{"id":22473,"date":"2022-03-26T16:09:08","date_gmt":"2022-03-26T13:09:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22473"},"modified":"2022-03-26T16:09:10","modified_gmt":"2022-03-26T13:09:10","slug":"rossiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rossiya\/","title":{"rendered":"Rossiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Rossiya Federatsiyasi. Poytaxti\u00a0\u2014\u00a0Moskva. Hududi\u2013\u00a017,1 mln km.kv. Aholisi \u2013 142 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili rus. Dini \u2014 pravoslav (bundan tashqari islom, katolik, iudaizm, buddizm dinlariga e\u2019tiqod qiluvchilar ham mavjud). Pul birligi\u00a0\u2014\u00a0rubl.\u00a0\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Yevropa va Osiyo qit\u2019alarida joylashgan davlat. Janubda va janubi g\u2019arbda Xitoy (chegara uzunligi 3673 km), Mongoliya (3441 km), Gruziya (723 km) va Ozarbayjon (284 km) Qozog\u2019iston (6846), janubi g\u2019arbda Ukraina (1567 km), g\u2019arbda Finlyandiya (1313 km), Belarus (959 km), Estoniya (290 km), Latviya (217 km) va Norvegiya (167 km) davlatlari bilan chegaradosh. Rossiyaning Kaliningrad viloyati Boltiqbo\u2019yidagi Polsha (432 km) va Litva (227 km) bilan chegaradosh. Shu bilan bir qatorda Rossiya Yangi yer orollari, Shimoliy yer, Voygach, Frans-Iosif yerlari arxipelagi, Yangi Sibir orollari, Shi\u00admoliy Muz okeanidagi Vrangel oroli, Kurill orollari (Kurill orollarining bir qismi \u2014 Iturup, Kunashir, Shikotan, Xabomai orollari uchun Yaponiya bahs olib bormoqda) va Tinch okeandagi Saxalin oroli qarashlidir. Sharqdan Rossiya qirg\u2019oqlarini Yapon, Oxota va Bering dengizi hamda Bering bo\u2019g\u2019ozi suvlari, shimolda Barens, Karsk, Chukotka va Sharqiy Sibir dengizi, Laptevlar dengizi, janubda Qora va Azov dengizlari, g\u2019arbda Boltiq dengizi va Fin bo\u2019g\u2019ozi bilan tutashib ketgan. Chegaralarining umumiy uzunligi \u2014 20139 km. Sohil bo\u2019ylab chegara uzunligi \u2014 37653 km. Rossiya Federatsiyasi maydon jihatdan dunyodagi eng yirik davlat hisoblanadi. G\u2019arbda dunyodagi tekisliklarning eng yirigi \u2014 Sharqiy Yevropa tekisligi yastanib yotibdi. Rossiyaning deyarli butun Yevropa qismi joylashgan shimoli g\u2019arbida (eng baland nuqtasi 1191 km) Xibin tog\u2019lari, janubda Kavkaz tog\u2019lari bor. Kavkaz tog\u2019larida mamlakat va Yevropaning eng baland nuqtasi Elbrus (5642 m) cho\u2019qqisi joylashgan. Tekislik maydonlari o\u2019rtacha olganda dengiz sathidan 170 m balandlikda joylashgan. Bu hududda O\u2019rta Rus, Valday, Volga balandliklari joylashgan. Janubda va janubi sharqda Qora dengiz bo\u2019ylari va Kaspiy dengiz bo\u2019ylari pasttekisliklari mavjud. Uraldan sharqda maydonlarining balandligi 1894 m bo\u2019lgan yirik botqoqlik hududlariga ega G\u2019arbiy Sibir tekisligi yastanib yotibdi. Yenisey va Lena daryolari orasida o\u2019rtacha balandligi 500-700 metr bo\u2019Igan hamda ba\u2019zi hududlarida tog\u2019li massivlar qad ko\u2019targan O\u2019rta Sibir tog\u2019 tekisligi joylashgan. Hududning eng yuqori maydoni \u2014 Putoryanya yassitog\u2019ligi (balandligi 1701 m). Tog\u2019 tekislikning janubida G\u2019arbiy va Sharqiy Sayan tog\u2019 tizmalari qad ko\u2019targan. Sharqda tog\u2019 tekisliklari Markaziy Yoqut tekisligi bilan almashinadi. Lena daryosi hamda Tinch okean qirg\u2019oqlari orasida tog\u2019 tizmalari va tog\u2019 tekisliklaridan iborat bo\u2019lgan Shimoli sharqiy Osiyo hududi joylashgan. Mamlakatning sharqiy qismi yirik daryolarning vohalarini hisobga olmaganda, tog\u2019lik hududlardan iborat. Kamchatka yarimorolida 120 ta vulqon bo\u2019lib, ulardan 23 tasi faoldir. Ulardan eng yirigi \u2014 Klyuchevskaya Sopka vulqoni (balandligi 4750 m). Mamlakatning yirik daryolari Volga, Shimoliy Dvina, Don, Irtish, Ob, Angara, Yenisey, Lena, Amur. Yirik ko\u2019llari \u2014 Kaspiy dengizi dunyoda maydon jihatidan eng yirigi (376000 km2), Baykal \u2014 dunyodagi hajmi (23000 km.kub) va chuqurligi (1620 m) bo\u2019yicha eng yirik ko\u2019ldir. Rossiya turli-tuman qazilma boyliklarining yirik zaxiralariga ega. Ularning ichida eng asosiylari \u2014 nefit, gaz, temir, ko\u2019mir, oltin va boshqa strategik qazilma boyliklaridir. Mamlakat hududining yirikligiga qaramay qishloq xo\u2019jaligida yerlarning nisbatan oz qismidan foydalanadi \u2014 haydaladigan yerlar mamlakat hududining 8% ini tashkil qiladi. Hududning katta qismi doimiy muzlik zonasiga to\u2019g\u2019ri keladi.\u00a0Iqlimi \u2014 mamlakatning katta qismi mo\u2019tadil iqlim doirasida. Shimolining chekka hududlari va shimoliy orollar arktik iqlimga yaqin. Mamlakatning deyarli butun hududida kontinental iqlim hukm suradi. Rossiya hududining katta qismi o\u2019rmonlar bilan qoplangan. Bu o\u2019rmonlarda archa, pixta, kedr, eman, oqqayin va hokazo daraxtlar o\u2019sadi. Arktika kengliklarida zamburug\u2019lar, qutb polalari, iva, olxa kabi o\u2019simliklar va daraxtlar o\u2019sadi. Mamlakat faunasi boy va rang-barangdir. Arktika va tundra hududlarida shimoliy bug\u2019u, qutb quyoni, tulenlar, moijlar, oq ayiqlar keng tarqalgan. Taygada ayiq, silovsin va hokazolar bor. Uzoq sharq o\u2019rmonlarida ayiq, \u00abqizil kitob\u00bbga kiritilgan va kam sonli bo\u2019lgan ussuriy yo\u2019lbarslari, bug\u2019ular keng tarqalgan. Cho\u2019l zonalarida jayron, chiyabo\u2019ri, ko\u2019p sonli kemiruvchilar mavjud. Kavkaz regionida tog\u2019 echkisi, kavkaz bug\u2019usi, ayiq, bars, sirtlonlar keng tarqalgan.\u00a0 \u00a0Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 Federativ Respublika. Rossiya Federatsiyasi tarkibi 89 ta subyekt, jumladan 49 ta viloyat, 21 ta Respublika (Adigeya, Oltoy, Boshqirdiston, Buryatiya, Dog\u2019iston, Ingushetiya, Kabardin-Balkar, Qalmiq, Qorachoy-Cherkes, Kareliya, Komi, Mari El, Mordoviya, Saxa (Yakutiya), Shimoliy Osetiya, Tatariston, Tiva, Udmurtiya, Xakasiya, Checheniston, Chuvash), 1 ta avtonom viloyat (Yahudiy), 10 ta okrug (Agin-Buryat, Komi-Permyak, Koryak, Nenes, Taymir, Ust-Ordinsk, Buryat, Xanti-Mansi, Chukotka, Evenk, Yamalo-Nenesk), 6 ta o\u2019lka (Oltoy, Krasnodar, Krasnoyarsk, Primorsk, Stavropol, Xabaroysk)lardan iborat. Rossiya Federatsiyasi 1991-yil 24-avgustda o\u2019z mustaqilligini e\u2019lon qildi. Sobiq Ittifoq tarqalgunga qadar awalgi nomi RSFSR. Milliy bayramlari \u2014 12- iyun (Davlat suvereniteti to\u2019g\u2019risidagi Deklaratsiya qabul qilingan kun) va 12-dekabr (Konstitutsiya kuni). Davlat boshlig\u2019i \u2014 prezident. Ijro etuvchi hokimiyat premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishlidir. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament, yuqori palatasi \u2014 Federatsiya Kengashi va quyi palata \u2014 Davlat Dumasi tomonidan amalga oshiriladi.\u00a0Asosiy siyosiy partiyalari:\u00a0Yagona Rossiya, Rossiya bizning uyimiz, Yabloko, Rossiya Federatsiyasi kommunistik partiyasi, Rossiya liberal-demokratik partiyasi, Rossiya agrar partiyasi. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Sobiq ittifoq tarqalib ketganidan so\u2019ng Rossiya sovet iqtisodiyoti potensiali bilan birga bir qator jiddiy muammolarni: harbiy ehtiyojlarni qondirishga ixtisoslashgan iqtisod, samaradorligi past bo\u2019lgan ishlab chiqarishni meros qilib oldi. Sanoatning deyarli barcha tarmoqlari mavjud (qazib oluvchi qayta ishlash, ishlab chiqarish). Eksporti asosini neft va neft mahsulotlari, tabiiy gaz, ko\u2019mir, rangli metall, ximikatlar, harbiy texnika, yog\u2019och va undan yasalgan buyumlar tashkil etadi. Qishloq xo\u2019jaligida dehqonchilik qishloq xo\u2019jalik yalpi mahsulotlarining 40% ini, chorvachilik 60% dan ziyod qismini yetishtiradi. Asosiy qishloq xo\u2019jalik o\u2019simliklari: bug\u2019doy, qandlavlagi, kungaboqar, kartoshka, sholi, arpa. O\u2019tish davrida iqtisodiyotda tizim o\u2019zgarishlari amalga oshirilmoqda, xususiylashtirish jarayoni boshlandi, shu vaqtning o\u2019zida aholi turmush darajasining keskin pasayishi va ishsizlar sonining ortishi ko\u2019zga tashlandi. 1995-yil qattiq monetar siyosatining o\u2019tkazilishi natijasida hukumat inflyatsiya darajasini oyiga 4-5% ga pasaytirishga muvaffaq bo\u2019ldi, biroq mamlakat iqtisodida chet el sarmoyasi kirib kelishiga, tadbirkorlik uchun zarur bo\u2019lgan huquqiy bazaning yaratilmaganligi va siyosiy xatarlarning yuqoriligi to\u2019sqinlik qilmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: Yevropa mamlakatlari, Shimoliy Amerika, Yaponiya, Uchinchi dunyo mamlakatlari.\u00a0 Temiryo\u2019llarining umumiy uzunligi \u2014 87180 km. Avtomobil yo\u2019llari \u2014 879100 km (652500 km asfaltlangan). Rossiyada 120000 km (uzunligi 10 km dan ziyod bo\u2019lgan) umumiy uzunligi 2300000 km daryolar mavjud (ba\u2019zilari yil bo\u2019yi kema qatnovi uchun yaroqli). Mamlakatning yirik portlari \u2014 Arxangelsk, Vladivostok, Kaliningrad, Murmansk, Novorossiysk, Naxodka, Magadan, Sankt-Peterburg, Tuapse; ichki portlari \u2014 Astraxan, Volgograd, Qozon, Krasnoyarsk, Moskva, Nijniy Novgorod, Rostov, Samara, Xabarovsk.\u00a0Tarixi.\u00a0Zamonaviy Rossiya hududi Yevropa qismining janubida qadimda qabilalar hukmronlik qilib, ularning ba\u2019zilari qudratli va yirik imperiyalarga asos solgan edi: kimmeriylar taxminan m. a. 1000-yildan 700-yilgacha, skiflar m. a. 700-yildan 300-yilga qadar, sarmatlar m. a. 300-yildan 200-yilgacha. Ill asrda gotlar Dondan to Dunaygacha bo\u2019lgan hududlarda, xunnlar tomonidan 375-yilda tor-mor qilingan, gullab-yashnagan imperiyaga asos solgan. 560-yilda xunnlarni avarlar almashtirdi, VII asr boshlarida esa xazarlar o\u2019z imperiyasiga asos soldi. Shu vaqtning o\u2019zida Zamonaviy Rossiya hududining shimoliy va markaziy qismlariga slavyan qabilalari kirib kela boshladi. O\u2019z yerlarini xazar va bulg\u2019orlardan himoya qilish uchun slavyan qabilalari yordam so\u2019rab IX asrda Novgorod va Kiyevda muqim joylashgan varyaklarga murojaat qildilar. Varyak knyazlari Oleg, Olga, Svyatoslavlar pecheneglar, bulg\u2019orlar hamda rus knyazliklarining madaniy hayotiga katta ta\u2019sir ko\u2019rsatayotgan Vizantiya imperiyasiga qarshi ham muvaffaqiyatli harbiy harakatlar olib bordilar. 988-yilda Vladimir I ulug\u2019 xristianlikni qabul qildi va uni rus aholisi o\u2019rtasida tarqatdi. Kiyev Rusi XI asrga kelib Vladimir II Monomax davrida o\u2019z taraqqiyotining yuqori nuqtasiga yetdi, biroq XII asrda rus davlatlari o\u2019rtasida Vladimir-Suzdal knyazligi va Novgorod Respublikasi yetakchi o\u2019rinlarga ega edilar. XIII asrda rus knyazliklari mo\u2019g\u2019ul-tatarlar bosqiniga duchor bo\u2019lishdi. Chingizxonning nevarasi Botuxon Moskva, Suzdal, Kiyevni bosib olib, ikki yarim asr davomida ko\u2019pgina rus knyazliklari qaram bo\u2019Igan Oltin O\u2019rdaga asos soldi. Shu vaqtning o\u2019zida Novgorod awal shvedlarga, keyinchalik Tefton ordeni ritsarlariga (Neva jangi \u2014 1240-yil, Muz ustidagi jang \u2014 1242-yil) qarshi kurash olib borishga majbur bo\u2019ldi. XIV asrda Moskva Rusning diniy markaziga aylandi va uning atrofida mo\u2019g\u2019ul-tatarlarga qarshi kurashish g\u2019oyasi ostida ko\u2019pgina rus knyazliklari birlasha boshladi (Kulikovo jangi \u2014 1380-yil). XV asrda Moskva knyazligining mavqeyi keskin o\u2019sdi, Ivan III davrida esa Moskoviya tarkibiga Yaroslavl, Rostov va Novgorod yerlari kirdi, 1547-yilda o\u2019zini sar deb e\u2019lon qilgan Ivan IV Grozniy Moskva davlati hududlarini sezilarli darajada kengaytirishga muvaffaq bo\u2019ldi. XIV asrda kuchli markazlashgan davlatga aylangan Moskva knyazligi Volgabo\u2019yi, Ural va G\u2019arbiy Sibir hududlarini o\u2019ziga bo\u2019ysundirdi. Rech Pospolita bilan olib borilgan urush Moskva knyazlarining muvaffaqiyatsizligi bilan tugab, XVII asr boshlarida awal shvedlar, undan so\u2019ng esa Polsha bosqinchilariga qarshi kurashishiga to\u2019g\u2019ri keldi. 1613-yildan 1917-yilgacha Rossiyada hukmronlik qilgan sulolaga asos solgan Mixail Romanov Rus sari etib saylandi.\u00a0 \u00a0XVII asr oxirida rus taxtiga o\u2019tirgan Pyotr I mamlakatda bir qator jiddiy iqtisodiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirdi; ta\u2019lim, armiya, flot va ma\u2019muriy boshqaruv idoralari tizimi qayta tashkil qilinib, Shimoliy urush (1700-1721-yy.) natijasida Rossiya Boltiq dengiziga chiqish yo\u2019liga ega bo\u2019ldi. Rossiya tarixining yorqin namoyandalaridan biri Yekaterina Buyuk, 1762-yilda o\u2019z eri Pyotr III ga qarshi qaratilgan davlat to\u2019ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga keldi. Mamlakatni 1796-yilgacha boshqargan Yekaterina Buyuk Rossiya imperiyasi hududlarini sezilarli darajada kengaytirishga erishdi. 1812-yilda Rossiyaga, 1812-yil 14-sentabrda Moskvani ishg\u2019ol qilgan Napoleon Bonapart boshchiligidagi fransuz qo\u2019shinlari kirib keldi. Moskva ishg\u2019ol qilinganligiga qaramay, fransuzlarning rus kompaniyasi to\u2019la muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. 1825-yil Peterburgdagi Dekabristlar qo\u2019zg\u2019oloni rus inqilobiy harakatiga asos soldi. O\u2019z hukmronligini 1825- yil Dekabristlar qo\u2019zg\u2019olonini bostirishdan boshlagan Nikolay I Rossiyani politsiyachi davlatga aylantirib, qattiq reaksion tuzum o\u2019rnatdi. Nikolay I 1855-yil Rossiya halokatli mag\u2019lubiyatga uchragan Qrim urushi davrida vafot etdi. Uning o\u2019g\u2019li Aleksandr I 1861-yilda krepostnoylik huquqini bekor qilib, sudlov, ta\u2019lim va armiyani isloh qildi. XIX asrda Rossiya o\u2019z hududlarini (Polsha, Finlyandiya), sharqga (O\u2019rta Osiyo, Sibir), janubga (Kavkaz) qarab kengaytirishni davom ettirdi. Yaponiya bilan olib borilgan urushdagi mag\u2019lubiyat sar tuzumining zaifligini namoyon qildi va jiddiy ichki siyosiy inqirozga (1905-yilgi rus inqilobiga) olib kelishi bilan birga shu vaqtning o\u2019zida muhim iqtisodiy islohot\u00adlarni amalga oshirish uchun zamin yaratdi. Stolipinning islohotchilik siyosati mamlakatda, sanoat va savdoning tez sur\u2019atlar bilan rivoj topishi sezilarli iqtisodiy o\u2019sishga olib keldi. 1914-yilda Avstro-Vengriya qo\u2019shinlari tomonidan Serbiya bosib olinganidan so\u2019ng Rossiya Fransiya va Buyuk Britaniya tarafida I jahon urushiga qo\u2019shildi. 1917-yil fevralda urush natijasida zaiflashgan Rossiyada inqilob boshlandi va uning oqibatida sar Nikolay II taxtdan voz kechib, mamlakatdagi hokimiyat Muvaqqat hukumat qo\u2019liga o\u2019tdi. Urushni davom ettirish tarafdorlari va qarshilar o\u2019rtasidagi siyosiy kurash, inqilobiy kayfiyatning o\u2019sib borishi 1917-yil oktabrida bo\u2019lib o\u2019tgan inqilobga olib keldi va uning oqibatida mamlakatdagi hokimiyatni bolsheviklar qo\u2019lga kiritdi. Bir necha million kishi halok bo\u2019Igan fuqarolar urushi tugaganidan so\u2019ng sovet hokimiyati sobiq Rossiya imperiyasining katta qismida o\u2019rnatilgan edi. \u00abHarbiy kommunizm\u00bb siyosati davridan so\u2019ng 1921-yili mamlakatda yangi iqtisodiy siyosat e\u2019lon qilindi, natijada Sovet Rossiyasi 1927-yilga kelib ishlab chiqarishning urushgacha bo\u2019Igan ko\u2019rsatkichlariga yeta oldi. 1922-yil 30-dekabrda Sovet Ittifoqi tashkil etilib, uning tarkibiga Rossiya, Ukraina, Belorussiya va Kavkazorti Respublikalari kirdi. 1924-yilda esa SSSR tarkibiga O\u2019zbekiston va Turkmaniston, 1929-yilda Tojikiston, 1940-yilda Estoniya, Latviya, Litva va Moldaviyalar qo\u2019shildi. 1927-yilga kelib mamlakatdagi butun hokimiyatni o\u2019z qo\u2019llariga yig\u2019a olgan Stalin, NEPdan voz kechib, iqtisodni qat\u2019iy rejalashtirish va yerlarni kollektivlashtirish rejasini amalga oshirishga kirishdi. Stalin tomonidan o\u2019zgacha fikrlovchilarga qarshi o\u2019tkazilayotgan qatag\u2019onlar 1934-yilda Kirov o\u2019ldirilganidan so\u2019ng yanada kuchaydi. 1941-yil 22-iyunda mamlakat hududiga Sovet Ittifoqi hududlarining Yevropa qismini tez fursatda ishg\u2019ol qilgan nemis qo\u2019shinlari bostirib kirdi. Biroq 1941-yil qishidagi Moskva ostonalaridagi va ayniqsa Stalingrad ostidagi 1943-yil nemis qo\u2019shinlarining mag\u2019lubiyati oqibatida urushning borishida tub burilish yasab, SSSR va uning ittifoqchilari g\u2019alabasini ta\u2019minladi. Urush tugagandan so\u2019ng tez orada Sharqiy va Markaziy Yevropada o\u2019z ta\u2019sir doirasini kengaytirgan SSSR va g\u2019arb mamlakatlari o\u2019rtasida \u00abSovuq urush\u00bb davri boshlandi (Berlin qamali \u2014 1947-yil, Koreya urushi \u2014 1950-1953-yillar). G\u2019arb bilan munosabatlarning iliqlashuvi Stalin vafotidan so\u2019ng hokimiyat tepasiga 1956-yilda Stalin shaxsiga sig\u2019inishni qattiq qoralagan N.S.Xrushchyovning hokimiyat tepasiga kelganidan boshlanadi. 1960-yillarda iqtisodda islohotlarning o\u2019tkazilishi ma\u2019lum oqibatlarga olib keldi. Biroq hamon davom etayotgan sanoat va qishloq xo\u2019jaligining qat\u2019iy markazdan turib rejalashtirilishi iqtisodiy turg\u2019unlikka olib keldi hamda 1980-yillarning boshlariga kelib mamlakat iqtisodi past mehnat samaradorligi va budjetning harbiy sanoat tomonga og\u2019ib ketganligi bilan tavsiflanadi. N. S. Xrushchyov davrida, keyinchalik L.I. Brejnev hokimiyati (1964-1982-yy.) davrida ham SSSR g\u2019arb mamlakatlariga nisbatan \u00abtinch hamjihatlikda yashash\u00bb siyosatini o\u2019tkazdi va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi o\u2019z ta\u2019sirini qiyinchilik bilan ushlab turardi (Vengriyadagi qo\u2019zg\u2019olon-1956-yil, Chexoslavakiya \u2014 1968-yil, Polshada harbiy vaziyatning joriy qilinishi). 1979-yilda SSSR kommunistik tuzumni qo\u2019llab-quvvatlash uchun Afg\u2019onistonga o\u2019z qo\u2019shinlarini kiritdi, biroq bu Sovet Ittifoqining harakati mamlakat aholisi qarshiligiga va musulmon dunyosida katta e\u2019tirozlarga sababchi bo\u2019ldi. 1980-yil o\u2019rtalarida M.S. Gorbachyov tashabbusi bilan amalga oshirilgan qayta qurish mamlakatdagi iqtisodiy muammolarni hal eta olmadi, ittifoqdosh respublikalar aholisining milliy o\u2019zligini anglash hissi o\u2019sishi ittifoq markazi zaiflashuviga olib keldi. 1991-yil avgust to\u2019ntarishi Sovet Ittifoqining tarqalib ketishiga turtki berdi va 8-dekabrda Rossiya Belorussiya va Ukraina, keyinchalik qolgan respublikalar tarkibiga kirgan, Boltiqbo\u2019yi davlatlaridan tashqari, Mustaqil Davlatlar hamdo\u2019stligi tashkil etilganligini e\u2019lon qildilar. Mustaqil Rossiyaning birinchi prezidenti etib, B. N.Yelsin saylandi va u 1996-yilda bo\u2019lib o\u2019tgan saylovlarda ikkinchi bor qayta saylandi. So\u2019nggi yillarning zalvorli va shu vaqtning o\u2019zida fojiali voqealaridan biri sifatida Rossiya parlamenti tarafdorlari va hukumat qo\u2019shinlari o\u2019rtasidagi 1993-yilgi qurolli to\u2019qnashuvni hamda 1995-yilgi Chechenistondagi urushni ta\u2019kidlash lozim. 1999-yil B. N.Yelsin o\u2019z xohishiga ko\u2019ra muddatdan oldin iste\u2019foga chiqdi. 2000-2008-yillardagi V.V. Putin prezidentligi davrida Rossiya barcha sohalarda rivojlana boshladi. 2008-yil 2-yanvaridagi saylovlarda prezidentlik lavozimiga D.A.Medvedev saylangan. Bugungi kunda davlat prezidenti V.V.Putin rahbarligida Rossiya barqaror rivojlanib bormoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Rossiya Federatsiyasi. Poytaxti\u00a0\u2014\u00a0Moskva. Hududi\u2013\u00a017,1 mln km.kv. Aholisi \u2013 142 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili rus. Dini \u2014 pravoslav (bundan tashqari islom, katolik, iudaizm, buddizm dinlariga e\u2019tiqod &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rossiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22477,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22473","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22473","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22473"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22473\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22478,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22473\/revisions\/22478"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22477"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22473"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22473"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22473"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}