{"id":22426,"date":"2022-03-26T10:01:36","date_gmt":"2022-03-26T07:01:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22426"},"modified":"2022-03-26T10:01:36","modified_gmt":"2022-03-26T07:01:36","slug":"litva","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/litva\/","title":{"rendered":"Litva"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Litva Respublikasi. Poytaxti \u2014 Vilnyus. Hududi \u2014 65,3 ming km.kv. Aholisi \u2014 3,6 mln kishidan (2012). Davlat tili \u2014 litva. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 lit.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Yevropaning Boltiq dengizi qirg\u2018og\u2018ida joylashgan davlatlaridan biri. Janubi va sharqi Belarus bilan (chegara uzunligi \u2014 502 km), janubi-g\u2018arbi Rossiya (chegara uzunligi \u2014 227 km) va Polsha (91 km) bilan, shimoli Latviya (453 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi-1273 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi esa- 108 km. Mamlakatning katta qismi tekisliklardan iborat. G\u2018arbi va sharqida tepaliklar bor. Asosiy daryosi \u2014 Nyamunas (Neman), juda ko\u2018p ko\u2018llar bor. Yoqut mamlakatning muhim tabiiy resurslaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, torf va qurilish materiallarining zaxiralari bor. Umumiy yerlarining deyarli teng yarmi ishlov beriladigan yerlar hisoblanadi. 22% yerlar o\u2018tloq va yaylovlardan iborat.\u00a0 Iqlimi \u2014 o\u2018zgaruvchan, kontinental.\u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzumi \u2014 Respublika. Mamlakat 44 ta rayon va markazga bo\u2018ysunuvchi 11 ta shaharga bo\u2018lingan. Litva 1991- yil 6-sentabrda o\u2018z mustaqilligini e\u2019lon qilgan (oldingi nomi Litva SSR). Milliy bayrami \u2014 16-fevral \u2014 Litva davlati tiklangan kun (1918). Ijroiya hokimiyati-prezidentga (davlat boshlig\u2018i) va premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament \u2014 Seym tomonidan amalga oshiriladi. Yirik partiyalari: Litva demokratik ishchilar partiyasi, Litva demokratik partiyasi, Litva sotsial-demokratlar partiyasi, Litva mustaqilligi par\u00adtiyasi, Litva xristian-demokratlar partiyasi.\u00a0Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Litvaning industrial-agrar iqtisodiyoti hozirgi vaqtda markazlashtirilgan boshqaruv tizimidan bozor muno- sabatlariga o\u2019tish davrini o\u2018z boshidan kechirmoqda. Sanoatning nisbatan taraqqiy etgan sohalari: mashinasozlik, metallga ishlov berish, kimyo, yog\u2018ochni qayta ishlash, to\u2018qimachilik, oziq-ovqat, qurilish materiallarini ishlab chiqarish. Qishloq xo\u2019jaligida (YIM \u2014 23%) aholining uchdan bir qismi band. Qishloq xo\u2018jaligining muhim tarmoqlaridan biri go\u2018sht-sut ishlab chiqarish sohasidir. Kartoshka, qand lavlagi, sabzavotlar yetishtiriladi. 2012-yil YIM miqdori 70,8 mlrd AQSH dollarni (ahoh jon boshiga \u2013 11,5 AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Germaniya, Polsha, Belarus va Shimoliy Yevropa mamlakatlari.\u00a0Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 2010 km, avtomobil yo\u2018llari 44200 km (35500 km \u2014 qattiq qoplamali). Ichki suv yo\u2019llari \u2014 600 km. Asosiy dengiz porti Klaypeda.\u00a0Tarixi.\u00a0Hozirgi Litva hududida shakllangan dastlabki davlati \u2014 Buyuk Litva knyazligi edi. XIII asming o\u2018rtalarida paydo bo\u2018lgan bu knyazlik knyaz Gediminas davrida Litva va Belarus yerlarini, shuningdek, hozirgi Ukrainaning bir qismini qo\u2018shib oladi. Litva knyazlarining Tevton ordeniga qarshi olib borgan kurashi 1410-yil Gryunvald jangida mag\u2018lubiyat bilan yakunlandi. 1569-yili Litva Buyuk knyazhgi Lyublin shartnomasiga ko\u2018ra Rech Pospolita tarkibiga kirdi. 1795-yili Litva Rossiya tomonidan anneksiya qilindi va 1918-yilga qadar Rossiya imperiyasi tarkibida bo\u2018lib keldi. 1918-yil dekabrida mamlakatda sovet tartibi o\u2018rnatildi, biroq 1919-yil kuzida u bekor qilindi. 1926-yilgi davlat to\u2018ntarishi natijasida hokimiyatga diktator Voldemoras keldi. 1940-yil iyul oyida mamlakatga sovet qo\u2018shinlari kiritildi, Litva SSSR tarkibidagi respublikaga aylandi. 1941-yili Litva nemis qo\u2018shinlari tomonidan bosib olin\u00addi. 1944-yili mamlakat ozod qilingandan so\u2018ng sovet hokimiyati qayta tiklandi. 1990-yili Sovet ittifoqi respublikalari ichida birinchi bo\u2018lib Litva o\u2018z mustaqilligini e\u2019lon qildi. Sovet hukumati tomonidan u 1991-yili tan olingan. Shu yil sentabrida Litva BMT tarkibiga kirdi, 2004-yili esa \u2014 YI va NATO a\u2019zosi bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Litva O\u2018zbekiston Respublikasi bilan 1992-yilda diplomatiya munosabatlari o\u2018rnatgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Litva Respublikasi. Poytaxti \u2014 Vilnyus. Hududi \u2014 65,3 ming km.kv. Aholisi \u2014 3,6 mln kishidan (2012). Davlat tili \u2014 litva. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 lit.\u00a0Geografik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/litva\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22445,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22426","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22426","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22426"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22426\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22446,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22426\/revisions\/22446"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22445"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22426"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22426"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22426"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}