{"id":22457,"date":"2022-03-26T16:00:24","date_gmt":"2022-03-26T13:00:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22457"},"modified":"2022-03-26T16:00:26","modified_gmt":"2022-03-26T13:00:26","slug":"kipr","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kipr\/","title":{"rendered":"Kipr"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Kipr Respublikasi. Poytaxti \u2014 Nikosiya. Hududi \u2014 9251 km.kv. Aholisi \u2013 1 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 grek va turk tillari. Dini \u2014 pravoslavlar (78%), musulmonlar (18%). Pul birligi \u2014 kipr funti va turk lirasi.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Kipr \u2014 0\u2018rtayer dengizining sharqiy qismidagi Kipr orolida joylashgan davlat. Sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 648 km. 1974-yil Turkiya okkupatsiyasi natijasida orolning shimoliy qismi 2 qismga: greklar zonasi va turklar zonasiga bo\u2018lindi, shuningdek, 2 ta harbiy baza joylash\u00adgan Buyuk Britaniyaga tegishli katta bo\u2018lmagan zona ham bor. Orol bo\u2018ylab sharqdan g\u2018arbga tomon ikkita tog\u2018 tizmasi cho\u2018zilgan. Ular orasida tepaliklar bilan qoplangan tekislik yotadi. Mamlakatning eng baland tog\u2018i \u2014 Olimp (1952 m). Asosiy tabiiy resurslari mis, xrom, tuz, gips, marmar, asbest, yog\u2018och, oxra. Hududining 40% i haydaladigan yerlar, 18% o\u2018rmonlar va butazorlar, 10% i o\u2018tloq va maysazorlardan iborat.\u00a0 \u00a0Iqlimi \u2014 subtropik. 0\u2018rmonlarning vahshiylarcha yo\u2018qotilishi natijasida, o\u2018rmonlar faqatgina Troodos tog\u2018laridagina qolgan. Bu yerda kiparis, alepp qarag\u2018ayi, eman, kedr, kashtan, doimiy yashil buta, makves o\u2018sadi. Orol faunasining boy emasligi o\u2019rmonli massivlarning kamligi bilan bog\u2018liq. Hamma yerda tulki va quyonlarni uchratish mumkin. Kaltakesak va ilonlar, qushlardan moyqurt, to\u2018rg\u2018ay, qaldirg\u2018ochlar ko\u2018p. Kipr suv bilan o\u2018ralgani tufayli baliqqa boy.\u00a0 \u00a0Davlat tuzilish va siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishiga ko\u2018ra \u2014 prezidentlik respublikasi. Kiprlik turklar tomonidan e\u2019lon qilingan Shimoliy Turk Respublikasi jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmagan. Ma\u2019muriy-hududiy jihatdan 6 ta shaharga bo`linadi. Limasol, Larnaka, Pafos greklar qismida, Kireniya, Morfu, Famogusta turklar qismida. Kipr 1960-yil 16- avgustda mustaqil respublikaga aylangan. Greklar qismi\u00adda 1-oktabr \u2014 Mustaqillik kuni. Kiprning turklar qismi\u00adda Milliy bayram \u2014 15-noyabr. Prezident \u2014 davlat va hukumat boshlig\u2018i. Kiprning turklar qismida o\u2018z prezidenti, premyer-ministri va Vazirlar Kengashi bor. Qonun chiqaruvchi hokimiyat \u2014 bir palatali parlament \u2014 Vakillar palatasi. Kiprning turklar qismida o\u2018z parlamenti \u2014 Respublika Majlisi faoliyat ko\u2018rsatadi. Asosiy siyosiy partiyalari: Demokratik yig\u2018ilish, Liberallar partiyasi, Kipr mehnatkash xalqining progressiv partiyasi, Demokratik partiya, Markazning yagona demokratik ittifoqi.\u00a0Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Sanoatning birmuncha rivojlangan tarmoqlari: (YIMning 14% i) tog\u2018-konchilik, yengil mashinasozlik, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash sanoati, kimyoviy o\u2018g\u2018itlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish. Kiprda xizmat ko\u2019rsatish sohasi rivojlangan (YIMning 53% i), turizm jadal suratda rivojlanmoqda.\u00a0Qishloq xo\u2018jaligidagi asosiy tarmoqlar:\u00a0uzum va sitrus mevalarga ishlov berish. 2012-yil YIM miqdori 18,1 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2013 18,1 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Brita\u00adniya, Gretsiya, Germaniya.Avtomobil yo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 10780 km. Portlari: Kireniya, Larnoka, Limasol, Pafos, Famagusta.\u00a0 \u00a0Tarixi.\u00a0Kipr m.a. Ill ming yillik boshlaridayoq suriyaliklar va anatoliyaliklarga ma\u2019lum edi. M.a. XVI asrda orol misrliklar tomonidan bosib olinganidan keyin m.a. 1450-yildan mamlakat tarixida ellinlar davri boshlandi. M.a. IX-VIII asrlarda Kipr mustaqil davlatga aylangan. Lekin m.a. 707-yildan boshlab ossuriyaliklar, misrliklar va forslar tomonidan navbatma-navbat zabt etilgan. Aleksandr Makedonskiy imperiyasi inqirozga uchragandan keyin Kiprda Ptolemeylar hukmronlik qildi. 58-yildan Kipr Rim provinsiyasiga, 395-yilda Vizantiya imperiyasi qismiga aylandi. Orol arablar tomonidan okkupatsiya qilingandan keyin 632-864- yillar davomida ular hukmronligi ostida bo\u2018ldi. So\u2018ng 1191-yilgacha yana Vizantiya imperiyasi hukmronligiga o\u2018tdi. 1192-1489-yillarda Kipr va Quddus qirolligi, bundan keyin 1571-yilgacha Venetsiya mustamlakasi, 1898-yildan-Britaniya mustamlakasi. 1960-yili Kipr mustaqillikka erishdi, lekin hududiy yaxlitligini saqlab qola olmadi. 1974-yilda turk qo\u2018shinlarining okkupatsiyasi natijasida ikkiga bo\u2018linib ketdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Kipr Respublikasi. Poytaxti \u2014 Nikosiya. Hududi \u2014 9251 km.kv. Aholisi \u2013 1 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 grek va turk tillari. Dini \u2014 pravoslavlar (78%), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kipr\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22464,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22457","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22457","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22457"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22457\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22465,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22457\/revisions\/22465"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22464"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22457"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22457"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22457"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}