{"id":22404,"date":"2022-03-25T21:06:08","date_gmt":"2022-03-25T18:06:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22404"},"modified":"2022-03-25T21:06:10","modified_gmt":"2022-03-25T18:06:10","slug":"germaniya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/germaniya\/","title":{"rendered":"Germaniya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Germaniya Federativ Respublikasi. Poytaxti-Berlin. Hududi \u2014 357041 km.kv. Aholisi- 81 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili-nemis. Dini \u2014 xristianlik. Pul birligi \u2014 yevro.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Janubda Avstriya va Shveysariya, g\u2018arbda Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg va Fransiya, sharqda Polsha va Chexiya, shimolda Daniya bilan chegaradosh. Bundan tashqari shimolda\u00a0 \u00a0Germaniya sohillari Shimoliy dengiz va Boltiq dengizi bilan tutashgan. Germaniyaning shimoliy hududlari asosan tekisliklardan iborat. Markaziy Germaniya adirlar va daryo vohalaridan tashkil topgan bo\u2018lib, mamlakat janubida Alp tog\u2018lari bo\u2018y cho\u2018zgan. Mamlakat shimolida Boltiq dengizida Germaniyaga qarashli bo\u2018lgan shimoliy va sharqiy Frizsk orollari va Shimoliy dengizda Femarn va Ryugen orollari joylash\u00adgan. Germaniyaning eng baland nuqtasi Zyugshpitse tog\u2018laridir (2963 m).\u00a0Eng yirik daryolari:\u00a0Reyn, Rur, Mozel, Dunay, Elba. Eng yirik ko\u2018li Boden ko\u2018lidir. Mamlakat tabiiy qazilma boyliklarga o\u2018ta boy.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 Federativ Respublika. Germaniya 16 ta federal yerlaming birlashuvidan tashkil topgan. Bular: Baden-Vyurtemberg, Bavariya, Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Gessen, Meklenburg-old Pomeraniya, shimoliy Reyn-Vestfaliya, Reynland-Pfal, Saar, Saksoniya, Saksoniya-Anxalt, Quyi Saksoniya, Shlezvig-Golshteyn, Tyuringiya. Markazlashgan mustaqil Germaniya davlati 1871-yil 18-yanvarda tashkil topgan. Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Lekin ijroiya hokimiyat federal kansler rahbarligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Bundestag deb nomlanadi. Eng yirik siyosiy partiyalari: Xristian-Demokratik ittifoq (XDI), Ozod Demokratik partiya (ODP), Germaniya Sotsial-Demokratik partiyasi (GSDP), Milliy Demokratik partiya (MDP).<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Germaniya dunyoning rivojlangan va moliyaviy jihatdan boy davlatlaridan biridir. Lekin Sharqiy va G\u2018arbiy Germaniyaning iqtisodiy rivojlanishida ma\u2019lum bir ziddiyatlar mavjud. Bunga sabab GDR va GFR xo\u2018jaligining 1990-yilgacha turli siyosiy tuzumlarda rivojlanganligidir. 1990-yilning 3-oktabrida yagona Germaniya tashkil topganidan so\u2018ng, bu ziddiyatlarga barham berish maqsadida GFR GDR xo\u2018jaligiga 390 mlrd marka sarfladi. Sanoatning rivojlangan sohalari: metallurgiya, kimyo, avtomobilsozlik, kemasozlik va elektrotexnika. Germaniya avtomobilsozlik va kema-sozlik bo\u2019yicha dunyoda uchinchi o\u2018rinda turadi. Qishloq xo\u2018jaligi umumiy milliy mahsulotning 15% ini yetkazib beradi. Chorvachilik ayniqsa yaxshi rivojlangan. Qishloq xo\u2018jaligidagi asosiy ekinlar: qandlavlagi, kartoshka va boshoqli ekinlar. Germaniya o\u2018z xalqining oziq-ovqat mahsulotlariga bo\u2018lgan ehtiyojining 90% ini ichki imkoniyatlar hisobida qoplaydi. 2012-yil YIM miqdori 2782,7 mlrdAQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2013 33,8 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, AQSH va YI davlatlari.\u00a0 Tarixi.\u00a0Qadimda bugungi Germaniya hududlarida turli german qabilalari yashashgan. Bu qabilalar V asrda Rimni mag\u2018lubiyatga uchratib, Rim imperiyasi inqiroziga sabab bo\u2018lishgan. Rimning inqirozidan so\u2018ng frank qabilalari sardori Xlodvig hozirgi Fransiya va janubiy-g\u2019arbiy Germaniya hududlarida franklar davlatiga asos soldi. Bu davlat Buyuk Karl hukmronligi yillarida butun german yerlarini o\u2018z tarkibiga qo\u2018shib oldi. 843-yil franklar imperiyasi parchalandi va uning sharqiy hudud\u00adlarida german qirolligi tashkil topdi. Lekin ko\u2018p o\u2018tmay nemis knyazlarining o\u2018zaro nizolari natijasida zaiflashib inqirozga uchradi. X asrda Sakson sulolasi Muqaddas Rim imperiyasiga asos soldi. Fridrix I Barbarossa hukmronligi yillarida imperiya hududlari kengaydi. Ko\u2018p yillik o\u2018zaro kurashlardan so\u2018ng, 1438-yil Gabsburglar xonadoni hokimiyatga keldi. XVI asrda Martin Lyuter tomonidan amalga oshirilgan reformatsiya diniy qarashlarga ko\u2018ra mamlakatni parchaladi. Diniy nizolar Yevangeliya ittifoqi va Muqaddas Liga o\u2018rtasida \u00ab30 yillik urush\u00bbning boshlanishiga sabab bo\u2018ldi (1618-1648). Urush natijasida mamlakat 350 ta mayda davlatchalarga bo\u2018linib ketdi. 1815-yil 39 ta nemis davlatchalarini o\u2018z ichiga olgan German konfederatsiyasi tashkil topdi. Markazlashgan nemis davlatining tashkil topishida Prussiya kansleri Otto fon Bismark juda katta hissa qo\u2018shdi. U 1871-yilda Prussiya qiroli Vilgelm I ni Germaniya imperatori deb e\u2019lon qildi. Germaniya 1914-yil I jahon urushining bosh\u00adlanishiga sababchilaridan biri bo\u2018ldi. Urushdan mag\u2018lub davlat sifatida chiqdi. 1918-yil 9-noyabrda imperator\u00a0 Vilgelm II taxtdan ag\u2018dariidi, Germaniyada Veymar respublikasi e\u2019lon qilindi. 1933-yil Gitler boshchiligidag] fashistlar hokimiyatni qo\u2018lga olishdi. 1939-yil 1-sentabrda Germaniyaning Polshaga hujumi bilan II jahon urushi boshlanib ketdi. Germaniya II jahon urushini ham mag\u2018lubiyat bilan yakunladi. 1945-yilda AQSH, Angliya, Fransiya va SSSR nazorati ostidagi to\u2018rt qismga bo\u2019lindi. 1949-yili uning hududida GDR va GFR davlatlari tashkil topdi. 1990-yil 3-oktabrda bu ikki davlat yagona Germaniyaga birlashdi. 1991-yil 20-iyunda Berlin Germaniyaning poytaxti deb e\u2019lon qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Germaniya Federativ Respublikasi O\u2018zbekiston Respublikasi bilan 1992-yilda diplomatiya munosabatlari o\u2018rnat\u00addi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Germaniya Federativ Respublikasi. Poytaxti-Berlin. Hududi \u2014 357041 km.kv. Aholisi- 81 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili-nemis. Dini \u2014 xristianlik. Pul birligi \u2014 yevro.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Markaziy Yevropada &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/germaniya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22406,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22404","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22404","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22404"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22404\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22407,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22404\/revisions\/22407"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22406"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22404"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22404"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22404"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}