{"id":22315,"date":"2022-03-24T09:23:35","date_gmt":"2022-03-24T06:23:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22315"},"modified":"2022-03-24T09:23:36","modified_gmt":"2022-03-24T06:23:36","slug":"chor-bakr","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chor-bakr\/","title":{"rendered":"CHOR BAKR"},"content":{"rendered":"\n<p>CHOR BAKR \u2014 Buxoroda yashab o&#8217;tgan (9-10-asrlar) mashhur to&#8217;rt Shayx, masavvufning yirik namoyandalari. Chor Bakrlarning ajdodlari payg&#8217;ambar Muhammad (sav)ning nabirasi Imom Husaynga borib taqaladi. Ular Ali avlodlaridan 4-imom bo&#8217;lgan Ja&#8217;far as-sodiqning nevaralari hisoblangan. Abu Bakr Sa&#8217;d, Abu Bakr Axmad ibn Xoja Sa&#8217;d Yamaniy (9-asr oxiri \u2014 971), Buxoroda tug&#8217;ilgan. Uning otasi Xoja Sa&#8217;d Yamaniy Imom Husaynning Zaynulobidin ismli o&#8217;g&#8217;lining farzandi bo&#8217;lib, u Buxoroga Ali ibn Alhusayn bilan birgalikda kelib qolgan (9-asrning so&#8217;nggi choragi). Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar amiri Ismoil Somoniy unga Buxoro yaqinidagi Jo&#8217;yi Mo&#8217;liyon mavzeidagi serhosil yerlarning katta qismini vaqf qilib bergan. Xoja Sa&#8217;d Buxoro atrofidagi Sumitan qishlog&#8217;ida chorbog&#8217;, bog&#8217;, Sardoba, tegirmon, hovuz va boshqa binolar barpo etib, bu yerdan katta daromad olgan. Abu Bakr Sa&#8217;d va uning avlodlari Somoniylar davrida Buxoroda shayxulislomlik qilishgan. Abu Bakr Sa&#8217;d otasi vafot etgach, uning o&#8217;rniga Ismoil Somoniyning piri hisoblangan. U fikd maktabini tashkil etib, ko&#8217;plab ulamolarga ustozlik qilgan. Abu Bakr Fazl, Abu Bakr Muhammad ibn Fazl ibn Ja&#8217;far al-Buxoriy (9-asrning 2-yarmi \u2014 937), Imom Ja&#8217;far assodiq avlodidan. Somoniylar davrida Buxoroga kelib qolgan. Uning &#171;Musnadi Fazl&#187; kitobi ayniqsa mashhur bo&#8217;lib, bu asar Chingizxon Buxoroni bosib olganda yondirib yuborilgan. Abu Bakr Muhammad, Abu Bakr Muhammad ibn Hamid (9-asrning 2-yarmi \u2014 937). Unga &#171;Shayx ul olam&#187; unvoni berilgan. U Abu Bakr Fazl bilan bir yilda vafot etgan va ikkalasining qabrlari ham bir joyda yonmayon joylashgan. Abu Bakr Tarxon, Imom Abu Bakr Tarxon (9-asrning 2-yarmi \u2014 945). &#171;Kitobi Mullazoda&#187; asarida yozilishicha, u &#171;Jome&#8217; va Musnad&#187; kitobini yozgan. Chor Bakrlar Buxoroda vafot etgan va shahar yaqinidagi Sumitan mavzeida dafn etilgan. Ularning kabrlari ustida Abdullaxon II (16 asr) davrida hashamatli maqbara va boshqa me&#8217;moriy inshootlar qurilgan. Chor Bakrlar shajarasidan 16-asrda Jo&#8217;ybor xojalari nomi bilan mashhur bo&#8217;lgan Naqshbandiya tariqatining yirik shayxlari yetishib chiqqan. Buxorolik shoir Toshpo&#8217;lat Ahmad Chor Bakrlar faoliyati haqida &#171;Chor Bakr&#187; (1999) dostonini yozgan. Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Gafurova L.G., Kitobi Mullazade, T., 1992; Husenov S, Rajabova I., Chor Bakr, T., 2001; Yo&#8217;ldoshev N., Qurbonov H., Buxoro shahri va uning atrofidagi ziyoratgohlar tarixi, Buxoro, 2001. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHOR BAKR \u2014 Buxoroda yashab o&#8217;tgan (9-10-asrlar) mashhur to&#8217;rt Shayx, masavvufning yirik namoyandalari. Chor Bakrlarning ajdodlari payg&#8217;ambar Muhammad (sav)ning nabirasi Imom Husaynga borib taqaladi. Ular Ali avlodlaridan 4-imom bo&#8217;lgan Ja&#8217;far &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chor-bakr\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-22315","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22315","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22315"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22315\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22320,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22315\/revisions\/22320"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22315"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22315"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22315"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}