{"id":22459,"date":"2022-03-26T16:02:19","date_gmt":"2022-03-26T13:02:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22459"},"modified":"2022-03-26T16:02:22","modified_gmt":"2022-03-26T13:02:22","slug":"norvegiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/norvegiya\/","title":{"rendered":"Norvegiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Norvegiya Qirolligi. Poy\u00adtaxti \u2014 Oslo. Hududi \u2013 385,2 ming \u00a0km.kv. Aholisi \u2013 5 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 norveg. Dini \u2014 Evangeliya Lyuteranlik cherkovi (87,8%) davlat dini hisoblanadi. Pul birligi \u2014 norveg kron\u2019asi.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Skandinaviya yarimorolining shimoliy va g\u2018arbiy qismida hamda Shpitsbergen arxipelagida joylashgan Shimoliy Yevropa davlati hisoblanadi. Sharqda Shvetsiya (chegara uzunli\u00adgi \u2014 1619 km), shimoli sharqda Finlandiya (729 km) va Rossiya bilan (167 km) chegaradosh. Norvegiya g\u2018arbda Atlantika okeani, shimolda Barens dengizi, janubda Shimoliy dengiz va Skagerrok bo\u2018g\u2018ozi bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi 2515 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi esa 21925 km (yirik va ko\u2019p sonli mayda orollar bilan qo\u2018shib hisoblaganda). Norvegiya hududining katta qismini Skandinav tog\u2018lari egallagan. Eng yuqori nuqtasi \u2014 Galxyopiggen tog\u2019i (2469 m). Baland yassitog\u2018lar (fyeldlar) va tik tog\u2018lardan keyin hosildor daryo vodiylari boshlanadi. Sohil chizig\u2018i fordlar bilan bo\u2019lingan. Mamlakat shimolida arktik tundra zonasida joylashgan. Asosiy daryolari \u2014 Logen, Begna, Glomma. Mamlakatda juda ko\u2018plab ko\u2018llar bor. Norvegiya neft, tabiiy gaz, temir rudasi, mis, nikel kabi foydali qazilma konlariga va muhim tabiiy resurslardan baliq, yog\u2018och, gidroenergetik potensialga ega.\u00a0 \u00a0 Iqlimi \u2014 mo\u2018tadil okean iqlimi, chekka shimolida esa subarktik iqlim. Norvegiyaning o\u2018simlik dunyosida asosan tog\u2018li hududlardagi ninabargli o\u2018rmonlar ustunlik qiladi. O\u2019rmonlar Norvegiya hududining 23% ini egalla\u00adgan bo\u2018lib, asosan archa, qarag\u2019ay, oq qayin daraxtlari ko\u2019proq uchraydi. Chekka janubiy hududlarida esa uncha katta bo\u2018lmagan buk va dub o\u2018rmonlari uchraydi. Skandinaviya tog\u2018larida ninabargli o\u2018rmonlar janubda 1100 m dan, shimolda 300 m gacha balandlikda joy\u00adlashgan. Norvegiya jonivorlari orasida o\u2019rmon va tundra turlari ko\u2018pchilikni tashkil qiladi. O\u2018rmonlarda bug\u2018u, kiyik, bo\u2019rsiq, suvsar, laska, qunduz, silovsin, olmaxonni uchratish mumkin. Tundrada esa shimol bug\u2018usi, oq va \u043a\u043e\u2019\u043a tundra tulkisi, quyon, shuningdek, Norvegiya sichqoni deb ataluvchi lemminglar keng tarqalgan. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 konstitutsion monarxiya. 19 ta provinsiyadan tashqari Norvegiya tarkibida Buve, Yan-Mayen, Shpitsbergen orollari kabi qaram hududlar ham bor. Nor\u00advegiya 1905-yil 26-oktabrda Shvetsiyadan mustaqillik olgan. Milliy bayrami \u2014 17-may \u2014 Konstitutsiya kuni (1814). Davlat boshlig\u2019i \u2014 Monarx (qirol Xorold V mamlakatni 1991-yil 17-yanvardan buyon idora qilib kelmoqda, taxt vorisi \u2014 shahzoda Xaakon Magnus 1973-yil 20-iyulda tug\u2019ilgan). Ijroiya hokimiyat Davlat Kengashi (kabinet)ning boshlig\u2019i bo\u2019lgan premyer-ministrga tegishli. Oliy qonun chiqaruvchi organ \u2014 ikki palatali parlament (storting). Yirik siyosiy partiyalari: Norveg ishchi partiyasi, Taraqqiyot partiyasi, Markaz partiyasi, Venstre partiyasi, Xristian xalq partiyasi.\u00a0 \u00a0Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Har xil tabiiy resurslarga boy bo\u2019lgan Norvegiya iqtisodiyoti erkin tadbirkorlik va hukumat nazorati ostida rivoj- lanadi. Sanoatining muhim tarmoqlari: neft va gaz, bundan tashqari, oziq-ovqat ishlab chiqarish, sellyuloza-qog`oz, metallurgiya, kimyo, yog\u2019ochni qayta ishlash, kemasozlik ham yaxshi rivojlangan. Norvegiya dunyoning juda ko\u2019plab mamlakatlariga baliq va baliq mahsulotlarini eksport qiluvchi yirik davlatlar qatoriga kiradi. Qishloq xo\u2019jaligida (YIM 3%) bosh sektor chorvachilik hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarining yarmidan ko\u2019prog\u2019i chetdan keltiriladi. 2012-yil YIM miqdori 252,8 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2013 53,7 AQSH doll.) tashkil etgan.\u00a0 \u00a0Temiryo\u2019llarining umumiy uzunligi \u2014 4026 km, avtomobil yo\u2019llari \u2014 88922 km (61356 km qattiq qoplamali yo\u2019llar), ichki suv yo\u2019llari \u2014 1577 km. Mamla\u00adkatning asosiy portlari: Bergen, Kristiansunn, Oslo, Tronxeym.\u00a0 \u00a0Tarixi.\u00a0Qadimda Norvegiya hududida german qabilalari joylashishgan. V asrda bu hududda gotlarning dastlabki davlati vujudga keldi. VIII asr oxiri \u2014 XI asr o\u2018rtalarigacha norveglar vikinglaming harbiy yurishlarida qatnashishdi. IX asr oxiri \u2014 X asr boshlarida konung Xarald I Xarfager hukmronligi ostida mamlakatning siyosiy birlashuvi jarayoni boshlanib, shu vaqtning o\u2018zida xristianlik qabul qilindi. 1262-1264-yillarda Islandiya Norvegiya mulkiga aylandi. 1397-yildan boshlab Kalmar uniyasiga ko\u2018ra, Norvegiya Daniya hukm\u00adronligi ostiga tushib qoldi. 1814-yili Kil shartnomasiga muvofiq Norvegiya Shvetsiya boshqaruvi ostiga o\u2018tdi, biroq norveg xalqining milliy o\u2018zligini anglash jarayonining o\u2019sishi Shvetsiya bilan ittifoqning buzilishiga va 1905-yili mustaqil Norvegiya qirolligining tuzilishiga olib keldi. I jahon urushi yillarida Norvegiya o\u2018z neytralitetini saqlab qolishga muvaffaq bo\u2018ldi, biroq 1940-yili mamlakat nemis qo\u2018shinlari tomonidan bosib olindi. Hukumat Londonga qochdi. 1945-yil 8-may kuni Norvegiya fashistlardan ozod qilindi. 1949-yili uning NATO va 1952-yili Shimoliy Kengashga kirishi Norvegiya hayotidagi muhim voqealardan bo\u2018ldi. 1994-yilda mamlakat aholisi umumxalq referendumi natijalariga ko\u2018ra Yevropa Ittifoqiga kirishga qarshi ovoz berdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Norvegiya Qirolligi. Poy\u00adtaxti \u2014 Oslo. Hududi \u2013 385,2 ming \u00a0km.kv. Aholisi \u2013 5 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 norveg. Dini \u2014 Evangeliya Lyuteranlik cherkovi (87,8%) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/norvegiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22468,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22459","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22459","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22459"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22459\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22469,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22459\/revisions\/22469"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22468"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22459"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22459"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22459"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}