u2019xshash narsalar bilan qurollangan qo\u2019zg\u2019olonchilarning asosiy kuchlari to\u2019plangan edi. Biroq qo\u2019zg\u2019olon bostirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Talvasaga tushgan amir nima qilishini bilmay o\u2019z atrofidagi beklar bilan kengash o\u2019tkazib sulh tuzish yoki urushni davom ettirish masalasini muhokamaga qo\u2019ydi. Kengashda birinchi bo\u2019lib so\u2019z olgan lashkarboshi Usmonbek shunday dedi: \u201cXonlik xalqi urushni davom ettirishni talab etayotgan bir paytda kofirlar kontributsiya (tovon) to\u2019lashdan ko\u2019ra bir tomchi qon qolguncha kurashish afzalroqdir\u201d. Bu fikrni kengash qatnashchilari qo\u2019llab-quvvatladilar. Shunday keyin 15 ming otliq, 6 ming piyoda va 14 ta to\u2019pdan iborat Buxoro qo\u2019shini Zirabuloq tepaligiga kelib o\u2019rnashdi. Qo\u2019shinni ruhlantirish va g\u2019alabaga chorlash niyatida amir Muzaffar ularga quyidagi tarzda murojaat qildi: \u201cSodiq musulmon fuqarolari, sizlarning zahmatlaringiz uchun rahmat, sizlarni ishontiramanki, g\u2019alaba biz tomonda bo\u2019lgay. Samarqand va Kattaqo\u2019rg\u2019onning qo\u2019ldan ketishi biz uchun unchalik yo\u2019qotish emas. Biz temuriylar avlodimiz, biz o\u2019z yerimizni qanday qaytarib olishni ko\u2019rsatib qo\u2019yamiz. Musulmonlar, men dinimiz va vatanimiz uchun musulmon ahlining qahramonona jang qilishiga, kofirlarga ko\u2019z o\u2019ngida namoyish qilishingizga umid qilaman. Xalq bizdan g\u2019alaba kutyapti, u jangdan so\u2019ng sizlarni qarshi olganida din va Vatan himoyasi uchun kurashib yerimizni kofirlardan tozalaganlar deb aytishsin. Zirabuloq jang maydonida halok bo\u2019lganlar sharafiga shonli yodgorlik o\u2019rnatiladi. Musulmonlar, Turkison general-gubernatori talab qilayotgan 125 ming tilla (500 ming so\u2019m) tovonni sizlarga sovg\u2019 sifatida beriladi. Ishonchim komilki, sizlar mening umidlarimni ro\u2019yobga chiqarib, samarqandliklar to\u2019nidagi qora dog\u2019ni yuvasizlar. Musulmonlaar, sizlarga zafar yor bo\u2019lsin\u201d. Ushbu murojaat to\u2019p o\u2019qlari ovozi ostida o\u2019qib eshittiriladi. 1868 yil 2 mayda general K.P.Kaufman qo\u2019mondonligidagi qo\u2019shin va himoyachilar o\u2019rtasida jang boshlandi. Buxorolik mudofaachilar \u201cOlinglar, olinglar axir\u2026\u201d deyishib dushmanga qarshi hujum qildilar. Ammo ko\u2019p talofat ko\u2019rib mag\u2019lubiyatga uchraydilar. Bu haqdagi xabar butun Buxoro xalqi g\u2019azabini yanada kuchaytiradi. Amir qo\u2019rqib Qizilqum tarafga qochib ketadi. Zirabuloqdagi jang vaqtida Samarqandda chorizmga qarshi xalq qo\u2019zg\u2019oloni boshlanadi. Ona yurt himoyasiga shahar atrofidagi qishloq va ovullardan minglab kishilar kelib qo\u2019shildilar. General-gubernator K.P.Kaufmanning yozishicha, Kattaqo\u2019rg\u2019ondan to Samarqandgacha bo\u2019lgan yerlarda kishilarni kam uchratgan. Bunga sabab naymanlar, qoraqalpoqlar, xitoy, qipchoqlar, qirq ko\u2019zlar va boshqa qabilalar Jo\u2019rabek va Bobobek boshchiligida Shahrisabzdan kelayotgan 20 ming kishilik qo\u2019shin va qasoskorlarga qo\u2019shilib, Samarqanddagi qo\u2019zg\u2019olonchilar safini to\u2019ldirgan edi. Natijada, Samarqand chorizmga qarshi umumxalq kurashining o\u2019chog\u2019iga aylandi. Bir necha ming kishilik qo\u2019zg\u2019olonchilar shahar qal\u2019asida o\u2019rnashgan chor qo\u2019shinini qurshab olib janggi kirishdilar. Ammo Shahrisabz beklari chor qo\u2019shinlariga yordamchi kuchlar kelayotganligidan xabar topib, Samarqandni tashlab chiqadilar. \u201cShundan keyin, &#8212; deb yozadi K.P.Kaufman, &#8212; shahar ahli qishloqlardan kelayotgan xalq ko\u2019ngillilari bilan birgalikda qal\u2019aga hujum qilishni davom ettiradilar\u201d. Bu vaqt ichida har ikki tomondan ko\u2019plab kishi qurbon bo\u2019ladi va yarador qilinadi. 8 iyunda general K.P.Kaufman boshchiligida qo\u2019shinlar shaharga bostirib kirib, qo\u2019zg\u2019olonni shafqatsizlik bilan bostiradi. Ular shahar bozorini o\u2019qqa tutadilar. Qo\u2019zg\u2019olon qatnashchilaridan 19 kishi o\u2019limga va 19 kishi Sibirga umrbod surgunga hukm qilinadi. Buning ustiga qo\u2019zg\u2019olonchilarning aksariyati jangda halokatga uchragan. Chor qo\u2019shinlaridan esa 275 kishi o\u2019ldirildi va yarador qilindi. Boshqa joylarda bosqinchilardan bunchalik ko\u2019p kishilik talofat ko\u2019rmagan edi. Shuning uchun general K.P. Kaufman \u201cSamarqand qal\u2019asidagi talofatni juda katta yo\u2019qotish\u201d, deb baholaydi. Bu vaqtda Amir Muzaffarning obro\u2019si va mavqei tobora tushib, taxtda zo\u2019rg\u2019a ilinib turardi. Amir Karmanaga kelib, o\u2019z amaldorlari ishtirokidagi kengashda Chor hukumati bilan sulh tuzishdan bo\u2019lak chora kelmaganini ma\u2019lum qilib: \u201cEndilikda barcha qo\u2019shin va qurol aslahalarni, to\u2019plarni oq podshohga topshirib men Makaga hajga borisga ruxsat berishini undan so\u2019rayman. Sezib turibmanki, mening o\u2019limim yaqin, taqdirim va hayotim xalqning qo\u2019lida\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>1868 yilning 28 iyunida amir Muzaffarning elchilari Samarqandga K.P.Kaufman huzuriga kelib, sulh tuzishga rozilik bildiradilar. Sulhga ko\u2019ra Samarqand, Kattaqo\u2019rg\u2019on va Zarafshon daryosining yuqori qismi xonlikadan ajratib olinib, Rossiya tarkibiga kiritildi. Amir tovon sifatida 500 ming so\u2019m tilla pul to\u2019lashga va xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqa o\u2019rnatmaslikka rozilik beradi. Shuningdek, Rossiya savdogarlariga xonlik tasarrufida bemalol savdo-sotiq ishlari bilan shug\u2019ullanishga hamda karvonsaroylar qurishga ijozat etildi. Ular to\u2019laydigan savdo bojlari miqdori buxoroliklar to\u2019laydigan bojlardan oshmasligi kerak edi. Xullas, shartnoma tuzilgandan so\u2019ng Buxoro amiri urushni rasman to\u2019xtatib, rus davlatiga tobeligini tan oladi. Bu esa vatanparvar va hur fikrli odamlarning qattiq noroziligiga sabab bo\u2019ladi. Xatto amirning o\u2019g\u2019li Katta To\u2019ra va bir necha nufuzli beklar birlashib, Muzaffarxon va chorizm istilochilariga qarhi kurashni davom ettiradilar. Ular amirning taxtdan mahrum etilganligini e\u2019lon qilib, Shahrisabz va Kitobda katta kuch to\u2019pladilar. Shahrisabz beklari Katta To\u2019rani xon deb e\u2019lon qiladilar. Natijada, amir Muzaffarning ahvoli nihoyatda og\u2019irlashadi. Ota-bola qo\u2019shinlari o\u2019rtasida Samarqand yaqinidagi Xom qishlog\u2019ida sodir bo\u2019lgan jangda amir sarbozlari yengiladi. Shundan so\u2019ng amir Chor ma\u2019muriyatiga harbiy yordam so\u2019rab murojaat qiladi. Buni inobatga olgan general Abramov 1870 yilida Shahrisabz va Kitobda Jo\u2019rabek va Bobobek boshchiligidadgi qo\u2019shin va olomonni yengib, u joylarni amir Muzaffar ixtiyoriga topshiradi. Bundan ilgari, ya\u2019ni 1868 yilda Chor qo\u2019shinlari tomonidan bosib olingan Qarshi shahri ham amirga qaytariladi. Bu bilan Chor hukumati Muzaffarning Rus davlatiga yanada itoat etishini mustahkamlab borgan. Amir shu sulh shartlarini og\u2019ishmay bajaraveradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Buxoro xonligining hukmdori Muzaffarxonning butun mintaqa taqdiri qil ustida turgan bir paytda Chor hukumatini tajovuziga qarshi keskin choralarni ko\u2019rmasligi xalqning g\u2019azabini uyg\u2019otdi. U shu darajada kaltafahm bo\u2019lganki toshkentliklar umum dushmanga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buxoro-xonligining-boysundirilishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14861,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-22234","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22234","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22234"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22234\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55332,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22234\/revisions\/55332"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14861"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22234"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22234"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22234"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}