{"id":22332,"date":"2022-03-24T10:09:50","date_gmt":"2022-03-24T07:09:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22332"},"modified":"2022-03-24T10:09:52","modified_gmt":"2022-03-24T07:09:52","slug":"chorbog","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chorbog\/","title":{"rendered":"CHORBOG&#8217;"},"content":{"rendered":"\n<p>CHORBOG&#8217; \u2014 Sharq mamlakatlarida atrofi devor bilan o&#8217;rab olingan ko&#8217;shk, ayvon, qo&#8217;rg&#8217;onli tartib asosida tuzilgan bog&#8217;. Chorbog&#8217; uchun tekis, suvli, daraxtli joy tanlanadi; notekis (nishabli) joylar pog&#8217;ona-pog&#8217;ona sahnlarga keltiriladi, sun&#8217;iy sharsharalar qilish imkoniyatlari yaratiladi. Chorbog&#8217; murabba yoki to&#8217;rtburchak tarhli bo&#8217;lib, kirish har 4 tarafning o&#8217;rtalaridan tashkil etiladi; hududi yo&#8217;lka va ariqlar yordamida ayrim bog&#8217;chalarga, bog&#8217;chalar esa yana o&#8217;z navbatida chamanzorlarga bo&#8217;linib, chorchamanlarni tashkil qiladi. Chorbog&#8217; mujassamotining markazini bino (qo&#8217;rg&#8217;on, ko&#8217;shk) egallaydi. Baland bo&#8217;yli daraxtlar devorga yaqin ekiladi, undan so&#8217;ng mevali daraxtlar va gullar tartib bilan ekiladi, ularning erta bahordan kech kuzgacha ochilib turishiga e&#8217;tibor beriladi. Bino mujassamoti Chorbog&#8217;ni turli nuqtalardan ko&#8217;rish imkonini beradigan tarzda, 1\u2014 2 qavatli, Markaziy mujassamotli qilib quriladi: o&#8217;rtada atrofini ayvonlar o&#8217;rab olgan Chordara xona bo&#8217;lib, 2 qavatga bino burjlaridagi zinalar orqali chiqiladi. Suv inshootlaridan katta ariqlar va hovuzga suv keladi, hovuz shakllari hamda favvoraga alohida e&#8217;tibor beriladi. Chorbog&#8217;da, shuningdek, o&#8217;tov, chodir kabilarni o&#8217;rnatish uchun joylar ajratiladi. Chorbog&#8217;dagi qushlar (mas, tustovuq, tovus va boshqalar) unga o&#8217;zgacha ko&#8217;rk bag&#8217;ishlaydi. Chorbog&#8217; qadimdan yaratilib kelingan, Temuriylar va Boburiylar davrida ravnaq topgan, mohir bog&#8217;soz ustalar yetishib chiqqan. Jumladan, 16-asrda yashagan hirotlik Mirak Sayid G&#8217;iyos bog&#8217;rejasini tuzish, yer osti inshootlarini loyihalashga mohir bo&#8217;lgan, uning Buxoroda ham Ubaydullaxon uchun bog&#8217; barpo qilgani manbalardan ma&#8217;lum. 13-asr oxiriga oid risolada, 16-asrda qayta ko&#8217;chirilgan &#171;irshod uzziroat Fi ilmilhirosat&#187; risolasida Chorbog&#8217; yaratish hakida qimmatli ma&#8217;lumotlar bayon qilingan, hatto risolaning bir bobi &#171;ko&#8217;chat, gul, daraxt, muattar o&#8217;tlar o&#8217;tkazish, Chorbog&#8217;ga tartib berish va uni barpo qilishda izchillikka rioya qilish&#187; deb ataladi. Risolada Chorbog&#8217;ning eng maqbul turi keltiriladi hamda turli tavsiyalar bilan birga mujassamotda simmetriya, ritm, rang kabi masalalarga aloxida ahamiyat berilib, mevali daraxtlarga keng o&#8217;rin ajratiladi. Chorbog&#8217; 19-asrning 2-yarmi 20-asrning boshlarida ham bunyod etilgan (Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa, Qo&#8217;qon xonining oyim qishlog&#8217;idagi, Xivadagi Nurullaboy Chorbog&#8217;lari va boshqalar). Xayrulla Po&#8217;latov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHORBOG&#8217; \u2014 Sharq mamlakatlarida atrofi devor bilan o&#8217;rab olingan ko&#8217;shk, ayvon, qo&#8217;rg&#8217;onli tartib asosida tuzilgan bog&#8217;. Chorbog&#8217; uchun tekis, suvli, daraxtli joy tanlanadi; notekis (nishabli) joylar pog&#8217;ona-pog&#8217;ona sahnlarga keltiriladi, sun&#8217;iy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chorbog\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-22332","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22332","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22332"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22332\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22336,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22332\/revisions\/22336"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22332"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22332"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22332"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}