{"id":22334,"date":"2022-03-24T10:10:42","date_gmt":"2022-03-24T07:10:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22334"},"modified":"2022-03-24T10:10:43","modified_gmt":"2022-03-24T07:10:43","slug":"chorvachilik-instituti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chorvachilik-instituti\/","title":{"rendered":"CHORVACHILIK INSTITUTI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHORVACHILIK INSTITUTI, O\u2019zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti \u2014 ilmiy muassasa. O\u2019zbekiston qishloq va suv xo&#8217;jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo&#8217;jaligi ilmiyi.ch. markazi tarkibida. Toshkent viloyati Qibray tumanidagi qizil Shalola posyolkasida joylashgan. 1939 yil 29 noyabrda O&#8217;rta Osiyo chorvachilik hamda otchilik styalari negizida tashkil etilgan. Institutda 23 bo&#8217;lim (sutdor qoramollar selektsiyasi va ularni ko&#8217;paytirish hamda sut ishlab chiqarish texnologiyasi; go&#8217;shtdor qoramollar selektsiyasi va ularni ko&#8217;paytirish hamda ishlab chiqarish texnologiyasi; qo&#8217;ychilik va echkichilik; cho&#8217;chqachilik va cho&#8217;chqa go&#8217;shti ishlab chiqarish; parrandachilik, parrandalar selektsiyasi va genetikasi; otchilik; qishloq xo&#8217;jaligi hayvonlarini oziqlantirish va boshqalar), maxsus tadqiqotlar olib boruvchi guruhlar bor. Institut tarkibida Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi filiali, Toshkent viloyatida &#171;qizil Shalola&#187; tajriba xo&#8217;jaligi, A. Usanov nomidagi shirkatlar uyushmasi (go&#8217;shtdor qoramolchilik va santagertruda zotli qoramollarni ko&#8217;paytirish bo&#8217;yicha); &#171;Erkin&#187; shirkatlar uyushmasi (makkajo&#8217;xori selektsiyasi va urug&#8217;chiligi bo&#8217;yicha); Surxondaryo tayanch punkti (go&#8217;sht yo&#8217;nalishidagi qoramollarni urchitish bo&#8217;yicha); Samarqand laboratoriyasi (qoraola zotli qoramollarni ko&#8217;paytirish bo&#8217;yicha); fermentlar ishlab chiqaruvchi laboratoriyasi, Parrandachilik selektsiyagenetika stansiyasi; Chatqol asalarichilik tajriba xo&#8217;jaligi; Bushuev zotli qoramollarni tarqatish korxonasi; chorva va parranda zotlari, ozuqabop ekinlar, chorvachilikni mexanizatsiyalash bo&#8217;yicha ko&#8217;rgazma paviloni; chorvadorlar ilg&#8217;or tajriba va mexanizatorlar malakasini oshirish maktabi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Institut faoliyatining asosiy yo&#8217;nalishlari: chorva mollari va parrandalarning mavjud zotlarini takomillashtirish va yangi zotlarini yaratish; ozuqabop ekinlarning serhosil navlari va duragaylarini yaratish; chorvachilik va yem-xashak yetishtirishning jadal texnologiyalarini ishlab chiqish; chorva mollari va parrandalarni ilmiy asoslarda boqish, ularning mahsuldorligini oshirishning biologik asoslarini o&#8217;rganish va boshqalar. Institut tashkil etilgandan beri sutdor Bushuev zotli qoramol, jundor va tivit beradigan O&#8217;zbekiston echki zotlari, qoraola va qizil cho&#8217;l zotli qoramollarning 4 tizimi, go&#8217;sht yo&#8217;nalishidagi qoramol zotlarining nasldor podasi, qo&#8217;ylarning 9 tizimi, tovuqlarning mahsuddor 2 ta guruhi, ozuqabop ekinlarning 16 navi va duragaylari yaratildi. O&#8217;tgan davr ichida institutda 1 akademik, 20 dan ortiq fan doktori va 300 dan ortiq fan nomzodlari yetishib chiqdi. Intda ilmiy kutubxona, aspirantura, ixtisoslashgan ilmiy kengashlar mavjud. Ilmiy asarlar, monografiyalar, tavsiyanomalar nashr etiladi. Murodilla Ashirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHORVACHILIK INSTITUTI, O\u2019zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti \u2014 ilmiy muassasa. O\u2019zbekiston qishloq va suv xo&#8217;jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo&#8217;jaligi ilmiyi.ch. markazi tarkibida. Toshkent viloyati Qibray tumanidagi qizil Shalola posyolkasida joylashgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chorvachilik-instituti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-22334","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22334","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22334"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22334\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22338,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22334\/revisions\/22338"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22334"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22334"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22334"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}