{"id":22460,"date":"2022-03-26T16:04:21","date_gmt":"2022-03-26T13:04:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22460"},"modified":"2022-03-26T16:04:22","modified_gmt":"2022-03-26T13:04:22","slug":"polsha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/polsha\/","title":{"rendered":"Polsha"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi-Polsha Respublikasi. Poytaxti-Varshava. Hududi-312,7 ming km.kv. Aholisi-38,6 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili polyak. Dini-katolik. Pul birligi-zlotiy.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Markaziy Yevropa davlati. Janubda Chexiya (chegara uzunligi-790 km) va Slovakiya (539 km), sharqda Ukraina (529 km), Belarus (416 km) va Litva (103 km), g\u2019arbda Germaniya (416 km), shimolda Rossiya (Kaliningrad viloyati 210 km) davlatlari bilan chegaradosh. Shimolda mamlakat Boltiq dengizi bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunligi-3582 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi-788 km. Mamlakat hududi asosan tekislikda joylashgan, mamlakatning 2\/3 qismiga yaqini Polsha pasttekisligida yastanib yotibdi. Polsha shimolida Boltiq tizmasi joylashgan. Janubda va janubi sharqda Kichik-polyak va Lyublin tepaliklari yastanib yotadi. Janubiy chegara bo\u2018ylab Karpat va Sudet tog\u2019lari cho\u2018zilib ketgan. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi Risiy tog\u2018i (2499 m). Asosiy daryolari-Visla va Oder. Mamlakat shimolida ko\u2018llar ko\u2018p. Polshada ko\u2019mir, tabiiy gaz, mis, kumush va qo\u2018rg\u2018oshin konlari mavjud. Haydaladigan yerlar hududning 46% ini egallagan, o\u2019rmon va dashtzorlar-28%, o\u2019tloq va yaylovlar-13%.\u00a0Iqlimi-kontinental. 0\u2018simlik dunyosi-mamlakat hududining chorak qismi o\u2018rmonlardan iborat. Polsha hududining 58000 gektarini egallagan Belovejsk\u00a0 \u00a0Pushchasi o\u2018rmoni yowoyi o\u2019rmonlar florasini yaxshi saqlab qolgan o\u2018ziga xos milliy qo\u2018riqxona hisoblanadi. Hayvonot dunyosida yowoyi to\u2018ng\u2018iz, bug\u2018u, sirtlon, yovvoyi mushuk, kiyik va tog\u2018li hududlarda qo\u2018ng\u2018ir ayiq, bo\u2018ri kabi jonivorlarni uchratish mumkin. Belovejsk Pushchasida hayvonot dunyosining noyob namunasi bo\u2018lgan zubrlar, ya\u2019ni Yevropa bizoni saqlanib qolgan.\u00a0 \u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi-respublika. \u00a01998-yilda Polshada ma\u2019muriy boshqaruv qayta tuzilib, ilgarigi 49 ta voyevodalik o\u2018rniga 1999-yil 1-yanvardan boshlab mamlakat tarkibi\u00adga 16 ta voyevodalik kiritildi. Polsha mustaqil respubli\u00adka sifatida 1918-yili 11-noyabrda e\u2019lon qilindi. Milliy bayram-3-may-Konstitutsiya kuni (1997). Ijro etuvchi hokimiyat prezidentga (davlat boshlig\u2018i) va Ministrlar Kengashi rahbari premyer-ministrga tegishli. Oliy qonun chiqaruvchi organ-ikki palatali parlament (Milliy yig\u2018in): yuqori palata (senat) va quyi palata (seym)dan tashkil topgan. Siyosiy partiyalari: Demokratik uniya, Xristian milliy birligi, Kelishuv markaz, Mustaqil Polsha konfederatsiyasi, Liberal demokratik kongress, Polsha dehqon partiyasi, Polsha respublikasi sotsial-demokratiyasi. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0XX asrning 90-yillarida iqtisodiy islohotlarning o\u2018tkazilishi bozorni barqarorlashtirish, milliy valutani mustahkamlash va davlat budjeti defitsitini kamaytirish hamda tashqi qarzning o\u2018sishini to\u2018xtatish imkonini berdi. 2012-yil YIM miqdori 593,3 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2013 15,5 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Sanoat va qurilishda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishildi. Sanoatning rivojlangan sohalari: mashinasozlik, kemasozlik, metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, to\u2018qimachilik. Ishlab chiqarish tizimining o\u2018zgartirilishi, modernizatsiya qilinishi va hukumat tomonidan ekologik dasturlarining bajarilishi, so\u2018nggi yillarda atrof-muhit ahvolining sezilarli yaxshilanishiga olib keldi. Qishloq xo\u2018jaligida xususiy sektor ustundir. Polsha javdar, bug\u2018doy, kartoshka, raps mahsulotlarining yirik yetishtiruvchilaridan biri. Chorvachilik ancha rivojlangan. Iqtisodiy jonlanish bandlik bozoridagi ahvolni birmuncha yaxshiladi, ammo ishsizlar soni hali ham yuqori hisoblanadi. Iqtisodiy hamkorlari: Germaniya, Gollandiya, Italiya, Rossiya.\u00a0 Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi-24313 km (11613 km elektrlashtirilgan). Avtomobil yo\u2018llari-352802 km, ichki suv yo\u2018llari-3997 km. Asosiy port shaharlari: Gdansk, Gdinya, Shchetsin.\u00a0 Tarixi.\u00a0V asrda zamonaviy Polsha hududiga g\u2018arbiy slavyan qabilalari (polyaklar, vislanlar, mozovshan, pomeranlar) kirib kelib, o\u2018troq hayot tarziga o\u2018tishdi. IX asrda Pyastlar dinastiyasi atrofida Polsha knyazlarining birlashuvi boshlandi. X asrda xristian dinini qabul qilgan va tarqatgan qirol Meshko I tomonidan polyak yerlari hududi kengaytirildi. Uning o\u2018g\u2018li Boleslav I Bogemiya, Moraviyani hamda Sloveniya va Kiyev knyazligi yerlarining bir qismini bosib olgan, biroq uning hukmdorlik davridan so\u2018ng Polsha qirolligi inqirozga yuz tutib, bu tushkunlik XIV asr boshlarigacha, Kazimir III Buyuk Polsha qirolligi qudratini tiklagunga qadar davom etdi. 1384-yildagi Polsha qirolichasi Yadviga va Litva buyuk knyazi Vladislav II Yagaylo o\u2018rtasida tuzilgan nikoh Polsha qirollarining yangi Yagaylolar sulolasiga asos soldi. 1410-yilda Gryunvald yonidagi jangda Tevton ritsarlarini tor-mor qilgan Polsha va Litva Buyuk knyazligi birlashgan qo\u2018shinlariga boshchilik qildi. 1569-yilda Polsha va Litva Buyuk knyazligini yagona davlat-Rech Pospolitaga birlashtirgan Litva uniyasini imzoladi. Iqtisodiy va ma\u2019naviy o\u2018sish davri\u00addan so\u2018ng Polsha XVI\u2014XVII asrlarda bir necha urushlarni (Rossiya, Shvetsiya, Turkiya bilan) boshdan kechirish bilan bir qatorda ichki ixtiloflami ham bartaraf qilishga to\u2018g\u2018ri keldi va oqibatda davlat zaiflashib 1772- yilda Rossiya, Prussiya va Avstriya o\u2018rtasida bo\u2018lib olindi. Ikkinchi (1793-yil) va uchinchi (1795-yil) bo\u2018linishdan so\u2018ng Polsha davlat sifatida barham topdi. 1807\u2014 1814-yil Napoleon Bonapart mamlakat hududining bir qismida Polshaning to\u2018rtinchi bo\u2018linishidan so\u2018ng (1815) Rossiya imperiyasi tarkibiga qo\u2018shilgan Varshava Buyuk Knyazligini tashkil etgan, nisbiy muxtoriyatdan foydalangan Krakov respublikasi esa Avstro-Vengriya imperiyasining bir qismiga aylandi. XIX asrda polyaklar bir necha marotaba qo\u2018zg\u2018olonga ko\u2018tarildilar (1830\u20141831, 1846, 1848, 1863, 1864), ammo ulaming barchasi chor tuzumi tomonidan shafqatsizlik bilan bostirilgan. Birinchi jahon urushi davrida Pilsudskiy tomonidan tashkil etilgan Polsha hududi Avstro-Vengriya tarafida Rossiya qo\u2018shinlariga qarshi janglarda ishtirok etgan. 1916-yilda Germaniya va Avstriya bosib olingan zonalaming birlashgandan hamda Polshaning bo\u2018linishi- da ishtirok etgan barcha davlatlarning mag\u2018lubiyatga uchragandan so\u2018ng 1918-yilda Polsha mustaqilligi e\u2019lon qilindi. 1919-yilning yanvarida esa Pilsudskiy bosh- chiligida mustaqil hukumat tashkil etildi. 1939-yil 1-sentabrda Polshaning g\u2018arbiy qismi nemis qo\u2018shinlari tomonidan bosib olinsa-da, sharqiy qismi Sovet ittifoqi tomonidan 1939-yil 17-sentabrda qo\u2018shib olingan. 1945-yil mamlakat ozod qilingandan so\u2018ng hokimiyat tepasiga ishchi partiyalarining \u00abDemokratik blok\u00bbi keldi. 1947-yilda ular yagona ishchi partiyasiga birlashib, 40 yildan ziyod davr mobaynida Polshada hukmronlik qildi. 1990-yilda ilk erkin saylovlar o\u2018tkazildi. Unda Lex Valensa g\u2018olib chiqib mamlakat prezidenti bo\u2018ldi. U \u00abSolidarnost\u00bb kasaba uyushmasi yetakchisi bo\u2018lib, 1980-yildan boshlab hukmron sinfga qarshi chiqa boshlagan. 1995-yilda so\u2018l qanot partiyalari vakili Polshada demokratik islohotlar o\u2018tkazilishi taklifi bilan chiqdi. \u00a0 S. Kvasnevskiy davlat boshlig\u2018i etib saylangan.\u00a0Polsha bilan O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o\u2018rnatilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi-Polsha Respublikasi. Poytaxti-Varshava. Hududi-312,7 ming km.kv. Aholisi-38,6 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili polyak. Dini-katolik. Pul birligi-zlotiy.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Markaziy Yevropa davlati. Janubda Chexiya (chegara uzunligi-790 km) va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/polsha\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22470,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22460","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22460","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22460"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22460\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22471,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22460\/revisions\/22471"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22470"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22460"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22460"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22460"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}