{"id":22423,"date":"2022-03-26T10:00:00","date_gmt":"2022-03-26T07:00:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22423"},"modified":"2022-03-26T10:00:00","modified_gmt":"2022-03-26T07:00:00","slug":"ispaniya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ispaniya\/","title":{"rendered":"Ispaniya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Ispaniya Qirolligi. Poytaxti \u2014 Madrid. Hududi \u2014 504,8 ming km.kv. Aholisi \u2014 40,9 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 ko\u2018pchiligi katoliklar. Pul birligi \u2014 yexiro.&nbsp;Geografik joylashuvi va tabiati.&nbsp;Yevropaning Janubi g\u2019arbida Pireney yarimorolida joylashgan \u041e\u2018rta Yer dengizidagi Balear, Atlantika okeanidagi Kanar orollari, Afrikaning shimoliy qirg\u2018og\u2018idagi Seuta va Melilya shaharlari va unga yondosh Velesdele Gomera, Alu-Semas, Chafarinos orollari ham Ispaniyaga qarashli. G\u2019arbda Portugaliya (chegara uzunligi \u2014 1214 km), shimolda Fransiya (623 km) va Andorra (65 km), janubda Gibraltar (1,2 km) bilan chegaradosh.&nbsp;Ispaniya subtropik mintaqada joylashgan. Hududi- ning aksar qismi yassitog\u2018lik, o\u2019rtacha balandlikdagi tizmalar, yassitogiiklar va pasttekisliklardan iborat. Syerra-Nevado tizmasidagi Mulasen tog\u2018i (3478 m) Ispaniyadagi eng baland tog\u2019dir. Mamlakatning asosiy daryolari: Tixo, Ebro, Gvadalkvivir, Dyeero, Gvadiana va boshqalar. Ispaniyada uran, mis, simob, qo\u2018rg\u2018oshin, temir, volfram, qalay, oltin, kumush, margimush, marganes konlari bor. Hududning 31% i ekin ekiladigan yerlar. 31% o\u2018rmonlar va butazorlar, 21% o\u2018tloq va yaylovlardan iborat.&nbsp; Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.&nbsp;Davlat tuzilishi \u2014 konstitutsion monarxiya. Ma\u2019muriy jihatdan 17 ta muxtor hududga, ular o\u2018z navbatida ellik ta viloyat (provinsiya)ga bo\u2018linadi. Milliy bayrami \u2014 12-oktabr \u2014 Ispan millati kuni. 1492-yildan boshlab mustaqil davlat. Davlat boshlig\u2018i \u2014 qirol (1975-yil 22- noyabrdan Xuan Karlos I), uning huquqi konstitutsiya bilan chegaralangan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni General Korteslar (parlament) amalga oshiradi. Korteslar ikki palata \u2014 Deputatlar Kongressi va Senatdan iborat. Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini qirol parlamentning ikkala palatasi raislari bilan maslahatlashib tayinlaydi. Asosiy partiyalari: Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasi (ISIP), Xalq partiyasi (XP), Ispaniya kommunistik partiyasi (IKP), Basklarning millatparvar partiyasi (BMP), Kataloniya demokratik konvergensiyasi (KDK), Valensiya Ittifoqi (VI).&nbsp;Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Ispaniya industrial-agrar mamlakat. YMMda sanoatning ulushi 23%, qishloq xo\u2018jaligining ulushi 35%, xizmat ko\u2018rsatish sohasining ulushi 60% dan ortadi. 2012-yil YIM miqdori 1351,1 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2013 30,1 AQSH doll.) tashkil etgan. Sanoatida og\u2018ir sanoat yetakchi o\u2018rinda turadi. Mashinasozlik, avtomobilsozlik, kemasozlik, elektrotexnika, dastgohsozlik, kimyo sanoati rivojlangan. Qishloq xo\u2018jaligining asosiy tarmog\u2018i dehqonchilik.&nbsp;Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 14378 km. Avtomobil yo\u2018llari uzunligi \u2014 324 ming km.&nbsp;Portlari:&nbsp;Kartaxena, Alxesiras, Barselona, Bilbao, Santa-Krus-de- Tenerife, Vigo, Kadis, La-\u041a\u043erunya, Malaga, Santaner, Tarragona, Valensiya, Xixon, Alekante, Almeriya.&nbsp; Asosiy savdo hamkorlari:&nbsp;YI mamlakatlari, AQSH.&nbsp;Tarixi.&nbsp;\u041c.a.VII asrdan Ispaniyaning janubiy va sharqiy sohilbo\u2018ylari flnikiyaliklar va yunonlar tomonidan o\u2018zlashtirila boshlangan. M.a. 7000-5000-yillarda 0\u2018rtayer dengizi sohilida iberlar madaniyati paydo bo\u2018ldi. \u041c. a. Ill asr oxirlarida Ispaniya hududining ko\u2018p qismi Karfagen qo\u2018l ostiga o\u2018tdi. \u041c. a. II asr boshlariga kelib rimliklar karfagenliklarni siqib chiqardilar. Mavrlar 711-718-yillarda Pireney yarimorollarining ko\u2018p qismini bosib oldilar va bu qismlar Damashq xalifaligi qo\u2018l ostiga o\u2018tdi. 756-yil mustaqil davlat \u2014 Qurdoba amirligi, 929-yilda esa Qurdoba xalifaligi tuzildi. X-XI asrlarda musulmonlar Ispaniyasi bir necha mustaqil davlatlarga bo\u2018linib ketdi. 1212-yilda mavrlarga qarshi hujum (Rekonkista) natijasida Aragoniya, Kastilya va boshqa ispan qirolliklari vujudga keldi. Kastilya va Aragoniya bitta qirollikka birlashib (1469-yil), mamlakatni 1492-yilda mavrlardan ozod qildi. Ispaniya qirolligi XVI asrda gullab-yashnadi, Janubiy va Markaziy Amerikada mustamlakalarini kengaytirdi, 1580-yilda Portugaliyani zabt etdi, lekin XVII asrda ko\u2018p hududlaridan ajraldi. 1640-yil Portugaliya, 1648-yil Niderlandiya, 1649-yilda esa Artua va Rusilon provinsiyalarini Fransiyaga boy berdi. XIX asr boshlarida mamlakat Napoleon qo\u2018shinlaridan ozod qilindi. 0\u2018sha paytda ispanlar Janubiy va Markaziy Amerikadagi deyarli barcha mustamlakalaridan ajraldi. XIX asrda Ispaniyada absolyut hokimiyat tarafdorlari va liberallar o\u2018rtasida kurash bo\u2018lib o\u2018tdi. 1923-yilda davlat to\u2018ntarishi natijasida mamlakatda diktatura o\u2019rnatildi. 1931-yilda Ispaniya Respublika deb e\u2019lon qilindi. Qirol Alfons XIII taxtdan voz kechmay mamlakatni tark etdi. 1936-yilda Xalq fronti hokimiyat tepasiga kelgach, fuqarolar urushi avj oldi va 1939-yil mamlakatda Franko fashistik rejimining o\u2018matilishi bilan tugallandi. 1975-yilda Franko vafotidan keyin Ispaniyada Konstitutsion monarxiya o\u2018matildi. 1976-yilda mamla\u00adkatda parlament tizimi joriy etildi,1978-yilda yangi Konstitutsiya qabul qilindi. 1986-yildan Ispaniya YI a\u2019zosi. 2004-yil mart oyida hokimiyat Sotsialistik partiya qo\u2018liga o\u2018tganidan so\u2018ng ispan qo\u2018shinlari Iroqdan olib chiqildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Ispaniya Qirolligi. Poytaxti \u2014 Madrid. Hududi \u2014 504,8 ming km.kv. Aholisi \u2014 40,9 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 ko\u2018pchiligi katoliklar. Pul birligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ispaniya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22439,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22423","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22423","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22423"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22423\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22440,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22423\/revisions\/22440"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22439"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22423"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22423"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22423"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}