{"id":22381,"date":"2022-03-25T19:54:36","date_gmt":"2022-03-25T16:54:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22381"},"modified":"2022-03-25T19:54:39","modified_gmt":"2022-03-25T16:54:39","slug":"belgiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/belgiya-2\/","title":{"rendered":"Belgiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Belgiya Qirolligi. Poytaxti Bryussel. Hududi \u2014 30500 km.kv. Aholisi 10,4 mln kishi (2012). Davlat tili \u2014 flamand, fransuz, nemis. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 yevro.\u00a0 \u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Yevropaning shimoli g\u2018arbida joylashgan davlat. Belgiya shimolda \u2014 Niderlandiya, sharqda \u2014 Germaniya, janubi sharqda \u2014 Lyuksemburg, janub va janubi g\u2018arbda Fransiya bilan chegaradosh. G\u2019arbiy qirg\u2019oqlari Shimoliy dengiz bilan tutashgan. Belgiyani uch geografik hududga bo\u2018lish mumkin, bular: sohilbo\u2018yi tekisligi, markaziy yassitog1\u00a0va Ardenn tepaliklari. Sohilbo\u2018yi tekisliklari mamlakatning shimoli g\u2018arbida joylashgan bo\u2018lib, qumli tepaliklar va to\u2018g\u2018onlar vositasida dengizdan ajratib olingan yer maydonlaridan iborat. Markaziy yassitog`liklar past tepaliklardan iborat unumdor joylardir. Ardenn tepaligi mam\u00adlakatning janubi sharqida joylashgan bo\u2019lib, o\u2018rtacha balandligi \u00a0460 metrni tashkil etadi. Belgiyaning eng yuqori nuqtasi \u2014 Ardenndagi Botranj tog\u2018i (694 m).\u00a0 \u00a0Iqlimi \u2014 mo\u2018tadil.\u00a0Mamlakatning asosiy daryolari \u2014 Shelda va Maas. Foydali qazilmalardan ko\u2018mir, tabiiygaz mavjud. Keng bargli o\u2018rmonlarda eman, qora qayin, grab kabi daraxtlar o\u2018sadi. Qo\u2018riqxonalar va tabiat parklari ko\u2019p. Hayvonlardan qobon, quyon, o\u2019rmon sichqonlari, olmaxon, ohularni uchratish mumkin. Valdshnep, tustovuq, o\u2019rdak, kaklik kabi qushlar mavjud.\u00a0 \u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 konstitusion monarxiya (Qirollik). Ijro etuvchi hokimiyat monarx va Vazirlar Mahkamasi boshlig\u2019i \u2014 premyer-ministrga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament (yuqori palata \u2014 Senat va Vakillar palatasi)dan iborat. Mamlakat 9 provinsiyadan tashkil topgan, bular: Antverpen, Brabant, Sharqiy Flandriya, G\u2019arbiy Flandriya, Lyej, Limburg, Lyuksemburg, Namyur, Eno. Siyosiy partiyalari: Sotsialistik partiya, Sotsial-xristianlar partiyasi, Flamand liberallari va demokratlari partiyasi, Belgiya kommunistlari ittifoqi.<br>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Asosiy sanoat tarmoqlari \u2014 oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya, metallni qayta ishlash, mashinasozlik, to\u2018qimachilik, oyna ishlab chiqarish (oyna va toshoyna eksporti bo\u2019yicha dunyoda birinchi o\u2018rinda turadi). Qishloq xo\u2018jaligida qandlavlagi, meva va sabzavotlar, bug\u2019doy yetishtiriladi. Chorvachilik ham rivojlangan. Belgiya Yevropada yirik sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan biridir. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, AQSH.\u00a0 \u00a0 2012-yil YIM miqdori \u2014 373,1 mrd dollarni (aholi jon boshiga \u2014 35,1 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy portlari: Antverpen, Bryugge, Gent, Ostends va Zebryugge.Tarixi.\u00a0Mamlakat hududida qadimda belg qabilalari istiqomat qilishgan. M.a. 57-yilda Belgiya Sezar tomonidan bosib olindi va Rim imperiyasi takibiga qo\u2019shildi. O\u2019rta asrlarda Belgiya hududlari (Braband gersogligi, Flandriya, Lyuksemburg grafliklari) tarixiy Niderlandiya tarkibiga kirgan. XVI asrdagi Niderlandiya burjua inqilobi Belgiya hududida mag\u2018lubiyat bilan yakunlandi. Ispan taxti uchun olib borilgan urushlar oqibatida Belgiya Avstriya Gabsburglari hukmronligi ostiga o\u2019tdi. 1813\u2014 1830-yillarda mamlakat Niderlan\u00addiya qirolligi tarkibida bo\u2019ldi. 1830-yildagi Belgiya inqilobi mustaqil Belgiya qirolligining e\u2019lon qilinishiga olib keldi. Tez orada uning umrbod betarafligi e\u2019lon qilindi. 1908-yilda Belgiya mustamlaka mulk \u2014 Belgiya Kongosiga, 1922-yilda esa Ruanda-Urundu mandatiga ega bo\u2019ldi. I va II jahon urushlari davrida Belgiya hududlari nemis qo\u2019shinlari tomonidan ishg\u2019ol qilingan. 1960-yilda Belgiya Kongoga, 1962-yili esa Ruanda-Urunduga mustaqillik berdi. 1949-yildan buyon Belgiya NATO a\u2019zosi. Bryusselda Yevropadagi qo\u2019shma qurolli kuchlar Bosh qo\u2018mondonligi va NATO kengashi shtab-kvartiralari joylashgan. 1958-yilda Belgiya Niderlandiya va Lyuksemburg bilan bojxona ittifoqchilik shartnomalarini imzolaydi. XX asrning 60-70-yillarida Belgiyadagi flamandlar va vallonlar o\u2018rtasidagi munosabatlar keskinlashuvi oqibatida vaziyat birmuncha murakkablashdi. 1993-yilda ushbu mojaro konstitutsiyaga o\u2019zgartirish kiritilishiga olib keldi va unga ko\u2019ra Belgiya federativ davlat bo\u2018lib, Flandriya va Valloniya o\u2018z hukumatlariga ega bolish huquqini qo\u2018lga kiritishdi.<br>Belgiya bilan O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018rtasida 1992-yil diplomatiya munosabatlari o\u2018rnatilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Belgiya Qirolligi. Poytaxti Bryussel. Hududi \u2014 30500 km.kv. Aholisi 10,4 mln kishi (2012). Davlat tili \u2014 flamand, fransuz, nemis. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 yevro.\u00a0 \u00a0 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/belgiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22382,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22381","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22381","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22381"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22381\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22383,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22381\/revisions\/22383"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22382"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22381"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22381"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22381"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}