{"id":22317,"date":"2022-03-24T09:23:58","date_gmt":"2022-03-24T06:23:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22317"},"modified":"2022-03-24T09:23:59","modified_gmt":"2022-03-24T06:23:59","slug":"chor-darvesh","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chor-darvesh\/","title":{"rendered":"&#171;CHOR DARVESH&#187;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;CHOR DARVESH&#187; \u2014 Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan ishqiy sarguzasht asar. Dastlabki nusxasi 18-asrda O&#8217;rta Osiyoda forsiy tilda noma&#8217;lum muallif tomonidan yaratilgan. &#171;Chor darvesh&#187;ning syujeti boshqa sarguzasht asarlarga o&#8217;xshab roviy xarakterga ega. &#171;Chor darvesh&#187; muqaddima va xotimadan tashqari, 5 qismdan \u2014 Rum moliki Ozodbaxt va to&#8217;rt darveshning sarguzashti tasviridan iborat. Ozodbaxt befarzand edi. Kunlardan bir kun taxt vorisi \u2014 farzand dog&#8217;ida yurgan Ozodbaxt kabriston ziyoratiga borib, to&#8217;rt darveshga uchrab suhbatlashadi. Ulardan ikki nafari Ozodbaxtga o&#8217;z sarguzashtlarini hikoya qiladi. Shundan so&#8217;ng podsho darveshlarni saroyga eltib, ziyofat beradi va qolgan ikki darveshning ko&#8217;rgan-kechirganlarini tinglaydi. Qissaxonlik ayni qizigan paytda saroy xodimi podshoh xotinlaridan biri farzand ko&#8217;rganligi haqida xushxabar keltiradi. Ozodbaxtning farzand ko&#8217;rishi, qissalar oxirida darveshlarning murod-maqsadlariga erishishi tafsilotlari &#171;Chor darvesh&#187;ning syujetini tashkil qiladi. Qissa ichida qissa shaklidagi bu asarda mardlik va jasorat, insonsevarlik va ilm-ma&#8217;rifat, yuksak axloq-odob targ&#8217;ib etilib, xoinligu pastkashlik, nopokligu ta&#8217;magirlik, boylikka ruju qo&#8217;yish, xudbinlik qattiq qoralanadi. Farang, Rum, Shom podsholarining qizlari ayshishrat, rohat va farog&#8217;atdan chin muhabbat yo&#8217;lida sadoqatni, insonsevarlik, adolatpeshaligu haqiqatparvarlikni Afzal biladilar, sodiq do&#8217;st uchun jonfidolik qiladilar. Darveshlar siymosida ham ana shu xislatlar mujassam. Barcha sarguzasht qissalar singari &#171;Chor darvesh&#187; ham nasrnazm aralash tarzda bitilgan. 19-asrda &#171;Chor darvesh&#187; Bombay, Toshkent shaharlarida toshbosma usulda bir necha bor chop etilgan. &#171;Chor darvesh&#187; ning O&#8217;zbekcha (Xiromiy dostoni), qozoqcha (Shodi To&#8217;ra dostoni) hamda &#171;Bog&#8217;u bahor&#187; nomida Urducha (Mir Ammon Dexdaviy qissasi) variantlari ham yaratilgan. Ad.: Braginskiy I.S, Istoriya tadjikskoy narodnoy poezii, M., 1960.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;CHOR DARVESH&#187; \u2014 Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan ishqiy sarguzasht asar. Dastlabki nusxasi 18-asrda O&#8217;rta Osiyoda forsiy tilda noma&#8217;lum muallif tomonidan yaratilgan. &#171;Chor darvesh&#187;ning syujeti boshqa sarguzasht asarlarga o&#8217;xshab roviy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chor-darvesh\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-22317","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22317","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22317"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22317\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22322,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22317\/revisions\/22322"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22317"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22317"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22317"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}