{"id":22368,"date":"2022-03-25T17:30:26","date_gmt":"2022-03-25T14:30:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22368"},"modified":"2022-03-25T17:30:28","modified_gmt":"2022-03-25T14:30:28","slug":"avstriya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/avstriya-2\/","title":{"rendered":"Avstriya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Avstriya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Vena. Hududi \u2014 83,9 ming km.kv. Aholisi \u2014 8,2 mln kishi (2012). Davlat tili \u2014 nemis. Dini \u2014 katoliklar (86%), protestantlar (5,5%), boshqa dinlar (8,5%). Pul birligi \u2014 yevro.\u00a0<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Geografik joylashuvi va tabiati.<\/strong>\u00a0Avstriya Markaziy Yevropada joylashgan davlat bo\u2018lib, janub\u00adda \u2014\u00a0Italiya\u00a0va\u00a0Sloveniya, janubi g\u2019arbda\u00a0Shveysariya, g\u2018arbda\u00a0Germaniya\u00a0va\u00a0Lixtenshteyn, shimolda\u00a0Chexiya, sharqda\u00a0Vengriya, shimoli sharqda\u00a0Slovakiya\u00a0davlatlari bilan chegaradosh. Mamlakat hududining 75% ini Sharqiy Alp togiari va tog\u2018oldi hududlari egallagan. Eng baland nuqtasi \u2014 Glokner tog\u2018i (3797 m). Alp tog\u2018lari shimolda Tirol va Zalsburg Alplaridan hamda janubda Sillertal va Karnik Alplaridan iborat. Hududning qolgan qismini Dunay daryosi yaqinida joylashgan tekisliklar tashkil etadi.\u00a0Iqlimi mo\u2018tadil-kontinental.\u00a0Avstriyaning tekislik qismida iqlim issiq va nam. Mamlakatning asosiy suv resurslari: Dunay daryosi va Neyzidler-Ze hamda Boden ko\u2018llaridir. Asosiy foydali qazilmalari: temir rudasi, neft, yog\u2018och, aluminiy, qo\u2018rg\u2018oshin, mis, toshko\u2019mir va qo\u2018ng\u2018ir ko\u2018mir.\u00a0<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a0<strong>Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.<\/strong>\u00a0Avstriya 9 federal hududlarga bo\u2019lingan parlamentlik, federativ respublika. Federal hududlari: Burgenland, Karintiya, Vena, Yuqori Avstriya, Quyi Avstriya, Zalsburg, Shtiriya, Tirol, Forarlberg. Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident, ammo ijro etuvchi hokimiyat boshlig\u2018i \u2014 Ministrlar Kengashi raisi \u2014 kansler. Ikki palatali parlament (Federal yig\u2018in) \u2014 Federal Kengash va Milliy Kengashdan tashkil topgan. Siyosiy partiyalari: Avstriya sotsial-demokratik partiyasi, Avstriya xalq partiyasi, Kommunistik partiya, Yashil muqobillik partiyasi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.<\/strong>\u00a0Avstriya milliylashtirilgan sanoat va ijtimoiy ta\u2019minotning keng tizimiga ega bo\u2018lgan iqtisodi rivojlangan davlat. Sanoat tarmoqlaridan quyidagilar rivojlangan: metallurgiya, mashinasozlik, oziq-ovqat, to\u2018qimachilik, teri-poyabzal, energetika, sellyuloza-qog\u2018oz ishlab chiqarish. Shu bilan bir qatorda turizm va bank ishi ham rivojlangan. Qishloq xo\u2018jaligining asosiy yo\u2018nalishlari: oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, boshoqli madaniy o\u2019simliklar, mevalar, kartoshka, qandlavlagi yetishtirish, chorvachilik va parrandalar boqish. 2012-yil YIM miqdori \u2014 316,8 mlrd dollarni (aholi jon boshiga \u2014 38,1 ming doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari, Yaponiya, AQSH.\u00a0 Avtomobil va temiryo\u2018l transport kommunikatsiyalaridan tashqari ichki suv yo\u2018llaridan kema qatnovlari keng yo\u2018lga qo\u2019yilgan.\u00a0\u00a0<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Tarixi.<\/strong>\u00a03000 yil muqaddam zamonaviy Avstriya hududida illiriy qabilalari istiqomat qilishgan. M.a. V asrda kelt qabilalari bostirib kirdi va ularning illiriylar bilan assimilyatsiyasi yuz berdi. Undan so\u2018ng m.a. IV asr\u00adda mamlakat hududlari rimliklar tomonidan bosib olinib, Rim provinsiyalari Gretsiya va Pannoniya tarkibiga qo\u2018shildi. VI\u2014VII asrlarda zamonaviy Avstriya hududlariga german va qisman slavyan qabilalari kirib kela boshladi. Shu davrda u Franklar davlati tarkibiga kiradi. 955-yilda Avstriya hududida Sharqiy marka (markgraflik) tashkil etildi. 1156-yilda Genrix II mustaqil Avstriya gersogligini tashkil etdi. Avstriyada gabsburglar sulolasining hukmronligi boshlandi. 1699-yilda Avstriya (Avstriya-Turk urushidan so\u2018ng) Vengriyaning bir qismini, Transilvaniyani, Xorvatiya va Sloveniyani o\u2018z tarkibiga qo\u2019shib oldi. Shundan so\u2018ng, 1714-yilda avstriyaliklar uchun g\u2018alaba bilan tugagan \u00abIspan taxti uchun urush\u00bb- dan so\u2018ng, Gabsburglar imperiyasi tarkibiga janubiy Niderlandiya va shimoliy Italiyadagi yerlar kirdi. XVIII asr oxirlari \u2014 XIX asr boshlarida Avstriya Fransiyaga qarshi g\u2018arbiy ittifoqlarda ishtirok etdi. 1867-yilda Avstriya imperiyasi dualistik monarxiya \u2014 Avstriya-Vengriya imperiyasiga aylandi. Sarayevoda Avstriya taxti merosxo\u2018ri ersgersog Ferdinandning 1914-yil 28-iyunda oidirilishi oqibatida I jahon urushi boshlandi. 1918-yilda urushda mag\u2018lubiyatga uchragan Avstro-Vengriya imperiyasi bir qator mayda mustaqil davlatlarga bo`linib ketdi. 1918-yil 12-noyabrda Avstriya respublikasi tashkil topgani e\u2019lon qilindi. 1919-yilda Sen-Jermen tinchlik sulhi zamonaviy Avstriya chegaralarini belgilab berdi. 1938-yil mart oyida nemis qo\u2018shinlari Avstriyani bosib oladi va uning Germaniyaga qo\u2018shilishi (\u00abanshlyus\u00bb) ro\u2018y beradi. Ikkinchi jahon urushida Avstriya german reyxining bir qismi sifatida ishtirok etdi. 1945-yilda mamlakatga SSSR, AQSH, Angliya va Fransiya qo\u2019shinlari kirib keldi. Venada 1955-yilda mustaqil va demokratik Avstriya davlatining tiklanishi to\u2018g\u2018risida Davlat shartnomasi imzolandi. 1955-yilning oktabrida Avstriya parlamenti Avstriyaning doimiy betarafligi to\u2018g\u2018risidagi qonunni qabul qildi. 1966-yilda Avstriya Yevropa Ittifoqiga a\u2019zo bo\u2018lib kirdi. XX asrning 70-yillarida Avstriya tarixida bi\u00adrinchi marta hukumat sotsialistlar qo\u2018liga o\u2018tdi. 1995-yil 1-yanvardan YI a\u2019zosi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a0Avstriya Respublikasi O\u2018zbekiston Respublikasi bilan 1992-yilda diplomatiya munosabati o\u2018rnatgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Avstriya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Vena. Hududi \u2014 83,9 ming km.kv. Aholisi \u2014 8,2 mln kishi (2012). Davlat tili \u2014 nemis. Dini \u2014 katoliklar (86%), protestantlar (5,5%), boshqa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/avstriya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22371,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22368","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22368","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22368"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22368\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22372,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22368\/revisions\/22372"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22371"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22368"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22368"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22368"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}